“moliya” fanidan O’quv-uslubiy majmua


notijorat tashkilotlarining



Download 6,94 Mb.
bet12/195
Sana20.04.2022
Hajmi6,94 Mb.
#567851
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   195
Bog'liq
Davlatiy moliya (1)

notijorat tashkilotlarining soni. 2000-yillar boshlarida Yevropa mamlakatlarida har 1000 kishiga 4ta noti-jorat tashkiloti to’g’ri kelgan edi. Finlyandiya shu ma’noda rekordchi hisoblanib, bu yerda har 1000 kishiga 21 tadan to’g’ri keluvchi notijorat tashkilotlari mavjud bo’lgan. Bu ko’rsatkichning darajasi Rossiyada 3,3ga teng edi;

  • notijorat tashkilotlari ta’minlaydigan aholining bandlilik darajasi. Bu tashkilotlar, ma’lum ma’noda, muhim ish beruvchilar bo’lib hisoblanadi. Hozirgi paytda bu sektorda ishchi kuchining o’rtacha 3,4% ishlaydi (Vengriyada

    • 1%dan boshlab, AQShda – 7%gacha). Notijorat tashkilotlarning faoliyat ko’rsatishi iqtisodiyotning boshqa sektor-larida faol ravishda qo’shimcha ish o’rinlarining yarati-lishiga o’z ta’sirini ko’rsatadi. Bu tashkilotlar tovarlar va xizmatlarni sotib oluvchilar bo’lganligi uchun, oxir oqibatda, bu narsa tadbirkorlik faoliyatining faolla-shuviga olib keladi;

      • notijorat tashkilotlarining operativ xarajatlari. 2000-yillar boshida bu ko’rsatkich yalpi milliy mahsulotning o’rtacha 3,5%ini tashkil etgan (Vengriyada

    • 1,2%, AQShda – 6,3%). Rossiyada bu raqam 2%ga teng bo’lgan.

    Hozirgi sharoitda notijorat sektor katta iqtisodiy salohiyatga ega bo’la borib, bu yerda moliyaviy va inson resurslarining sezilarli qismi to’planmoqda va u zamo-naviy bozor munosabatlari tizimida muhim ish beruvchiga aylanib bormoqda.
    Notijorat asosda xo’jalik yuritishning asosiy xususi-yatlari quyidagilardan iborat:

      • faoliyatning foyda olishga emas, balki ma’lum bir missiyaga erishishga yo’naltirilganligi;

      • e’lon qilingan maqsadlarga erishish uchun olingan foydadan vosita sifatida foydalanish;

      • bozor xo’jaligining iqtisodiy samaradorligi va faoli-yatning ijtimoiy samaradorligini birgalikda qo’shib olib borish.

    Notijorat tashkilotlari faoliyatining moliyaviy man-balari quyidagi besh asosiy guruhdan tashkil topadi:

      • byudjet mablag’lari;

      • tijorat faoliyati:

        • tovar, ish va xizmatlarni sotishdan olingan tushum;

        • aktsiyalar, obligatsiyalar, boshqa qimmatli qog’ozlar va omonatlar bo’yicha olinadigan daromadlar;

        • notijorat tashkilotning mulkidan, notijorat tashki-lotlarining yordami asosida tuzilgan xo’jalik jamiyat-larining faoliyatidan olinadigan daromadlar;

      • tijorat tuzilmalari va xususiy shaxslarning homiylik yordamlari;

      • ta’sischilardan doimiy ravishda va bir vaqtning o’zida tushib turishi mumkin bo’lgan tushilmalar;

      • qonun bilan ta’qiqlanmagan boshqa tushilmalar (masalan, ko’ngillilarning mehnat sarflari, resurslarni jalb qilish bo’yicha o’tkazilgan tadbirlar (lotereyalar, auktsionlar, ko’ngilxo’shlik, madaniy, sport va boshqa ommaviy tadbirlardan)dan kelgan tushilmalar.

    Turli mamlakatlarda notijorat tashkilotlarini moliyalashtirish manbalarining tarkibiy tuzilmasi turli-chadir. Masalan, rivojlangan mamlakatlarda xususiy xayriyalarning miqdori keyingi yillarda 1%dan (Yaponiyada) 20%gacha (AQShda) oraliqda bo’lgan va o’rtacha 11%ni tashkil etgan. Hukumat ajratmalarining salmog’i esa 26% dan (Germaniya) 71% gacha bo’lib, uning o’rtacha darajasi 48% ga teng bo’lgan. Notijorat tashkilotlarining o’zlari tomonidan ishlab topilgan mablag’larning salmog’I 23% dan (Vengriya) 71%gacha tebranib, uning o’rtacha darajasi 41% atrofida edi.
    Notijorat faoliyatni moliyaviy jihatdan tartibga solishning shakllari, ularning davlat va mahalliy hokimiyat organlari bilan hamkorligi har bir mamlakatning tegishli qonunlari yordamida amalga oshiriladi. Ularni moliyaviy jihatdan qo’llab-quvvatlash bevosita va bilvosita shakl-larda amalga oshirilishi mumkin.
    Notijorat sektorni davlat tomonidan bevosita qo’l-lab-quvvatlashning uch asosiy shakli mavjud:

      • to’g’ridan-to’g’ri (bevosita) byudjet investitsiyalari;

      • hamkorlikda moliyalashtirish;

      • davlat ijtimoiy buyurtmasi.

    Notijorat sektorni bilvosita moliyalashtirish shakli-dan ham, ya’ni notijorat tashkilotlarini davlat va mahalliy hokimiyat organlari oldidagi to’lovlari va boshqa shunga o’xshash majburiyatlaridan ozod qilish shaklidan ham amaliyotda tez-tez foydalaniladi. Bilvosita moliyalash-tirishning asosiy ko’rinishlari quyidagilardan iborat bo’lishi mumkin:

      • soliq xarakteriga ega bo’lmagan imtiyozlar;

      • soliqlardan imtiyozlar;

      • boshqa imtiyozlar.

    Soliq to’lashda imtiyoz berish quyidagi ko’rinishlarda bo’lishi mumkin:

      • xayriya qiluvchilar uchun imtiyozlar;

      • homiylik qiluvchi yuridik shaxslar uchun imtiyozlar. Boshqa imtiyozlar quyidagi ko’rinishlarda namoyon bo’ladi:

      • notijorat tashkilotlarining faoliyati uchun binolarni ijaraga olish, yer maydonlarini ajratish;

      • litsenziyalashtirishning soddalashtirilgan tizimini joriy etish;

      • aloqa xizmatlari va kommunal xizmatlarni to’lashda imtiyozli tariflardan foydalanish;

      • va boshqalar.

    Davlat organlari notijorat tashkilotlarining faoliyatiga aralashish, agar ularning sarflanishi tashkilotning maqsadlariga mos kelayotgan bo’lsa, xarajatlarning yo’nalishiga o’zgartirishlar kiritish huquqiga ega emas.
      1. Yetakchi xorijiy mamlakatlarning davlat moliyaviy tizimi

    Rivojlangan xorijiy mamlakatlarning davlat moliyaviy tizimi moliyaviy munosabatlarning quyidagi bo’g’inlaridan iborat:

      • davlat byudjeti tizimi;

      • davlat krediti va mahalliy hokimiyat organlari kreditlari, federativ davlatlarda esa – federatsiya a’zo-larining krediti;

      • maxsus fondlar;

      • davlat korxonalari moliyasi.

    Bu davlatlarda byudjet tizimining tarkibiy tuzilishi (tuzilmasi), eng avvalo, davlat tuzilishiga (qurilmasiga) bog’liq. Unitar (yagona) davlatlarda byudjet tizimi quyidagi ikki bo’g’indan iborat:

      • davlat byudjeti;

      • ko’p sonli mahalliy byudjetlar (shaharlar, okruglar, qishloq okruglari byudjeti).

    Unitar shakldagi xorijiy davlatlarda mahalliy byudjetlar o’zlarining daromadlari va xarajatlari bilan davlat byudjetining tarkibiga kirmaydi.
    Federativ davlatlarda byudjet tizimi uch bo’g’indan tarkib topgan:

      • davlat byudjeti ( federal byudjet, markaziy hukumat byudjeti);

      • federatsiya a’zolari byudjetlari (AQShda – shtatlar byudjeti, Kanadada – provintsiyalar byudjeti, GFRda – yerlar byudjeti, Shveytsariyada – kantonlar byudjeti va h.k.);

      • mahalliy byudjetlar.

    Mahalliy byudjetlar o’zlarining daromadlari va xarajatlari bilan federatsiya a’zolarining byudjetlariga va ular ham, o’z navbatida, davlat federal byudjetining tarkibiga kirmaydi.
    Rivojlangan yetakchi xorijiy mamlakatlar moliyaviy tizimning yetakchi bo’g’inlaridan biri davlat byudjetidir. U davlat va o’z-o’zini boshqarish hududiy organlarining funk-tsiyalari va vazifalarini moliyaviy ta’minlashga mo’ljal- langan markazlashtirilgan pul mablag’lari fondini shakllantirish va unday foydalanishning shaklidan iboratdir.
    Davlat byudjeti mamlakatning joriy yildagi asosiy moliyaviy rejasi hisoblanib, qonun kuchiga egadir. U har yili mamlakatning qonunchilik hokimiyat organi – parlament tomonidan tasdiqlanadi. Favqulodda vaziyatlarda (urushlar, iqtisodiy tanazzullar va h.k.lar davrida) hukumat davlat byudjetining mablag’lariga tayanadi va ular yordamida davlat xarajatlarini qoplaydi.
    Yetakchi xorijiy mamlakatlarning davlat byudjeti ular MDini qayta taqsimlashning asosiy instrumentidir. Moliyaviy tizimning bu bo’g’ini orqali mamlakat MDining 40% gacha bo’lgan qismi qayta taqsimlanadi.
    Davlat byudjetining asosiy daromadlari soliqlardan iborat bo’lib, ular yordamida byudjet daromadlarining 70% dan 90% gacha va ayrim davrlarda undan ham ko’proq qismi shakllantiriladi. Bozor iqtisodiyoti rivojlangan xorijiy mamlakatlarda asosiy soliqlar hisoblangan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i, korxonalarning foydasidan olinadigan soliq, aksizlar, qo’shilgan qiymat solig’i va bojxona bojlari davlat byudjetiga birik-tirilgan.
    Davlat byudjetidan harbiy maqsadlarga mo’ljallangan xarajatlar, iqtisodiyotga aralashuv xarajatlari, davlat apparatini saqlash xarajatlari, ijtimoiy xarajatlar, subsidiyalar amalga oshiriladi va rivojlanayotgan mamlakatlarga kreditlar taqdim etiladi. Bir vaqtning o’zida, davlat byudjeti mahalliy hokimiyat organlariga, hukumat maxsus fondlariga va davlat korxonalariga subsidiyalar va kreditlar berish orqali mamlakat moliyaviy tizimning barcha bo’g’inlariga o’z ta’sirini ko’rsatadi.
    Yetakchi xorijiy mamlakatlar ko’pchiligining davlat byudjetlari uchun doimiy ravishdagi byudjet defitsiti xos bo’lib, u davlat zayomlari hisobidan qoplanadi. Davlat zayomlarining muomalaga chiqarilishi davlat qarzining o’sishiga olib keladi. Davlat qarzi oldin chiqarilgan va hozirgi paytga qadar qaytarilmagan (uzilmagan) barcha davlat zayomlarining foizlari bilan qo’shib hisoblagandagi umumiy summasidan iborat.
    Hududiy moliya yetakchi xorijiy mamlakatlar moliyaviy tizimning ikkinchi bo’g’inidir. Bu federativ davlatlarda federatsiya a’zolarining moliyasi va federatsiya a’zolari hamda munitsipalitetlarga tegishli bo’lgan mahalliy byudjetlar, korxonalar moliyasidan iborat.
    Federatsiya a’zolarining daromadlari to’g’risidagi masala har bir mamlakatda o’ziga xos tarzda yechiladi. Masalan, AQShda shtatlar byudjetlariga egri (bilvosita) soliqlar va eng avvalo, sotuvdan olinadigan soliqlar biriktirilgan bo’lsa, GFRda asosiy to’g’ri (bevosita) soliqlar bo’yicha tushumlar – aholidan olinadigan daromad solig’i va korxonalardan olinadigan foyda solig’i 50%:50% nisbatda federal byudjet va erlarning byudjeti o’rtasida bo’linadi.
    Yetakchi xorijiy mamlakatlar moliyaviy tizimning uchinchi bo’g’ini davlat krediti hisoblanadi. Bu bir tomondan, davlat va ikkinchi tomondan, yuridik va
    jismoniy shaxslar o’rtasidagi kredit munosabatlaridan iborat bo’lib, unga ko’ra davlat va boshqaruvning mahalliy organlari, asosan, mablag’larni qarzga oluvchilar sifatida maydonga chiqadi. Davlat zayomlari va mahalliy zayomlar, odatda, byudjet defitsiti mavjud bo’lsa, ya’ni odatdagi daromadlar davlatning xarajatlarini qoplamasa muomalaga chiqariladi.
    Mahalliy byudjetlarga ikkinchi darajali ahamiyat kasb etuvchi soliqlar (asosan, mulkiy soliqlar) biriktirilgan. Ijtimoiy maqsadlarga yo’naltiriladigan mablag’larning salmog’i mahalliy byudjetlarda davlat byudjetiga nisbatan ancha yuqori. Bu byudjetlar ham doimiy ravishda defitsitli bo’lib, ular Davlat byudjetidan hukumat kafolati ostida subsidiya va kreditlar yo’li bilan kerakli mablag’larni oladi.
    Yetakchi xorijiy mamlakatlar davlat moliyasining muhim bo’g’inlaridan yana biri bu byudjetdan tashqari maqsadli fondlardir. Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakat-larda eng yirik byudjetdan tashqari maxsus fondlarning orasida milliy mug’urta fondlari alohida o’rinni egallaydi. Bu fondlar korxona xodimlari va tadbirkor-larning sug’urta badallari hamda davlat byudjetidan beriladigan dotatsiyalar hisobidan tashkil topadi. Milliy sug’urta fondlarining mablag’lari yosh, nogironlik va boquvchisini yo’qotgan hollar bo’yicha pensiyalarni to’lashga, vaqtinchalik mehnat qobiliyatini yo’qotgani, homiladorligi, ishsizligi va h.k.lar bo’yicha nafaqalar berishga sarf-lanadi. Bunda mablag’larning asosiy qismi yosh bo’yicha pensiyalarni to’lashga yo’naltiriladi. Barcha rivojlangan xorijiy mamlakatlarda pensiyaning miqdori ish haqi va to’langan sug’urta badallarining miqdoriga nisbatan belgilanadi.
    Masalan, AQShda pensiya ta’minoti tizimi 1935 yil qabul qilingan qonunga binoan joriy etilgan va bu tizim ba’zi bir o’zgarishlar bilan hozirgacha amal qilib kelayapti. Pensiya ta’minoti tizimi doimiy band bo’lgan yollanma xodimlar va o’z-o’zi bilan band bo’lgan shaxslarga nisbatan qo’llaniladi. Temir yo’l tizimida, federal xizmatda, shtatlar va mahalliy hokimiyat organlarida xizmat qilganlar uchun pensiya ta’minotining maxsus tizimi amal qiladi.
    Pensiya ta’minoti tizimini moliyalashtirish manbai milliy sug’urta fondi bo’lib, bu fond AQSh federal byudjetining tarkibiga kiradi.
    Qarilik bo’yicha pensiya 65 yoshdan (qisqartirilgan miqdorda – 62-64 yoshdan) boshlab to’lanadi. Pensiyani olish uchun minimal darajadagi sug’urta stajiga ega bo’lmoq lozim, ya’ni 40 chorak – 10 yil davomida sug’urta badallarini to’lash kerak.
    Pensiyaning miqdori 22 yoshdan 62 yoshgacha sug’urta qilin-gan shaxs tomonidan olingan ish haqining o’rtacha miqdoriga nisbatan hisoblanadi (eng kam ish haqi olingan 5 yilni chegirgan holda). Pensiyaning o’rtacha miqdori o’rtacha maosh-ning 40% ini, past darajadagi daromadga ega bo’lgan shaxslar
    uchun esa 60% ni tashkil etadi. 65-69 yoshlarda pensiya uchun murojaat qilinganda, ana shu narsani rag’batlantirish uchun, pensiyaning miqdori har oyiga 0,5% ga , ya’ni yiliga 6% ga oshiriladi. Hayot qiymatining darajasiga muvofiq ravishda pensiya avtomatik ravishda indensatsiya qilinadi. Pensionerning qaramog’idagilar uchun qarilik pensiyasining 50% i miqdorida qo’shimcha to’lanadi.
    AQShda pensionerlar tekin tibbiy yordam, tekin dori-darmon, oziq- ovqatning yirik paketi, 100 dollar chegarasigacha miqdori past kvartira haqi kabi qo’shimcha imtiyozlarga ega.
    GFRda yangi pensiya tizimi 1992 yilning 1 yanvaridan joriy etilgan. Boshqa yetakchi xorijiy mamlakatlar singari bu yerda ham pensiyaning miqdori o’rtacha ish haqi va to’langan sug’urta badallarning miqdoriga bog’liq. Bu yerda davlat pensiya ta’minoti tizimi yetakchi rol o’ynaydi.
    Italiyada pensiya islohoti 1995 yilda o’tkazilgan. Unga muvofiq o’zgaruvchan pensiya yoshi joriy etilgan.
    Ispaniyada rasmiy ravishdagi pensiya yoshi 65 yil bo’lsa-da, haqiqatda uning darajasi 63 yilga teng. Chunki ispanlarning 70%i qonunda ko’zda tutilgan muddatdan oldinroq pensiyaga chiqadi.
    Ayni davrda pensiya ta’minoti xarajatlari YaIMga nisbatan Ispaniyada - 7,5%, Avstriyada - 14,8%, Fransiyada – 11,8%, GFRda - 10,8%, Buyuk Britaniyada – 9,5%ni tashkil etadi.
    Davlat korxonalari moliyasi yetakchi xorijiy davlatlar moliyaviy tizimning bo’g’inlaridan biri hisoblanadi. Bu korxonalar G’arbiy Yevropa mamlakatlarida Ikkinchi jahon urushidan so’ng va 1945-1950 yillarda temir yo’l va havo transporti, energetika tarmog’i va boshqa tarmoqlar korxonalarining milliylashtirilishi munosabati bilan ancha rivojlana boshladi. O‘sha paytlarda bu tarmoqlar texnikaviy jihatdan o’ta qoloq va raqobatga chidamsiz edi. Ularni modernizatsiya qilish va yangilash juda katta miqdordagi mablag’larni talab etdiki, bu mablag’lar Davlat byudjeti, ya’ni soliq to’lovchilar hisobidan ajratildi. Bu tarmoqlar modernizatsiya qilinganligi va texnikaviy jihatdan ilg’or bo’lishiga qaramasdan, moliyaviy jihatdan, ular hamon past rentabelli yoki zararga ishlaydigan bo’lib qolaverishdi. Davlat korxonalari moliyaviy holati og’ir- ligining asosiy sababchisi ular mahsulotlariga nisbatan past baholar siyosatining yurgizilayotganligidir.
    O‘tgan asrning 80-yillarida yetakchi xorijiy mamlakatlar hukmron doiralarining yangi iqtisodiy va moliyaviy siyosatiga ko’ra ko’pgina davlat tarmoqlari va korxonalari xususiylashtirildi va bu narsa davlat mulkining miqdorini keskin kamaytirdi.
    3-MAVZU: MOLIYAVIY QARORLAR REJA:


    1. Download 6,94 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   195




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish