6. Likvidlik va kassa rejasini bajarish Milliarder Xovard Xyuzning (Howard Hughes) naqd pul va kredit
kartochkalarisiz uni hech kim tanimaydigan shaharda qolib ketgani to‘g‘risida
afsona bor. Ovqat, boshpana va yo‘lkiraga puli bo‘lmaganligidan uning sovuq va
ochlikdan o‘lishiga biroz fursat qolgan, xolos. Har qanday korporatsiya xuddi
shunday ahvolda tushib qolishi mumkin. Iqtisodiy ko‘rsatkichlari va obro‘si baland
firmalar ham jiddiy moliyaviy muammolarga duch kelishi va hatto bir kun kelib
to‘satdan puli tugab qolsa yoki kreditni qaytaraolmasa, bankrotlikka (kasodga)
uchrashi mumkin. Kamdan kam hollarda faqat qisqa muddatli daromad va
xarajatlarni samarali boshqarish evazigagina katta muvaffaqiyatga erishish
mumkin. Ammo ular noto‘g‘ri boshqarilsa, firma bankrotlikka yuz tutishi aniq.
Xovard Xyuzning muammosi shunda ediki, u nolikvidlik vaziyatiga tushib
qolgan edi. Jismoniy yoki yuridik shaxs ma’lum xarid uchun zudlik bilan to‘lash
yoki o‘z qarzini belgilangan muddatda to‘lash uchun zarur mablag‘ga egaligi holati
likvidlik (liquidity) deyiladi. Aks vaziyat nolikvidlikni anglatadi, ya’ni inson yoki
firma ma’lum xarid uchun zudlik bilan to‘lash yoki o‘z qarzini belgilangan
muddatda to‘lash uchun zarur mablag‘ga ega, ammo buni zudlik bilan amalga
oshirolmaydi
80
.
Aktivlarining nolikvidligi oqibatida biror-bir muammo kelib chiqishiga yo‘l
qo‘ymaslik uchun firma bo‘lajak daromad va xarajatlar bo‘yicha prognozlarni
imkon qadar aniq tuzishi kerak. Ushbu barcha prognozlar aks ettiriladigan reja
kassa rejasi (cash budget) deb ataladi.
3-nazorat uchun savol
Nima uchun har qanday firma o‘z aktivlari likvidligiga rioya qilishi kerak?
80
Aktivlar likvidligi ularni qanchalik tez va bezarar pulga aylantirish mumkinligi bilan belgilanadi. Likvidlik
darajasining samarali mezoni bu ular sotib olingan narx va ularni zudlik bilan qayta sotish narxi o‘rtasidagi farqdir.
Shunday qilib, Siz sotib olingan yangi avtomobil likvidligi uning uchun to‘langan narx va shu zahoti boshqa
odamga sotishingiz mumkin bo‘lgan narx o‘rtasidagi farq bilan belgilanadi. Birja bozorida savdoga qo‘yiladigan
aktivlar likvidligi talab va taklif o‘rtasidagi farq bilan belgilanadi. Pul mablag‘lari aslida “0” spredli aktiv
hisoblanadi.