“Moliya” kafedrasi



Download 3,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/271
Sana23.07.2021
Hajmi3,45 Mb.
#126499
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   271
Bog'liq
Moliya umk

6-nazorat uchun savol 
        Faraz  qilaylik,  TIPS  bo‘yicha  real  yillik  foiz  stavkasi  3,5%ni,  AQShdagi 
kutilayotgan  inflyatsiya  darajasi  esa  yiliga  4%ni  tashkil  etadi.  Unda  ushbu 
obligatsiyalar  bo‘yicha  kutilayotgan  daromadlilikning  nominal  stavkasi  qanday 
bo‘ladi? 
 
5. Foizli stavkalarni tenglashtirish. 
 
Moliyaviy  bozordagi  raqobat  ekvivalent
60
  aktivlarga  kiritilgan  mablag‘lar 
bo‘yicha foiz stavkalari bir xil bo‘lishiga olib keladi. Faraz qilaylik, misol uchun 
bir  yillik  AQSh  G‘aznachilik  veksellari  bo‘yicha  bugungi  kunda  4% 
to‘lamoqdalar.  Boshqa  ilg‘or  moliya  tashkilotlarining,  misol  uchun  Jahon  banki 
(World bank)ning dollarli qarz majburiyatlari bo‘yicha yillik foiz stavkalari (ushbu 
holatda  ham  to‘lolmaslik  riski  mutlaqo  yo‘qligini  hisobga  olgan  holda)
 
qanaqa 
bo‘lishi mumkin? 
Buning javobi quyidagicha bo‘lishi kerak: taxminan yillik 4%. 
Endi bunday javob qanday olinganini ko‘rib chiqamiz. Faraz qilaylik, Jahon 
banki  jalb  qilinayotgan  mablag‘lar  bo‘yicha  4%dan  pastroq  stavkani  taklif 
qilmoqda.  Ma’lumotlardan  boxabar  investorlar  bunday  stavka  evaziga  uning 
qimmatli  qog‘ozlarini  olmaydi,  balki  AQSh  G‘aznachiligining  bir  yillik 
veksellarini  sotib  oladi.  Agar  Jahon  banki  o‘z  obliga-tsiyalarini  astoydil  sotish 
niyatida  bo‘lsa,  kamida  AQSh  G‘aznachiligining  stavkasini  taklif  qilishi  kerak 
bo‘ladi. 
Jahon  Banki  4%dan  ancha  yuqori  bo‘lgan  stavkani  taklif  etarmikan?  Agar 
moliya-kredit  muassasasi  qarzlar  bo‘yicha  xarajatlarni imkon  qadar kamaytirishni 
istasa  (aslida  moliya-kredit  muassasalari  barchasining  maqsadi  shu),  u  haqiqatda  
investorlarni  jalb  qilish  uchun  zarur  bo‘lgan  narsani  taklif  etadi.    Demak, 
to‘lamaslik riskidan holi bo‘lgan, muddati bir yillik har qanday dollarli ssudalar va 
qarzlar  ana  o‘sha  4%ga,  ya’ni  bir  yillik  g‘aznachilik  veksellari  daromadliligi 
stavkasiga yaqinlashish tendensiyasiga ega. 
Agar  tashkilotlar  teng  sharoitda  har  xil  foizli  stavkalarda  pul olish  yoki  qarz 
berishga  qodir  bo‘lsalar,  unda  ular  foizli  arbitraj
61
  (interest-rate  arbitrage)  bilan 
shug‘ullanishlari  ma’lum  bo‘ladi.  Boshqacha  aytganda,  ular  pulni  pastroq  foizli 
stavkada  olib,  yuqoriroq  foizli  stavkada  qarzga  beradilar.  Tabiiyki,  bunday 
harakatlar  masshtabining  kengayishi  yana  foizli  stavkalarning  tenglashishiga  olib 
keladi. 
 
                                                           
60
 “Ekvivalent” lotincha “aequivalens” “aequivalentis” – teng kuchli, teng qiymatli. Biror narsaga teng yoki biror 
jihatdan  mos  keladigan  va  uning  o‘rnini  bosa  oladigan  boshqa  narsa.  Teng,  teng  bo‘lgan;  mos  keladigan,  o‘rnini 
bosa oladigan. Qarang: o‘sha manba. J.V. - B.24. 
61
  “Arbitraj”  fransuzcha  “arbitrage”  –  hakamlik  sudi.  1.  Nizoli  masalalarni  hal  qilish  uchun  maxsus  tashkil 
etilgan va doimo faoliyat ko‘rsatuvchi sud organi, hakamlik. 2. Foyda olish maqsadida bir valyuta bozoridan sotib 
olingan xorijiy valyutalarni kursdagi farqiga qarab ikkinchi valyuta bozorida sotish. Qarang: o‘sha manba. J.I. – B. 
94. 


70 
 

Download 3,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   271




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish