Moliya tizimini boshqarish
O`zbekiston Respublikasida moliyaviy munosabatlar O`zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisi, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi, O`zbekiston Respublikasi
Moliya Vazirligi, Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Viloyatlar va tuman
(shahar) xokimliklari qoshidagi moliya organlari va boshqa organlar tomonidan
boshqariladi.
O`zbekiston
Respublikasi
Konstitutsiyasining
78-moddasiga
binoan
O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining mutlok vakolatlari jumlasiga boj, valyuta va
kredit ishlarini qonun yo`li bilan tartibga solish; Vazirlar Maxkamasining takdimiga
binoan O`zbekiston Respublikasining budjetini kabul qilish va uning ijrosini nazorat
etish, soliqlar va boshqa majburiy to`lovlarni joriy qilish… kiradi.
Moliya
tizimini
boshqarishda
O`zbekiston
Respublikasi
Vazirlar
Maxkamasining
moliya bo`yicha me`yoriy xujjatlar doirasida moliyaviy masalalarni
Respublika
mikiyosida
muvofiqlashtirishda,
moliyani
markazlashgan
tartibda
boshqarilishini ta`minlashda ahamiyati katta.
Moliya tizimini boshqarishda O`zbekiston Respublikasi VazirlarMaxkamasi
qoshidagi Moliya Vazirligi aloxida vakolatga ega. O`zbekiston Respublikasi Moliya
Vazirligi O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi tomonidan 1992 yil 23
noyabrdagi 553 – sonli karor bilan tasdiklangan «O`zbekiston Respublikasi Moliya
Vazirligi haqidagi nizom»ga asosan faoliyat ko`rsatadi. Nizomda Moliya Vazirligining
asosiy vazifalari,funksiyalari va hukuklari hamda uni faoliyatini tashkil qilish tartibi
belgilab berilgan.
Nizomga ko`ra Moliya Vazirligining bosh vazifasi bo`lib, davlat budjetini
tayyorlash va uni moliyalashtirish hisoblanadi. Bu asosan qo`yidagilarni o`z ichiga
oladi:
Davlat budjeti loyixasini tayyorlash
Davlat budjeti loyixasi va uni bajarilishi to`grisidagi hisobotni Vazirlar
Maxkamasi orqali Respublika Oliy Majlisi tasdigiga kiritish.
Davlat budjeti bajarilishini moliyalashtirish.
Davlat budjeti daromadlari va harajatlari yuzasidan nazorat va boshqalar.
O`zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligiga Vazir raxbarlik qiladi va u
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadi va Oliy Majlis
tasdigidan o`tadi. Moliya Vazirining o`rinbosarlari vazirning tavsiyasi asosida
Vazirlar Maxkamasi tomonidan tayinlanadi.
O`zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi mamlakatda moliyaviy faoliyat
huquqiy asoslari mustaxkamlanishini ta`minlaydi, qonun loyixalari bo`yicha
moliyaviy
xulosa
beradi,
o`z
hukuki
doirasidagi
masalalar
bo`yicha
qonunchilikning amalda ko`llanilishini umumlashtiradi va uni takomillashtirishga
qaratilgan vazifalarni Vazirlar Maxkamasiga takdim etadi, hamda o`zining
vakolati doirasida me`yoriy xujjatlarni ishlab chiqadi va ularni bajarilishini
nazorat qiladi.
Joylardagi moliya organlari o`z ishlarini hududning xajmi va unga tegishli
moliyaviy rusurslar chegarasida tashkil etadi.
Mamlakatimizda soliq to`lovlarini to`gri hisoblanishi, ularni davlat budjetiga
to`liq va belgilangan muddatlarda kelib tushishini ta`minlash O`zbekiston
Respublikasi Davlat Soliq Ko`mitasi va uning joylardagi boshqarmalari hamda
inspeksiyalari zimmasiga yuklatilgan. Boj to`lovlarining to`g`ri hisoblanishi va
budjetga to`liq va o`z vaqtida kelib tushishiga O`zbekiston Respublikasi Davlat
Bojxona Ko`mitasi va uning joylardagi bo`linmalari mas`uldir.
Davlat budjetning gazna ijrosi qonun xujjatlarida belgilab kuyiladigan maxsus
vakolatli moliya organi hamda uning Korakalpogiston Respublikasi, viloyatlar,
tumanlar, shaharlardagi hududiy bulinmalari tomonidan amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |