Moliya instituti I. Ochilov


«Eksport qilingan (xorijdagi iste’molchilarga jo’natilgan) tayyor



Download 322,98 Kb.
bet97/109
Sana18.01.2022
Hajmi322,98 Kb.
#390734
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   109
Bog'liq
5-y-Moliyaviy-hisob-Oquv-qollanma-I-Ochilov-va-boshq-T2004

2830 «Eksport qilingan (xorijdagi iste’molchilarga jo’natilgan) tayyor


mahsulotlar»;

2840 «Eksport qilingan (xorijdagi iste’molchilarga jo’natilgan) tovarlar».



Schyotlarning kreditidan


Schyotlarning debetiga


Debet

Kredit

S-N





2810

Tayyor mahsulotlarning eksport qilinishi (xorijdagi iste’molchi va buyurtmachilarga jo’natilishi)

Eksport qilingan (xorijdagi iste’molchilarga jo’natilgan mahsulotlarning tannarxi



9110


2910

Tovarlarning eksport qilinishi (xorijdagi iste’molchi va buyurtmachilarga jo’natilishi)

Eksport qilingan (xorijdagi iste’molchilarga jo’natilgan) tovarlarning tannarxi



9120


2310

Yordamchi ishlab chiqarishda bajarilgan ishlarning eksport qilinishi (xorijdagi iste’molchi va buyurtmachilarga jo’natilishi)

Eksport qilingan (xorijdagi iste’molchilar va buyurtmachilar topshirilgan)



9130







Eksport qilingan (xorijdagi iste’molchilar va buyurtmachilarga ko’rsatilgan) xizmatlarning tannarxi



9130


Tayyor mahsulotlarni eksport qilayotganda quyidagi tijorat sarflari hosil bo’ladi:


  • tovarlarni jo’natishga tayyorlash, idishlarga joylash, sifat va sonini tekshirish;

  • tovarlarni transportga yuklash;

  • tovarlarni transportda iste’molchilarga jo’natish;

  • tovarlarni yo’lda muhofaza qilish;

  • tovarlarni yo’lda tushirish, saqlash va yuklash;

  • transport ekspeditsiya tashkilotlariga to’lovlar;

  • bojxona to’lovlari, bojxona tariflari va yig’imlari;

  • bank xizmati to’lovlari;

  • soliq bitimlar va tovarlarning kamomadi va yo’qotishlar (agarda sud da’voni tan olmasa).

Ushbu xarajatlarni tasdiqlovchi hujjatlar sub’ektdagi shunga o’xshash mamlakat ichida sodir bo’lgan muammolar bo’yicha sarflangan tijorat sarflarini tasdiqlovchi hujjatlarga o’xshaydi, lekin qo’shimcha quyidagi hujjatlar to’lg’aziladi:




  • bojxona deklaratsiyasi;

  • yo’ldagi tovarlarni muhofaza qilish shartnomasi.

Muomala xarajatlariga quyidagilar kiradi:




  • xodimlarga hisoblanadigan mehnat haqi va mukofotlar;

  • nafaqa foizi, ijtimoiy, tibbiy muhofaza va byudjetdan tashqari jamg’armalarga ajratmalar;

  • xizmat safari sarflari;

  • xo’jalik va kantselyariya sarflari;

  • transportdan foydalanish sarfi;

  • import va inshootlarning ijara sarflari;

  • qo’riqlash sarflari va hokazo;

  • savdo muomalasi sarflari (tovarlardan namunalar sotib olish, vakillarni qabul qilish, vakolatxonalar sarfi va hokazo).

Ushbu xarajatlar ikki guruhga bo’linib, hisobga olinadi:




  • savdo-muomala xarajatlari;

  • ma’muriy boshqaruv xarajatlari.

Ushbu xarajatlar 9410-«Mahsulot (ish, xizmat)larni sotish bilan bog’liq sarflar» schyotida hisobga olib boriladi va ushbu schyotlar guruhida quiydagi schyotlar ochilishi mumkin:




  • 9411 - «Saqlash va tashish sarflari»;

  • 9412 - «Reklama va sotishga yordam berish sarflari»;

  • 9413 - «O’rash, navlarga ajratish va idish sarflari»;

  • 9414 - «Mehnatga haq to’lash sarflari»;

  • 9415 - «Mehnat haqi jamg’armasidan ajratmalar»;

  • 9419 - «Boshqa savdo sarflari».

