Tahlil va natijalar
Kompaniyaning strategik tahlili tashkilotning mavjud strategiyasini va uning ishbop
faolligini baholashdan boshlanadi. Diversifikatsiyalangan kompaniyaning korporativ
strategiyasi istiqbollari to‘g‘risida quyidagi ma’lumotlar asosida xulosa chiqarish mumkin:
71
3/2022
Менежмент
Firmaning diversifikatsyalanganlik darajasi qanday?
Kompaniya operatsiyalarni asosan mamlakat ichida olib boradimi yoki ular
ko‘pmillatli yoki global xarakterga egami?
Portfelni kengaytirishga va yangi tarmoqlarni egallashga doir qadamlar
qo‘yilmoqdami?
Zararga ishlayotgan yoki jozibasiz xo‘jalik birliklaridan qutulish uchun harakatlar
qilinmoqdami?
Korporativ boshqaruv strategik o‘zaro bog‘liqliklardan manfaat olishga qaratilgan
qanday harakatlarni amalga oshirmoqda va raqobat ustunligini vujudga keltirish uchun
diversifikatsiyalashdan qanday foydalanilmoqda?
Joriy korporativ strategiyani belgilash uni obyektiv tahlil qilish va keyinchalik unga
aniqliklar kiritish hamda rahbariyat fikriga maqbul bo‘lgan o‘zgartirishlar kiritish uchun
asos yaratadi.
Biznes portfoliosi tahlili kompaniyani hosil qiladigan bizneslar va mahsulotlarni
baholash jarayonidir. Kompaniyaning missiya bayonoti va maqsadlari orqali yo‘naltirilgan
menejment hozirda kompaniyani hosil qiladigan biznes ishlar va mahsulotlar to‘plami –
biznes portfelini rejalashtirishi kerak. Eng yaxshi biznes portfeli bu atrof-muhit
sharoitlariga kompaniyaning kuchli va kuchsiz tomonlari eng mos tushadigan portfoliodir.
Ko‘plab katta kompaniyalar murakkab biznes portfoliolariga ega. Bu kabi biznes
portfoliolari uchun strategik va marketing rejalashtirish biroz qo‘rqinchli bo‘lishi mumkin
lekin, bu ijodiy vazifadir. “Disney portfoliosi” ko‘pgina “Disney” nomli parklar va dam
olish joylari, “Disney” ko‘ngilochar studiyasi (Walt Disney Pictures, Pixar, Touchstone
Pictures), Disney iste’molchi mahsulotlari (kiyimlar va o‘yinchoqlardan tortib interaktiv
o‘yinlargacha), Internet media bizneslari (ESPN va ABC televidenie tarmog‘i kabi).
Xuddi shu kabi, “Al-Jazoir” portfoliosi 25 dan ortiq biznes yo‘nalishlariga ega: har bir
viloyat va til uchun maxsus ko‘p sonli “Al-Jazoir” yangilik kanallaridan tortib sport
kanallari, bolalar dasturlari va hujjatli filmlargacha. “Al-Jazoir” hatto Arab va Islom
dunyosiga ta’sit o‘tkazayotgan siyosiy va iqtisodiy o‘zgarishlarni tahlil va tadqiq qiluvchi
“Al-Jazoir Tahlil Markazi”ni rivolantirdi.
Biznes portfoliosini rejalashtirish ikki bosqichdan iborat. Birinchisi, kompaniya joriy
biznes portfoliosini tahlil qilishi va qaysi bizneslar ko‘proq, kamroq yoki umuman kapital
qabul qilmasligini ko‘rsatishi kerak. Ikkinchisi, u o‘sishga mo‘ljallangan strategiyalarni
rivojlantirish orqali kelajak potfoliosini shakllantirishi kerak.
Strategik rejalashtirishdagi eng katta faoliyat bu – menejment kompaniyani hosil
qiladigan bizneslar va mahsulotlarni baholashi, ya’ni biznes portfoliosi tahlilidir.
Kompaniya kuchli manbalarini foydaliroq bizneslariga qo‘yishni va kuchsizroqlarini
pasaytirishni xohlaydi.
Menejmentning kompaniyani yurgizuvchi kalit bizneslarini aniqlab olishining
birinchi qadami strategik biznes bo‘limi (SBB) deb ataladi. SBB kompaniya bo‘limi,
bo‘lim ichidagi mahsulot qatori, ba’zida alohida mahsulot yoki tamg‘a bo‘lishi mumkin.
Keyingi o‘rinda kompaniya turli SBBlarining jalb qiluvchi tomonlarini baholaydi va
har biri qancha miqdorda ta’minotga munosibligi haqida qaror qabul qiladi. Biznes
72
Do'stlaringiz bilan baham: |