“moliya” fanidan O’quv-uslubiy majmua



Download 6,94 Mb.
bet153/195
Sana20.04.2022
Hajmi6,94 Mb.
#567851
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   195
Bog'liq
Davlatiy moliya (1)

Yillar

2018 y.

2019 y.

%

Umumiy ustav kapitali, jumladan:

394 391,8

443 127,5

112

mln. so'mda

218 425,9

240 806,1

110

mln. AQSh dollarida

62,6

62,6

100

Investitsiyalar, jumladan:

727 134,6

867 546,5

119

Depozitlar (omonatlar)

337 288,7

390 100,2

116

Qimmatli qog'ozlar

296 239,2

358 754,3

121

Zaymlar

6 973,6

7 104,8

102

Ko'chmas mulk

37 796,6

49 465,4

131

Tashkilotlar ustav fondidiagi ishtiroki

47 382,5

60 599,0

128

Boshqa investitsiyalar

1 453,9

1 522,8

105

Sug'urta mukofotlari, jumladan:

515 697,3

692 594,4

134

Ixtiyoriy sug'urta

328 987,2

485 008,0

147

Majburiy sug'urta

186 710,1

207 586,5

111

Sug'urta to'lovlari, jumladan:

99 830,6

130 456,8

131

Ixtiyoriy sug'urta

56 055,7

97 372,6

174

Majburiy sug'urta

43 774,8

33 084,2

76

Sug’urta mukofotlarining hududlar bo’yicha ulushiga qaraydigan bo’lsak kompaniyalarning filiallarida ham operativ ish jarayoni olib borilayotganidan daolat beradi.


    1. jadval SAIPRO axborot-reyting agentligi tomonidan mamlakatimiz sug'urta bozorining 2019-yilgi ko'rsatkichlari tahlil qilindi (mln. so’mda)129



Mintaqalar



2018-yil


2019-yil




O'zgarish (%)

Ulush (%)

2015-yil

2016-yil

1

Toshkent shahri

285 799,3

361 590,1

126,5

55,4

52,2

2

Toshkent viloyati

37 543,5

51 940,5

138,3

7,3

7,5

3

Farg'ona viloyati

27 410,4

37 576,4

137,1

5,3

5,4

4

Samarqand viloyati

21 029,7

29 736,5

141,4

4,1

4,3

5

Andijon viloyati

21 050,7

29 418,2

139,7

4,1

4,2

6

Qashqadaryo viloyati

19 754,5

28 634,7

145,0

3,8

4,1




128 Sug`urta nazorati davlat inspeksiyasi ma`lumotlari
129 www.uzreport.uz ma`lumotlari

7

Buxoro viloyati

19 608,5

28 007,1

142,8

3,8

4,0

8

Namangan viloyati

17 390,7

25 340,5

145,7

3,4

3,7

9

Xorazm viloyati

15 288,0

22 273,2

145,7

3,0

3,2

10

Surxondaryo viloyati

12 004,1

19 306,6

160,8

2,3

2,8

11

Qoraqalpog'iston
Respublikasi

12 008,1

16 995,4

141,5

2,3

2,5

12

Navoiy viloyati

9 956,0

15 844,2

159,1

1,9

2,3

13

Jizzax viloyati

9 382,7

15 363,9

163,7

1,8

2,2

14

Sirdaryo viloyati

7 471,2

10 567,3

141,4

1,4

1,5




Respublika bo’yicha
jami

515 697,3

692 594,4

134,3

100,0

100,0

SAIPRO axborot-reyting agentligi tomonidan mamlakatimiz sug'urta bozorining 2019-yilgi ko'rsatkichlari tahliliga ko’ra agentlikning moliyaviy tahlil va reyting departamenti Moliya vazirligi tomonidan taqdim etilgan ma'lumotlarga asoslanib o'tgan yil yakunlari bo'yicha sug'urta bozorining mintaqalar kesimidagi konsentratsiyasi darajasi 2018-yilgi ko'rsatkichga qaraganda biroz pasayganini ma'lum qildi.


Reyting agentligining ma'lum qilishicha, sug'urta mukofotlarining yarmidan ko'pi shu vaqtga qadar Toshkent shahri xissasiga to'g'ri kelardi. O'tgan yilgi tahlillar esa 2019-yilda poytaxt xissasi 3,2 foizga pasayganini va 52,2 foizni tashkil etganini ko'rsatdi. Mutaxassislar Toshkent shahridagi bu ko'rsatkichni qolgan hududlardagi yuqori darajada yig'ilgan sug'urta mukofotlari hisobiga pasaygani bilan izohlamoqda.
Ya'ni shu vaqtga qadar respublikamiz bo'yicha faqat Toshkent shahri yig'ilgan sug'urta mukofotlari bo'yicha yetakchi o'rinni egallagan bo'lsa, butun respublika bo'yicha yuqori darajadagi ko'rsatkich hisobiga poytaxt xissasi o'tgan yilda biroz pasaygan. Lekin bu o'sish kuzatilmadi degani emas. Aniq raqamlar bo'yicha o'tgan yili Toshkent shahrida 26,5 foizga o'sish kuzatildi va mazkur ko'rsatkich qolgan hududlar bilan deyarli tenglashdi.
Demak, o'tgan yili mukofotlar hajmida 60% dan yuqori ko'rsatkich qayd etildi. Bu 60,8% lik ulush bilan Surxondaryo va 63,7% bilan Jizzax vilotlari xissasiga to'g'ri keldi. Bundan tashqari, sakkizta mintaqa mukofotlarning 40% dan 60% gacha o'sishini namoyish etdi.
Yuqorida keltirilgan o'zgarishlar natijasida mukofotlarning bozor bo'yicha umumiy hajmi 34,3 %ga oshdi va 692,6 mlrd. so'mni tashkil etdi. Shu bilan birga, sug'urta bozorining mintaqalar kesimidagi konsentratsiyasi ko'rsatkichi birinchi uchta mintaqa bo'yicha 2,9%ga pasaydi va 65,1% ni tashkil etdi.
Birinchi beshta mintaqa bo'yicha bu ko'rsatkich 2,5%ga pasaydi va 73,7%ni tashkil etdi, birinchi o'nta mintaqa bo'yicha esa ko'rsatkichlar mos ravishda 1% va
91,5% ga teng bo'ldi. Umuman olganda, 2019-yilning yakunlariga ko'ra, Toshkent shahridan tashqari barcha mintaqalarda jami mukofotlarning ulushi 2018-yilning shu davridagi ko'rsatkichga nisbatan ko'paygan.
      1. Sug’urta faoliyatini davlat tomonidan boshqarishning xorijiy davlatlardagi ko’rinishi

Butun dunyo miqyosida sug’urta xizmatlarining xalqaro savdosini rivojlanishi bilan turli mamlakatlarda sug’urta faoliyatini nazorat qilishni bir qolipga solingan. 1994-yilda tashkil qilingan “Sug’urta nazorati organlari xalqaro assostiastiya” si doirasida sug’urta xizmatlari savdosini nazorat qilishning xalqaro standartlari ishlab chiqila boshlandi, bu standartlarda har bir mamlakatning milliy siyosatidan kelib chiqqan holda sug’urta bozorini nazorat qilishda ma’muriy yoki iqtisodiy metodlardan qay birini qo’llash mumkin ekanligini tanlash maqsad qilib olingan.
Nazorat va boshqaruv funksiyalarini o’zida mujassam etgan ijro hokimiyatining organi maqomiga ega bo’lgan davlat sug’urta nazorati organlari sug’urta faoliyatini boshqarishda asosiy o’rinni egallaydi. Turli mamlakatlarda sug’urta nazorati organi turli vazirliklar yoki idoralar qoshida ochilgan bo’lishiga qaramasdan mustaqil ravishda harakat qilishi va qarorlar qabul qilishi darajasida bo’ladi.
Ko’pgina mamlakatlarda sug’urta nazorati organi to’liq mustaqildir. AQSh da – har bir shtatda alohida sug’urta muomalalari nazorati komissarlari faoliyat yuritadi, Germaniyada – sug’urta faoliyati nazorati Federal moliya idorasi tomonidan, Fransiyada sug’urta faoliyati ustidan nazorat va boshqaruv sug’urta nazorati Komissiyasi tomonidan, Shvetsiyada – sug’urta inspektorligi tomonidan, Buyuk Britaniyada esa – bu funksiyalar savdo va sanoat Departamentiga yuklatilgan, Kanadada – sug’urta faoliyati nazorati Moliya vazirligi qoshidagi tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi, Rossiyada esa – davlat sug’urta nazorati Moliya bozorlari bo’yicha federal xizmati organi tomonidan olib boriladi.
Yuqorida aytilganlardan bir nechta mamlakatlar sug’urta nazorati orgnalarining faoliyatiga to’xtalamiz.
AQShda sug’urta sohasi har bir federal shtatning o’z nazorati ostida olib boriladi. Butun mamlakat miqyosida faoliyat yuritmoqchi bo’lgan kompaniya o’z faoliyatini 50 ta shtatning federal qonunlari, Kolumbiya umumdavlat okrugi va Puerto-Riko qonunlariga mos holga keltirishi zarur. Shundan kelib chiqadiki Sug’urta kompaniyasi 50 ta federal hokimiyatdan, Kolumbiya okrugi va Puerto- Riko hokimiyatlaridan, ya’ni umumiy hisobda 52 ta ruxsatnoma olishi kerak bo’ladi.130



130 Адамчук Н.Г. «Мировой страховой рынок на пути к глобализации» М: Российская политическая
Hozirgi vaqtda Senat va Vakillar Palatasi komiteti tomonidan doimiy izlanishlar olib boriladi va sug’urtani davlat nazorati muammolari, savollari bo’yicha yig’ilishlar o’tkazilib turiladi.
Federal shtat hududida Ichki daromadlar federal xizmati- IDFX (Internal Revenue Service) sug’urta kompaniyasining tashkiliy-huquqiy shakli, investistion faoliyat yo’nalishi va tizimi, soliq siyosati orqali sug’urta kompaniyalarining sug’urta zahiralari miqdoriga ta’sir qilib turadi, sug’urta xizmatlarining narxi va hayot sug’urtasi shartnomalarini ishlab chiqilishi ustidan nazorat va kuzatuv olib boradi.
Sug’urta sohasini boshqaruvi bilan shug’ullanuvchi yana bir muhim organ Depozitlar sug’urtasi federal korporastiyasi – DSFK (Federal Deposit Insurance Corporation) hisoblanadi. Bu korporastiyaning vazifasi turli kredit institutlarini sug’urtasini olib borilishi ustidan nazorat qilish va mamlakatning moliyaviy bozorini barqarorligini qo’llab quvvatlashdan iborat. Aynan DSFK birinchi navbatda sug’urta nazorati bilan shug’ullanadi.
Fond birjalari va qimmatli qog’ozlar bo’yicha komissiya – FBQQK sug’urta xizmatlarini ishlab chiqish va amalga oshirishni nazorat qiladi, shu jumladan hayot sug’urtasi va rentani qamrab oladi. Davlat kapitali ishtirok etgan sug’urta kompaniyalarini nazorat qilish ham shu Komissiyaga yuklatilgan. Davlat kapitali ishtirok etgan kompaniyalar Komissiyaga moliyaviy hisobotlarini va ishchi- xodimlar haqidagi ma’lumotlarni qamrab olgan hujjatlar to’plamini topshiradi. Shu bilan bir qatorda Komissiya qimmatli qog’ozlar bilan bog’liq noqonuniy operatsiyalar, firibgarliklarga qarshi kurashishga javobgardir.
Federal hokimiyatning boshqa organlari ham sug’urta faoliyatini boshqarishda qatnashadi. Masalan, Savdo departamenti, AQSh Savdo vakolatxonalari davlat departamenti harakatlarining natijasi bo’lib Amerika sug’urta kompaniyalari Shimoliy Amerika Erkin Savdo Zonasi doirasida Kanada va Meksika bozorlariga kirish huquqini qo’lga kiritishdi.
Federal zahira tizimi – FZT (Federal Reserve System), Prezident tomonidan tayinlanadigan Valuta nazoratchisi (Controller of the Currency), Sug’urta qonunshunoslarining milliy konferenstiyasi - SQMK, butun 50 ta shtatda, Kolumbiya okrugi va 4 ta Amerika hududida o’z komissarlariga ega bo’lgan Sug’urta komissarlari milliy assostiastiya SKMA (National Association of Insurance Comissioners) lari ham sug’urta faoliyatini bevosita boshqarishda ishtirok etadi.
Barcha 50 ta shtat, Kolumbiya okrugi, Puerto-Riko, Guamadagi sug’urta komissarlari Sug’urta komissarlari milliy assostiastiyasiga (SKMA) a’zodir.
энциклопедия, 2004. 420 – bet.
Komissarlar davriy yig’ilishlarida o’zaro ma’lumotlar bilan almashishadi, faoliyat nazoratini jamlaydi, qonunchilik va turli shtatlar siyosatiga o’z takliflarini ishlab chiqadi. SKMA sug’urta faoliyatini tartibga soluvchi va muvofiqlashtiruvchi organ bo’lishi bilan bir qatorda shtatlar ustidan nazorat qiluvchi ham hisoblanadi. Bu assostiastiya boshqarishning yagona standartlarini va qonunlarini (Model Acts) ishlab chiqadi, SKMA milliy yig’ilishida qabul qilingandan keyin shtatlar qonunchiligiga o’zgartirishlar kiritish kerak bo’ladi. Bu qarorlar tavsiya kuchiga ega bo’lib, shtatlar qabul qilmaslik huquqiga ega. Lekin shu paytgacha bunday holat kuzatilmagan.
Mamlakat miqyosida barcha sug’urta kompaniyalari SKMA taklif qilgan yillik hisobot shakllaridan foydalanadi, investistiya shaklida yo’naltirilmoqchi bo’lgan qimmatli qog’ozlarni baholashning yagona qoidalarini qabul qiladi, kompaniyalarni moliyaviy tekshiruvlarini yagona tizimini ishlab chiqadi, shtatlardagi sug’urta kompaniyalarini to’lov qobiliyatini nazorat qilishni kuchaytirish bo’yicha davlat sertifikastiya dasturlarini yaratadi.131
Germaniyada sug’urta faoliyati ko’p yillar hukumat tomonidan qattiq nazoratga olingan edi. Bu holat hayot sug’urtasi va hayot bilan bog’liq bo’lmagan sug’urta sohasida Yevropa yo’riqnomasining «uchinchi bo’g’ini» qabul qilinishigacha davom etdi. Yevropa yo’riqnomasi amal qilishi boshlangandan keyin sug’urta tariflari liberallashdi, shartnomalarning bosh shartlarini ma’muriyatdan dastlabki ruxsat olishga ehtiyoj qolmadi. Sug’urta kompaniyalari o’rtasidagi raqobat shartlari qayishuvchan holatga keldi, lekin kapitalni uzoq muddatga joylashtirish va hisobini yuritish bo’yicha davlat nazorati qattiqligicha qolmoqda. Sug’urta faoliyatida erkinlik tamoyili e’lon qilingan bo’lsada, Germaniya hududida faoliyat yuritadigan xorij sug’urta kompaniyalari o’z yurtlarida litsenziyaga ega bo’lsalarda, bu hududda ma’lum talablarni bajarishlari kerak.
Germaniyada sug’urta ishi qattiq nazorat qilinadigan sohadir. 1983-yilda qabul qilingan «Davlat sug’urta nazorati to’g’risidagi» qonun (Versicherungsaufsichtsgesetz - VAG)132 hozirgi kunda sug’urta munosabatlarini tartibga soluvchi huquqiy normalarini o’zida jam qilgan asosiy qonun hisoblanadi.
Sug’urta faoliyati bilan shug’ullanmoqchi bo’lgan yuridik shaxs 2002-yil 1-mayda tashkil qilingan, Federal Moliya Vaziriga hisobot topshiradigan “Sug’urta faoliyati nazorati Federal moliya idorasi” (Federal Financial





131 Адамчук Н.Г. «Мировой страховой рынок на пути к глобализации» М: Российская политическая энциклопедия, 2004. 423 – bet.
132 Адамчук Н.Г. «Мировой страховой рынок на пути к глобализации» М: Российская политическая энциклопедия, 2004. 425-bet.
Supervisiory Authority yoki BaFin)dan litsenziya olishi kerak. Nazorat organi sug’urta kompaniyalarining tadbirkorlik faoliyatini moliyaviy va huquqiy nazorat doirasida boshqarib boradi. Davlat tomonidan sug’urta sohasini boshqarish bo’yicha 1994-yilda ro’y bergan ba’zi bir o’zgarishlardan keyin Nazorat organining vakolatlari bir muncha kamaydi, bu o’zgarishlar Yevropa Ittifoqining sug’urta xizmatlarini xilma-xilligini oshirish, sog’lom raqobatni yuzaga keltirishga qaratilgan siyosati natijasidir. Biroq sug’urta kompaniyalarning sug’urta qildiruvchilar manfaatlariga tahdid soladigan harakatlarini oldini olish hali ham Federal nazorat organi vazifasi hisoblanadi. Shu munosabat bilan BaFin ning vazifalari quyidagilardan iboratdir:
–sug’urta va qayta sug’urta faoliyati bilan shug’ullanishga litsenziya berish;

  • joriy nazoratni amalga oshirish;

  • sug’urta kompaniyalarining moliyaviy barqarorligini va to’lov qobiliyatini tekshirib borish;

  • sug’urta qilidiruvchilarning murojaatlarini ko’rib chiqish;

  • raqobat kurashining maxsus qoidalariga rioya qilishlari ustidan nazorat olib borish;

  • sug’urta qildiruvchilarning manfaatlarini himoya qilish shular jumlasidandir.

Nemis sug’urta nazorati qonunchiligi bo’yicha to’g’ridan-to’g’ri sug’urta shartnomalari tuzish uchun sug’urta kompaniyasi mulkchilik shaklining aksionerlik jamiyati, birgalikda sug’urtalash jamiyati, jamoa korporastiyasi yoki muassasasi bo’lishi lozim. O’z-o’zidan ko’rinib turibdiki bir shaxsga tegishli bo’lgan, shaxsiy shirkat, ma’suliyati cheklangan jamiyatlari ko’rinishidagi tashkilotlar faoliyatiga yo’l qo’yilmaydi.
Qayta sug’urta faoliyati bilan shug’ullanadigan kompaniyalarga bunday chegaralar mavjud emas, biroq nemis bozorida faoliyat yuritayotgan aksariyat qayta sug’urtachilar aksionerlik jamiyatlari shakliga ega. Hattoki qayta sug’urta kompaniyalari nazorat organidan maxsus ruxsatnoma olishlari ham shart emas, birgalikda sug’urtalash jamiyatlari bundan mustasnodir. Nazorat organiga qayta sug’urta faoliyati bilan shug’ullunmoqchi ekanligi haqida bildirgi xat berib qo’ysa shuning o’zi kifoya. Qayta sug’urtachilarga VAG ning faqatgina ayrim bandlari tegishlidir, masalan, kompaniyaning tashqi va ichki buxgalteriya hisobot tizimi to’g’risidagi band. Qonunning sug’urta kompaniyasini o’z mablag’lari zahiralari va to’lovga layoqatliligi marjasi bandi ham qayta sug’urtachilarga tadbiq qilinmaydi. BaFin ning qarorgohi Berlinda joylashgan bo’lib, Germaniyadagi barcha milliy va xorijiy sug’urta kompaniyalari ustidan majburiy davlat nazoratini olib boradi.
Dunyoning barcha mamlakatlarida bo’lgani kabi Fransiyada ham sug’urta faoliyati davlat tomonidan qattiq nazoratga olingan sohadir. Sug’urtaning
jamoatchilikka foydasini va sug’urta kompaniyalarini iqtisodiyotni harakatlantiruvchi kuchlardan biri ekanligini his qilgan holda davlat sug’urta biznesini rivojini rag’batlantirishni o’z zimmasiga olgan. Fransuz Sug’urta Kodeksining L 310.1 moddasida shunday keltirilgan: «Sug’urta ustidan davlat nazorati sug’urta qildiruvchilarning va naf oluvchilarning sug’urta shartnomalari va kapitalni joylashtirish manfaatlaridan kelib chiqib amalga oshirilishi darkor»133.
Fransiyada sug’urtani tartibga solish Moliya va iqtisodiyot vazirligi qoshidagi G’aznachilik boshqarmasiga qarashli sug’urta biznesini nazorat qilish Boshqarmasi tomonidan amalga oshiriladi. Ushbu Boshqarmaning vazifalari qonuniy, iqtisodiy va soliq jihatlarini qamrab olgan holda sug’urta bo’yicha davlat siyosatini ishlab chiqishdan iborat. Sug’urta kompaniyalari ustidan nazoratni 1989-yilda tashkil qilingan sug’urta biznesi ustidan nazorat qiluvchi Komissiya olib boradi. Komissiya Moliya vazirligi tomonidan tayinlanadigan beshta a’zolaridan iboratdir, ularga: Davlat maslahatchisi, Kassastion sud magistri, Hisob palatasi a’zosi, qolgan ikkita a’zo sug’urta va moliya sohasidagi mutaxassislardir. Komissiya amaliy ishlarni olib borishi uchun nazoratchi- komissarlar guruhiga ega. O’z ishi davomida Komissiya buxgalteriya operatsiyalarini, texnik zahiralar nazorati, to’lovga layoqatlilik tahlili, investistiyalarning nazoratini asosiy maqsad qilib oladi. Komissiya faqatgina to’g’ridan to’g’ri sug’urtachilarni nazorat qiladi.
Fransiyada boshqa mamlakatlarda bo’lgani kabi sug’urta tashkilotlarining ikki xil yuridik shakli qonunchilik bilan ko’zda tutilgan:

  • aksionerlik jamiyatlari, tijorat tashkilotlariga tegishli qonunchilik asosida faoliyat yuritadigan;

  • birgalikda sug’urtalash jamiyatlari, sug’urta qildiruvchilarning tijoratga asoslanmagan jamiyatlari.

Qonunchilik bilan sug’urtachilarning eng kam nizom jamg’armasi darajasiga ham talablar belgilab qo’yilgan. Aksionerlik jamiyatlari va birgalikda sug’urtalash jamiyatlarining faoliyat sohasiga qarab (life, non-life) nizom jamg’armasiga talablar mavjud (2-jadval). Komissiya sug’urta kompaniyasining moliyaviy holati ustidan diqqat bilan kuzatib boradi, agarda holat yomonlashsa sug’urta kompaniyasiga ogohlantirish beradi yoki ma’lum vaqt ichida moliyaviy holatini yaxshilash talabini qo’yadi. Sug’urtachining harakati sug’urta qildiruvchilarning manfaatlariga zid ekanligi xulosasiga kelsa , Komissiya kompaniyaning moliyaviy faoliyati rejasini talab qiladi yoki aktivlarini muzlatib



133 Адамчук Н.Г. «Мировой страховой рынок на пути к глобализации» М: Российская политическая энциклопедия, 2004. 130 – bet.
qo’yishgacha boradi. Nazorat organi hal qiluvchi qaror sifatida litsenziyani qisman yoki to’liq to’xtatib qo’yadi.
Buyuk Britaniyada sug’urta faoliyati ustidan nazoratni Davlat kotibi tomonidan boshqariladigan G’aznachilik departamentining (Tresuary) zimmasiga yuklatilgan. Departamentning zimmasiga sug’urta faoliyatini litsenziyalash, sug’urtachilarning moliyaviy barqarorligi ustidan nazorat qilish, sug’urta shartnomalarini tuzish va majburiyatlarni bajarilishini tekshirish kabi vazifalar yuklatilgan.
XULOSA

Milliya iqtisodiyotning hali jahon darajasida rivojlanmaganligi, o’z navbatida sug’urta biznesining aholi uchun hali yangi qarash ekanligi tufayli miliya sug’urta bozori rivojanishida davlat bosh islohotchi bo’lib keldi. Buni har tomonlama soliq imtiyozlari berib borilishi, yangi kompaniyalar ashkil etilishi misolida ko’rishimiz mumkin. Sug’urta faoliyatining kuchli huquqiy normalar bilan ta`minlanganligi sug’urta ishtirokchilarining manfaatlarini himoyasini kafolatlagan.
Dunyoning barcha mamlakatlarida sug’urta faoliyati davlat tomonidan qattiq nazoratga olingan sohadir. Sug’urtaning jamoatchilikka foydasini va sug’urta kompaniyalarini iqtisodiyotni harakatlantiruvchi kuchlardan biri ekanligini his qilgan holda davlat sug’urta biznesini rivojini rag’batlantirishni o’z zimmasiga olgan. Sug’urta ustidan davlat nazorati sug’urta qildiruvchilarning va naf oluvchilarning sug’urta shartnomalari va kapitalni joylashtirish manfaatlaridan kelib chiqib amalga oshiriladi. Sug’urtachilarning faoliyati sug’urta xizmatlari turining har biriga alohida litsenziyalash tartibida olib boriladi.
Milliy sug‘urta bozori rivojlanishi Davlat miqyosida ijtimoiy rivojlanishning asosiy omillaridan biri sifatida qaralgan bo‘lib, mavjud shart- sharoitlar, milliy sug‘urta an’analari va madaniyati hisobga olingan holda bosqichma-bosqich isloh etilgan va O‘zbekiston sug‘urta bozori sug‘urta sohasidagi davlat siyosati, rahnamoligi va qo‘llab-quvvatlanishi (soliq imtiyozlari berib borilishi, yangi sug‘urta kompaniyalari tashkil etilishi va h.k.) tufayligina rivojlanib, shakllangan.Respublikamiz bo‘yicha sug‘urta xizmatlari ko‘rsatilishi qamrovi oxirgi besh yilda sezilarli darajada oshgan. Bu holat sug‘urta kompaniyalarni sug‘urta bozorida sug‘urta mahsulotlarini taklif qilishi va mijozlarga sifatli sug‘urta xizmatlari ko‘rsatilishi yaxshilanib va sug‘urta menejmenti asta sekin rivojlanib borayotganligidan dalolat beradi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI

  1. O’zbekiston Respublikasining Qonuni “Sug’urta faoliyati to’g’risida” 2002-yil 5-aprel.

  2. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Sug’urta faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 286-sonli Qarori. 1998-yil 8-iyul. O’zbekiston Respublikasi moliyaviy qonunlari, 4-ilova, 2000- yil.

  3. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 10-apreldagi “Sug’urta xizmatlari bozorini yanada isloh qilish va rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 618-sonli Qarori.“Bank axborotnomasi” 2007-yil 6-iyun.

  4. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 21-maydagi “Sug’urta xizmatlari bozorini yanada isloh qilish va rivojlantirishga oid qo’shimcha chora- tadbirlar to’g’risida erkinlashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Qarori, 2008-yil 22-may.

  5. Shennayev X.M., Ochilov I.K., Shirinov S.E., Kenjayev I.G‘. Sug‘urta ishi, O‘quv qo‘llanma. –T.: “Iqtisod-Moliya”, 2014.

  6. Shennayev X.M., Xaliqulova G.T., Abduraxmonov I.X. Tashqi iqtisodiy faoliyat sug‘urtasi. Darslik. –T.: “Iqtisod-Moliya”, 2014.

  7. Малкова О.В. Страхование в системе международних экономических отношений. Учебное пособие для экономических специалносте. - М.: “Феникс”, 2014.

  8. Шихов А.К. Страховое право (пер.). 6-е издание. Учебное пособие для студентов вузов - М.: “Юриспруденция”, 2014.

  9. Игошин Н.А. Страховое право. Учебное пособие.-М.: “Юнити”, 2014.

  10. Internet saytlari:

http://www.mf.uz ( O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligining rasmiy sayti).
http://www.uzreport.uz (O`zbekiston yangiliklari sayti).
http://www.lex.uz (Milliy qonunchilik rasmiy bazasi).
http://www.stat.uz (O’zbekiston Respublikasi Statistika Qo’mitasi).

Download 6,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish