«Kalendar» lotincha so‘z bo‘lib, o‘zbek tilida «har oyning birinchi kuni» degan ma’noni anglatadi.
Barchamiz kundalik hayotimizda kalendardan foydalanamiz. Xo‘sh, kalendar insonlar hayotiga qanday kirib kelgan?
Kalendar o‘zbek tilida «taqvim» deb ham ataladi.
Kalendarning vatani.
Dastlabki kalendar Qadimgi Misrda yaratildi. Bunga misrliklarning Nil daryosining suvisiz yashay olmasligi sabab bo‘ldi. Misrliklar daryoning u toshqinidan yanagi toshqiniga qadar oradan qancha vaqt ketishini aniq bilishlari shart edi. Chunki toshqinga qadar kanallarni tozalab, to‘g‘onlarni ta’mirlab qo‘yishlari lozim bo’lgan.
Misr kalendari
Aks holda, Nil daryosi toshsa, ekinlarni yuvib ketardi. Kundalik kuzatuvlar daryoning keyingi toshqiniga qadar oradan 365 kun o‘tishini ko‘rsatgan. Shu tufayli misrliklar 365 kunni 30 kundan, 12 oyga bo‘lganlar. Qolgan besh kunni bayram kunlariga ajratib, yil oxiriga qo‘shimcha sifatida joylashtirganlar. Shu tariqa dastlabki kalendar vujudga keldi. Biroq misrliklar yil hisobida 6 soatga yanglishgan edilar. Bu 6 soatlik farq har 4 yilda bir sutkalik xatolikni keltirib chiqargan.
1- yanvarga ko‘chirdi. Yangi kalendar Yuliy kalendari deb atalad
Misrliklar kalendarida har 4 yilda to‘planib qoladigan bir kunni yo‘qotish uchun fevral oyi to‘rt yilda bir marta 29 kun davom etadigan qilib belgilanadi. Fevral oyi 29 kun bo‘lib keladigan yilda bir yil 366 kunni tashkil etadigan bo‘ldi. Biroq Yuliy kalendarida yil hisobi har 400 yilda 3 kunga orqada qolib bordi. Oqibatda, 1582-yilda bahorgi tengkunlikning 21-martga emas, 11-martga to‘g‘ri kelib qolishi xavfi tug‘ildi.
Grigoriy kalendari.
1582-yilda yangi kalendar joriy etildi. Unga ko‘ra, 1582- yilning 4-oktabr kuni nihoyasiga yetgach, birdaniga 15-oktabrga o‘tildi, ya’ni o‘rtadagi 10 kun tashlab yuborildi. Yuliy kalendari bo‘yicha yil hisobida vujudga kelgan 10 kunlik farqqa shu yo‘l bilan barham berildi. Bahorgi tengkunlik yana 21-martga qaytdi.
Yuliy kalendari
Mercury is the closest planet to the Sun and the smallest one in the Solar System
Venus has a beautiful name and is the second planet in the Solar System from the Sun