“Moliya” kafedrasi


“A” kompaniyasining 20x1–20x3 yillardagi moliyaviy hisoboti



Download 3,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet146/271
Sana23.07.2021
Hajmi3,45 Mb.
#126499
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   271
Bog'liq
Moliya umk

“A” kompaniyasining 20x1–20x3 yillardagi moliyaviy hisoboti  
(mln. so‘mda) 
Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot 
20x1 y. 
20x2 y. 
20x3 y. 
Sotuvlar hajmi 
  1000000  1120000  1254400 
Sof foyda  
 
200000 
224000 
250880 
Dividendlar  
 
80000 
89600 
100352 
Taqsimlanmagan foydaning o‘sishi 
 
120000 
134400 
150528 
Balans 
20x0 y. 
20x1 y. 
20x2 y. 
20x3 y. 
Aktivlar 
2000000  2240000  2508800  2809856 
Majburiyatlar  
1000000  1120000  1254400  1404928 
Kapital  
1000000  1120000  1254400  1404928 
 
1-nazorat uchun savol 
       Firma o‘sishi sur’ati uning barqaror o‘sishi koeffitsiyentidan past bo‘lgandagi 
vaziyat tashqi moliyalashtirish summasiga qanday ta’sir qiladi? 
 
5.Aylanma kapitalni boshqarish 
 
Aksariyat  kompaniyalarning  ishlab  chiqarilgan  mahsulot  yoki  tovarlarni 
sotishdan biror-bir daromad (foyda) olishlridan oldin amalga oshirilgan xarajatlarni 
qoplash  uchun  ma’lum  miqdorda  pul  mablag‘lari  sarflashlariga  to‘g‘ri  keladi. 
Buning  natijasida  firma  aktivlarining  ma’lum  qismlari,  masalan,  tovar-moddiy 
zahiralar  va  olinishi  kerak  bo‘lgan  hisoblar  (debitorlik  qarzlari),  odatda,  uning 
majburiyatlaridan, ya’ni to‘lanishi kerak bo‘lgan hisoblar (kreditorlik qarzlari) va 
to‘planib  qolgan qarzlardan  oshadi.  Kompaniyaning  aylanma  aktivlari bilan  joriy 
majburiyatlari  o‘rtasidagi  farq  aylanma  kapital  (working  capital)  deb  ataladi. 
Agar  kompaniyaning  aylanma  kapitalga  ehtiyoji  mavsumiy  emas,  balki  doimiy 
xususiyatga  ega  bo‘lsa,  odatda,  kompaniya  uzoq  muddatli  moliyalashtirishni 
olishga harakat qiladi. Mavsumiy ehtiyojlar qisqa muddatli qarzlar, masalan, bank 
kreditlari hisobiga moliyalashtiriladi.  
Firma aylanma kapitalini boshqarishning asosiy prinsipi daromadsiz aktivlar, 
masalan  debitorlik  qarzlari  va  tovar-moddiy  zahiralariga  sarflangan  mablag‘larni 
imkon qadar kamaytirishdan, va “foizsiz” kreditlardan, ya’ni a) mijozlar oldindan 
to‘lagan mablag‘, b) hisoblangan, ammo to‘lanmagan mehnat haqi va v) kreditorlik 
qarzlaridan maksimal darajada foydalanishdan iborat. Pul mablag‘larining bu uchta 
manbai  firma  uchun  bepul  hisoblanadi.  Chunki,  odatda,  ularga  aniq  (ochiq)  foiz 
stavkasi hisoblanmaydi
79

Ma’lum  chora-tadbirlar  va  tartiblar  kompaniya  o‘z  mahsulotini  sotgan  payt 
                                                           
79
  Agarda  firma  to‘lovlarni  bo‘nak  (avans)  tarzida  amalga  oshiruvchi  xaridorlarga  chegirmalarni  taklif  etsa,  u 
holda  bunday chegirmalar  miqdori noaniq foizli to‘lov  hisoblanadi.  Agar  firma  mahsulot (mol)  yetkazib beruvchi 
tomonidan taklif etilgan chegirmadan voz kechib, bu orqali hisoblar bo‘yicha to‘lovlari muddatini uzaytirsa, bunday 
chegirma ham noaniq foizni namoyon etadi.
 


119 
 
bilan  pul  hisob  raqamiga  kelib  tushgan  payt  oralig‘idagi  vaqtni  qisqartirish 
imkonini  beradi. Aynan  shu  tadbirlarni  amalga  oshirish  orqali  firmaning  aylanma 
kapitalga  bo‘lgan  ehtiyojini  kamaytirish  mumkin.  Ideal  holatda,  har  bir  firma 
yetkazib beriladigan tovar uchun mijozlardan avans olishga intilishi kerak. Bundan 
tashqari,  o‘ziga  zarur  resursni  sotib  olish  va  haqini  to‘lash  o‘rtasidagi  vaqtni 
uzaytirish orqali aylanma kapitalga bo‘lgan ehtiyojini qisqartirishi mumkin. 
To‘lov  vaqti  va  amalga  oshirilayotgan  xo‘jalik  operatsiyalari  o‘rtasidagi 
o‘zaro bog‘liqlikni yaxshilab tushunish uchun 2-rasmni diqqat bilan o‘rganing. 
 
 
14.2-rasm. Pul mablag‘lari aylanishi sikli 

Download 3,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   271




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish