Moliya ta'lim


TALABANING ISHLAB CHIQARISH AMALIYOTI BO„YICHA HISOBOTI, UNI HIMOYA QILISH TARTIBI VA BAHOLASH



Download 2,72 Mb.
bet8/10
Sana06.03.2022
Hajmi2,72 Mb.
#484005
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
2 курс амалиет дастури ОХИРГИ

TALABANING ISHLAB CHIQARISH AMALIYOTI BO„YICHA HISOBOTI, UNI HIMOYA QILISH TARTIBI VA BAHOLASH


MEZONLARI

Ishlab chiqarish amaliyoti yakunlangach, kafedra majlisi qarori bilan tasdiqlangan grafik asosida talabalar ishlab chiqarish amaliyoti bo„yicha kafedraga hisobot topshiradilar.


Hisobotlar himoyasi zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanilgan holda taqdimot (prezentatsiya) ko„rinishida amalga oshiriladi.
Ishlab chiqarish amaliyoti hisobotini himoya qilishda talabalar quyidagilarni taqdim qiladi:

10

  • amaliyot ish rejasi;

  • amaliyot joyidan tavsifnoma;

  • amaliyot dasturiga muvofiq tuzilgan yozma hisobot.

Ishlab chiqarish amaliyoti hisoboti:
- kirish;

  • matnning asosiy qismi;

  • xulosa;

  • foydalanilgan manbalar ro„yxati;

  • ilovalardan iborat bo„lishi kerak.

Hisobotda amaliyot o‘tashning barcha asosiy bosqichlari, ish turlari bayon etilishi lozim. Hisobotda talaba kelajakda amaliyot o„tash va tashkil etish ishlarini yaxshilashga oid o„z mulohazalarini ham bayon etishi mumkin.
Hisobot standart hajmdagi qog„ozda (A4, 210-297mm), chap tomondan 3 sm, qolgan tomonlari 2 sm dan hoshiyalar qoldirib, qolyozma yoki elektron ko„rinishida yoziladi. Uning betlari ketma-ket sonlar bilan raqamlashtiriladi. Hisobotda jadval va rasmlarni kompyuter vositasida bosib chiqarishda «Times New Roman» 14 o„lchamli shriftida Misrosoft Word matnidan foydalanish tavsiya qilinadi.
Hisobotning hajmi titul varaq, mundarija va ilovalardan tashqari kamida 25 bet va ko„pi bilan 50 betdan oshmasligi lozim.
Har bir yoritilgan bo„limlar faoliyati amaliy misollar va rasmiylashtirilgan hujjatlar bilan to„ldirilishi kerak. Agar hujjatlarning nusxalarini olish imkoniyati bo„lmasa, bo„sh blankalarni qo„lda ham to„ldirish mumkin bo„ladi. Hisobotda o„rganilishi lozim bo„lgan har bir bo„lim bo„yicha bajarilgan ishlar ko„rsatilib, ilova qilingan hujjatlarga izoh berish talab etiladi.
Ishlab chiqarish amaliyoti tugagandan so„ng, talaba tomonidan institutning O„quv-uslubiy boshqarmasi va “Moliya” kafedrasi tomonidan belgilangan muddatlardan kechikmasdan buyruqdan ko„chirma, talaba tomonidan to„ldirilgan hamda moliya bo„limidagi (boshqarmasi) amaliyot rahbarining xulosasi ko„rsatilgan kundalik, amaliyot dasturida ko„rsatilgan har bir bo„lim bo„yicha bajarilgan va o„rganilgan ishlar bo„yicha hisobot topshirilishi lozim.
Hisobot tituli amaliyot dasturining 1-ilovasida keltirilgan namunadagi kabi rasmiylashtirilishi lozim. Talabaning hisoboti institutdan tayinlangan rahbar tomonidan tekshirilib, yozma ravishdagi taqriz bilan birga 3 kun ichida talabaga qaytariladi. Taqrizda amaliyot bo„yicha hamda tekshirish uchun qabul qilingan hisobotning kamchiliklari, xatolari shu bilan birga yutuqlari ham ko„rsatiladi. Talaba hisobotni kafedra mudiri tomonidan tasdiqlangan komissiya oldida himoya qilgunga qadar taqrizda ko„rsatilgan barcha kamchiliklarni bartaraf etishi lozim.
Hisobot O„quv-uslubiy boshqarma va “Moliya” kafedrasi tomonidan belgilangan muddatlarda hisobot qabul qiluvchi komissiya oldida og„zaki himoya qilinadi.
O„zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo„yicha respublika maxsus komissiyasi yig„ilishining 11-son bayonida belgilangan topshiriqlardan kelib chiqqan holda, Oliy va o„rta maxsus ta’lim vazirining 2020 yil 27 martdagi
11
“Oliy ta’lim muassasalarida masofaviy ta’limni joriy etish to‘g‘risida”gi 233-son buyrug„iga asosan talaba amaliyot bo„yicha hisobotni onlayn tarzda topshirishi mumkin.
Ishlab chiqarish amaliyot bo„yicha hisobotning himoyasini qabul qilish orqali talabaning nazariy jihatdan olgan bilimlari, mustaqil fikrlay olish qobiliyati, uning dunyoqarashi, nazariy bilimlarni amaliyot bilan bog„lay olishi, amaliy bilim darajasi alohida hisobga olinadi. Amaliyot hisobotini baholash 5 baholik tizimda amalga oshiriladi va natijasi himoya komissiyasi tomonidan tegishli tartibda rasmiylashtiriladi.

Download 2,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish