Markazlashtirilgan pul fondlari (davlat byudjeti, byudjetdan tashqari fondlar) - Markazlashtirilgan pul fondlari (davlat byudjeti, byudjetdan tashqari fondlar)
- Markazlashtirilmagan pul fondlari (korxonalarda shakllantiriladigan moddiy rag`batlantirish, iste’mol vo boshqa fondlar.
Moliya
Pul
Tovarlar
Moliyaning moddiy asosi
Pul aylanishi
Naqd pul aylanishi
Naqd pulsiz aylanmalar
Moliyaning iqtisodiy mohiyati 1-nazariya bo`yicha - Moliya ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonining taqsimlash bosqichidagina paydo bo`ladi, ya’ni yalpi ichki mahsulot qiymatini qayta taqsimlash jarayonida vujudga keladi. 2-nazariya bo`yicha - Moliya iqtisodiy kategoriyasi sifatida takror ishlab chiqarish jarayonining barcha bosqichlarini qamrab oluvchi pul munosabatlaridir. Funktsiya – obyekt ichki mohiyati konkret shaklining namoyon bo`lish jarayonidir. Moliya Moliya
Taqsimlash funktsiyasi
Nazorat funktsiyasi
Moliyaviy resurslar - bu yalpi ichki mahsulot va milliy daromadni taqsimlash, qayta taqsimlash natijasida xo`jalik yurituvchi sub’yektlar va davlatning qo`lidagi vaqtincha bo`sh pul mablag`lari yig`indisidir. Moliyaviy resurlar manbalari: - Xo`jalik sub’yektlari miqyosida: foyda, amortizat-siya fondi, qimmatli qog`ozlar realizatsiyalari, bank kreditlari, foizlar, dividendlar.
- Jismoniy shaxslar miqyosida: ish haqi, mukofotlar, qo`shimcha ish haqi, ijtimoiy to`lovlar, safar harjat-lari, tadbirkorlik faoliyatidan olingan daromadlar.
- Davlat va mahalliy hokimiyat organlari miqyosida: davlat unitar korxonalari foydasi, davlat mulkini xususiylashtirishdan tushumlar, tashqi iqtisodiy faoliyatdan daromadlar, soliq tushumlar, davlat krediti, pul emissiyasi.
Takror ishlab chiqarish jarayoni harajatlarini ta’minlash Takror ishlab chiqarish jarayoni harajatlarini ta’minlash 4 shaklda amalga oshiriladi: - O`z-o`zini moliyalashtirish. Bunda korxonalar takror ishlab chiqarish jarayonlari uchun zaruriy harajatlarni ichki moliyaviy resurslar hisobiga qoplashi mumkin. Uning moliyaviy manbai korxonalar foydasi, amortizatsiya va boshqa o`ziga tegishli moliyaviy resurslar hisoblanishi mumkin.
- Kreditlash. Bunda xo`jalik sub’yekti harajatlarni muddatlilik, qaytaruvchanlik, maqsadlilik va ta’minlanganlik shakllari asosida banklar va boshqa kredit muassasalaridan kreditlari evaziga qoplaydilar.
- Jalb qilingan mablag`larni shakllantirish. Bunda takror ishlab chiqarish jarayoni harajatlari moliyaviy bozorlarga qimmatbaho qog`ozlar chiqarish yo`li bilan qoplanishi mumkin.
- Davlatlardan moliyalashtirish. Bunda barcha harajatlar byudjet va byudjetdan tashqari boshqa davlat fondlari vositasida qoplanadi.
Takror ishlab chiqarish jarayonini uzluksiz moliyalashtirishda moliyaviy zaxiralar katta ahamiyatga egadir. Takror ishlab chiqarish jarayonini uzluksiz moliyalashtirishda moliyaviy zaxiralar katta ahamiyatga egadir. Moliyaning quyidagi tamoyillari amal qiladi: - Birlik (yaxlitlik)
- Balanslilik
- Maqsadga yo`naltirilganlik
- Sharoitga moslashuvchanlik
- Strategik asoslarga tayanuvchanlik
Moliyaviy barqarorlashtirish strategiyasi nuqtai-nazaridan iqtisodiyotni isloh qilish quyidagi tadbirlarni o`z ichiga oladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |