Kalkulyator
ishoralari-uni
to’g’ri tushunish. Kalkulyatorlar biroz
foydalanishga qulay. Ammo bu jarayonda tez tez kuzatiladigan xatolar ham
mavjud. Moliyaviy malkulyatordan foydalanishda muammoni yechish uchun
quyidagi qadamlarni amalga oshirish zarur.
1. Kalkulyatoringizni yiliga bir marta to’lovlarga to’g’irlang. Ba’zi
moliyaviy kalkulyatorlar oylik to’lovlari asosida to’g’irlangan bo’ladi. Uni yillik
to’lovlarga o’zgartiring. N davrlar soni va r ni har bir davr uchun foiz stavkasi
sifatida oling.
2. Kalkuyatoringizni eng kamida to’rt xonali yoki o’zgaruvchan o’nli o’ringa
o’tkazing (to’qqiz o’nlik son). Ko’pchilik kalkulyatorlar faqat 2 xonali sonlarni
81
www.pearsonhighered.com/keow dagi A ilova Texas Instruments BA II Plus va Hewlett-Packyard 1 0BII
kalkuyatorlari uchun qo’llanmani taqdim etadi.
126
ko’rsatadi. Chunki foiz stavkalar juda kichik bo’ladi eng kami 4 xonali
yaxlitlashdan foydalaning.
3. Kalkulyatoringizni “tugallash” holatiga qo’ying. Sizning kalkuyatoringiz
pul oqimlari har davrning ohirida bo’ladi deb tushunishi mumkin.
Eng mashhur moliyaviy kalkulyatorlar Texas Instruments BA II Plus (TI BA
II Plus) va Hewlett-Packyard 1 0BII (HP 1 0BII) hisoblanadi. Agar ushbu
kalkulyatorlardan birortasidan foydalanayotgan paytingizda muammolar vujudga
kelsa www.pearsonhighered.com/keow dagi A ilovani ko’ring. U ikki kalkulyator
uchun ham qo’llanma taklif etgan.
Jadvallar. Amaliyotdan olsak, ko’pchilik pul kalkulyatorlari komputerlarda
mahsus jadvallar dasturlari yordamida amalga oshiriladi. Hisob kitob qiluvchi
jadval dasturlari bo’lsa ham ularning orasida eng mashhuri Microsoft
korporatsiyasi Ecxel dasturi. U ham moliyaviy kalkulyatorlarga o’xshab ketadi,
Excelda kelgusi qiymatlarni aniqlash uchun mahsus tayyor funksiyalari mavjud.
Excel ishoralari-uni to’g’ri tushunish. 1. Excel taklif etayotgan formuladan
foydalan. Barcha Excel funksiyalari bir xil tuzilgan: birinchi “=” belgisi, ikkinchisi
(masalan, FV yoki PV) va uchinchisi funksiyalar kichik qavslar ichida joylashgan.
Masalan, kelgusi qiymat funksiyasi quyidagicha bo’ladi.
= FV(rate, nper, pmt, pv)
Excel yacheykasida (ma’lumot kiritiladigan jadval bo’lagi) funksiyani terishni
boshlasangiz, kiritilgfan o’zgaruvchilar jadvalning yuqori qismida ma’lum ketma
ketlikda joylashadi va shunga muvofiq qaysi o’zgaruvchini kiritishingizni
bilishingiz mumkin. Masalan, = FV(rate, nper, pmt, pv, type) paydo bo’ladi, rate
so’zi belgilangan shaklda bo’lishi shu ma’lumotni kiritish zarur ekanligini
bildiradi. Bunga ko’ra, o’zgaruvchilarni kiritishingizda butun funksiyalarni eslab
qolishingizga xojat qolmaydi.
2. Agar xato qilsangiz “Help” piktogrammasini bosing. Excel jadvalining
yuqori qismida Help so’zini ko’rishingiz mumkin-boshqa bir yo’li F1 tugmasini
bosish orqali ham amalga oshirilishi mumkin. Agar xato qilsangiz yordam
beruvchi bu help belgisidir. Uni bosib “PV” yoki “FV” ni qidirish joyiga bosing va
natijada dastur buni qanday amalga oshirishni tushuntirib beradi. Qolgan boshqa
barcha moliyaviy hisob kitoblar ham huddi shu yo’sinda amalga ohirilishi
mumkin.
3. r o’zgaruvchisini yaxlitlashda ehtiyotkor bo’ling. Masalan, har oyda
hisoblanadigan 6.99 ga teng bo’lgan foiz stavkasini hisoblayapsiz. Bu foiz
stavkasini har biro y uchun hisobga olishni anglatadi, ya’ni =6.99%/12, va siz
bo’lish amalini bajarayotgan ekansiz, bo’lish amalga oshirilgunga qadar “=”
belgisini kiritishingiz zarur bo’ladi. 0.0699/12 ni 0.58 ga yaxlitlamang va r uchun
0.58ni kiriting. Uning o’rniga =6.99/12 yoki o’nli kasrda 0.0699/12 ni r o’rniga
kiriting.
Anglagan bo’lsangiz kerak, Excel jadvallarida foydalaniladigan usullar
moliyaviy kalkulyatornikiga o’xshab ketadi, Excelda foiz stavka (0.06) o’nli kasr
yoki % belgisi bilan (6%) orqali belgilanadi, (moliyaviy kalkulyatordan
foydalanishda esa) 6 ni kiritamiz.
127
4. Excel shartli belgilari sizni chalg’itishiga yo’l qo’ymang. Excel r yoki I/Y
belgisini foiz stavkasi sifatida tushunmaydi. Uning o’rniga u termin nisbatidan
foydalanadi. Bu sizni bezovta qilishiga yo’l bermang. Shuningdek, Excel n
belgisidan yillar sonini bildirish uchun foydalanmaydi. Buning o’rniga nper
belgisidan foydalanadi. Yana bir marta bu sizni bezovta qilishiga yo’l bermang. n
ham nper ham davrlarni bildiradi.
5. “Type” o’zgaruvchini kiritishda chalg’imang. Siz Excel biz hali
gaplashmagan o’zgaruvchini “type” kiritishingizni talab qilishi mumkin. Agar siz
“=FV” ni teradigan bo’lsangiz, yacheyka pastida “=FV (rate, nper, pmt, pv, type)”
paydo bo’ladi. Bu yangi o’zgaruvchi sizni chalg’itishiga yo’l qo’ymang. “type”
o’zgaruvchisi to’lovlar , pmt har bir yilning ohirida amalga oshirilishini (ya’ni type
= 0) yoki har bir davrning boshini (ya’ni type = 1) bildiradi. Lekin jadvalda
belgilangan “type” nolga teng deb olinadi.
Shunday ekan agar siz “type” qiymat belgilamasangiz dastur to’lovlar har
yilning ohirida amalga oshiriladi deb hisoblaydi. Biz buni davr ohirida amalga
oshiriladi deb hisoblaymiz, agar unday bo’lmasa, bular bilan bobning keying
qismlarida tanishamiz. Sezgan bo’lsangiz barcha to’lovlar davr ohirida amalga
oshiriladi deb hisoblasak, “type” o’zgaruvchisidan foydalanmasak ham bo’ladi.
Pulning vaqt bo’yicha qiymati muammosining ikki qo’shimcha turlari. Ba’zida
pulning vaqt bo’yicha qiymati qiymatning joriy yoki kelgusi qiymatlarini
aniqlashga qaratilmaydi, ammo buning o’rniga kelgusi davrdalar n, yoki foiz
stavkasi, r bilan ham shug’ullanadi. Masalan, bu savolning javobida biz n
qiymatini aniqlashimiz ham mumkin.
Pul investitsiya qilganimdan qancha vaqt o’tib ikkinchi uy sotib olishga
yetarli mablag’im bo’ladi?
Shuningdek, bu savol r uchun berilganda quyidagicha javob topishimiz
mumkin bo’ladi.
Yangi tug’ilgan farzandim kollej ta’limini olishi uchun qanday stavkada
investitsiya kiritishim kerak bo’ladi?
Mening investitsiyam qancha foiz daromadi oldi?
Moliyaviy kalkulyator yoki excel jadvallari orqali yuqoridagi holatlarda r
yoki n ning qiymatini osonlikcha topib olishimiz mumkin. Bu matematik
formulalar orqali ham amalga oshirilishi mumkin, lekin bu jadvallar yoki
kalkulyatorlar yordamida amalga oshirilganda nisbatan osonroq bo’ladi, keling
bularga to’xtalib o’taylik.
Davrlar sonini aniqlash. Faraz qilamiz siz 9330 dollar investitsiya 10% foiz
stavkasida 20 000 dollarga aylanishi uchun qancha vaqt talab qiladi? Endi buni
moliyaviy kalkulyator va Excel jadvallari orqali aniqlashga harakat qilib ko’raylik.
Excel jadvallaridan foydalanish. Excel dasturida buni hisoblash ham oson. Biz =
NPER funksiyasidan foydalanib rate, pmt, pv va fv qiymatlarini kiritamiz
128
Do'stlaringiz bilan baham: |