Moliya iqtisodiyot doirasida o’zaro bog’liq bo’lgan


Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq



Download 167,72 Kb.
bet7/8
Sana20.06.2022
Hajmi167,72 Kb.
#686351
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
moliya

Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq
Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq bo‘yicha soliq stavkasi soliq to‘lovchilarning toifalari kesimida, shuningdek belgilangan maqsadlarda ishlatiladigan suv hajmi qismida belgilanmoqda, bu soliqni hisoblab chiqarish maqsadida har xil maqsadlar uchun ishlatiladigan suv resurslari hajmining hisobini alohida yuritishni taqozo etadi. Ushbu chora-tadbirlar suv resurslaridan oqilona va samarali foydalanishni ta’minlashga qaratilgan.
Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq bo‘yicha soliq stavkalari 15% ga, ushbu stavkalarni sanoat korxonalari uchun belgilangan yagona soliq stavkasiga bosqichma-bosqich yetkazish maqsadida, iqtisodiyotning alohida tarmoqlari uchun 30 foizga indeksatsiya qilinmoqda. Kommunal xizmat ko‘rsatish korxonalari uchun suv resusrlaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari 2020 yil darajasida saqlab qolinmoqda, qishloq xo‘jalik yerlarini sug‘orish uchun ishlatiladigan suv hajmi va baliqlarni o‘stirish (yetishtirish), shu jumladan dehqon xo‘jaliklari uchun foydalaniladigan suv hajmi bo‘yicha esa 1 kub metri uchun 40 so‘m yagona soliq stavkasi belgilanmoqda.
QQS
Qonun loyihasi bilan tushum hajmidan qatiy nazar quyidagilar hisobiga QQS to‘laydigan korxonalar doirasini kengaytirish nazarda tutilgan: alkogol mahsulotlari, shu jumladan pivoni chakana sotish bo‘yicha turg‘un savdo shahobchalari, shuningdek, bozorlar va savdo komplekslari. Bu faoliyatni amalga oshirishga teng sharoitlarni yaratish va soliq bo‘yicha QQS to‘lovchi korxonalardan foyda ulushini ushbu soliqni to‘lamaydigan shaxslarga taqsimlab o‘tkazish hisobiga tushumlarni pasaytirishni oldini olishga imkon yaratadi, deya hisoblaydi Moliya vazirligi.
Koronavirus pandemiyasi sharoitida prezidentning 2020 yil 3 apreldagi PF-5978-sonli Farmoni bilan 2020 yil 1 apreldan 31 dekabrga qadar bo‘lgan davrda tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish aylanmasi oyiga 1 mlrd. so‘mdan oshmaydigan va elektron hisob-fakturalarni qo‘llaydigan qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilar ushbu soliqni har choraklik asosida hisoblash va to‘lash huquqiga ega ekanligi nazarda tutilgan. Ushbu normani kelgusida ham saqlab qolish va uni Soliq kodeksida doimiy ravishda nazarda tutish taklif etiladi.
Qonun loyihasida valyuta tushumi summasi tushishidan qat’iy nazar haqiqatda olingan tovarlar (xizmatlar) bo‘yicha to‘langan (to‘lanadigan) QQSni hisobga olish imkoniyati nazarda tutilmoqda. Bu konsignatsiya (to‘lovni kechiktirish) shartlari bilan eksportga tovarlarni jo‘natishni amalga oshiruvchi eksport qiluvchilarni qo‘llab-quvvatlashga va aylanma mablag‘larini band qilishni oldini olishga imkon beradi. Ushbu huquq O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 5 maydagi «To‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini qo‘llab-quvvatlashga doir kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PF- 5989-sonli Farmoniga muvofiq faqatgina to‘qimachilik korxonalarida mavjud edi.

Download 167,72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish