“moliya” fanidan O’quv-uslubiy majmua


Xo’jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy resurslari va kapitali



Download 6,94 Mb.
bet93/195
Sana20.04.2022
Hajmi6,94 Mb.
#567851
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   195
Bog'liq
Davlatiy moliya (1)

REJA:
  1. Xo’jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy resurslari va kapitali.

  2. Xo’jalik yurituvchi subyekt moliyaviy resurslaridan foydalanish samaradorligi.
    1. Xo’jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy resurslari va kapitali

XYSlarning moliyaviy resurslari ular umumiy resurslarining pul shaklida harakat qiladigan bir qismi hisoblanadi. Resurslarning pul shaklida amal qilishi moliyaviy resurslar mohiyatan tavsifining ajralmas qismi hisoblanib, bu narsa ularni XYSning boshqa resurslari ko’rinishlaridan, xususan, ishlab chiqarish vositalari (dastgohlar, mashinalar, xomashyo va materiallar, ishlab chiqarishga mo’ljallangan binolar va shunga o’xshashlar)dan farq qiladi. Buni inobatga olgan holda XYS vositalarining “pul shakli” va “pul qiymati” tushunchalarini farqlamoq lozim. “XYS vositalarining pul qiymati” tushunchasi, odatda, pul mablag’larining o’zini emas, balki turli maqsadlar uchun mo’ljallangan vositalar va fondlar (masalan, asosiy fondlar)ning qiymat jihatidan baholanishini anglatadi. Pulga sotib olinganligiga qaramasdan ishlab chiqarish vositalari (yuqorida qayd etilgan dastgohlar, mashinalar, xomashyo va materiallar, ishlab chiqarishga mo’ljallangan binolar va shunga o’xshashlar) haqiqatda pul emas va pul hisoblanmaydi. Ishlab chiqarish fondlarini qaytadan pul shakliga aylantirish uchun, avvalo, ularni sotish kerak. Bu holda esa, o’z navbatida, mol-mulkning balansda aks ettirilgan qiymat jihatidan baholari emas, balki amal-dagi bozor baholari harakat (ish)ga tushadi. Moliyaviy qiyinchiliklar va bankrotlik xavfi ostida vujudga keladigan bunday vaziyatlar XYSni yomon oqibatlarga, xususan, mablag’lar va resurslarni yo’qotib qo’yishiga olib kelishi mumkin. Holbuki, xalqaro amaliyotdagi ma’lumot-larga ko’ra, bankrotga uchragan XYS tugatilayotgan paytda unga tegishli bo’lgan aktivlar qiymatining 40%dan ortiq
bo’lmagan qismini olishga muvaffaq bo’lish mumkin, xolos. Shu munosabat bilan hatto, sog’lom bozor aylanmasida, ya’ni talabga ega bo’lgan tayyor mahsulot realizatsiya qilinganda ham u faqat sotilganidan so’ng pul mablag’iga aylanadi.
Ishlab chiqarish jarayonini yangidan boshlash va rivoj-lantirishga mo’ljallangan XYSning moliyaviy resurslari bu pul shaklidagi uning kapitalidir. Mehnat vositalari, predmetlari va natijalariga aylangan moddiy-buyumlashgan kapital, ishlab chiqarish jarayoni ishtirokchilarining jismoniy va intellektual qobiliyat-laridan iborat bo’lgan inson kapitali kapital mavjudligi va harakatining boshqa pulsiz shakllari hisoblanadi. Prinsip jihatidan, takror ishlab chiqarish jarayonining doiraviy aylanishiga kiritilgan va uning egasiga daromad keltiruvchi har qanday mulkiy va intellektual boylik kapital bo’lishi mumkin.
Tijoriy XYSlarning moliyaviy resurslari dastlab (birlamchi holda) ular ta’sis kapitalining bir qismini pul shaklida qo’yish va, shuningdek, boshqa shaxslar va tashki-lotlardan maqsadli moliyalashtirish va subsidiyalar ko’rinishida kelib tushgan pul mablag’lari qismi hisobidan shakllantiriladi. Ta’sis kapitalining pul shaklida bo’lmagan qismi (sanoat va intellektual mulk obyektlari, ulardan foydalanish huquqlari va boshqalar) esa, xuddi maqsadli tushilmalar singari, agar ular pul ko’rinishida qo’yilmagan bo’lsa, ularni XYSning moliyaviy resurslari tarkibiga kiritish maqsadga muvofiq emas.
Dastlabki (birlamchi) kapitalning ishlab chiqarishga investitsiya qilinishi tovar-pul doiraviy aylanishi jarayonining kengayishini boshlab beradi. Uning pul shaklidagi yakuni (natijasi) sifatida XYSning tushumi maydonga chiqadi. O‘z navbatida, tushum xarajatlarni moliyalashtirish va kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayonini davom etttirishni ta’minlovchi bir necha pul mablag’lari fondlariga bo’linadi. Umumiy tarzda, formula orqali buni quyidagicha ifodalash mumkin:
𝑻 = 𝑭𝒂𝒂 + 𝑭𝒎𝒙𝒎 + 𝑭𝒊𝒉 + 𝑭𝒇

Bu yerda:


𝑻 - tushum;
𝑭𝒂𝒂 - asosiy ishlab chiqarish fondlarining jismoniy eskirishini tiklashga mo’ljallangan amortizatsiya ajratmalari fondi;
𝑭𝒎𝒙𝒎 - moddiy xarajatlarni (xomashyo, materiallar, yoqilg’i, elektroenergiya va boshqalarni sotib olish) moliyalashtirish fondi;
𝑭𝒊𝒉 - ish haqi fondi;
𝑭𝒇 - tovarlarni sotishdan olingan foyda (soliqlar to’languncha va foydadan boshqa to’lanmalar amalga oshirilguncha).
Ayrim iqtisodchi olimlarning ilmiy tadqiqotlarida moddiy xarajatlar va mehnat haqini moliyalashtirish uchun mo’ljallangan pul mablag’lari XYSning
moliyaviy resurslari tarkibiga kiritilmaydi. Ularning ayrimlari tomonidan esa XYSning moliyaviy resurslari tarkibiga hatto pulli tushum ham kiritilmayotir. Bunday yondoshuvlarning noto’g’ri ekanligi shubhasiz.
Xorijiy davlatlarda pul tushumi yalpi daromad tarzida talqil qilinadi. Bu narsa XYS moliyaviy resurslari fondini shakllantirish va qayta yangilashda tushumning umumlashtirilgan ahamiyatini o’zida aniqroq aks ettiradi. Moddiy xarajatlarni moliyalashtirish uchun mo’ljallangan pul tushumlarining bir qismi, XYSning real moliyaviy resursi mol etkazib beruvchilar va kontr-agentlarning hisobvaraqlariga o’tkazilmasdan uning aylanmasida bo’lgan paytda, unga qo’shimcha daromad kelti-radi..
O‘zbekiston Respublikasida bozor iqtisodiyotiga o’tishning dastlabki yillarida XYSlarnig bir-birlariga o’zaro mol etkazib berish va xizmat ko’rsatish bo’yicha mablag’larni o’z vaqtida to’lamaslik holatlari avj olib ketdi. Inflyatsiya darajasi o’ta yuqori bo’lganligi uchun o’sha davrlarda bank kreditlari stavkasining 100% dan ham baland bo’lganligi holatida sotib olgan mahsulotning pulini o’z vaqtida to’lamaslik shu XYS ga noqonuniy, lekin qo’shimcha daromad manbai bo’lib xizmat qildi. Shunday holatlar ish haqini o’z vaqtida to’lamaslik tufayli ham yuz berdi. Xodimlarga, ishchi va xizmatchilarga bir necha oylab oylik maoshlarni berishning kechiktirilganligi (orqaga surilganligi) ba’zi bir “tadbirkor” va “bankir”larning tekinga boyish manbalaridan biriga aylandi, chunki o’z vaqtida to’lanmagan ish haqi mablag’lari ularning ixtiyorida bo’lib, ulardan vaqtincha boshqa maqsadlarda foydala-nishlari mumkin edi.
Amortizatsiya ajratmalari fondi XYSlar moliyaviy resurslarining tarkibiy tuzilmasida muhim rol o’ynaydi. Chunki bunday ajratmalar pul tushumlaridan qancha ajratilganligi va ularning XYS tegishli hisobvaraqlarida joylashganligiga qarab XYSlarning real moliyaviy resurslari bo’lib hisoblanadi.
Ishlab chiqarishning rivojlanishi va tovar hamda moliya bozorlarida XYS faoliyatining faollashuvi natijasida uning moliyaviy resurslari tarkibiy tuzilmasida foyda hal qiluvchi o’rinni egallay boshlaydi. Foyda XYS o’z mablag’larining asosiy manbai bo’lib, ishlab chiqarish apparatining yangilanishini, sifatning yaxshilanishini, chiqarilayotgan mahsulot assortimentining kengayishini va h.k.larni ta’minlaydi. Foyda hisobidan XYSning rezerv fondlari, maxsus maqsadlarga mo’ljallangan fondlar tashkil etiladi.
Foyda massasi va normasi, uning xarajatlarga nisbati XYSning kreditga layoqatligini va uning qarz mablag’larni jalb qilish imkoniyatini, uzoq va qisqa muddatli kreditlarni olishni aniqlab beradigan muhim indikatorlardir. Qarz mablag’larning XYS o’z mablag’lariga nisbati 1/3 va undan katta darajaga etib, uning to’lovga layoqatligiga kreditorilarga ham, hamkorlariga ham shubha tug’dirmasligi mumkin.
Tijorat XYSlarning moliyaviy resurslari quyidagi manbalardan tashkil topadi:

    • mahsulot sotishdan tushum hisobidan shakllanadigan moliyaviy resurslar (foyda; amortizatsiya ajratmalari fondi; ish haqi fondi; moddiy xarajatlarni tiklash fondi);

    • ishlab chiqarilgan mahsulotga bog’liq bo’lmagan sotishdan keladigan tushumlar (mol-mulk; asosiy faoliyatga daxldor bo’lmagan xizmatlar va boshqalar) hisobidan olinadigan moliyaviy resurslar;

    • moliyaviy bozorda shakllanadigan moliyaviy resurslar (kreditlar va zayomlar; o’z aktsiyalari va qimmatli qog’oz-larning boshqa ko’rinishlarini sotish; boshqa emitentlarning qimmatli qog’ozlari bo’yicha dividendlar va foizlar; sug’urta qoplamalari va boshqalar);

    • kreditorlik qarzlari hisobidan tashkil topadigan moliyaviy resurslar (mol etkazib beruvchi va pudratchilarga; mehnat haqi bo’yicha; sotsial sug’urtaga doir; byudjet oldidagi va boshqalar);

    • badallar va maqsadli xarakterdagi tushilmalar hisobidan shakllantiriladigan moliyaviy resurslar (boshqa tashkilotlar va jismoniy shaxslardan tushilmalar, byudjet subsidiyalari va h.k.).
    1. Xo’jalik yurituvchi subyekt moliyaviy resurslaridan foydalanish


Download 6,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish