“moliya” fanidan O’quv-uslubiy majmua


portfel nazariyasini ham o‘z ichiga oluvchi riskiy boshqaruv



Download 6,94 Mb.
bet3/195
Sana20.04.2022
Hajmi6,94 Mb.
#567851
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   195
Bog'liq
Davlatiy moliya (1)

aktivlar qiymatini baholash;
  • portfel nazariyasini ham o‘z ichiga oluvchi riskiy boshqaruv.

    Yuqorida qayd etilganlarni, o‘ziga xos tarzda, “Moliya”ning mustahkam poydevori deb ham atash mumkin. Bu har bir asosiy element larning yadrosi qator tub qonunlar va prinsiplardan iboratdirki, ular yuqoridagilarning har birida qo‘llaniladi.
    “Moliya” fanining nima ekanligini anglash, uni to‘g‘ri idrok etish, u xususda yaxlit tasavvur hosil qilish va tegishli bilimlarga ega bo‘lish hamda ulardan amaliyotda foydalanish uchun, eng avvalo, quyidagi uch savolning aniq javobiga ega bo‘lmoq lozim:

    1. “Moliya” fanining ta’rifi nimalardan iborat?

    2. Nima uchun “Moliya” fanini o‘rganish kerak?

    3. “moliya” fani olamida harakatlanuvchi ikki asosiy “shaxs” kuchlar kim (nima)lar va ular tomonidan qabul qilinadigan qarorlarning qanday turli ko‘rinishlari mavjud?

    Yuqorida qayd etilgan har uch savolning aniq javoblariga ega bo‘lish quyidagi ketma-ketlikda ish tutishni taqozo etadi:

    1. “Moliya” fani ta’rifi va uni o‘rganishning zarurligi;

    2. Uy xo‘jaliklari va firmalar qabul qiladigan moliyaviy qarorlar;

    3. “Moliya”ning fundamental asos (masala)lari.

    Shaxslarning ma’lum vaqt mobaynida defitsit pul resurslari kirimi (daromadi) va chiqimi (xarajati)ni qanday boshqarishni o‘rganishga moliya deyiladi.
    Demak, “Moliya” shaxslarning ma’lum vaqt mobaynida defitsit pul resurslari kirimi va chiqimini qanday boshqarishlari to‘g‘risidagi fan hisoblanadi. Moliyaviy qarorlar shunisi bilan ajralib turadiki, kirimlar va chiqimlar:

    1. vaqt oralig‘ida tarqatilgan;

    2. odatda, ularning bo‘lajak miqdorini na qaror qabul qiladiganlar va na boshqa biror bir odam bashorat qila olmaydi. Masalan, o‘z restoraningizni ochishni baholar ekansiz, barcha xarajatlarni (xonani jihozlash, oshxona anjomlari, stol va stullar, hatto antiqa ichimliklarni bezash uchun mo‘‘jaz qog‘oz shamsiyalar, qisqasi, barcha zarur asbob-uskuna-larni sotib olish) va Siz bir necha yildan keyin olishni rejalashtirgan noma’lum daromad (ya’ni, bo‘lajak daromadingiz)ni imkon qadar (iloji boricha) aniq hisobga olish kerak.

    “Moliya” nazariyasi shunday doktrinaga asoslanadiki, unga ko‘ra moliyaviy tizimning eng asosiy vazifasi insonlar ehtiyojini, shu jumladan oziq-ovqat, kiyim- kechak va uy-joyga bo‘lgan barcha asosiy hayotiy ehtiyojlarni qondirishdan iborat. Iqtisodiy faoliyatning har qanday sub’ektlari (firmalar ham, barcha darajadagi davlat hokimiyati organlari ham) ushbu asosiy vazifani bajarishga hissa qo‘shish uchun tashkil etil(adi)gan.
    “Moliya” nazariyasi qator konsepsiyalardan iborat bo‘lib, bu konsepsiyalar talabalarga vaqt omilini hisobga olgan holda pul resurslarini taqsimlash masalalarini o‘rganishga tizimlashtirilgan yondoshuvni, shuningdek, yordamida barcha muqobil variantlar o‘rganiladigan va moliyaviy qarorlar qabul qilinib, hayotga tatbiq etiladigan miqdoriy modellar to‘plamini taklif etadi. Mazkur asosiy konsepsiyalar va miqdoriy modellar moliyaviy qarorlar qabul qilishning barcha bosqich-larida: avtomobilni sotib olish yoki o‘z biznesini yo‘lga qo‘yish imkoniyatini baholashda, yirik kompaniyaning moliyaviy direktori telekommunikatsiya xizmatlari bozoriga chiqish istiqbollarini belgilayotganda, yoki Jahon banki O‘zbekistonda gidro yoki issiqlik elektrostansiya qurilishini moliyalashtirish masalasini hal etayotganda qo‘llaniladi.
    Misol uchun, mazkur asosiy konsepsiyalar va miqdoriy modellar moliyaviy qarorlar qabul qilishning barcha bosqichlarida: avtomobilni sotib (ijaraga) olish yoki o‘z biznesini yo‘lga qo‘yish imkoniyatini baholashda, yirik kompaniyaning moliyaviy direktori telekommunikatsiya xizmatlari bozoriga chiqish istiqbollarini belgilayotganda, yoki Jahon banki O‘zbekistonda gidro yoki issiqlik elektrostansiya qurilishini moliyalashtirish masalasini hal etayotganda
    qo‘llaniladi.
    “Moliya” fanining obyekti. Moliya sohasi va moliya sohasida yuzaga keladigan moliyaviy munosabatlar “Moliya” fanining obyekti hisoblandi.
    “Moliya” fanining predmeti. Moliya sohasida vujudga kelgan va keladigan turli moliyaviy munosabatlarni amalga oshirish jarayoni hamda ularning nazariy- huquqiy asoslari “Moliya” fanining predmeti bo’lib hisoblandi.
    “Moliya” fanining asosiy maqsadi talabalarda moliya, moliyaviy siyosat, moliyaviy munosabatlar, pul oqimlari harakati, moliyaviy boshqaruv, moliya nazariyalari, moliyaviy hisobotlar, moliyaviy riskalar, davlat va nodavlat moliyaviy muassasalarning moliyaviy faoliyati, davlat byudjeti, davlat byudjeti daromadlari va xarajatlari, byudjet jarayoni, byudjetlararo munosabatlar, davlat krediti, ijtimoiy himoya, sug‘urta va xalqaro moliya munosabatlari kabi moliyaviy tushunchalar bo‘yicha yo‘nalishga mos bilim, ko‘nikma va malaka shakllantirish hisoblanadi
    Fanining vazifalari etib quyidagilar hisoblanadi:

    • talabalarga “Moliya” fanining predmeti, obyekti va boshqa fanlar bilan aloqadorligi, moliyaning mohiyati va vazifalari, moliya tizimi, moliyaviy qarorlar, moliyaviy siyosat, uy xo‘jaliklar moliyasi, moliyaviy boshqaruv haqida tasavvur ega bo’lishiga yordamlashish,

    • talabalarga moliyaviy rejalashtirish va tartibga solish, moliyaviy nazorat, moliyaviy hisobot: mazmuni, vazifalari va turlari, ijtimoiy ta’minot, xalqaro moliya munosabatlari, moliyaviy muassasalar moliyaviy faoliyat jarayonini bilishi va ulardan foydalana olishni o’rgatish;

    • talabalarga davlat byudjeti, davlat maqsadli jamg‘armalari, byudjetlararo munosabatlar, sug‘urta munosabatlari, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy resurslari, asosiy va aylanma kapital doiraviy aylanishning moliyaviy jihatlari, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ishlab chiqarish chiqimlari, foydasi va rentabelligini hisoblash va amaliyotda qo‘llashni o’rgatish.
    2. “Moliya” fanini o’rganishning zarurligi va boshqa fanlar bilan


    Download 6,94 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   195




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish