Tayanch so’z va iboralar
Eksport
|
Reimport
|
Import
|
Valyuta schyoti
|
Reeksport
|
|
Takrorlash uchun savollar
Tashqi iqtisodiy faoliyat deganda nimani tushunasiz ?
Eksport operatsiyalari hisobda qanday aks ettiriladi ?
Buxgalteriya hisobida import operatsiyalari qay tarzda yuritiladi ?
Chetdan sotib olingan tovarlar hisobda qanday aks ettiriladi ?
Adabiyotlar: 1, 2, 4, 12, 13.
- BOB. MOLIYAVIY HISOBDA KOMPYUTER VOSITALARINI
QO’LLASH
Moliyaviy hisobotni ma’lumotlar bazasi bilan ta’minlash
Korxona va tashkilotlarda hisob ishlarining samaradorligini oshirish hamda vaqtni tejash maqsadida buxgalteriya hisobining zamonaviy shakli – informatsion texnologiyalarga asoslangan shakli hayotga tatbiq etilib kelinmoqda. Ushbu shaklning bir qancha afzalliklari mavjud:
buxgalteriya hisobi hujjatlaridagi ma’lumotlarni qayta ishlashni tezlashtiradi;
iqtisodiy ma’lumotlarni qayta ishlashda band bo’lgan xodimlar sonini qisqartiradi hamda mehnat unumdorligini oshiradi;
hisob ishlarida aniqlik va izchillikni ta’minlaydi;
hisob ishlarini yuritish bilan bog’liq xarajatlarni kamaytiradi.
Elektron hisoblash mashinalari hozirgi vaqtda hisob-kitob ishlarini amalga oshirishda qo’llanilishi bilan birga hisob ma’lumotlarini yig’ish, ularni qayta ishlash, jamlama va tahliliy hisob registrlarini tuzish, hisobot shakllarini to’ldirish va boshqa bir qancha hisob ishlarini bajarishda keng qo’llanilmoqda. Amaliyotda kompyuterlardan keng foydalanish buxgalteriya hisobini tashkil qilishning yangi usullarini vujudga keltirdi.
Buxgalteriya vazifalarini echishda informatsion texnologiyalardan foydalanishni tashkil etish birlamchi buxgalteriya hujjatlarini tuzish paytidan boshlab yakuniy moliyaviy hisobotni tuzish bilan yakunlanuvchi operatsiyalarning yig’indisidan iboratdir.
Hozirgi bosqichda buxgalteriya vazifalarini axborot texnologiyasi asosida markazlashtirilgan holda tashkil qilish quyidagilarni ta’minlaydi:
foydalanuvchining ish joyida o’rnatilgan kompyuterlarni qo’llash, bu erda vazifalarni echish hisobchi tomonidan bevosita uning ish joyida bajariladi;
korxona (tashkilot, firma)ning turli xildagi bo’linmalari iqtisodiy vazifalarini integratsiyalangan holda ishlab chiqilishini ta’minlovchi mahalliy va ko’p bosqichli hisoblash tarmoqlarini shakllantirish;
hisoblash texnikasida bajariladigan buxgalteriya hisoblashlari tarkibini ancha ko’paytirish;
har xil bo’linmalar uchun korxonaning yagona taqsimlangan ma’lumotlar bazasini yaratish;
birlamchi buxgalteriya hujjatlarini mashinada shakllantirish imkoniyatlari, bu qog’ozsiz texnologiyalarga o’tishni ta’minlaydi va hujjatlarni yig’ish hamda ro’yxatga olish bo’yicha operatsiyalar mehnattalabligi darajasini kamaytiradi;
buxgalteriya hisobi vazifalari majmualarini echishni integratsiyalash;
dialogli usulda amalga oshirish yo’li bilan axborot xizmati ko’rsatishni tashkil etish imkoniyati.
Do'stlaringiz bilan baham: |