O’zbekiston Respublikasi maqsadli fondlarsiz davlat byudjeti
xarajatlarining tarkibi
Ko’rsatkichlar
|
2010 yil
|
2011 yil
|
2012 yil
|
milliard so’m
|
foiz da
|
milliard so’m
|
foiz da
|
milliard so’m
|
foiz da
|
Davlat byudjeti xarajatlari, milliard so’m
|
13733
|
100
|
16991
|
100
|
21571
|
100
|
Ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo’llab-quvatlash xarajatlari
|
8 113
|
59,1
|
10112
|
59,5
|
12513
|
58
|
Iqtisodiyot xarajatlari
|
1 573
|
11,5
|
1952
|
11,5
|
2372
|
11,0
|
Markazlashgan investitsiyalarni moliyalashtirish
|
825
|
6,0
|
950
|
5,7
|
1059
|
4,9
|
Тa’lim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash va jihozlash fondiga ajratmalar
|
|
|
|
|
264
|
1,2
|
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, sud organlari xarajatlari
|
352
|
2,6
|
472
|
2,7
|
629
|
2,9
|
Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari
|
119
|
0,9
|
152
|
0,9
|
191
|
0,9
|
Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg’armasi
|
54
|
0,4
|
57
|
0,3
|
70
|
0,3
|
Boshqa xarajatlar
|
2 692
|
19,6
|
3290
|
19,3
|
4471
|
20,7
|
Davlat byudjetining rejalashtirilgan taqchilligi
|
-616
|
|
-812
|
|
957
|
|
YaIMga nisbatan foizda
|
-1,0foiz
|
|
-1,0foiz
|
|
1foiz
|
|
Manba: O’zR Moliya vazirligi.
Mahalliy byudjet hokimiyat quyi organlarining (viloyat, tuman va shahar) byudjetlaridan iborat bo’lib, bunday bo’linish mavjud moliyaviy resurslarni nisbatan to’laroq jalb qilish va ulardan samarali foydalanish imkonini beradi. Hokimiyat quyi organlari byudjetining daromadlari o’z hududidagi korxonalar daromadi, aholidan olinadigan soliqlar, mulk soliqlari va shu kabilar orqali shakllanadi.
Davlat byudjetining daromadlari va xarajatlari muvozanatda bo’lishini taqozo qiladi. Lekin ko’pchilik hollarda davlat byudjeti xarajatlarining daromadlardan ortiqchaligi kuzatiladi, buning oqibatida byudjet taqchilligi ro’y beradi. Bu holning sabablari ko’p bo’lib, ularning ichida, davlatning jamiyat hayotining barcha sohalaridagi rolining uzluksiz o’sib borishi, uning iqtisodiy va ijtimoiy vazifalarining kengayishi alohida o’rin tutadi.
Byudjet taqchilligining o’sishi yoki kamayishi mutloq miqdorda va uning yalpi ichki mahsulot (YaIM)ga nisbatida aniq namoyon bo’ladi(22-jadval).
22-jadval
Davlat byudjetining bajarilish darajasi
(YaIMga nisbatan %da)
Ko’rsatkichlar
|
2000
|
2001
|
2002
|
2003
|
2004
|
2005
|
2006
|
2007
|
2008
|
Defitsit (-)
|
-1,0
|
-1,0
|
-0,8
|
-0,4
|
-0,4
|
|
|
|
|
Profitsit (+)
|
|
|
|
|
|
+0,1
|
+0,5
|
+1,1
|
+
|
Manba: O’zR Moliya vazirligi va VMning yil yakunlari materiallari.
Byudjet taqchilligining o’zgarishi xo’jalik kon’yunkturasidagi joriy tebranishlar, ishlab chiqarishdagi davriy inqiroz va yuksalishlarni ham aks ettiradi, inqirozlar davrida davlat byudjet mablag’lari hisobidan iqtisodiyotning ma’lum sektorlarini moliyaviy ta’minlab turishga, umumdavlat ahamiyatiga ega bo’lgan tarmoqlarda investitsiyalar hajmini saqlab turishga majbur bo’ladi.
O’rnatilgan xalqaro standartlarga ko’ra byudjet taqchilligi YaIMning 5% darajasidan oshmasligi lozim. Byudjet taqchilligi asosan davlat qimmatli qog’ozlarini sotish, nobyudjet fondlari (sug’urta fondi, ishsizlik bo’yicha sug’urtalash fondi, pensiya fondi)dan qarz olish ko’rinishidagi davlatning ichki va tashki qarzlari hisobiga qoplanadi.
Byudjet taqchilligini moliyalashtirish (qoplash)ning muhim ko’rinishlaridan biri davlat krediti hisoblanadi.
Davlat krediti deganda, davlat qarz oluvchi yoki kreditor sifatida maydonga tushadigan barcha moliyaviy-iqtisodiy munosabatlar yig’indisi tushuniladi.
Moliyaviy resurslarni davlat tomonidan qarzga olishning asosiy shakli – bu davlat qarz majburiyatlari (zayomlari)ni chiqarish hisoblanadi. Ularni joylashtirish jarayonida davlat aholi, banklar, savdo va sanoat kompaniyalarining vaqtincha bo’sh turgan pul mablag’larini jalb qiladi.
Davlat o’z majburiyatlarini nafaqat xususiy sektorda joylashtirishi, balki ularni Markaziy bankda hisobga olishi ham mumkin. Shuningdek, davlat o’z faoliyatini moliyaviy resurslar bilan ta’minlashda ssuda kapitallarining ham milliy bozoridan, ham tashqi bozoridan qarz olishi mumkin.
Davlat byudjeti daromadlar qismining asosiy manbai bo’lib soliqlar hisoblanadi. Soliq iqtisodiy kategoriya sifatida, sof daromadning bir qismini byudjetga jalb qilish shakli bo’lib, moliyaviy munosabatlarning tarkibiy qismini tashkil qiladi.
Soliq - bu davlatning o’z vazifalarini amalga oshirishi uchun zarur bo’lgan moliyaviy mablag’larni shakllantirish maqsadida jismoniy va huquqiy shaxslardan byudjetga majburiy to’lovlarni undirish shaklidir.
Davlat tomonidan olinadigan soliqlar hamda ularning tashkil qilinish shakl va usullari birgalikda soliq tizimini tashkil qiladi.
Milliy iqtisodiyotda soliqlar quyidagi uchta muhim vazifani bajaradi:
- davlat xarajatlarini moliyalashtirish (fiskal vazifasi);
- ijtimoiy tanglikni yumshatish (ijtimoiy vazifasi);
- iqtisodiyotni tartibga solish vazifasi.
Hozirgi davrda umumiy tendensiya bo’lgan davlat sarflarining va shunga mos ravishda soliq hajmining o’sib borishini quyidagi omillar taqozo qiladi.
1. Aholi sonining o’sishi. Aholi jon boshiga davlat sarflari darajasi o’zgarmay qolgan taqdirda ham, aholining o’sgan qismini ijtimoiy ne’matlar va xizmatlar bilan ta’minlash qo’shimcha mablag’larni zarur qilib qo’yadi.
2. Ijtimoiy soha xizmatlari sifatiga talabning ortishi va urbanizatsiya. Kishilar turmush darajasining o’sishi ijtimoiy soha xizmatlari hajmiga va sifatiga talabni oshiradi.
3. Atrof-muhitning ifloslanishi. Aholi sonining o’sishi va urbanizatsiyaning kuchayishi atrof muhitning sifati muammosini keskinlashtiradi. Juda ko’p miqdordagi moddiy ne’matlarni ishlab chiqarish va iste’mol qilish havo, suv va yerning ifloslanishi shaklidagi qo’shimcha xarajatlarning o’sishini keltirib chiqaradi. Atrof-muhit muammosini hal qilishda asosiy vazifa davlat zimmasiga tushadi.
4. Daromadlar tengsizligini qisqartirish dasturlarini amalga oshirish. Bularga xususan ijtimoiy sug’urtani rivojlantirish, ishsizlik bo’yicha nafaqalar, ijtimoiy ta’minot, bepul tibbiy yordam, davlat dasturi, oziq-ovqat mahsulotlariga dotatsiyalar, davlat uy-joy qurilishi kiradi.
5. Milliy mudofaa, davlat xavfsizligini ta’minlash xarajatlari hajmining o’sishi.
Hozirgi davrda mamlakatimizdagi davlatning soliq siyosatini O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi va uning joylardagi (viloyat, shahar, tuman) muassasalari amalga oshiradi.
Respublika hududida amal qiluvchi soliqlar, uning to’lovlari soliq undirishning ob’ektlari, soliq to’lash tartibi, soliq to’lash bo’yicha imtiyozlar, soliq to’lash bilan bog’liq ravishda kelib chiqadigan munozaralarni hal qilishning umumiy tartibi O’zbekiston Respublikasining soliq to’g’risidagi qonunlari va Soliq kodeksi bilan aniqlanadi.
Korxonalar faoliyatini soliq yordamida tartibga solish quyidagi umumiy tamoyillari asosida amalga oshiriladi:
- barcha daromadlardan, ularning manbalariga bog’liq bo’lmagan holda soliq undirishning majburiyligi;
- soliq undirishda barcha uchun yagona umumdavlat siyosati;
- samarali ishlovchi korxonalarda hamda xo’jalik yuritishning ilg’or shakllari uchun soliq me’yorlarining rag’batlantiruvchi rolini ta’minlash;
- soliq to’lovi bo’yicha barcha sub’ektlar majburiyati ustidan moliyaviy nazorat.
15.3. Pul muomalasi, pulga bo’lgan talab va pul taklifi
Bozor iqtisodiyoti sharoitida pul mablag’lari to’xtovsiz harakatda bo’ladi, tovarlar va xizmatlar ayirbosh qilish jarayonida resurslar uchun to’lovlarni amalga oshirishda, ish haqi hamda boshqa majburiyatlarni to’lashda pul qo’ldan qo’lga o’tib, aylanib turadi. Pulning o’z vazifalarini bajarish jarayonidagi to’xtovsiz harakati pul muomalasi deyiladi.
Jahonda tarixan shakllangan hamda har bir mamlakat tomonidan qonuniy ravishda mustahkamlab qo’yilgan pul muomalasining turli tizimlari amal qiladi. Mamlakat pul tizimining muhim tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat:
1) milliy pul birligi (so’m, dollar, iyena, funt sterling, marka va h.k.);
2) naqd pul muomalasida qonuniy to’lov vositasi sifatida amal qiluvchi qog’oz, tanga va kredit pullar tizimi;
3) pul emissiyasi, ya’ni belgilangan qonuniy tartibda pulni muomalaga chiqarish tizimi;
4) pul muomalasini tartibga soluvchi davlat idoralari.
Pul muomalasi naqd va kredit pullar yordamida amalga oshiriladi. Naqd pul muomalasiga bank biletlari va metall tangalar (pul belgilari) xizmat qiladi. Naqd pulsiz hisoblar cheklar, kredit kartochkalari, veksellar, akkreditivlar, to’lov talabnomalari kabilar yordamida amalga oshiriladi. Ularning hammasi pul agregati deb yuritiladi. Muomalada mavjud bo’lgan pul massasi ularni (naqd va kredit pullarni) qo’shish yo’li bilan aniqlanadi.
Pul muomalasi o’ziga xos qonunlarga asoslangan holda amalga oshiriladi. Uning qonunlaridan eng muhimi muomala uchun zarur bo’lgan pul miqdorini aniqlash va shunga muvofiq muomalaga pul chiqarishdir.
Pul muomalasi qonuni, ya’ni muomalani ta’minlash uchun zarur bo’lgan pul miqdori quyidagi omillarga bog’liq:
Muayyan davrda, aytaylik bir yil davomida sotilishi va sotib olinishi lozim bo’lgan tovarlar summasi. Тovarlar va xizmatlar qancha ko’p bo’lsa, ularning narxi qancha baland bo’lsa, ularni sotish va sotib olish uchun shuncha ko’p pul miqdori talab qilinadi.
Pul birligining aylanish tezligi. Pul bir xil bo’lmagan tezlik bilan aylanish qiladi. Bu ko’p omillarga, jumladan sotilayotgan tovarlar turiga, ularning xaridorgirligiga bog’liq bo’ladi. Pul qanchalik tez aylansa, muomala uchun zarur bo’lgan pul miqdori shuncha kam bo’ladi.
Muomala uchun zarur bo’lgan pul miqdori kreditning rivojlanishiga, puldan to’lov vositasi vazifasidan foydalanishga ham bog’liq. Ko’pincha tovarlar qarzga (kreditga) sotiladi va ularning haqi kelishuvga muvofiq keyingi davrlarda to’lanadi. Demak, muomala uchun zarur bo’lgan pul miqdori kredit miqdoriga muvofiq kamroq bo’ladi. Ikkinchi tomondan, bu davrda ilgari kreditga sotilgan tovarlar haqini to’lash vaqti boshlanadi. Bu pul miqdoriga ehtiyojni ko’paytiradi. Undan tashqari, hozirgi vaqtda ko’pgina oldi-sotdi jarayonlari naqd pulsiz, bir-biriga bank orqali pul o’tkazish yo’li bilan amalga oshiriladi. Biz ularni o’zaro hisob-kitoblar deb ataymiz.
Mazkur holatlarni hisobga olganda, muomala uchun zarur bo’lgan pul miqdori quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi:
,
bu yerda: Pm - muayyan davrda muomala uchun zarur bo’lgan pul miqdori;
Тb - sotilishi lozim bo’lgan tovarlar summasi (tovarlar miqdori x narxi); Хk - kreditga sotilgan tovarlar summasi; Хt - to’lash muddati kelgan tovarlar va xizmatlar hamda boshqa to’lovlar summasi; O’x-k - naqd pulsiz o’zaro hisob-kitoblar; At - pulning aylanish tezligi.
Xulosa
Bozor iqtisodiyotiga o’tish jarayonida umumiqtisodiy barqarorlikka erishish moliyaviy barqarorlikni ta’minlash, shu jumladan davlat byudjeti barqarorligini mumkin bo’lgan darajada ushlab turish vazifasini ham o’z ichiga oladi.
Shunga muvofiq moliya siyosati Respublika davlat byudjetidagi taqchillikni yo’l qo’yilgan eng kam daraja doirasida ushlab turishga qaratiladi. Hozirgi davrda ham moliya siyosatining asosiy vazifasi byudjet taqchilligini cheklash hisobiga iqtisodiyotni barqarorlashtirishga qaratilgan. Bunga erishish uchun Respublika iqtisodiyotida zarur tarkibiy o’zgarishlarni o’tkazish bilan bir qatorda ishlab chiqarishning orqaga ketishiga barham berish va iqtisodiy o’sishga erishish eng asosiy maqsad deb qarab kelindi. Shu sababli keyingi yillarda ishlab chiqarishning orqaga ketishi tamoyillari ijobiy tavsif kasb etib, butunlay barham topdi.
Moliyaviy ahvolni mustahkamlash orqali iqtisodiyotni barqarorlashtirishga erishishda soliq siyosatini takomillashtirish ham muhim ahamiyatga ega bo’ladi. Bu vazifalarni real bajarish uchun amaldagi soliq tizimini sezilarli darajada isloh qilish talab qilinadi. Mamlakatimiz Prezidenti I.Karimov tomonidan soliq siyosatining yanada takomillashtirilishini 2005 yilda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning ustuvor vazifalaridan biri sifatida belgilab berilishi ham buning yaqqol dalilidir.1
Adabiyotlar ro‘yxati
1.O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. T., "O‘zbekiston 2009 y.
2.O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining 2010 yil 27 yanvarda bo‘lib o‘tgan qo‘shma majlisidagi «Mamlakatimizni modernizatsiya qilish va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish – ustuvor maqsadimizdir» hamda 2011 yilning asosiy yakunlari va 2012 yilda O‘zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 26 yanvarda bo‘lib o‘tgan majlisidagi «2012yil Vatanimiz taraqqiyotini yangi bosqichga ko’taradigan yil bo’ladi» nomli ma’ruza. T, “O‘zbekiston” 2012 y
3.O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining 2010 yil 27 yanvarda bo‘lib o‘tgan qo‘shma majlisidagi «Mamlakatimizni modernizatsiya qilish va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish – ustuvor maqsadimizdir» hamda 2009 yilning asosiy yakunlari va 2010 yilda 4.O‘zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 29 yanvarda bo‘lib o‘tgan majlisidagi «Asosiy vazifamiz – Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirishdir» nomli ma’ruza. T, “O‘zbekiston” 2010 y
Do'stlaringiz bilan baham: |