Eksport va import muomalalari natijasida sarflangan xarajatlarni ayrim hisobga olish va tezkor nazorat o’rnatish bo’yicha quyidagi qo’shimcha schyotlarni yuritish lozim:




  • 9416 - «Tovarlarni eksport qilish bo’yicha savdo sarflari»;

  • 9417 - «Tovarlarni import qilish bo’yicha savdo sarflari».

Savdo xarajatlari tuzilgan har bir kontrakt bo’yicha ayrim olgan holda hisobga olib borilishi kerak.


Savdo va muomala sarflari xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning yakuniy moliyaviy natijalariga olib boriladi, 9910-«Yakuniy moliyaviy natijalar» schyotining debetida va 9410-«Mahsulot (ish, xizmat)larni sotish bilan bog’liq sarflar» schyotining kreditida qayd qilinadi.
Eksport - tovarlarning davlat chegarasidan o’tkazilishdir.
Tovarlarning eksportini nazorat qilish ish va xizmatlar eksportini nazorat qilishdan oson, chunki u mulk va aniq ko’rinishga egadir.
Lekin ish va xizmatlarning eksportini nazorat qilganda quyidagilarga asoslanish kerak:


  • xorijdagi shaxs bilan tuzilgan kontrakt;

  • bajarilgan ish yoki ko’rsatilgan xizmatning haqiqiy joyi;

  • xalqaro yuklarni tashish hujjatlari.

Chunki bu chegaralanish valyuta muomalalarini tartibga solish, moliyaviy natijalarni aniqlash va soliqqa tortish jarayonini to’g’ri amalga oshirishga asos bo’ladi.


Tovar, ish va xizmatlarni eksport qiladigan sub’ektlar uch guruhga bo’linadi:


  • eksport mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar;

  • eksport bilan shug’ullanadigan savdo firmalari;

  • dallol firmalar - komission yig’im evaziga ishlab chiqaruvchi yoki savdo firmalarining tayyor mahsulotlari yoki tovarlarini sotib beradilar yoki sotuvchilarning topshirig’ini bajaradilar.

Savdo firmalari tovarlarni eksport qilish uchun ishlab chiqargan sub’ektlardan sotib olganda dastlabki hujjatlarga asosan schyotlarida quyidagicha qayd qiladilar:


Dt 2910- «Ombordagi tovarlar» yoki 2960- «Eksport qilinadigan tovarlar»;

Dt 6410- «Byudjetga to’lovlar yuzasidan qarzlar» schyoti (hisoblangan qo’shilgan qiymat solig’i summasiga)


Kt 6010- «Mol etkazib beruvchi va pudratchilarga to’lanadigan schyotlar».
Eksport qilingan tovarlarni hisobga olish uchun davlat chegarasidan o’tgan yoki xorij iste’molchisiga berilganligini tasdiqlovchi dastlabki hujjatlar asos bo’ladi. Ushbu hujjatlarga quyidagi hujjatlar kiradi:


  • xususiyatlari, pattalir, konosament va yukxatlarning nusxalari ilova qilingan mol etkazib beruvchi firmaning schyotiga to’lov roziligi;

  • pochtaning yukni jo’natish uchun qabul qilinganligini tasdiqlovchi pattasi;

  • qabul qilish dalolatnomasi;

  • jo’natish hujjatlariga asosan yozilgan to’lov schyotlari;

  • tijorat (kommertsiya) dalolatnomasi;

  • ekspeditor va konsignatorlarning qabul qilish dalolatnomasi.

Dunyoda tovarlarni etkazib berishning har xil tartiblari mavjud bo’lib bu tartiblar

«Inkoterms» da umumlashtirilgan.
Masalan: «Franko-tashuvchi» (FCA) - sotuvchi o’z tovarini oluvchiga yoki uning vakiliga topshirgan vaqtdan boshlab javobgarlikdan soqit bo’ladi.
«Franko-chegara» (DAF) - sotuvchi tovarini chegaradagi ko’rsatilgan manzilga etkazib beradi.
Ushbu voqealar sodir bo’lgandan keyin tovarlar 9110- «Sotilgan mahsulotlarning tannarxi» schyotida qayd qilinadi va 2910- «Ombordagi tovarlar» yoki 2960- «Eksport qilinadigan tovarlar» schyotining kreditidan 9110- «Sotilgan mahsulotlarning tannarxi» schyotining debetiga o’tkaziladi.
Jo’natilgan tovarlarning harakati ustidan nazoratni kuchaytirish maqsadida va eksportning xususiyatlari va qoidalaridan kelib chiqqan holda «Eksportga jo’natilgan tovarlar» nomli 2960 schyotni ochish va unda quyidagi qo’shimcha schyotlarni ochish maqsadga muvofiqdir:


