4-mavzu. Davlat byudjetining huquqiy asoslari
Byudjet munosabatlarini tartibga soluvchi qonuniy-huquqiy hujjatlar ro’yhatini keltiring.
1.______ O’zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksi. O’zbekiston Respublikasi qonuni. O’RQ-360-son, 26.12.2013.
O’zbekiston Respublikasining 2019-yil 1-iyuldagi Hisob Palatasi to’g’risidagi qonuni,O‘RQ-546-son. Qonun hujjatlari ma‘lumotlari milliy bazasi, 02.07.2019 y., 03/19/546/3359-son.
O’zbekiston Respublikasining 2019-yil 31-dekabrdagi ―O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi (yangi tahriri)‖. Qonun hujjatlari ma‘lumotlari milliy bazasi, 31.12.2019 y., 02/19/SK/4256-son.
O’zbekiston Respublikasining 2019-yil 9-dekabrdagi ―2020-yil uchun O’zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to’g’risida‖gi O‘RQ-589-son qonuni. Qonun hujjatlari ma‘lumotlari milliy bazasi, 10.12.2019 y., 03/19/589/4126-son.
2.“NIMA UCHUN?’ SXEMASI to’ldiring
5-mavzu. Davlatning byudjet-soliq siyosati
1. Mavzuga oid tayanch so`z va iboralarni yozing:
1.___ Byudjet siyosati – byudjet munosabatlarini tashkil etish tamoyillarining bajarilishini ta‘minlash, davlat va jamiyat oldida turgan maqsad va vazifalarni davlat byudjeti orqali amalga oshirish usullari, chora-tadbirlari va maqsadli faoliyatlari yig‘indisidir.
2.__ Byudjet strategiyasi – ijtimoiy va iqtisodiy strategiya belgilab bergan uzoq istiqbolga mo‘ljallangan va yirik ko‘lamdagi vazifalarni bajarishga qaratilgan bo‘lib, u rivojlanishning asosiy konsepsiyalarini ishlab chiqish, byudjet munosabatlarini tashkil etishning umumiy tamoyillarini ishlab chiqishni, uzoq muddatga mo‘ljallangan rivojlanish istiqbollarini belgilashni ko‘zda tutadi.
3 Byudjet taktikasi – strategiya belgilab bergan vazifalarni jamiyat rivojlanishining aniq bosqichida va aniq sharoitlarida moliya-byudjet munosababatlarini tashkil etish usullari orqali amalga oshiradi.
4.____ Siyosat – bu jamiyat ustqurmasiga taalluqli tushuncha bo’lib, davlatning o’z funksiyalari va vazifalarini amalga oshirishga qaratilgan rivojlanish yo’nalishlari va chora-tadbirlari yig’indisidir.
5._ Byudjet siyosatining asosiy maqsadi –
jamiyatda yaratilgan boylik va ne‘matlarning jamiyat a‘zolari o‘rtasida maksimal darajada adolatli taqsimlanishini ta‘minlashdan iborat.
6.____ O’zbekiston Respublikasining davlat byudjeti o’z rivojlanish jarayonida quyidagi bosqichlarni bosib o’tdi:
Fiskal bosqich (1991-1995-yillar);
Noinflyatsion bosqich (1996-2002-yillar);
Davlat moliyasini boshqarish tizimini isloh qilish bosqichi (2003-2017- yillar).
7.____ Fiskal bosqich(1991-1995-yillar)ning vazifalari:
yangi byudjet qonunchiligini yaratish;
soliq islohotlarini o‘tkazish;
byudjetning xarajatlar qismini qayta tarkiblash;
byudjet daromadlari va xarajatlarini balanslashtirishga erishish
8.____ Noinflyatsion bosqich(1996-2002) vazifalari:
balanslashgan davlat byudjetini shakllantirish;
soliqqa tortish tizimini yanada takomillashtirish va unifikatsiyalash;
byudjet xarajatlarini optimallashtirish, xususan, xalq xo’jaligi tarmoqlarini mablag’lar qaytimini ta‘minlay olmaydigan moliyalashtirish amaliyotidan ularni investitsiyalashga o’tish;
moliya-byudjet qonunchiligini yanada rivojlantirish vazifalarini hal qilish
Do'stlaringiz bilan baham: |