“moliya” fanidan O’quv-uslubiy majmua


Risklarning mazmun-mohiyati



Download 6,94 Mb.
bet53/195
Sana20.04.2022
Hajmi6,94 Mb.
#567851
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   195
Bog'liq
Davlatiy moliya (1)

REJA:
  1. Risklarning mazmun-mohiyati.

  2. Moliyaviy risklarning tasniflanishi.
  3. Iqtisodiyotning turli bo‘g‘inlarida risklar.

    1. Risklarning mazmun-mohiyati

Ma’lumki, moliya sohasida risklarni minimallashtirishga risk strategiyasini ishlab chiqish orqali erishish mumkin.
Moliyaviy risklarni boshqarish tizimi riskning yuzaga kelishini oldindan
xom-cho‘t qilish, risk tufayli yuzaga keladigan salbiy xolatlarga yo‘l qo‘ymaslik yoki ularning ta’sirini kamaytirish borasida chora-tadbirlar, usullar yig‘indisini o‘z ichiga oladi.
Moliyaviy risklarni boshqarish tizimining obyekti moliya sektori faoliyatida yuzaga keluvchi risklar bo‘lsa, uning subyekti sifatida riskga o‘z ta’sirini o‘tkazuvchi guruh, moliya sohasi hodimi yoki menejeri hisoblanadi.
Moliyaviy risklarni boshqarish strategiyasini ishlab chiqish uchun bank faoliyatini chuqur bilish, moliyaviy korxonalari bajaradigan operatsiyalarning samaradorligini aniqlay bilish, banklarning kredit, investitsiya, valyuta siyosati va boshqa faoliyatlari bo‘yicha optimal qarorlar qabul qilishga erishish, mijozlarning xo‘jalik faoliyati va ularning moliyaviy ahvoli, tarmoqlar faoliyatining xususiyatlari va boshqalarni bilish lozim.
Moliyaviy risklarni boshqarish strategiyasi xo‘jalik yurituvchi subyektlarning barcha imkoniyatlaridan to‘la foydalanish, korxonalarni rivojlantirish istiqbollarini belgilab berish va moliyaviy risklarni oldini olib banklar faoliyatining samaradorligini oshirishga imkon yaratadi.
Hozirgi paytda O‘zbekistonda ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirish jarayoni moliya-bank sektorini barqaror faoliyat yurituvchi tizimini yaratishni ko‘zda tutadi. Chunki moliya-bank sektori bozor infratuzilmasining muhim tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi. Ularning barqarorligi davlat ahamiyatiga egadir.
Markazlashgan iqtisodiyot sharoitida barcha xo‘jalik subyektlari qat’iy yo‘riqnomalar, buyruqlar, me’yoriy xujjatlar bo‘yicha faoliyat olib borganligi uchun risk va uning darajasini o‘ylashga to‘g‘ri kelmasdi. Oldindan qancha foyda olish yoki zarar ko‘rish mumkinligi aniq bo‘lar edi. Ko‘rilgan zarar odatda, korxonaning yuqori tashkiloti yoki vazirlik tomonidan, ba’zi xollarda turli xil yo‘qotishlar bilan birga budjet mablag‘lari hisobidan qoplanardi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida faoliyat ko‘rsatish korxonalardan faoliyatning yuqorida keltirilgan tamoyillarini o‘zgartirishni talab qiladi. Zamonaviy moliya- bank tizimini risksiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Moliya sohasini risksiz operatsiyasi yo‘q, uning barcha operatsiyalari risk bilan bog‘liq bo‘lib, ularning darajasi operatsiya turiga qarab har xil bo‘lishi mumkin. Moliya-bank amaliyotida riskni umuman yo‘q qilish mumkin emasligi bois, uni oldindan ko‘ra bilish, uni kamaytirish choralarini ko‘rish lozim.
Qadimgi zamonlardan risk foydani shakllantirish omili hisoblanadi. J.B.Sey va KurselSeneylar fikricha risk foydaning faqat bir qismini shakllantirish omili hisoblanadi64. 19-asrlarda odamlarning risk qilishga tayyorligi ular foydasining





64Найт Ф.Х. Риск,неопределённость и прибыль. Пер.с англ. - М.: Дело, 2003. – С. 35.
shakllanishi va o‘zlashtirilishiga olib kelishi bilan izohlanardi. Hozirgi kunda shakllanayotgan foydaning asosiy qismi riskni samarali boshqarishdan vujudga keladi. “Risk” atamasi yevropaning ko‘p tillarida mavjud. Misol uchun greklarda “ridsikon” so‘zi mavjud bo‘lib, u qoya, cho‘qqi ma’nosini bildiradi. Italiyaliklar tilida “risiko” so‘zi xatar, tahdid ma’nosini, “risicare” so‘zi qoyadan mohirona o‘tish ma’nosini bildiradi. Fransuzlardagi “risdoe” so‘zi tahdid, qoyani aylanib o‘tmoq ma’nosini beradi. Iqtisodiy lug‘atlarda risk – xavf-xatar, zarar va yo‘qotish ehtimoli, xavf ehtimoli yoki muvaffaqiyat umidida xavf tomon borish
ma’nosida kelishi ko‘rsatilgan.
“Risk” so‘zi ispancha-portugalcha so‘zdan olingan bo‘lib, “suv ostidagi qoya” degan ma’noni bildiradi. Taniqli lug‘atshunos S.I.Ojegovning rus tili izohli lug‘atida “risk - bu muvaffaqiyatga intilish, baxtli hodisaga umid” degan ma’no anglatadi deyilsa, mashhur Vebster lug‘atida riskka “xavf, zarar va talafot ehtimoli” deb qaralgan. V.T. Sevryuk “risk - bu hol, bir ishlab chiqaruvchining situativ holati” degan ta’rifni bergan bo‘lsa, rus olimi A.Ol shanskiy “risk - bu zarar ko‘rish yoki manfaatni qo‘ldan chiqarish bilan bog‘liq ehtimollar o‘lchamidir”65, degan ta’rifni keltiradi.
Risk nazariyasini o‘rganishda klassik maktab namoyondalari muhim hissa qo‘shishgan. A.Smit risk va foyda o‘rtasidagi o‘zaro proportsionallik tushunchasini oydinlashtirishga harakat qilgan. Uning ta’kidlashicha, “riskli holatlar yuqori bo‘lgan maydonda qonun bo‘yicha daromad kichik bo‘ladi, bu esa o‘z navbatida kutilayotgan daromad darajasini ko‘paytirish uchun usullar salmog‘i yanada ortib boradi”.
Taniqli lug‘atshunos S.Ojegovning rus tili lug‘atida “risk - bu muvaffaqiyatga intilish, baxtli hodisadan umid” ma’nolarini anglatadi deyilsa, mashhur Vebstera lug‘atida “risk - bu xavf, zarar yoki talofat ko‘rish ehtimoli”66, deb ifodalangan.
Professor V.Usoskin “risk doimo noaniqlik bilan birga kelib, oxirgi, o‘z navbatida oldindan ko‘ra bilish qiyin yoki mumkin bo‘lmagan voqealar bilan bog‘liq bo‘ladi”, deya izohlaydi. ye.Stoyanova fikricha: “risk - bu rejalashtirilgan variantga nisbatan daromad ola bilmaslik yoki zarar ko‘rish ehtimolidir”.
Risk to‘g‘risidagi fikrlarni umumlashtirilgan holda prof V.V.Kovalyov quyidagicha ta’rif berib o‘tadi:
Risk bu moliyaviy yo‘qotish darajasini belgilab:

  1. qo‘yilgan maqsadga yetib bormaslik;

  2. noaniqliq holatda natijani belgilash;

  3. subyektiv holatda belgtlangan natijani baholash.

Investitsiya faoliyati ma’lum miqdordagi moliyaviy resurslarni talab qiladi. Bu sarflangan resurslardan investorlar ma’lum daromad, foyda olishni ko‘zlaydi.



65Гвезденко А.А. Основы страхования. - М.: Финансы и статистика, 1999.– С. 148.
66Севрук В.Т. Банковские риски. Москва: Дело, 1995. - С. 3
Mazkur foyda esa investorlarning xarajatlarini, inflyatsiya omilini, tadbirkorlik riskini qoplashi lozim. Ammo amaliyotda investorlar har doim ham kutilgan, rejalashtirilgan natijalarga erisha olmaydilar. Buning asosiy sabablaridan biri - risklarning mavjudligidir.
Risk bilan noaniqlikning farqi shundaki, natijalar ehtimolligi joriy davr ma’lumotlari asosida baholanayotgan vaqtda risk e’tiborga olinadi. Noaniqlik esa bunday ehtimollik o‘tgan va kelasi davr ma’lumotlari yetishmasligi yoki to‘liq emasligi sababli subyektiv aniqlangan vaqtda e’tiborga olinadi. Har qanday holda ham kelgusi iqtisodiy holatlar istiqbolini belgilash (inflyatsiya, foiz stavkasi, talab va taklif, ishlab chiqarish, sotish hajmi va boshqalar) kelajakning ma’lum emasligi sababli faqat taxminiy va noaniq natijalar bo‘lishi mumkin. Chunki o‘tgan davr ma’lumotlari asosida faqat noma’lum kelajakda yuz berishi mumkin bo‘lib o‘tgan rivojlanish tendensiyasini aniqlash mumkin.
Noaniqlik va risklarning har ikkalasi ham loyihadagi yo‘qotish va zararlarga bog‘liq bo‘lganligi uchun ularning bir-biri bilan uzviy aloqadorlikda ifodalash maqsadga muvofiqdir.
Investitsion loyihalar kelajakka qaratilganligi sababli, ularni amalga oshirish natijalarini aniq taxmin qilish muammodir. Bunday loyihalar kutilishi mumkin bo‘lgan risklar va noaniqliklarni hisobga olgan holda bajarilishi kerak. Investitsion qaror bir qator kutilishi mumkin bo‘lgan oqibatlarga ega bo‘lgan hollarda, qaror riskli yoki noaniqliklarga ega deb ataladi.
    1. Moliyaviy risklarning tasniflanishi

Bugungi kunda biz nafaqat risklar haqida ma’lumotlarga egamiz, balki ularni tahlil qilib, baho berib, risklarni boshqarish imkoniyatiga egamiz. Lekin tahlilni ham, risklar boshqaruvini ham birinchi bosqichi - bu risk turini aniqlashdir.
Risklarini turli belgilar bo‘yicha tasniflash mumkin:

  1. Tarkibi bo‘yicha risklar quyidagilarga bo‘linadilar: iqtisodiy risk; bozor riski; inflyatsiya riski; valyuta riski; siyosiy risk; ijtimoiy risk; ekologik risk; texnologik risk; marketing riski; moliyaviy risk; kredit riski; bankrotlik riski; ilm- texnika riski; informatsion risk va boshqalar;

  2. muddati bo‘yicha risklar quyidagilarga bo‘linadilar: qisqa muddatli risklar; uzoq muddatli risklar;

  3. olinadigan natijaga qarab risklar: spekulyativ risk - ular ta’sirida katta zarar yoki katta foyda olish imkoniyati bor; sof risklar - ular ta’sirida nolga teng bo‘lgan zarar(foyda) ko‘rish mumkin;

  4. loyihaga ta’sir etish darajasi bo‘yicha risklar quyidagilarga bo‘linadi: mumkin bo‘lgan risklar - ular ta’sirida kutilgan foydadan ayrilish mumkin; kritik

risklar - loyiha pul tushumlaridan ayrilish xatari; katastrofik risklar - daromaddan va kiritilgan investitsiyalardan ayrilish xatari.
Investitsion loyihalarni amalga oshirish jarayonida uning har bir bosqichi (fazasi) o‘ziga xos risklar bilan bog‘liqdir. Birinchi bosqichda (investitsiya oldi fazasida) ko‘proq loyiha tashabbuskorlari marketing riskiga, bozor riskiga, informatsion va ijtimoiy risklarga ta’sirchan bo‘ladi. Investitsiya bosqichida ko‘proq ilm-texnika riski, moliyaviy risklar, tashqi iqtisodiy risklar va siyosiy risklar o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Ekspluatatsiya bosqichida esa loyiha ishtirokchilari texnologik, ekologik, fors-major, nolikvidlik, iqtisodiy va moliyaviy risklar bilan yuzma-yuz bo‘lish ehtimoli mavjud. Bundan tashqari, loyiha faoliyatida eng ko‘p uchraydigan risklar ham mavjud. Masalan: iqtisodiy qonunlarning va iqtisodiy holatning o‘zgarib turishi; investitsiyalash va foydadan foydalanish shartlari bilan bog‘liq risklar; savdo va mahsulot yetkazib berishga cheklashlar kiritish; chegaralarning berkilishi; siyosiy holatning noaniqligi yoki hududdagi yohud mamlakatdagi noma’qul ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlar, texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlar dinamikasi, yangi texnika-texnologiya parametrlari, mahsulot sifati haqidagi ma’lumotlarning to‘liq emasligi yoki noaniqligi, bozor kon’yunkturasining, ya’ni baho, valyuta kurslari, yalpi ichki mahsulot va boshqalarning o‘zgarib turishi, tabiiy iqlim sharoitlarining o‘zgarishi, tabiiy ofatlarning yuz berishi, ishlab chiqarish texnik risklari - asbob-uskunalarning buzilishi va to‘xtab qolishi; loyiha ishtirokchilari maqsadlarining noaniqligi, ularning moliyaviy holati va ishdagi obro‘si haqidagi ma’lumotlarning to‘liq emasligi va boshqalar.
Moliyaviy bozor eng yuqori riskga ega bo‘lgan soha deb hisoblanadi. Undagi risklar ikkita katta guruhga bo‘linadi:

  • tizimli risklar;

  • tizimsiz risklar.

Tizimli risklar (investitsiya portfeli risklari) - bu xatar ta’siriga ba’zi bir qimmatli qog‘ozlar emas, balki butun bozor, uni katta bir qismi risklarga uchraydi. Bu holda iqtisodiy nobarqarorlik tufayli yoki boshqa sabablarga ko‘ra ko‘pchilik emitent va qimmatli qog‘ozlar egalari zarar ko‘rishlari mumkin. Tizimli risklarga quyidagilar kiradi: foiz riski; valyuta riski; inflyatsiya riski; siyosiy risklar.
Tizimsiz risklar - xatarga ba’zi bir qimmatli qog‘ozlar yoki ularni majmuasi uchraydi, ya’ni ma’lum bir korxonaning qimmatli qog‘ozlari yoki tarmoqning qimmatli qog‘ozlari kiradi. Tizimsiz risklarga quyidagilar kiradi: tadbirkorlik riski; moliyaviy risklar; nolikvidlik riski.
Moliyaviy risk. Bu riskning loyiha faoliyatidagi asosiy turlari:

    1. kredit riski;

    2. valyuta riski;

    3. foiz stavkasini o‘zgarish riskidir.

Kredit riski - bu loyihani amalga oshirayotgan tashkilotning kreditor bankka kredit shartnomasi bo‘yicha to‘lov majburiyatlarini to‘liq yoki umuman to‘lay olmaslik riski.
Valyuta riski- bu risk loyiha mahsuloti mahalliy bozorda sotilganda va hokimiyat mahsulotni milliy valyutada sotilishini talab qilayotgan paytda yuqori bo‘ladi.
Foiz stavkasining o‘zgarish riski- bu risk kredit resurslari o‘zgaruvchan stavkada qo‘llanilganda ro‘y beradi.
Mamlakat riski- bu tashqi loyiha risklariga tegishli bo‘lib, uning mazmuni shundaki, loyiha amalga oshirilayotgan mamlakatning ijtimoiy-siyosiy jarayonlari va davlatning siyosati loyiha faoliyati uchun jiddiy qiyinchiliklar yaratishi va hatto loyihani barbod qilishiham mumkin.
Siyosiy mamlakat riski- hukumatning chet el investorlari va kreditorlari ishtirokidagi loyiha faoliyatini to‘xtatish yoki cheklashga qaratilgan harakati bilan bog‘liq. Iqtisodiy mamlakat riski davlatning loyihani amalga oshirilishi sharoitida qo‘llaydigan soliq, valyuta, bojxona va boshqa iqtisodiy shart-sharoitlarni o‘zgartirishi bilan bog‘liq.
Ma’muriy risklar- loyiha korxonalari va loyiha faoliyatining boshqa ishtirokchilarini davlat nazorat va tartibga solish boshqarmalaridan turli litsenziyalar, ruhsatlarni olishi bilan bog‘liq.
Huquqiy risk- bu risk qaysidir darajada mamlakat, ma’muriy va boshqaruv risklari bilan bog‘liq.
Fors-major riski - loyiha faoliyatiga tegishli bo‘lmagan tashqi risklardan biri bo‘lib, unga yer silkinishi, yong‘inlar, suv toshqini, bo‘ronlar va boshqa tabiiy hodisalar.
    1. Iqtisodiyotning turli bo‘g‘inlarida risklar

Bozor iqtisodiyoti sharoitida risk bu – tadbirkorlik faoliyatiga ta’sir etuvchi eng asosiy elementlaridan biri hisoblanadi. Riskning o‘ziga xos xususiyatlari bu - noaniqlik, kutilmagan xolat, ishonchsizlik va tahmin. Siyosiy va iqtisodiy nobarqarorlik sharoitida risk darajasi oshadi.
Riskning ikkita funksiyasi bor: rag‘batlantiruvchi va himoyalovchi.
Riskning rag‘batlanturuvchi funksiyasining ikkita jihati bor, ya’ni konstruktiv va destruktiv. Konstruktiv jihati shunday bir holatda yuzaga keladiki, bunda risk iqtisodiy qarorlarni hal qilishda katalizator rolini o‘ynaydi, ayniqsa innovatsion, investitsion qarorlarni qabul qilishda. Destruktiv ko‘rinishi esa asoslanmagan risk bilan qabul qilingan va amalga oshirilgan qarorlar natijasida
yuzaga keladi.
Riskning himoyalovchi funksiyasi ham ikki jihatga ega: tarixiy-genetik va ijtimoiy - huquqiy. Tarixiy-genetik jihati shundan iboratki, insonlar doimo stixiyali tarzda kutilmagan noxush voqealardan o‘zlarini asrash shakllari va vositalarini izlaydilar. Amaliyotda bu sug‘urtalangan rezerv fondlarini tashkil etish, tadbirkorlik risklarini sug‘urtalash kabi ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi. Ijtimoiy-huquqiy jihati esa, xo‘jalik, mehnat, jinoiy qonun hujjatlari to‘plamida risk kategoriyalarini joriy qilishda namoyon bo‘ladi.
Bulardan tashqari riskning yana quyidagi xususiyatlari mavjud bo‘lib, ular qarama- qarshilik, alternativlilik va noaniqliklardir.
Qarama-qarshiliklar quyidagilarda namoyon bo‘ladilar: risk bir tomonlama muhim iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy-ahloqiy natijalarga olib keladi, ya’ni ijtimoiy, texnik rivojlanishni tezlashtiradi, jamiyatning fikr va ma’naviy muhitiga ijobiy ta’sir qiladi. Ikkinchi tomonlama esa, aksincha ta’sir qilishi mumkin, ya’ni risk ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy rivojlanishga to‘sqinlik qilishi mumkin.
Alternativlilik, bu bir yoki bir qancha ko‘rinishdagi qarorlarni tezlik bilan tanlashda namoyon bo‘ladi. Tanlash lozim bo‘lmagan joyda riskli jarayonlar ham vujudga kelmaydi va risk bo‘lmaydi.
Noaniqlilik, bu albatta noaniq, ya’ni kutilmagan xolatlar bilan bog‘liq. Uning yuzaga kelish va tus olish shakli noaniq bo‘lib qolaveradi. A.Marshal, Dj.fon Neyman,
O.Morgenshtern, F.Naytlar riskga quyidagicha yondashganlar: “Risk va noaniqlilik kategoriyasi iqtisodiy munosabatlarda katta rol o‘ynaydi. Xo‘jalik faoliyatining ajralmas qismi bo‘lgan noaniqlilik barcha murakkab va muxim iqtisodiy xodisalarning asosida yotadi. Noaniqlilik mohiyati riskda namoyon bo‘ladi”.
O‘tgan asrning 20-yillarida F.Nayt birinchilardan bo‘lib daromad doim noaniqlilik bilan bog‘liq degan fikrni olg‘a suradi. P.Samuelson esa, quyidagilarni ta’kidlagan: “Noaniqlilik qarama-qarshiliklar natijasida kelib chiqadi, ya’ni insonlar nimalarni kutmoqdalar-u, nimalar sodir bo‘lmoqda, buning natijasi esa foyda yoki zararda namoyon bo‘ladi”.
Samarali tashkil qilingan bozor iqtisodiyotida mahsulot ishlab chiqarish kam xarajat qilish bilan, uning taqsimoti esa bozor talabiga asosan amalga oshiriladi. Raqobat korxonalarning xarajatlarini iloji boricha minimum darajagacha kamaytirishga, tovarlar ishlab chiqarishni strategik rejalashtirishga va faqat bozor talabiga mos keluvchi tovarlar ishlab chiqarishga majbur qiladi.
Ma’lumki, faqat iqtisodiy erkinlik, mulkchilik xuquqi, raqobat va boshqa bozor atributlari mavjud bo‘lgan xolda iqtisodiyot samarali bo‘lishi mumkin.
Bozorning eng muhim atributlaridan biri - bu iqtisodiy erkinlik hisoblanadi.
Bozor munosabatlari sharoitida iqtisodiy erkinlik asosida faoliyat ko‘rsatish makro, mezo va mikro darajada turli xil risklarga bog‘liq bo‘ladi. Agar O‘zbekistonda davlat taktikasini shartli ravishda:

  • davlat boshqaruvi bilan bozor mexanizmining samarali bog‘lanishi bo‘yicha;

  • ichki ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni saqlab qolgan holda raqobatbardosh soxalarni rivojlantirish, tadbirkorlik yo‘lini tanlash;

  • aholi daromadlarini adolatli taqsimlash yo‘nalishini bosh yo‘nalish deb tanlash kabilar bo‘yicha o‘tkazilishini inobatga oladigan bo‘lsak, shu ochiq maqsadli siyosat modelida ham bir necha guruh risklar - ijtimoiy-siyosiy, fiskal- monetar va iqtisodiy risklarning bo‘lishi muqarrar.

Risk tadbirkorlik faoliyatining eng asosiy elementlaridan biri hisoblanib, u keng ma’noga ega bo‘lgan ko‘p qirrali tushuncha. Shuning uchun bank faoliyatining samaradorligiga erishish, uning moliyaviy barqarorligini ta’minlash uchun iqtisodiyotdagi mavjud risklar, ularning bank faoliyatiga ta’sir qilish tomonlarini chuqur o‘rganib chiqish zarur.
Iqtisodiyotning tabaqalashgan darajasida risklarni quyidagicha ta’riflash mumkin:

  • iqtisodiy risk;

  • ijtimoiy-siyosiy risk;

  • fiskal-monetar risk.

Iqtisodiy risk deganda, umumiy yirik tizim va uning tarkibi rivojlanishida, shu jumladan, agar bunday tizimning umumiqtisodiy muvozanatini va uning YaIMning o‘sish sur’atini jahon bozorida raqobatbardosh mahsulotni chiqarish orqali o‘rnatish maqsadi qo‘yilgan bo‘lsa, u holda ishlab chiqarish shakllarini oqilona uyg‘unlashuvini tanlashda yuzaga keladigan risklar majmui tushuniladi, davlatning antitsiklik usullar va boshqalardan foydalanib samarali chora-tadbirlar o‘tkazishini taqozo qiladi.
Ijtimoiy-siyosiy risk deganda, umuman yirik tizim va uning tarkibi rivojlanishida, shu jumladan, davlatning narxni shakllantirish siyosatiga, shuningdek, mulk va intellektual boylik jamg‘armalarining manbalarini:

  • aholining barcha guruhini umumiy tavsifdagi risklardan ijtimoiy himoyani ta’minlashga;

  • daromadlarning adolatli taqsimlanishiga;

  • ishsizlikni qisqartirishga;

  • taklif yoki talabning jismoniy hajmlarini narx va boshqalar orqali tartibga solishga safarbar etish va jamlash bo‘yicha masalalarni yechishga aralashuvida yuzaga keladigan risklar majmui tushuniladi.

Siyosiy risk - bu korxonalar va tashkilotlar faoliyatiga siyosiy ahvoldagi o‘zgarishlar ta’siridir, bunga chegaralarning bekilishi, boshqa davlatlarga mahsulot, xom ashyo olib chiqish taqiqlanishi va aksincha boshqa davlatlardan mahsulot, xom ashyo olib kirili shining ta’qiqlanishi.
Fiskal-monetar risk davlat o‘tkazayotgan moliyaviy va byudjet siyosati yordamida, narhlar darajasini barqarorlashtirish va optimal soliq me’yorlarini, pul massasining ta’minoti va kon’yukturasini tartibga solish bo‘yicha Markaziy bankning samarali aralashuvi va boshqalar orqali yirik, murakkab tizimlar barqarorligi va iqtisodiy o‘sishini ta’minlash bo‘yicha masalalarni echishda yuzaga keladigan risklar majmuidan iborat.
Tarmoqlar riski ham mavjud bo‘lib, u ma’lum bir tarmoqning iqtisodiy- moliyaviy faoliyatidagi boshqa tarmoqlarga nisbatan o‘zgarib turish darajasi bilan tug‘ridan-tug‘ri bog‘liqdir. Tarmoq riskini boshqarishda quyidagilarn ie’tiborga olish kerak bo‘ladi:

  • alternativ tarmoqlar faoliyati qay darajada, tarmoqlar natijalari o‘rtasidagi farq va sabablari;

  • yaxshi faoliyat ko‘rsatib kelayotgan tarmoqda keskin o‘zgarishlar bor bo‘lsa, sababi nimadan iborat;

  • bank mablag‘idan foydalanmoqchi bo‘lgan korxonaning moliyaviy natijasi bilan o‘z tarmog‘i ichidagi o‘xshash korxonalar moliyaviy natijalari o‘rtasidagi farq.

Tarmoq riskini boshqarishda ishlatiladigan tushuncha bu sistematik risk deb yuritiladi. U orqali tarmoqlarda yuz berayotgan tebranishlar darajasi butun iqtisodda yuz berayotgan tebranishlar darajasiga nisbatan solishtiriladi.
Risk insoniyat faoliyatining barcha bosqichlarida mavjud bo‘lgan tarixiy va iqtisodiy kategoriya bo‘lib, u kishilar faoliyatida yoki tabiiy hodisalarda mumkin bo‘lgan yuqotishlar salmog‘ini bildirgan, hamda tarixan jamiyat rivojlanishi bilan odamlarning halokatdan qo‘rqish darajasiga moslashib turgan.
Tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi riskning iqtisodiy kategoriya sifatida yuzaga kelishiga va subyektlar faoliyatida mustahkam o‘rnashib olishiga imkoniyat yaratdi. Shuning uchun ham risklar bizni tunu-kun, har yer va har joyda o‘rab kelmoqda. U bizning hayotimizda har doim ham qochib bo‘lmaydigan va echish lozim bo‘lgan bir jarayon bo‘lib biror-bir natijani yuzaga kelishiga asos bo‘ladi. Bunday natija salbiy va ijobiy bo‘lishi mumkin. Riskning sinonimi sifatida biz ishonchizlikni, imkoniyatsizlikni, bir voqea bo‘lish bo‘lmasligini oldindan aytib bera olmaslik kabilarni misol qilib ko‘rsatishimiz ham mumkin.
Insoniyat tabiatan riskdan qochishga intiladi. Agar biz riskni nazorat qila olmasak, odatda, undan qochishga harakat qilamiz. Chunki, har qanday ishonchsizlik o‘ziga xos tarzda ma’lum darajadagi yo‘qotishlarga olib kelishi mumkin.
2-MODUL: TURLI SOHALARDA MOLIYA




Download 6,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish