68
I Bond obligatsiyalari bo‘yicha daromadlilik stavkasi ikki alohida
stavkalarning: belgilangan daromadlilik stavkasi va yarim yillik inflyatsiyaga teng
o‘zgaruvchi stavka kombinatsiyasidan iborat. Belgilangan stavka obligatsiyaning
muomalada bo‘lgan davrida o‘zgarishsiz bo‘ladi. Inflyatsiya darajasiga bog‘langan
o‘zgaruvchan stavka esa har 6 oyda o‘zgarishi mumkin. 6 oylik inflyatsiya darajasi
hamda I Bond bo‘yicha belgilangan stavkaning yig‘indisi ushbu obligatsiyalar
bo‘yicha daromadlilik stavkasi keyingi 6 oy davomida qanday bo‘lishini
ko‘rsatadi.
I Bond obligatsiyalarining boshqa o‘ziga xos xususiyatlari qanday?
I Bond obligatsiyalari omonat o‘lchamining juda keng doirasiga ega; Siz
ularga jami 50 dollar yoki yiliga 30 000 dollar investitsiya qili-shingiz
mumkin;
I Bond obligatsiyalari ishonchlidir, zero, ular G‘aznachilikning qimmatli
qog‘ozlari hisoblanib, AQSh hukumati tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi va
kafolatlanadi;
I
Bond obligatsiyalari soliq afzalliklariga ega. Siz o‘z daromad-laringizdan
soliq to‘lash muhlatini 30 yilga uzaytirishingiz mum-kin, va bundan
tashqari, bu obligatsiyalar ma’muriy hudud
(shtat)lar va mahalliy daromad
solig‘ini to‘lashdan ozod etilgan;
I
Bond obligatsiyalarining bahosi, to‘g‘risini aytganda, har oy oshib boradi,
foizlari esa
har yarim yillikda hisoblanadi;
I
Bonds obligatsiyalari likvidli hisoblanadi. Ularni sotib yuborish va olti oy
o‘tganidan so‘ng xoxlagan paytda naqdga aylantirish mumkin.
Endi inflyatsiya sur’atini hisobga olgan holda indekslangan
(TIPS)
obligatsiyalar qanday faoliyat ko‘rsatayotganligini yaxshiroq tushunish uchun,
keling, qoplash muddati 1 yillik bo‘lgan qimmatli qog‘ozlarni ko‘rib chiqamiz.
Faraz qilaylik, ular bo‘yicha real kafolatlangan yillik 3%lik foiz stavkasi
taklif qilinmoqda. Daromadlilikning dollarli nominal stavka-sini, u inflyatsiya
sur’atiga bog‘liq bo‘lganligi sababli, oldindan aniq aytib berishning iloji yo‘q.
Agar inflyatsiya darajasi atigi 2% bo‘lsa, unda daromadlilikning yakuniy dollarli
nominal stavkasi 5% atrofini tashkil etadi; 10%lik inflyatsiya darajasida esa
daromadlilikning dollarli nomi-nal stavkasi 13%gacha oshadi.
Yuqorida aytilganlarni jamlagan holda, foiz stavkasi va’da qilingan
daromadlilik stavkasi hisoblanishini eslatib o‘tamiz. Ko‘pchilik obliga-tsiyalar u
yoki bu valyutada ifodalangan foiz stavkasini taklif qilishlari sababli, ularning
iste’mol tovarlari narxlarining dinamikasini hisobga olgan holdagi real
daromadlilik stavkasi – noaniq ko‘rsatkich bo‘ladi. Agar inflyatsiyani hisobga
olgan holda indeksatsiyalanadigan obligatsiyalar haqida gapiradigan bo‘lsak,
mazkur holatda foiz stavkasi iste’mol savatiga kiruvchi aniq tovarlar narxini
hisobga olgan holda hisoblab chiqariladi. Ushbu savatni hisobga olgan holda, foiz
stavkasi risksiz, kafolatlangan real stavka hisoblanadi.