Moliya iqtisodiyot doirasida o’zaro bog’liq bo’lgan



Download 167,72 Kb.
bet8/8
Sana20.06.2022
Hajmi167,72 Kb.
#686351
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
moliya

Ijtimoiy soliq
Pensiyalarni hisoblash tartibini soddalashtirish maqsadida jismoniy shaxslarning ayrim toifasi uchun ijtimoiy soliq stavkalarini unifikatsiya qilish taklif etiladi.
Shunday qilib, Qonun loyihasida o‘zini-o‘zi band qilgan jismoniy shaxslar, «Usta-shogird» maktablari o‘quvchilari — ular 25 yoshga to‘lguniga qadar ishlagan davri, dehqon xo‘jaliklari, shuningdek mehnat shartnomasi asosida chet elda yollanib ishlayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, shuningdek savdo uylarida, vakolatxonalarda (shu jumladan yuridik shaxs tashkil etmasdan), O‘zbekiston Respublikasi davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan chet davlatlarda tashkil etilgan (ochilgan) tashkilotlarda ishlayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga mehnat stajini hisoblab chiqarish uchun yiliga kamida 1 bazaviy hisoblash miqdorida ijtimoiy soliq tulanishini nazarda tutilgan.
Yer va mol-mulk solig‘i
Qonun loyihasida yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq bo‘yicha kamaytirilgan stavkaning 0,2 dan 0,4 foizgacha va alohida ob’ektlar va yer uchastkalariga nisbatan yuridik shaxslarning yer solig‘i stavkalariga qo‘llaniladigan kamaytiruvchi koyeffitsiyentning 0,1 foizdan 0,25 foizgacha oshirilishi nazarda tutilmoqda.
Bu ularni mol-mulk solig‘i va yer solig‘ining bazaviy stavkaga bosqichma-bosqich yetkazish imkonini beradi.
Moliya vazirligining eslatib o‘tishicha, mol-mulk solig‘i bo‘yicha kamaytirilgan stavka va yer solig‘i stavkalariga kamaytiruvchi koeffitsiyent avval soliq imtiyozlari berilgan ob’ektlarga nisbatan 2020 yil 1 yanvardan kiritildi. Ushbu choralar ko‘chmas mulk ob’ektlaridan samarali va oqilona foydalanish, shuningdek, yuridik shaxslarga tegishli bo‘lgan yer uchastkalarini to‘liq hisobini yuritishni ta’minlash maqsadida kiritilgan.
Fermer xo‘jaliklari uchun yagona yer solig‘ini bekor qilish bilan birga (2020 yil 1 yanvardan), yer solig‘ini hisoblab chiqarish maqsadida, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni normativ qiymatdan kelib chiqib soliq solish tartibi saqlab qolingan. Mazkur davrdan boshlab qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlari mavjud bo‘lgan boshqa yuridik shaxslarga ham ushbu tartib tatbiq etildi. Bunda, meva-sabzavotchilik qishloq xo‘jaligi korxonalari (2019 yil 1 yanvardan) uchun yer toifasi (sug‘oriladigan va sug‘orilmaydigan) va ball bonitetiga qarab belgilangan stavkadan kelib chiqib yer solig‘ini hisoblab chiqarish tartibi saqlab qolingan.
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarga yagona soliq solish tartibini belgilash maqsadida, Qonun loyihasida meva-sabzavotchilik qishloq xo‘jaligi korxonalarini qishloq xo‘jaligi ekinzorlarining normativ qiymatidan kelib chiqib, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar kabi yer solig‘i stavkasini belgilagan holda, yer solig‘ini hisoblab chiqarishga qaytish nazarda tutilmoqda.
Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq bo‘yicha alohida qurilish foydali qazilmalari bo‘yicha stavkalar unifikatsiya qilinmoqda. Bu rudadan tashqari foydali qazilma konlarini o‘zlashtirish va ularni, ayniqsa daryo o‘zanlaridan, samarali qazib olishini ta’minlashga qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratadi, deb hisoblamoqda Moliya vazirligi.
Download 167,72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish