“moliya” fanidan O’quv-uslubiy majmua



Download 6,94 Mb.
bet119/195
Sana20.04.2022
Hajmi6,94 Mb.
#567851
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   195
Bog'liq
Davlatiy moliya (1)

Market-meykerlar - bu turli valyutalarni bitimlar bo’yicha sotib olish va sotish kurslari kotirovkasini doimiy ravishda amalga oshiruvchi moliya muasassalari hisoblanadi.
Albatta, market-meykerlar faqatgina chet el valyutalarini milliy valyuta bilan solishtirmaydilar, balki ular milliy valyutaga tegmagan holatda chet el valyutalarini o’zlarini kotirovkalarini ham amalga oshirishlari mumkin.
Umuman, ma’lum bir valyutalarni emitenti bo’lgan mamlakatlarda shu valyuta bo’yicha market-meykerlar mazkur mamlakatda joylashgan bo’ladi. Evro bo’yicha yetakchi market-meykerlarni Germaniyadan, Shveytsariya franki bo’yicha esa, Shveytsariyadan topish mumkin.
Nisbatan kam banklar, butun dunyo bo’yicha valyuta kotirovkasini beradilar, shunday bo’lsada, Buyuk Britaniyaning keng tarmoqli kliring banklari kabilar o’z mijozlariga keng ko’lamda kotirovkalarini taklif etadi.
Valyuta bozorida kam uchraydigan valyuta bilan bog’liq operatsiyalarni tijorat banklarida diling bo’limini o’zi emas, balki qo’shimcha bo’limlar amalga oshiradilar. Kam uchraydigan valyutalar, asosan, valyuta bozori rivojlanmagan mamlakatlarda yoki chet el valyutasi bilan bog’liq operatsiyalarga ma’lum bir cheklovlar qo’yilgan mamlakatlarda uchraydi. Albatta, bunday cheklovlar mamlakat hududiga valyuta kirib kelishiga emas, balki ko’proq chiqib ketishiga joriy qilinishi keng qo’llaniladi. Agar, banklar ushbu (kam qo’llaniladigan) valyutalar bo’yicha mijozlarning talablarini bajara olmasa, ular o’zlarining filiallari yoki boshqa valyutalarda pul qabul qilish yoki to’lovni amalga oshirish maqsadida vakillik banklardan foydalanadilar.
Valyuta bozorlarini quyidagi belgilarga muvofiq tasniflash mumkin:

  1. yoyilish ko’lamiga qarab: xalqaro va milliy valyuta bozorlari;

  2. valyutaviy cheklovlarga nisbatan: erkin va erkin bo’lmagan valyuta bozorlari;

  3. valyuta kurslari turiga ko’ra: bir rejimli va turli rejimli valyuta bozorlari;

  4. tashkiliy darajasiga ko’ra: birja va birjadan tashqari valyuta bozori.

Xalqaro valyuta bozorlari dunyoning barcha davlatlari valyuta bozorlarini qamrab olib, pul oqimlari, tovar va xizmatlar harakatini, kapitalning qayta taqsimlanishini, xalqaro to’lov aylanmasida keng foydalaniladigan valyutalar bilan operatsiyalarni ta’minlaydi.
Milliy valyuta bozori – bu, birinchidan, bir davlatning valyuta bozori, ya’ni ushbu davlat hududida amal qiladi; ikkinchidan, mazkur davlat hududida joylashgan banklar tomonidan mijozlariga xorijiy valyutada xizmat ko’rsatish bo’yicha amalga oshiriladigan operatsiyalar majmuidan iborat bo’ladi.
Milliy valyuta bozorlari mamlakat ichkarisida pul oqimlarining harakatini ta’minlaydi va jahon moliya bozorlari bilan aloqalarga xizmat qiladi.
Valyutaning konvertirlanishi umuman ta’minlanmagan sharoitda milliy valyuta bozori samarali faoliyat ko’rsata olmaydi. Konvertirlikka ega bo’lmagan pul birligi faqatgina davlatlararo munosabatlarda shartli hisob-kitob vositasi sifatida foydalanilishi mumkin. Bunday sharoitda “qora” bozorda “xufyona” kurs, ya’ni xorijiy valyutaning rasmiy konvertirlik bo’lmagan sharoitdagi bozor bahosi shakllanishi mumkin.
Erkin valyuta bozori hech qanday valyutaviy cheklovlarsiz amal qilgani holda, erkin bo’lmagan valyuta bozorida valyutaviy cheklovlar mavjud bo’ladi.
Bir rejimli valyuta bozori – bu valyuta kursining erkin suzish rejimi amal qiladigan bozor bo’lib, undagi kotirovkalar birja savdolarida talab va taklif asosida o’rnatiladi. Bunday valyuta bozori uzoq yillar mobaynida barqaror iqtisodiy rivojlanishning ta’minlanishi, shuningdek, valyutani tartibga solish va valyutaviy nazoratning bozor mexanizmiga xos shakllarini qo’llanishi uchun etarlicha shart-sharoit yaratilgan davlatlarda shakllanadi.
Turli rejimli valyuta bozori – bu ko’p pog’onali valyuta kurslari rejimiga ega bo’lgan bozordir. Ushbu valyuta bozori davlatning kapital harakatini tartibga solishga qaratilgan maqsadlariga xizmat qiladi va ssuda kapitali bozorining mamlakat iqtisodiyotiga nisbatan ta’sirini cheklash va nazorat qilishga imkon beradi.
Birja valyuta bozori – valyuta birjalari ko’rinishida namoyon bo’ladigan tashkiliy bozordir. Valyuta birjasi – bu valyuta va xorijiy valyutadagi qimmatli qog’ozlar savdolarini tashkil qiluvchi tashkilotdir. U tijorat tashkiloti emas, ya’ni uning faoliyati yuqori foyda olishga qaratilmagan.
Birjadan tashqari valyuta bozori mohiyatiga ko’ra banklararo valyuta bozori bo’lib, uning tashkilotchilari dilerlar hisoblanadi. Birjadan tashqari valyuta bozorida quyidagi operatsiyalar amalga oshiriladi:

  • xorijiy valyutalarni sotib olish va sotish operatsiyalari;

  • naqd xorijiy valyutalar bilan amalga oshiriladigan valyuta-almashuv operatsiyalari;

  • forvard operatsiyalari;

  • valyuta optsionlari bilan amalga oshiriladigan valyuta operatsiyalari.

Mazkur bozorda valyuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirish uchun vakolatli banklar o’z resurslari va jalb qilingan valyuta mablag’laridan foydalanishlari mumkin.
Valyuta bozorlaridagi operatsiyalarning asosi bo’lib, tashqi savdo bo’yicha xalqaro hisob-kitoblar, xalqaro turizm, kapitallar va kreditlarning davlatlararo harakati hamda chet el valyutasini oldi-sotdi qilish bilan bog’liq boshqa hisob- kitob operatsiyalari hisoblanadi.
Valyuta operatsiyalari vujudga kelishi uchun obyektiv asos bo’lib, tashqi savdo, kapitallar va kreditlarning harakati xizmat qiladi. Xalqaro mehnat taqsimoti yuzaga kelishi eksport-import operatsiyalarining yuzaga kelishiga asosiy sabab bo’ladi.
Valyuta operatsiyalarining keng ko’lamda rivojlanishi tijorat banklariga ushbu bozorda erkin harakat qilishga va ayni vaqtda ularni tartibga solishga imkoniyat tug’diradi.
Shuni alohida ta’kidlab o’tish joizki, milliy iqtisodiyotni faqat shu mamlakatda ishlab chiqarilgan mahsulotlar bilan barcha ehtiyojlarni qondirib bo’lmaydi. Demak, mamlakatlar o’rtasida eksport-import operatsiyalari albatta amalga oshishi yuz beradi.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, valyuta bozorlarining ahamiyati milliy iqtisodiyotning jahon iqtisodiyotiga yanada integratsiyalashuviga xizmat qilishida namoyon bo’ladi.
    1. To’lov balansi va uni tartibga solish yo’llari

Mamlakat to’lov balansining holati bugungi kunda nafaqat mamlakatning xalqaro operatsiyalarini aks ettiruvchi oddiy hujjat, balki ushbu mamlakat iqtisodiyotining ochiqlik darajasi, uning iqtisodiy-geografik va investitsion imkoniyatlari, oltin-valyuta zaxiralari va mavjud valyuta munosabatlarining qay darajada ekanligi hamda xalqaro raqobatbardoshligi haqida aniq xulosalar shakllantirish imkonini beruvchi iqtisodiy kategoriya hisoblanadi.
To’lov balansi bu shunday hujjatki, unda mamlakatning xorijiy davlatlar bilan bo’ladigan aloqalari natijasida yuzaga keladigan valyuta tushumlari va to’lovlarining haqiqatdagi summasi aks ettiriladi. To’lov balansi – ma’lum vaqt oralig’ida rezidentlar va norezidentlar o’rtasidagi barcha o’tkazmalarning o’lchovidir.
To’lov balansining standart komponentlari hisobvaraqlarning ikki asosiy guruhi bo’yicha ajratilishi mumkin:

  • joriy operatsiyalar hisobvarag’i, unda tovarlar, xizmatlar, olingan daromadlar va joriy transfertlarni qamrab oluvchi iqtisodiy bitimlar hisobga olinadi;

  • kapitallar va moliyaviy instrumentlar bilan bog’liq operatsiyalar hisobvarag’i, unda kapital transfertlari, nomoliyaviy aktivlarni sotib olish, shuningdek, moliyaviy talablar va majburiyatlar bilan bog’liq operatsiyalar hisobga olinadi.

Iqtisodiy adabiyotlarda to’lov balansi moddalarining uch asosiy analitik guruhlari ajratib ko’rsatiladi:

  1. savdo balansi;

  2. joriy operatsiyalar balansi;

  3. umumiy to’lov balansi yoki rasmiy hisob-kitoblar balansi.

Joriy operatsiyalar hisobvarag’ining muhim tarkibiy qismi – bu savdo balansi bo’lib, tovarlar eksporti va importi o’rtasidagi farqni ifoda etadi. Savdo balansining o’zgarishi turlicha talqin qilinishi mumkin. Masalan, eksportning importdan oshishi mamlakat tovarlariga jahon bozorlarida talabning oshganligi bilan izohlanadi. Agar butun dunyo mazkur mamlakatning eksport tovarlarini xarid qilsa, shuningdek, uning rezidentlari mahalliy tovarlarni import tovarlaridan afzal bilsa, demak xulosa qilish mumkinki, mamlakat iqtisodiyotining holati yaxshi hisoblanadi. Aksincha, savdo balansining defitsiti mazkur mamlakat eksport tovarlarining etarli darajada raqobatbardosh emasligi va aholi turmush tarzini himoya qilish uchun zaruriy choralar ko’rish lozimligidan dalolat berishi mumkin. Bunday tahlil agar savdo balansidagi o’zgarish haqiqatda mazkur davlat tovarlariga bo’lgan talabning ortishi yoki kamayishi hisobiga yuz bersa maqsadga muvofiq sanaladi. Biroq savdo balansiga boshqa omillarning ta’siri ham sezilarli bo’lishi mumkin. Jumladan, qulay investitsion muhit mamlakatga xorijiy investitsiyalar oqimini rag’batlantirish bilan birga xorijdan sotib olinadigan asosiy vositalar miqdorining ham ortishiga sabab bo’lishi mumkin. Bu holat ham savdo balansi defitsitini yuzaga keltiradi, lekin mamlakat iqtisodiyotiga keskin salbiy ta’sir ko’rsatmaydi.
Joriy operatsiyalar balansi kengroq axborotni o’zida jamlab, tovar va xizmatlar harakati bilan bog’liq aktivlar oqimini aks ettiradi. Joriy operatsiyalar bo’yicha ijobiy saldo tovar, xizmat va xadyalar harakati bo’yicha kredit debetdan yuqoriligini anglatadi. Boshqacha aytganda, ijobiy saldo mamlakat boshqa mamlakatlarga nisbatan netto investor hisoblanadi. Aksincha joriy operatsiyalar bo’yicha defitsit mamlakatning sof qarzdor ekanligidan dalolat beradi.
Merkantilistlar iqtisodiy maktabining kontseptsiyasiga muvofiq, muvozanat joriy operatsiyalar balansi atamasida aniqlangan. Bunda ta’kidlab o’tilgan saldo kapitallar harakati, mamlakat oltin-valyuta zaxiralaridagi o’zgarishlarni hisobga
olmagan. Shunday qilib, merkantilist maktabi namoyondalari fikricha, iqtisodiy siyosatning maqsadi joriy operatsiyalar hisobvarag’i bo’yicha ijobiy saldoni maksimallashtirish va shuning asosida, mamlakatda oltinning jamlanishiga erishishdan iborat bo’ladi.
Joriy operatsiyalar balansi defitsitining uzoq muddatli xorijiy kapital hisobidan moliyalashtirilishi muvozanat mezoni sifatida to’lov balansining umumiy saldosi tushunchasining paydo bo’lishiga olib keldi.
To’lov balansining davlat tomonidan tartibga solishning zarurligi quyidagi sabablar bilan izohlanadi:
Birinchidan, to’lov balansiga muvozanatsizlik xos bo’lib, bu holat yoki defitsit, yoki haddan tashqari aktiv qoldiq ko’rinishida namoyon bo’ladi. Bu nomutanosiblik valyuta kursi dinamikasiga, kapital oqimiga, iqtisodiyotning holatiga qattiq salbiy ta’sir ko’rsatadi. Masalan, AQSh, joriy operatsiyalaridagi defitsitni milliy valyuta bilan qoplash natijasida, inflyatsiyani boshqa davlatlarga eksport qilishga erishgan. Bu esa, xalqaro aylanmadagi dollar ortiqchaligini keltirib chiqardi va XX asrning 70-yillarida Bretton-vuds tizimining izdan chiqishiga olib keldi.
Ikkinchidan, XX asrning 30-yillarida oltin-deviz standarti joriy qilingandan so’ng, to’lov balansini muvozanatlashtirishning baho mexanizmi ish bermay qo’ydi. Shu sababli ham, to’lov balansini davlat tomonidan ma’lum tadbirlar orqali boshqarilishi maqsadga muvofiq bo’lib qoldi.
Uchinchidan, xo’jalik aloqalari tobora globallashib borayotgan hozirgi davrda, iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish tizimida to’lov balansining roli borgan sari ortib bormoqda. To’lov balansini muvozanatlashtirish vazifasi

  • davlatning barqaror iqtisodiy o’sishini ta’minlash, inflyatsiyani jilovlab turish va ishsizlikni kamaytirish kabi vazifalar bilan bir qatorda e’tirof etilmoqda.

To’lov balansini muvozanatlashtirish, odatda, bir qancha ichki va tashqi omillarning to’lov balansiga ta’sirini baholashni taqozo etadi. Aktiv balansga ega bo’lgan davlatlar, xalqaro hisob-kitoblarga kirishuvchi mamlakatlarda makroiqtisodiy barqarorlikni mavjud bo’lishidan manfaatdor bo’ladi.
Defitsitli to’lov balansiga ega bo’lgan davlatlar esa, aktiv balansga ega bo’lgan o’z hamkorlaridan import bo’yicha cheklovlarni kamaytirish, mazkur mamlakatlarga kapital chiqarilishini rag’batlantirish kabilarni talab qiladi.
To’lov balansida defitsit mavjud bo’lgan davlatlar tomonidan, eksportni rag’batlantirish, import qilinayotgan tovarlarni kamaytirishga, xorijiy kapitalni jalb qilishga, kapitalni olib chiqib ketishni chegaralashga qaratilgan quyidagi tadbirlar qo’llaniladi:

Download 6,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish