“moliya” fanidan O’quv-uslubiy majmua



Download 6,94 Mb.
bet55/195
Sana20.04.2022
Hajmi6,94 Mb.
#567851
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   195
Bog'liq
Davlatiy moliya (1)

axborot funksiyasi. Xalqaro moliya tashkilotlari jahon xo‘jaligi rivojlanishining umumiy tendensiyalari hamda biror bir davlatning iqtisodiy holati to‘g‘risida ma’lumotlar olish mumkin bo‘lgan axborot markazi rolini bajaradi. Xalqaro valyuta-kredit tashkilotlari o‘tkazilgan xalqaro konferensiyalar, yig‘ilishlar, tadqiqotlar natijalari bo‘yicha statistik materiallarni nashr etib boradi.

  • maslahatchi funksiyasi. Xalqaro moliya tashkilotlari mamlakatlarning xukumatlariga valyutakredit va moliya siyosatini o‘tkazish bo‘yicha maslahatlar beradi.

  • tartibga solish funksiyasi. Xalqaro moliya tashkilotlari xalqaro moliya munosabatlarini tartibga solish funksiyasini ham bajaradi. Jumladan, XVF to‘lov balansida muammolarga ega bo‘lgan mamlakatlarga vaqtinchalik moliyaviy yordam ko‘rsatadi. XVF mamlakatlarga milliy valyuta kursini bir maromda

    saqlash uchun ham bir necha bor vaqtinchalik yordam ko‘rsatgan.

    1. bashorat qilish funksiyasi. Xalqaro moliya tashkilotlari milliy va jahon iqtisodiyoti rivojlanishining bashoratini amalga oshiradi. Xalqaro moliya tashkilotlari universallik darajasi va maqsadlariga bog‘liq holda jahon ahamiyatiga ega bo‘lgan, mintaqaviy, shuningdek faoliyati jahon xo‘jaligining ma’lum bir sohasini qamrab oluvchi tashkilotlarga ajratiladi. Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning asosiy shakllarini tartibga soluvchi xalqaro tashkilotlarni tashkil etish g‘oyasi 1929-1933-yillardagi jahon iqtisodiy inqirozi ta’siri natijasida yuzaga keldi. Xalqaro moliya tashkilotlari jahon iqtisodiyotini rivojlantirish sohasidagi muayyan masalalarni hal etish uchun a’zo mamlakatlarning 13 moliyaviy resurslarini birlashtirish orqali tashkil etiladi.

    Ushbu masalalar quyidagilardan iborat bo‘lishi mumkin:

      • xalqaro savdoni rag‘batlantirish va qo‘llab-quvvatlash, jahon iqtisodiyotini tartibga solish hamda barqarorlashtirish maqsadida xalqaro valyuta va fond bozoridagi operatsiyalar;

      • budjet defitsitini moliyalashtirish va davlat loyihalarini amalga oshirishga kreditlar – davlatlararo kreditlar;

      • xalqaro loyihalar (loyihada to‘g‘ridan-to‘g‘ri, shuningdek rezident tijorat tashkiloti orqali ishtirok etuvchi bir nechta mamlakatlar manfaatlariga daxldor bo‘lgan loyihalar) sohasidagi kreditlash va investitsiya faoliyati;

      • xalqaro biznesga ijobiy ta’sir ko‘rsatishga (masalan, infratuzilma loyihalari, informatsion texnologiyalar sohasidagi loyihalar, transport va kommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish va boshqalar) ichki loyihalar (bitta mamlakatning yoki rezidentning tijorat tashkiloti manfaatlariga bevosita daxldor bo‘lgan loyihalar) sohasidagi kreditlash va investitsiya faoliyati;

      • fundamental ilmiy tadqiqotlarni moliyalashtirish va hayriya faoliyati (xalqaro yordam dasturlarini moliyalashtirish).

    Xalqaro moliya tashkilotlari o‘z funksiyalarini amalga oshirish uchun investitsion loyihani fundamental o‘rganishdan global fond bozorlaridagi operatsiyalargacha risklarni boshqarish hamda moliyaviy va investitsion tahlilning zamonaviy texnologiyalaridan foydalanadi. Xalqaro moliya tashkilotlari quyidagi maqsadlarni ko‘zlagan holda faoliyat yuritadi:

      • jahon iqtisodiyoti va xalqaro moliyani barqarorlashtirish maqsadida jahon hamjamiyatida harakatlarni birlashtirish;

      • valyuta va moliya-kredit munosabatlarini xalqaro tartibga solishni amalga oshirish;

      • jahon valyuta va moliya-kredit siyosatining strategiya va taktikasini hamkorlikda ishlab chiqish va muvofiqlashtirish.

    Xalqaro moliya tashkilotlarida qatnashish darajasi va alohida
    mamlakatlarning ta’siri ularning kapitaldagi bo‘nagining miqdori bilan aniqlanadi. Xalqaro moliya tashkilotlari faoliyatining samaradorligi muayyan darajada a’zo mamlakatlarning xukumati va davlat tashkilotlari va bilan bo‘ladigan o‘zaro munosabatga bog‘liq bo‘ladi. Shunday ekan xalqaro moliya tashkilotlarining investitsion faoliyati ko‘p hollarda yirik xalqaro loyihalar bo‘yicha risklarni boshqarish va sug‘urtalashni amalga oshiruvchi davlat tashkilotlari bilan yaqin xamkorlikni talab etadi.
    Bugungi kunda ko‘plab xalqaro moliyaviy tashkilotlar mavjud. Ularning vakolati turli davlat hukumatlari moliyaviy siyosatini muvofiq-lashtirishdan iborat. Bunday xalqaro moliyaviy tashkilotlar ichida eng muhimi Bazelda (Shveysariya) joylashgan Xalqaro hisob-kitoblar banki (BIS – Bank for International Settlements) hisoblanadi. Uning vazifasi barcha mamlakatlardagi bank qoidalarining maksimal o‘xshashligini ta’minlash-dan iborat. Undan tashqari, xalqaro moliya bozorida yana ikki xalqaro moliyaviy tashkilot faoliyat yuritadi. Ularning maqsadi – savdo va moliya faoliyatini rag‘batlantirishdan iborat. Bular: Xalqaro valyuta fondi (XVF) (IMF – International Monetary Rupd) va Xalqaro taraqqiyot va tiklanish banki, yoki Dunyo banki (International Bank for Reconstruction and Development, World bank). XVF unga a’zo bo‘lgan davlatlar iqtisodiy va moliyaviy sharoitlarining o‘zgarishini kuzatadi, texnik yordam ko‘rsatadi, xalqaro savdo va moliya operatsiyalari qoidalarini ishlab chiqadi, xalqaro iqtisodiyotning turli masalalari bo‘yicha maslahat beradi, ayrim a’zo davlatlar to‘lov balansini to‘g‘rilab olishlari uchun resurslar taqdim qiladi.
    Dunyo banki rivojlanayotgan davlatlarda turli investitsion loyiha-larni moliyalashtiradi. U rivojlangan davlatlarda obligatsiyalar sotuvi orqali kapitalni jalb etadi va shundan so‘ng uni muayyan mezonlarga javob beruvchi va biror-bir davlatning iqtisodiyotini rivojlantirishga yo‘nal-tirilgan loyihalarni amalga oshirish uchun qarzga beradi.
    Moliyaviy tizim moliyaviy xizmatlar ko‘rsatuvchi bozorlar, vosita-chilar, firmalar va boshqa institutlarni o‘z ichiga oladi. Ular yordamida uy xo‘jaliklari, xususiy korxona va hukumat tashkilotlari o‘zlari qabul qilgan moliyaviy qarorlarini amalga oshiradilar. Moliyaviy tizim tarkibiga aksiyalar, obligatsiyalar va boshqa qimmatbaho qog‘ozlar sotiluvchi bozorlar, shuningdek, banklar va sug‘urta korxonalari kabi moliyaviy vositachilar kiradi.
    Pul mablag‘lari moliyaviy tizim tuzilmasining turli elementlari orqali ortiqcha moliyaviy mablag‘larga ega bo‘lgan korxonalardan mablag‘ yetishmaydigan korxonalarga oqib o‘tadi. Ko‘pgina hollarda moliyaviy oqim moliyaviy vositachilar orqali o‘tadi.
    Moliyaviy tizim olti asosiy funksiyani bajaradi:

      • iqtisodiy resurslarning vaqt oralig‘ida, davlat chegaralari orqali va

    iqtisodiyotning bir sohasidan boshqasiga ko‘chirish;

      • riskni boshqarish;

      • savdoga imkon beruvchi kliring va hisob-kitoblarni amalga oshirish;

      • turli korxonalardagi egaliklarni bo‘lish va moliyaviy resurslarni qo‘shish;

      • iqtisodiyotning turli sohalarida markazlashtirilmagan qaror qabul qilish jarayonini muvofiqlashtirishga imkon beruvchi narx (baho) ma’lu-moti bilan ta’minlash;

      • stimullashtirish muammolarini hal etish usullarini ta’minlash.

    Bu muammolar bitim ishtirokchilaridan biri ega bo‘lgan ma’lumotga boshqasi ega bo‘lmaganda yoki qatnashchilardan biri ikkinchisining nomidan agent sifatida harakat qilgan hollarda yuzaga keladi.
    Yuqorida sanalgan moliyaviy funksiyalarni bajarish usullarining takomillashuviga olib keladigan raqobat moliya sohasida har qanday innovatsiyaning yuzaga kelishi uchun asosiy turtki beruvchi omil bo‘lib xizmat qiladi.
    Fond bozorlarida quyidagi moliyaviy aktivlarning asosiy turlari bilan savdo qilinadi: qarz majburiyatlari, aksiyalar va hosilaviy qimmatli qog‘ozlar.

      • qarz vositalari pulni qarzga oluvchi barcha firmalar, hukumat va uy xo‘jaliklari tomonidan chiqariladi. Aksiyalar – bu firma egalarining uning aktivlarining bir qismiga egaligi to‘g‘risidagi talabidir.

      • hosilaviy qimmatli qog‘ozlar – bu qiymati boshqa aktivlar narxlari bilan bog‘liq ravishda o‘rnatiladigan opsionlar va fyuchers shartnomalari kabi moliyaviy instrumentlardir.

    Foiz stavkasi deb qarzga olingan mablag‘lar bo‘yicha va’da qilingan daromadlilik stavkasiga aytiladi. Qarzlarning turi qancha bo‘lsa, foiz stavkalarining turlari ham shuncha bo‘ladi. Foiz stavkasining miqdori hisob-kitob pul birligi, to‘lov qatori (navbati) va kredit instrumenti (defolt riski) bo‘yicha bitim shartlarining bajarilmasligi ehtimoliga bog‘liq. Nominal foiz stavkasi aniq pul birliklarida ifodalanadi; daromadlilikning real stavkasini aniqlash uchun vosita sifatida ma’lum bir standartlashtirilgan iste’mol savatidan foydalaniladi.
    Muayyan (qayd qilingan) nominal foiz stavkalari bo‘yicha taklif etiladigan obligatsiyalar daromadlilik real stavkasining noaniq ko‘rsat-kichiga ega. Inflyatsiyani hisobga olgan holda indekslangan hamda muayyan real stavkalarini taklif etuvchi obligatsiyalar daromadlilik nominal stavkasining noaniq ko‘rsatkichi bilan tavsiflanadi.
    Bozor iqtisodiyotida daromadlilik stavkasi darajasiga to‘rt asosiy omil ta’sir etadi:
  • 1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   195




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish