4.3 Opsion shartnomalarni baholash Opsion – muayyan muddat davomida oldindan belgilangan narxda qimmatli qog‘ozlarning muayyan miqdorini xarid qilish yoki sotish huquqini beruvchi shartnomadir. Opsion xaridori bitimni operatsiyani amalga oshirish huquqini oladi. Uning uchun mazkur huquqni amalga oshirishda yoki ushbu shartnoma muddati tugashi bo‘yicha opsion shartnoma amal qiladi. Opsion shartnoma sotuvchisi xaridor talabi bo‘yicha bitim tuzishga majbur sanaladi. Opsion xaridori sotuvchidan kompensatsiyalanishi zarur bo‘lgan muayyan mulkni oladi. Buning uchun opsion mukofoti mavjud bo‘lib, u odatda bitim tuzish vaqtida xaridor tomonidan sotuvchiga to‘lanadigan muayyan summadir. Bu mukofotning boshqa nomi – opsion narxidir. Qimmatli qog‘ozlarni etkazib berish bo‘yicha muddatli shartnomalar sifatida opsionlarning bozor qiymati mukofot miqdori bo‘yicha xaridor va sotuvchi kelishuviga yoki opsion narxiga bog‘liq bo‘ladi. Kutilayotgan natijaning mavhumlik darajasi qancha yuqori bo‘lsa, opsionning bozor qiymati ham shuncha yuqori bo‘ladi va aksincha. Opsionlarning bozor qiymati ularning turi (call yoki put), pozitsiyasi (ochiq yoki yopiq) va bazaviy aktiv narxiga bog‘liq bo‘ladi. Call opsionlari kelgusida muayyan vaqtda oldindan kelishilgan narx bo‘yicha aktivlarni xarid qilish, put opsionlari esa – aktivlarni sotish huquqini beradi. Opsion xaridi put va opsion sotilishi call noteng qimmatli pozitsiyalar yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi. Put opsion xaridori kelgusida bitim tuzishni tanlash imkoniyati uchun mukofot to‘laydi va bazaviy aktivni sotishga majbur emas. Call opsion sotuvchisi aksincha bazaviy aktivni sotish majburiyati uchun mukofot oladi. Shunday qilib, Put opsion xaridori shartnoma tuzish vaqtida kelgusida bitimni foydali tuzish evaziga mukofot to‘laydi. Call opsion sotuvchisi aksincha kelgusida bitimni bajarishga to‘g‘ri kelmasligini chamalagan holda mukofot oladi. Vaholanki, Call opsion sotuvchisi ham, Put opsion xaridori ham kelgusida bazaviy aktiv narxi pasayishini chamalaydi. Opsion shartnomasi jarayonida qo‘llaniladigan muhim tushuncha ijro narxi sanaladi. Bu bazaviy aktivning fiksirlangan narxi bo‘lib, xaridor va sotuvchi o‘rtasidagi shartnoma unga nisbatan tuziladi. Odatda, ijro narxi standartlashtirilgan bo‘ladi va bazaviy aktiv narxiga bog‘liq ravishda muayyan oraliqlarda belgilanadi. Opsion shartnomasini tuzishda yuzaga keladigan asosiy masala – opsion narxi (mukofot) ni aniqlashdir. Opsion shartnomasining narxi (mukofot) ni aniqlash bo‘yicha ko‘plab modellar mavjud. Ularning ichida Bleka-Shoulz modeli eng mashhurlaridan biri sifatida tilga olinadi. Opsion narxi tuzilmasida ichki va tashqi qiymat ajratib ko‘rsatiladi. Ichki qiymat – bu opsion ijro narxi va bazaviy aktivning joriy narxi o‘rtasidagi farqdir. Call opsion xaridori uchun aktiv narxi qancha yuqori bo‘lsa, uning ijro narxi shuncha katta 88 bo‘lishi afzalroq, chunki u kelgusida ushbu aktivlarni yanada past narxda sotib olish huquqiga ega bo‘ladi. Call opsion sotuvchisi uchun esa mazkur vaziyat buning aksinchasi sifatida gavdalanadi. Shunday qilib, opsion “yutuqli” bo‘lgandagina (in the money) ichki qiymatga ega bo‘ladi. Qolgan barcha holatlarda opsionning ichki qiymati nolga teng. Vaqt qiymati – bu shartnomani bajarish huquqini tasarruf etish imkoniyati uchun ichki qiymatga qo‘shimcha tarzda opsion xaridori to‘laydigan, sotuvchisi esa oladigan mukofotdir. U kutish narxi yoki imkon narxi deb ham ataladi. Opsionni bajarish kunigacha bo‘lgan davr qancha ko‘p bo‘lsa, uning ichki qiymati shuncha ko‘p bo‘ladi. Vaqt qiymatiga bazaviy aktiv narxining o‘zgaruvchanligi ham ta’sir qiladi. Kurs tebranishlari farqi kotirovkalarning tarixiy o‘zgarishlari asosida hisoblanadi. Bazaviy aktivning narxi qancha yuqori bo‘lsa, opsionning vaqt narxi ham shuncha yuqori bo‘ladi, shuningdek, opsion bajarilishining “yutuqli” bo‘lish ehtimoli ortadi. Mos ravishda opsion sotuvchisi katta narx so‘raydi, chunki riskning yuqori darajasini kompensatsiyalashi lozim. Foiz stavkasi opsionning ichki qiymatiga ta’sir qiluvchi omillardan biri sanaladi. YUqori foiz stavkalari call opsion qiymati oshishi va put opsion qiymati pasayishiga olib keladi. Bu muqobil mablag‘lar joylashtirish daromadliligi o‘sishi oqibatida yuzaga keladi. Bazaviy aktivlari aksiyalar sanaladigan opsionlar uchun mukofot hajmiiga dividendlar miqdori ta’sir qiladi. Dividendlarning har bir to‘lovi aksiyalarning bozor qiymatini pasaytiradi. Lekin ijro narxi standartlashtirilgan va o‘z navbatida o‘zgarmasdir. Shuning uchun call opsionlari narxikamayadi, put opsioni esa aksincha o‘sadi. Opsion qiymatini baholash inflyatsiya sur’ati va valuta kursi o‘zgarishi hisobga olingan holda bir nechta nisbiy o‘zgaruvchilar (mazkur shartnoma tuzilgan opsion ijro narxi, ijro muddati, aktivlar riski) asosida amalga oshirilishi mumkin.