  • 2961 - «Eksportga jo’natilgan yo’ldagi tovarlar»- iste’molchilarga jo’natilgan, lekin mulk huquqi berilmagan;

  • 2962 - «Jo’natilgan va fakturalangan eksport tovarlari»- xorijdagi iste’molchiga jo’natilgan va unga mulk huquqi berilgan tovarlar uchun.

Agarda tovarlar tegishli tuzilgan kontraktlarga asosan eksport qilinsayu, lekin mulkchilik huquqi berilmasa:


Dt 2961-«Eksportga jo’natilgan yo’ldagi tovarlar» schyotiga; Kt 2960-«Eksport qilinadigan tovarlar» schyotidan o’tkaziladi.

Agarda shu vaqtning o’zida xaridorga mulkchilik huquqi berilsa:

Dt 9120-«Sotilgan tovarlarning tannarxi» schyotiga;
Kt 2961-«Eksportga jo’natilgan yo’ldagi tovarlar» schyotidan o’tkaziladi va shu bilan bir vaqtda ularning kontraktda ko’rsatilgan summasi;
Dt 4010-«Xaridor va buyurtmalardan olinadigan schyotlar»;
Kt 9020-«Tovarlarni sotishdan olingan daromadlar» schyotlarida qayd qilinadi.
Jo’natilgan tovarlar 2960-schyotda xorij valyutalarining so’mga nisbatan kursidan qat’iy nazar so’mda aks ettirilib boriladi.
Eksport mahsulotlarini sotish uchun 9010-«Tayyor mahsulotni sotishdan olingan daromad» schyotida tegishli 9011-«Eksport mahsulotni sotishdan olingan daromad» schyotini ochish maqsadga muvofiqdir. Ushbu schyotda eksport muomalalari quyidagi dastlabki hujjatlarga asosan amalga oshiriladi:


  • mahsulot yoki tovarlar uchun - kontrakt, yukxati jo’natish, berish qaydnomasi va boshqa jo’natish hujjatlari;

  • bajarilgan ish va ko’rsatilgan xizmat uchun - bajarilgan ish va ko’rsatilgan xizmatning dalolatnomasi va chegaradan o’rnatilganligini tasdiqlovchi hujjatlar;

  • truboprovod tovarlari (neft, gaz, suv va boshqalar) uchun hisoblovchi uskunalar (schyotchik)ning ma’lumotlarini ko’rsatadigan dalolatnomalar.

Jahon amaliyotida tayyor mahsulot yoki tovarlarni sotilgan, deb e’tirof qilishning ikkita usuli mavjud:




  • mahsulot va tovarlarni xaridorga jo’natgan yoki ular yuzasidan to’lov hujjatlarini tegishli bankka bergan vaqtdan boshlab ular sotilgan deb tan olinadi;

  • tayyor mahsulotlar yoki tovarlarni xaridorlarga jo’natgandan keyin ularning shartnomada ko’rsatilgan qiymati pul mablag’lari schyotiga kirim qilingan vaqtdagina sotilgan deb tan olinadi.

Mahsulot qiymati ismte’molchi tomonidan to’langanda (hisoblashish schyotiga kirim qilinganda) sotilgan, deb tan olinganda schyotlarda quyidagicha qayd qilinadi:




  • Mablag’ xorij valyutasi schyotiga kelib tushganda importchi ushbu mahsulotning qiymatini to’lashga rozilik bersa:

Dt 4010-«Xaridor va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar»;


Kt 9010-«Tayyor mahsulotlarni sotishdan olingan daromadlar» schyoti;
Dt 5210-«Mamlakat ichidagi xorij valyutasidagi mablag’lar» yoki 5220-«Xorijdagi valyuta schyotidagi mablag’lar» schyoti;
Kt 4010-«Xaridor va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar» schyoti.

  • Sotilgan mahsulotning qiymati hisobdan chiqarilganda:

Dt 9110-«Sotilgan mahsulotlarning tannarxi»


Kt 2861-«Eksportga jo’natilgan yo’ldagi tayyor mahsulotlar» schyoti.
Agarda eksport mahsulot jo’natilgan vaqtidan sotilgan deb qabul qilinsa va mulkiy huquq xorij iste’molchiga berilsa, tovar iste’molchiga jo’natilib schyot-faktura (invoys) qo’yilsa, kontraktda ko’rsatilgan summaga:
Dt 4010-«Xaridor va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar» schyoti
Kt 9010-«Tayyor mahsulotlarni sotishdan olingan daromadlar» schyoti va shu vaqtda sotilgan tayyor mahsulotlarning tannarxiga:
Dt 9110-«Sotilgan tayyor mahsulotning tannarxi» schyoti Kt 2810-«Eksport tayyorlangan mahsulotlar» schyoti.

Ushbu muomala bo’yicha iste’molchilar qarzini to’lasalar


Dt 5210-«Mamlakat ichidagi» yoki 5220- «Xorijdagi valyuta schyoti».
Kt 4010-«Xaridor va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar»da qayd qilinadi yoki bajarilgan ish va ko’rsatilgan xizmatlar bo’yicha:
Dt 9130-«Sotilgan ish va xizmatlarning tannarxi» schyoti Kt 2020-«Eksport qilinadigan ishlar» schyoti.

Eksport mahsulotini realizatsiya qilish natijasida moliyaviy natijaning aniqlash uchun jami sarflar va daromadlar yakuniy moliyaviy natijalar schyotida tegishli yo’llar bo’yicha yig’iladi:




  1. Dt 9010-«Tayyor mahsulotlarni sotishdan olingan daromadlar» schyoti

Kt 9910-«Yakuniy moliyaviy natijalar» schyoti.




  1. D-t 9910-«Yakuniy moliyaviy natijalar» schyoti

K-t 9110-«Sotilgan tayyor mahsulotlarning tannarxi» schyoti




  1. Dt 9910-«Yakuniy moliyaviy natijalar» schyoti

Kt 9410-«Mahsulot (ish, xizmat)larni sotish bilan bog’liq sarflar» schyotlari. Xorij firmalarining tovarlari, ish va xizmatlarni sotib olish bilan bog’liq qarzlari 4010-

«Xaridor va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar» schyotidan chet el valyutasi so’mda ko’rsatiladi va har oyda aniqlangan valyuta kursining farqi agarda valyuta kursi so’mga nisbatan pasaysa, sub’ektning foydasiga:

Dt 5210- «Mamlakat ichidagi valyuta schyoti»
Kt 9540- «So’m kursidagi ijobiy farq bo’yicha daromadlar» schyoti va agarda valyuta kursi so’mga nisbatan oshsa, sub’ektning zarariga olib boriladi:
Dt 9630- «So’m kursidagi salbiy farq bo’yicha zararlar» schyoti
Kt 5210- «Mamlakat ichidagi valyuta schyoti» schyotlarida qayd qilinadi.
Xorij firmalari to’lagan pul mablag’lari sub’ektining tegishli schyotiga kirim qilinsa: Dt 5210- «Mamlakat ichidagi valyuta schyoti» yoki 5220- «Xorijdagi valyuta schyoti»

Kt 4010- «Xaridor va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar»da valyuta va so’mda qayd qilinadi.


Mabodo xorij firmasidan jo’natiladigan mahsulot uchun oldindan bo’nak olingan bo’lsa, u vaqtda bo’nak summasi schyotlarda quyidagicha aks ettiriladi:
Dt 5210-«Mamlakat ichidagi valyuta schyoti» yoki 5220- «Xorijdagi valyuta schyoti»
Kt 6310-«Xaridor va buyurtmachilardan olingan bo’naklar» schyoti iste’molchi olgan tayyor mahsulotning yoki tovarning qiymatini to’laganda ilgari olingan bo’nak summasi to’liq hisoblashishda inobatga olinadi:
Dt 6310-«Xaridor va buyurtmachilardan olingan bo’naklar»
Kt 4010-«Xaridor va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar» va qolgan summanigina iste’molchilar to’laydilar:
Dt 5210-«Mamlakat ichidagi valyuta schyoti» yoki
Kt 4010-«Xaridor va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar»da qayd qilinadi.
Mabodo olingan bo’nak eksport mahsulotining to’liq qiymatini tashkil qilsa, ya’ni kontraktga asosan qiymatini oldindan to’lasa mahsulot sotilganda schyotlarda quyidagicha aks ettiriladi.
Dt 6310-«Xaridor va buyurtmachilardan olingan bo’naklar»
Kt 9010-«Tayyor mahsulotlarni sotishdan olingan daromadlar» schyotida valyuta va so’mda qayd qilinadi, ya’ni 4010 schyotini qo’llash zarurati qolmaydi.
Ayrim hollarda, ayniqsa, keyingi vaqtlarda mahsulot, ish va xizmatlarni eksport qilish jarayonida vositachi (dallol) firmalar aktiv ishtirok qilmoqdalar. Bu dallol firmalar sotuvchi va iste’molchilarni bir-biri bilan bog’langanligi uchun mukofot, ya’ni haq oladilar.
Bu ishni amalga oshirish uchun, avvalo, ishlab chiqaruvchi korxona (dallol) iste’molchini topib, tovar egasi (komitent)ning tovarini o’z nomidan sotadi va buning uchun tovar egasi (komitent) dan komission yig’im (rag’batlantirish) xizmat haqini oladi.
Komissiya shartnomasiga muvofiq xorij firmasi bilan shartnomani vositachi tuzadi va u tovarlarni iste’molchiga etkazib berish bilan bog’liq ishlarning hammasini bajaradi:

  • bojxona yig’imlari va to’lovlarni to’laydi;

  • tovarlarni olib borib berish - transport xarajatlarini va tovarlarni saqlash, yuklash va tushirish xarajatlarini ham to’laydi.

Chunki bu sarflarni keyinchalik tovar egasi - komitent vositachiga (komissionerga) qoplaydi.


Sotib berish uchun olingan tovarlarni vositachi balansdan tashqari 004-«Komissiyaga (sotib berishga) qabul qilingan tovarlar» schyotida qayd qiladi, komitent esa 2861-«Eksportga jo’natilgan yo’ldagi tayyor mahsulotlar» schyotida hisobga oladi. Vositachi tovarni xorijdagi iste’molchiga topshirgandan keyin 004-«Komissiyaga (sotib berishga) qabul qilingan tovarlar» schyotidan hisobdan chiqaradi.
Sotilgan tovarlar bo’yicha olingan daromadlar vositachining valyuta schyotiga kirim qilinadi va shu kuni komitentga xabar bergandan so’ng ushbu summani komitent o’zining tegishli schyotlarida (5210 yoki 5220) aks ettiradi.
Agarda tovarlarni sotish bilan bog’liq xarajatlar komitent tomonidan qoplansa, ushbu muomalalar quyidagi schyotlarda aks ettiriladi:
Dt 6930-"Royalti va gonorarlar bo’yicha qarzlar" schyoti
Kt 5110-"Hisoblashish schyoti" yoki 5210-"Mamlakat ichidagi valyuta schyoti" va ushbu to’langan summalarni quyidagi schyotlarda qayd qiladi:
Dt 9410-"Mahsulot (ish, xizmat)larni sotish bilan bog’liq sarflar" Kt 6930-"Royalti va gonorarlar bo’yicha qarzlar" schyoti.

Xorij firmasidan olgan tovarlari uchun xorij valyutasi kelib tushsa, vositachi quyidagicha qayd qiladi:


Dt 5210 yoki 5220-"Mamlakat ichidagi va xorijdagi valyuta schyotlari" Kt 4010-"Xaridor va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar".

Vositachidan sarflangan xarajatlarini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilgan schyotni olgandan keyin komitent unga qarzdor bo’ladi va eksport kontrakti bo’yicha sotishdan hisoblangan daromadni qayd qiladi:


Dt 4010-"Xaridor va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar"; Kt 9010-"Mahsulotni sotishdan olingan daromadlar" schyoti; Dt 9110-"Sotilgan mahsulotlarning tannarxi";

Kt 2871-"Eksportga jo’natilgan mahsulotlar" schyotlari qiymati olinganda esa: Dt 5210 yoki 5220-"Mamlakat ichidagi va xorijdagi valyuta schyotlari";

Kt 4010-"Xaridor va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar".


    1. Download 322,98 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish