Moliya instituti I. Ochilov


Amortizatsiyani to’g’ri chiziqli usulda hisoblash jadvali



Download 322,98 Kb.
bet36/109
Sana18.01.2022
Hajmi322,98 Kb.
#390734
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   109
Bog'liq
5-y-Moliyaviy-hisob-Oquv-qollanma-I-Ochilov-va-boshq-T2004

Yillik amortizatsiya summasi = (10000 - 1000) / 5 = 1800 ming so’m.

Amortizatsiyani to’g’ri chiziqli usulda hisoblash jadvali



Yillar

Balans qiymati

Yillik amortizatsiya summasi


Jamg’arilgan amortizatsiya


Qoldiq qiymati


1-yil

10000

1800

1800

8200

2-yil

10000

1800

3600

6400

3-yil

10000

1800

5400

4600

4-yil

10000

1800

7200

2800

5-yil

10000

1800

9000

1000

Bajarilgan ish hajmiga ko’ra amortizatsiya hisoblash.
Korxonada shu davr mobaynida 90000 so’mlik mahsulot ishlab chiqarildi. 1-yilda - 20000, 2- yilda - 30000, 3-yilda - 10000, 4-yilda - 20000, 5-yilda – 10000 ming so’mlik mahsulot ishlab chiqarildi.
Mahsulot birligiga taqsimlanadigan amortizatsiya xarajatlari quyidagiga teng:

(10000 - 1000) / 90000 = 0,1 har bir so’mlik mahsulot uchun.

Bajarilgan ish hajmiga ko’ra amortizatsiya hisoblash jadvali

Yillar

Balans qiymati

Ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi


Yillik amortizatsiya summasi


Jamg’arilgan amortizatsiya


Qoldiq qiymati


1-yil

10000

20000

2000

2000

8000

2-yil

10000

30000

3000

5000

5000

3-yil

10000

10000

1000

6000

4000

4-yil

10000

20000

2000

8000

2000

5-yil

10000

10000

1000

9000

1000

Qoldiqli kamayish usulida amortizatsiya hisoblash. Bu usulda amortizatsiya hisoblashda amortizatsiya me’yori 2 hissaga orttiriladi va amortizatsiya me’yori 40% (2 x 20%)ga teng bo’ladi.


Qoldiqli kamayish usulida amortizatsiya hisoblash jadvali



Yillar

Balans qiymati

Yillik amortizatsiya summasi


Jamg’arilgan amortizatsiya


Qoldiq qiymati


1-yil

10000

(40% x 10000) = 4000


4000

6000

2-yil

10000

(40% x 6000) = 2400


6400

3600

3-yil

10000

(40% x 3600) = 1440


7800

2160

4-yil

10000

(40% x 2160) = 864


8704

1296

5-yil

10000

296

9000

1000

Nomoddiy aktivlar bo’yicha amortizatsiya ajratmalari ular hisoblab o’tkazilgan hisobot davrida buxgalteriya hisobi va hisobotida aks ettiriladi. Nomoddiy aktivlarning ayrim ob’ektlari bo’yicha ajratmalar tegishli summalarni jamg’arish yo’li bilan yoki ob’ektlarning dastlabki qiymatini kamaytirish yo’li bilan buxgalteriya hisobida aks ettiriladi.
Nomoddiy aktivlar eskirishining hisoblangan summasi ishlab chiqarish xarajatlari (muomala xarajatlari, ma’muriy xarajatlar, sarmoya qo’yish)ni hisobga olish hisobvaraqlari debeti va 0510-0590-hisobvaraqlar kreditiga kiritiladi.
Korxonalar tegishli nomoddiy aktivlar bo’yicha jamg’arilgan amortizatsiya to’g’risidagi axborotni quyidagi hisobvaraqlarda aks ettiradi:
0510 - «Patentlar, nou-xau va litsenziyalarning eskirishi»;
0520 - «Savdo markalari, tovar belgilari va sanoat namunalarining eskirishi»; 0530 - «Dasturiy ta’minotning eskirishi»;

0540 - «Er va tabiat resurslaridan foydalanish huquqining eskirishi»; 0550 - «Tashkiliy xarajatlarning eskirishi»;

0560 - «Franshizalarning eskirishi»;
0570 - «Mualliflik huquqlarining eskirishi»;
0590 - «Boshqa nomoddiy aktivlarning eskirishi».

Ushbu hisobvaraqlarning kreditida hisoblangan eskirish summalari, debetida esa nomoddiy aktivlarning chiqib ketishida hisoblangan eskirish summalarining o’chirilishi aks ettiriladi.


Misol. Korxonada sentyabr oyida ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun nomoddiy aktivlardan foydalanilishi natijasida 5600 so’m eskirish hisoblandi. Ushbu muomalaga quyidagicha provodka beriladi:
D-t 2010-«Asosiy ishlab chiqarish» - 5600 so’m
K-t 0530-«Dasturiy ta’minotning eskirishi» - 5600 so’m.
Korxonada shu oy mobaynida mavjud litsenziya uchun ma’muriy xarajatlar hisobiga 3200 so’mlik eskirish hisoblandi. Ushbu muomalaga hisobda quyidagicha provodka beriladi:
D-t 9420-«Ma’muriy-boshqaruv xarajatlari» - 3200 so’m
K-t 0510-«Patentlar, nou-xau va litsenziyalarning eskirishi» - 3200 so’m.

    1. Nomoddiy aktivlarni hisobdan chiqarishni hisobga olish

Mahsulot ishlab chiqarish, ishlarni bajarish yoki xizmat ko’rsatish yoxud tashkilotni boshqarish uchun foydalanilmayotgan nomoddiy aktivlar ob’ektlarining qiymati buxgalteriya balansidan hisobdan chiqarilishi kerak.


Quyidagi xo’jalik operatsiyalari natijasida nomoddiy aktivlar ob’ektlarining qiymati korxona aktivlari tarkibidan chiqib ketadi:


  • realizatsiya, ya’ni huquqlarni berish to’g’risidagi shartnoma asosida iqtisodiy ma’noda sotganda va yuridik ma’noda egalik huquqi to’xtatilganida;

  • bundan buyon foydalanish maqsadga muvofiq emasligi sabablariga ko’ra hisobdan chiqarilganida;

  • nomoddiy aktivning amal qilish muddati tugagach hisobdan chiqarilganida;

  • boshqa korxonalarning ustav kapitaliga ulush sifatida qo’shilganida;

  • huquqlarni berish to’g’risidagi shartnoma asosida boshqa shaxslarga tekin topshirilganida.

Nomoddiy aktivlarni hisobdan chiqarilishi bilan bog’liq operatsiyalarni buxgalteriya hisobida aks ettirish uchun quyidagi hujjatlar rasmiylashtiriladi:




  • egalik qilish huquqi boshqalarga berilganida - huquqni boshqa birovga berish to’g’risidagi shartnoma, haq olinganligini tasdiqlovchi to’lov hujjati va boshqa hujjatlar, huquqni boshqalarga berish qiymatini baholash to’g’risidagi mustaqil baholovchi xulosasi, chiqib ketish dalolatnomasi;

  • amal qilish muddati tugatilganligi tufayli hisobdan chiqarilganida - hisobdan chiqarish to’g’risidagi dalolatnoma;

  • boshqa korxonalarning ustav kapitaliga qo’yganida - ta’sis hujjatlari, foydalanish huquqini boshqa birovga berish to’g’risidagi shartnoma, foydalanish huquqini boshqalarga berish qiymatini baholash to’g’risidagi mustaqil baholovchi xulosasi, foydalanish huquqini berish to’g’risidagi shartnoma bo’yicha qabul qilib olish- topshirish dalolatnomasi, chiqib ketish dalolatnomasi;

  • tekinga berilgan taqdirda - foydalanish huquqini boshqa birovga berish to’g’risidagi shartnoma, foydalanish huquqini berish to’g’risidagi shartnoma bo’yicha qabul qilib olish-topshirish dalolatnomasi, chiqib ketish dalolatnomasi.

Nomoddiy aktivlar chiqib ketganida ularning dastlabki qiymati nomoddiy aktivlarni hisobga olishning tegishli hisobvaraqlari kreditidan 9220-«Boshqa aktivlarning realizatsiyasi va boshqacha chiqib ketishi» hisobvarag’i debetiga hisobdan chiqariladi. Nomoddiy aktivlarni chetga sotishdan tushgan tushum 9220-«Boshqa aktivlarning realizatsiyasi va boshqacha chiqib ketishi» hisobvarag’i krediti bo’yicha 4890-«Boshqa shaxslarning qarzlari-joriy qismi» va 0990-«Boshqa uzoq muddatli debitorlik qarzlari» hisobvaraqlari bilan korrespondentsiyada aks ettiriladi.


Nomoddiy aktivlar chiqib ketganida ular bo’yicha hisoblangan eskirish summasi 0510-0590- hisobvaraqlari debetidan 9220-«Boshqa aktivlarning realizatsiyasi va boshqacha chiqib ketishi» hisobvarag’i kreditiga hisobdan chiqariladi.
Misol. «Bobur» hissadorlik jamiyatida may oyida dasturiy ta’minot hisobdan chiqarildi: balans qiymati 200000 so’m, eskirish qiymati 150000 so’m. Nomoddiy aktivning sotish qiymati 80000 so’m. Moliyaviy natijani aniqlab, muomalaga quyidagicha provodka beramiz:


  • dasturiy ta’minotning sotish qiymatiga:

D-t 4890-«Boshqa shaxslarning qarzlari-joriy qismi» - 80000 so’m


K-t 9220-«Boshqa aktivlarning realizatsiyasi va boshqacha chiqib ketishi» - 80000 so’m.


  • balans qiymati hisobdan chiqarildi:

D-t 9220-«Boshqa aktivlarning realizatsiyasi va boshqacha chiqib ketishi» - 200000

so’m
K-t 0430-«Dasturiy ta’minot» - 200000 so’m.


  • eskirish qiymati hisobdan chiqarildi:

D-t 0530-«Dasturiy ta’minotning eskirishi» - 150000 so’m


K-t 9220-«Boshqa aktivlarning realizatsiyasi va boshqacha chiqib ketishi» - 150000 so’m.


  • dasturiy ta’minotni sotishdan foyda olindi (80000 + 150000 - 200000) = 30000 so’m:

D-t 9220-«Boshqa aktivlarning realizatsiyasi va boshqacha chiqib ketishi» - 30000

so’m
K-t 9320-«Boshqa aktivlarning realizatsiyasi va boshqacha chiqib ketishidan olingan foyda» - 30000 so’m.


Agarda korxona dasturiy ta’minotni 40000 so’mga sotganida, moliyaviy natija quyidagiga teng bo’lar edi:


  • dasturiy ta’minotning sotish qiymatiga;

D-t 4890-«Boshqa shaxslarning qarzlari-joriy qismi» - 40000 so’m


K-t 9220-«Boshqa aktivlarning realizatsiyasi va boshqacha chiqib ketishi» - 40000 so’m.


  • balans qiymati hisobdan chiqarildi:

D-t 9220-«Boshqa aktivlarning realizatsiyasi va boshqacha chiqib ketishi» - 200000 so’m

K-t 0430-«Dasturiy ta’minot» - 200000 so’m.


  • eskirish qiymati hisobdan chiqarildi:

D-t 0530-«Dasturiy ta’minotning eskirishi» - 150000 so’m


K-t 9220-«Boshqa aktivlarning realizatsiyasi va boshqacha chiqib ketishi» - 150000 so’m.


  • dasturiy ta’minotni sotishdan zarar ko’rildi (40000 + 150000 - 200000) = 10000 so’m:

D-t 9430-«Boshqa operatsion xarajatlar» - 10000 so’m


K-t 9220-«Boshqa aktivlarning realizatsiyasi va boshqacha chiqib ketishi» - 10000 so’m.


Download 322,98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish