“moliya” fanidan



Download 2,57 Mb.
Sana04.04.2022
Hajmi2,57 Mb.
#527147
Bog'liq
14-mavzu

“MOLIYA” FANIDAN

  • “MOLIYA” FANIDAN
  • 14-mavzu. Zamonaviy moliya: mazmun- mohiyati, o’rganishning obyektiv zarurligi
  • va ahamiyati
  • TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
  • Tomas Edison
  • (1847-1931-yillarda yashab o‘tgan amerakalik ixtirochi)
  • Ko'pchilik paydo bo'lgan imkoniyatni qo'ldan boy beradi, chunki u kombinzonda va ishga o'xshaydi
  • Deflyatsiya
  • - inflyatsiyaga qarama-qarshi bo'lib, deflyatsiya bilan iqtisodiyotda narxlarning umumiy darajasi ko'tarilmaydi, balki pasayadi.
  • Reja:
  • Zamonaviy moliyaning mazmun-mohiyati.
  • Zamonaviy moliyani o‘rganishning obyektiv zarurligi.

1. Zamonaviy moliyaning mazmun-mohiyati

  • Zamonaviy moliya (fani) quyidagi uch analitik “ustun” ustida vujudga keladi:
  • Zamonaviy moliya (...finance) shaxs (odam, kishi)larning ma’lum vaqt mobaynida defitsit pul resurslari kirimi (daromadi) va chiqimi (xarajati)ni qanday boshqarishlari to‘g‘risidagi fan hisoblanadi.
  • Moliyaviy bitimlar tuzish, aktivlar va riskni almashishda foydalaniladigan bozorlar va boshqa institutlar majmuyiga moliyaviy tizim (financial system), deyiladi
  • Bu tizim aksiyalar, obligatsiyalar va boshqa moliya instrumentlari bozori, moliyaviy vositachilar (bank va sug‘urta kompaniyalari kabi), moliyaviy xizmatlar taklif etadigan firmalar (masalan, moliya­maslahat firmalari) va shu kabi barcha muassasalar faoliyatini nazorat qiluvchi organlarni o‘z ichiga oladi.
  • 1) Moliyaning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati
  • Lekin jahon ko’plab xalqaro iqtisodiy adabiyotlarida lug’aviy ma’nosi jihatidan o’zbekcha “moliya” iborasining inglizcha “finance”, lotincha “financia” va ruscha “финансы” kabi ekvivalentlari mavjud.
  • Ayrim olimlar “financia” (“finance”, “финансы” va hikozo shakllarda) tushunchasi aynan shu shaklda XIII-XIV asrlarda Italiyaning savdo shaharlarida paydo bo’lgan va dastlab “pul to’lovi” ma’nosini anglatgan, degan fikrlarni olg’a surishadi. Xalqaro savdo-sotiq ishlarining rivojlanishi mazkur iboraning Italiyadan boshqa davlatlarga ham tarqalishiga sabab bo’lgan. XV asrda “financia” tushunchasi Fransiyada “davlat daromadlari”, “pul summalari” ma’nosida ishlatila boshlangan. Boshqa tadqiqotchilar bu atama muomalada ilk bor fransuz olimi J.Boden tomonidan 1755-yilda nashr etilgan “Respublika xususida olti kitob” nomli asarida ishlatilgan va shu tariqa bu atama Yevropa davlatlari hayotiga kirib kelgan, deb hisoblashadi.
  • Zamonaviy tasavvurdagi “moliya” tushunchasi podsholar xazinasidan davlat xazinasi ajralib chiqishi bilan paydo bo’lgan. Bir paytning o’zida shuni alohida qayd etish kerakki, jamiyatda pul, tovar-pul munosabatlari va davlatning paydo bo’lishi o’z-o’zidan darhol moliyaning ham vujudga kelganligini bildirmaydi. Ular hammasi bir paytda, ya’ni birdaniga paydo bo’lgan emas. Moliya shakllanib, bizning u haqidagi bugungi tasavvurimizdagi moliya ko’rinishiga kelishi uchun jamiyatda bir qator shart-sharoitlar pishib yetilgan bo’lishi kerak. Ular quyidagilar:
  • Qirol xazinaning mutloq egasi bo’lgan davrda daromadlar natural soliqlar va aholining mehnat majburiyatlaridan iborat bo’lgan edi. Endilikda pul ko’rinishidagi soliqlar Davlat byudjeti daromadlarining asosiy qismini tashkil eta boshladi. Natijada yaratilayotgan mahsulotni qiymat shaklida taqsimlash bosqichi boshlandi.
  • Ta’rif. Kengaytirilgan takror ishlab chiqarish uchun sharoitlarni ta’minlash hamda davlatning funksiyalari va vazifalarini bajarish maqsadida markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan pul mablag’lari fondlarini shakllantirish, taqsimlash va foydalanish bilan bog’liq bo’lgan iqtisodiy (moliyaviy) munosabatlar moliya deyiladi.
  • Bu funksiyalar moliya tomonidan bir vaqtning o’zida amalga oshiriladi. Har qanday moliyaviy operatsiya YaIM va MDni taqsimlash va shu taqsimlash ustidan nazoratning amalga oshirilishini anglatadi.
  • 2) Moliyaning funksiyalari
  • Moliyaviy munosabatlarning asosiy tavsifi ularning taqsimlash xarakteriga ega va shunga muvofiq ravishda moliyaning asosiy funksiyasi taqsimlash funksiyasidir. Moliya yordamida amalga oshirilishi lozim bo’lgan taqsimlash jarayoni murakkab va ko’p qirrali jarayondir. Moliya YaIMni taqsimlashning turli bosqichlariga xizmat qilib, uni birlamchi taqsimlashda va qayta taqsimlashda ishtirok etadi.
  • Moliyaviy metod orqali taqsimlash iqtisodiyotni boshqarishning turli darajalarini (mamlakat, uning alohida olingan mintaqalari va mahalliy o’zini o’zi boshqarish organlari miqyosida) qamrab oladi. Unga taqsimlashning turli ko’rinishlarini (xo’jalik ichida, tarmoq ichida, tarmoqlararo, hududlararo va boshqalar) tug’diruvchi ko’p bosqichlilik xosdir.
  • Eng avvalo, moliyaning taqsimlash funksiyasi MDni taqsimlashda, “asosiy yoki birlamchi daromadlar” deb nom olgan daromad va jamg’armalarni(fondlarni) tashkil etish sodir bo’lganda namoyon bo’ladi. Ularning yig’indisi MDga tengdir. Asosiy daromadlar MDni moddiy ishlab chiqarish ishtirokchilari o’rtasida taqsimlash jarayonida shakllanadi. Ular ikki guruhga bo’linadi:
  • moddiy ishlab chiqarish sohasida band bo’lgan ishchi va xizmatchilarning ish haqi, fermer va hokozolarning daromadlari;
  • moddiy ishlab chiqarish sohasidagi korxonalarning daromadlari.
  • Milliy daromad - 1) mamlakatdagi milliy iqtisodiyotning xoʻjalik yurituvchi subʼyektlari tomonidan muayyan bir davrda (odatda bir yilda) moddiy ishlab chiqarish tarmoqlarida yaratilgan sof mahsulot; yalpi mahsulot hajmidan uni ishlab chiqarish uchun sarflanadigan mehnat vositalari va buyumlarini qoplaydigan mahsulot miqdorini — qoplash fondini chegirib tashlangandan keyin qoladigan mahsulot; 2) Gʻarb mamlakatlari iqtisodchilari talqinida mamlakatdagi mehnat, kapital va yer egalarining bir yilda olgan ish haqi, foyda, foiz va renta kabi daromadlari yigʻindisi.
  • Sof milliy maxsulot

2. Zamonaviy moliyani o‘rganishning obyektiv zarurligi

  • Siz pul jamg‘arishni boshladingiz va ularni bankda saqlamoqdasiz. O‘z mablag‘ingizni biror-bir investitsiya fondiga qo‘yishingiz to‘g‘ri bo‘ladimi? Agar to‘g‘ri bo‘lsa, aynan qaysi fondga joylashtirish kerak?
  • Sizga avtomobil kerak bo‘lib qoldi. Uni sotib olish kerakmi yoki shunchaki ijaraga olgan yaxshi (ma’qul)mi?
  • Zamonaviy moliyani o‘rganish sabablari
  • Endi bu sabablarni batafsil o‘rganib chiqamiz.
  • Birinchidan,
  • ma’lum moliyaviy prinsiplar va qonunlarni bilish shaxsiy mablag‘dan to‘g‘ri foydalanish imkonini beradi.
  • Hayotda moliyaviy maslahatchiga biror masalada maslahat so‘rab murojaat qilinadigan vaziyat ko‘p va tez-tez bo‘lib turadi
  • Bugungi kunda ko‘plab xususiy maslahatchilar va maslahat firmalari: bank xodimlari, fond va sug‘urta brokerlari, o‘zaro fondlarning qimmatli qog‘ozlarini sotuvchi kompaniya xodimlari va ko‘plab shu kabi shaxslar shunday xizmatlarni taklif etadilar.
  • Ko‘pincha bunday maslahatlar bepul beriladi
  • Ikkinchidan,
  • Zamonaviy moliyani o‘rganishning sababi shundan iboratki, moliya sohasida asosiy bilimga ega bo‘lish har qanday faoliyat sohasi uchun ham zarur. Hatto moliya sohasini o‘z ixtisosi sifatida tanlamagan kishi uchun ham moliyachilar foydalanadigan konsepsiya, usul va terminologiyani bilish zarur.
  • Masalan, o‘zingiz to‘laydigan daromad solig‘i yoki mol-mulk solig‘i xususida hech bo‘lmaganda eng oddiy tasavvurlarga ega bo‘lmasangiz, u holda soliqchi yoki soliq organi tomonidan aldanib qolishingiz mumkin.
  • Uchinchidan,
  • Uy xo‘jaliklari, xususiy firmalar va hukumat tashkilotlari doimo moliyaviy maslahatchilar maslahatlariga muhtoj bo‘ladilar (ehtiyoj sezadilar).
  • Bundan tashqari moliya sohasida ta’lim olish kelajakda tashkilot rahbari sifatida karyera qilish uchun ishonchli poydevor bo‘lishi mumkin va bo‘ladi ham. Shu o‘rinda, bilib qo‘ying: dunyodagi yirik korporatsiyalarning oliy toifadagi rahbarlari o‘z mehnat faoliyatini dastlab, aynan moliyachi sifatida boshlaganlar
  • To‘rtinchidan,
  • moliya tizimi tub asoslari mohiyatini tushunish asoslangan fuqarolik qarorlari qabul qilish uchun zarur.
  • Moliya tizimi iqtisodiy hayoti bozor munosabatlariga asoslangan har qanday jamiyat infratuzilmasining eng muhim qismi hisoblanadi. Keng tarqalgan fikrga ko‘ra moliya institutlari ishini to‘g‘ri tashkil etish mamlakatning iqtisodiy o‘sishi va taraqqiyoti uchun puxta zamin yaratadi
  • Beshinchidan,
  • ko‘pchilik shunchaki o‘z bilim doirasini kengaytirish uchun ham zamonaviy moliyani o‘rganadi va shunga qiziqadi. Zamonaviy moliya qonuniyatlarini bilish dunyoqarashni kengaytiradi va tashqi dunyo qaysi qonuniyatlarga asosan rivojlanayotganini bilishga yordam beradi.
  • Moliya sohasidagi ilmiy izlanishlar uzoq tarixga ega bo’lganlar
  • G.Markovits
  • Merton Miller
  • Vilyam Sharp
  • “Xalqlar boyligi tabiati va sabablari borasida tadqiqotlar”
  • Franko Modilyani
  • Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati
  • Боди З., Мертон Р.С. Учебник. Финансы. М.: “Вильямс ”, 2007. – 347 с.
  • Malikov T. Moliya. O‘quv qo‘llanma. –T.: “Iqtisod-moliya”, 2018. -267 b.
  • 3. Malikov T., Olimjonov O. Moliya. Darslik. – T.: “Iqtisod-moliya”, 2019. - 920 b.

E’tiboringiz uchun rahmat!!!


Download 2,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish