“moliya” fanidan O’quv-uslubiy majmua



Download 6,94 Mb.
bet114/195
Sana20.04.2022
Hajmi6,94 Mb.
#567851
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   195
Bog'liq
Davlatiy moliya (1)

roli va ahamiyati
Jahon iqtisodiyotining rivojlanish jarayoni xalqaro moliya munosabatlarining rivojlanish evolyutsiyasi bilan uzviy bog’liqdir. Xalqaro moliya munosabatlari jahon xo’jaligining shakllanishi jarayonida alohida o’rin tutadi.
Xalqaro moliya munosabatlari asta-sekin jahon xo’ja-ligining tarkibiy elementiga aylana bordi. Hozirgi vaqtda xalqaro moliya munosabatlarini jahon xo’jaligining rivoj-lanishi natijasida shakllangan mustaqil iqtisodiy tizim sifatida baholash mumkin.
Jahon xo’jaligi – bozor iqtisodiyotining obyektiv qonuniyatlariga bo’ysunuvchi xalqaro moliya munosabatlari orqali o’zaro bog’liq milliy iqtisodiyotlar yig’indisi sifatidagi global iqtisodiy tizimdir.
Jahon xo’jaligining barqaror rivojlanishida alohida olingan milliy iqtisodiyotlar holati muhim o’rin tutadi. Chunki, milliy iqtisodiyotlar jahon iqtisodiyotining asosiy subyekti hisoblanadi.
Milliy iqtisodiyotning rivojlanishida uning tashqi dunyo bilan aloqalari holati, mamlakatning xalqaro moliya munosabatlaridagi ishtiroki muhim o’rin tutadi. Mamlakatning xalqaro moliya munosabatlaridagi ishtirokining kuchayishida xalqaro moliya munosabatlarini amalga oshirish mexanizmlarini samarali tarzda tashkil etish bilan uzviy bog’liqdir.
Ta’kidlash joizki, xalqaro moliya munosabatlarining predmeti ikkita muhim tarkibiy qismni o’ziga qamrab oladi, ya’ni xalqaro moliyaviy munosabatlar va ularni amalga oshirish mexanizmi. Ma’lumki, mamlakatlar o’rtasidagi xalqaro moliya munosabatlari muayyan mexanizm orqali amalga oshiriladi, bunda xalqaro tashkilotlar tomonidan belgi-langan me’yoriy normalar, davlatlararo darajadagi shart-noma va bitimlar, mamlakatlar o’rtasida o’zaro qabul qilingan kelishuvlarga amal qilinadi.
Xalqaro moliya munosabatlari mexanizmiga huquqiy normalar va ularni amalga oshirish vositalari (shartnomalar, kelishuvlar, bitimlar, rezolyutsiya va konventsiya) xalqaro iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirishga qaratilgan yo’l- yo’riqlarni amalga oshirishni muvofiqlashtiruvchi xalqaro moliya tashkilotlari kiradi.
Xalqaro moliya munosabatlari jahon xo’jaligi tizimida tez-tez takrorlanib turuvchi turli xil darajadagi kompleks, alohida olingan bir mamlakat va ularning hududiy birlashmalari va subyektlari, alohida tashkilotlar o’rtasidagi aloqalarni o’z ichiga oladi.
Xalqaro moliya munosabatlari tuzilmaviy jihatdan quyidagilarni o’rganishni taqozo etadi:

  • xalqaro valyuta munosabatlari;

  • xalqaro iqtisodiy integratsion jarayonlar;

  • xalqaro savdo munosabatlari;

  • investitsiyalar va kapitalning xalqaro harakati;

  • mamlakatlar to’lov balanslarini boshqarish;

  • xalqaro hisob-kitoblarni amalga oshirish;

  • xalqaro moliya tashkilotlari faoliyati va boshq.

Xalqaro moliya munosabatlarining obyektiv asosini xalqaro mehnat taqsimoti va jahon xo’jaligi hamda undagi iqtisodiy aloqalar tizimi tashkil qiladi. Hozirgi zamon jahon xo’jaligi milliy iqtisodiyotlar yig’indisidan iborat bo’lgan global iqtisodiy tizim bo’lib, bozor iqtisodiyotining obyektiv qonunlariga, xalqaro mehnat taqsimotiga, ishlab chiqarish va kapitalning xalqaro harakatiga muvofiq tarzda o’zgarib boradi.
Xalqaro moliya munosabatlari rivojlanishining milliy iqtisodiyotga ta’siri quyidagi muhim xususiyatlar orqali namoyon bo’ladi:

  • Moliyaviy globallashuv jarayoni. Mazkur jarayon quyidagi o’zgarishlarni o’z ichiga qamrab oladi:

  • mamlakatlarni jahon iqtisodiyotidagi jarayonlarga jalb etish;

  • ishchi kuchi, texnologiya, kapital, mahsulotlar va xizmatlarning global bozorlarini barpo etish;

  • jahon xo’jalik aloqalarining global infratuzil-masini yaratish;

  • xalqaro moliya munosabatlari bilan milliy iqtiso-diyotning qoidalarini universallashtirish;

  • yirik ishlab chiqarishga asoslangan xalqaro ishlab chiqarish tarmoqlarini vujudga keltirish.

  • Iqtisodiy integratsion hudud va birlashmalarning tashkil topishi. Milliy iqtisodiyotlarning xalqaro mehnat taqsimotiga asoslangan holda iqtisodiy jihatdan birlashish jarayoni hisoblanadi.

  • Xalqaro moliya bozorlaridagi o’zgarishlar. Milliy iqtisodiyotda faoliyat ko’rsatayotgan moliya institutlarining jahon moliya bozorlaridagi ishtirokini muvofiqlashtirib boradi.

  • Global raqobatlashuv jarayonining keskinlashuvi. Ushbu holat, milliy iqtisodiyotlar tomonidan jahon bozorlarida o’rin egallash uchun yuqori sifatli mahsulotlar ishlab chiqarish va ularni sotish jarayonida vujudga keladi.

  • Transmilliy korxonalar va transmilliy banklar rolining ortib borishi. Bu holat, jahon iqtisodiyotida transmilliylashish jarayoni kuchayishi, ya’ni, alohida mamlakatlarga yoki bir nechta mamlakatlarga tegishli xalqaro korxonalar va banklar faoliyatining rivojlanishi, ular tomonidan xorijiy filiallarning kengaytirilishi orqali yuzaga keldi.

  • Mamlakatlarda tashqi iqtisodiy faoliyatning erkinlashtirilishi. Mazkur holat, milliy iqtisodiyotning tashqi dunyo uchun ochiqlik darajasi orqali ifodalanadi. Bunda, xalqaro moliya munosabatlarining ishtirokchilari uchun muayyan shart-sharoitlarning yaratilishi, xususan, xalqaro savdoda bojlarning pasaytirilishi, xorijiy investorlarni keng jalb etishga qaratilgan qulay investitsiya muhitining yaratilishi hamda valyuta cheklovlarining bekor qilinishi kabi tadbirlar amalga oshirilishi muhim o’rin tutadi.

  • Tashqi iqtisodiy aloqalarning xalqaro me’yoriy-huquqiy bazasini qabul etilishi.

  • Mamlakatlar o’rtasidagi moliyaviy munosabatlarni xalqaro jihatdan tartibga solish va nazorat qilish tizimini tashkil qilinishi.

Alohida olingan milliy iqtisodiyotning xalqaro moliya munosabatlaridagi ishtirokini bir necha miqdoriy ko’rsatkichlar bilan tavsiflash mumkin:

  • eksport kvotasining miqdori, bunda eksport hajmi YaMMga nisbatan foizda hisoblanadi;

  • import kvotasining miqdori, bunda import hajmi YaMMga nisbatan foizda hisoblanadi;

  • tashqi savdo kvotasining miqdori, bunda tashqi savdo aylanmasi hajmi YaMMga nisbatan foizda hisoblanadi.

Mazkur ko’rsatkichlarni hisoblash asosida mamlakatning xalqaro moliya munosabatlaridagi ishtirokini baholash mumkin.
Jahon iqtisodiyotida ro’y bergan o’zgarishlar xalqaro moliya munosabatlarining istiqbolda rivojlanish tendentsiyalarini belgilab berdi:

  • xalqaro moliya munosabatlari sohasida ikki tomonlama munosabatlardan ko’p tomonlama munosabatlarga o’tish;

  • jahon xo’jaligida xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashuvi;

  • xalqaro savdo munosabatlarining an’anaviy tovarlar savdosidan milliy ishlab chiqarish jarayonlarida bevosita xizmat ko’rsatish vositasiga aylanib borishi;

  • kapital migratsiyasining globallashuvi;

  • hududiy iqtisodiy integratsiya jarayonlarining yanada kengayishi va jadallashuvi.

Xalqaro moliya munosabatlari rivojlanishida kapital-ning xalqaro harakati, ayniqsa, to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar shaklida u yoki bu mamlakatga kirib borishi, shuningdek, xalqaro savdoning mahsulotlar, turli xizmatlar ko’rsatish, texnologiyalar sohasidagi rivoji ijobiy omil sifatida ta’sir ko’rsatmoqda.
Jahon savdosining o’sishi, ishlab chiqarishning ixtisos-lashuvi va kengayishi, xalqaro kapital harakatining rivoji, chegaralararo tovarlar, xizmatlar
hamda ishchi kuchi migratsiyasi xalqaro moliya munosabatlarining rivojlanishiga, shuningdek, jahon moliya bozorlarining taraqqiy etishiga hamda transmilliy korxonalar faoliyatining kengayishiga, xalqaro moliyaviy faoliyatning boshqa jabhalarini jadal-lashuviga imkon yaratdi
Moliyaviy globallashuv sharoitida xalqaro moliyaning vazifalari sifatida quyidagilarni ko’rsatish mumkin:

  • milliy iqtisodiyotlarning yagona xalqaro tizimga integratsiyalashuvini ta’minlash;

  • xalqaro savdo hamda tovarlar, xizmatlar va kapital ayirboshlashning oqilona harakatini tashkil etish;

  • milliy iqtisodiyotlarni xalqaro iqtisodiy va moliyaviy o’zgarishlarga moslashtirish;

  • mamlakatlarning milliy moliyaviy siyosatini yuriti-shida tavsiyalar berish. Xalqaro moliya munosabatlari tarkibiga xalqaro aylanmaga kelib tushgan va xalqaro iqtisodiy munosabatlarda, ya’ni rezedentlarning tashqi dunyo bilan yuzaga keladigan munosabatlarida qo’llaniladigan moliyaviy munosabatlar tizimi

kiritiladi. Xalqaro moliya quyidagilarga xizmat qiladi:
Birinchidan, turli mamlakat rezedentlari o’rtasidagi iqtisodiy aloqalarga va o’zaro hamkorlikka;
Ikkinchidan, jahon mamlakatlarining turli xil moliyaviy institutlar bilan yuzaga keladigan o’zaro munosabatlariga;
Uchinchidan, turli mamlakatlar rezidentlarining xalqaro moliya bozorlaridagi operatsiyalarini tashkil etishga.
Jahon iqtisodiyoti globallashuvi sharoitida xalqaro moliya munosabatlari tobora rivojlanib bormoqda. Bunda, avvalo mamlakatlar o’rtasidagi savdo munosabatlarining taraqqiy etishi alohida o’rin tutmoqda. Ushbu holat o’z navbatida xalqaro valyuta munosabatlari va xalqaro xisob-kitoblarning rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatmoqda.
    1. Valyuta kursi va valyuta bozorlari

Valyuta ayirboshlash kursi mamlakat iqtisodiyotini boshqa mamlakatlar bilan bog’lovchi asosiy omillardan biridir.
Bir valyutaning boshqa valyuta birligidagi bahosi valyuta kursi deb ataladi. U mamlakat iqtisodiyotiga, hatto aholining turmush tarziga ham ta’sir ko’rsatadi. Buning sababi shundaki, birinchidan, valyuta kursining o’zgarishi mamlakat eksport tovarlarining raqobatbardoshlik darajasiga ta’sir qiladi, ikkinchidan, milliy valyuta almashuv kursining pasayishi import tovarlari va xizmatlarining milliy valyutadagi bahosining oshishiga olib keladi va shuning asosida aholi xarid quvvatiga nisbatan salbiy ta’sirni yuzaga keltiradi.
Valyuta yoki ayriboshlash kursi ma’lum bir mamlakatni tashqi dunyo bilan bog’lab turadi, shuningdek milliy iqtisodiyot holatini tashqi dunyo bilan taqqoslash, xalqro iqtisodiy operatsiyalar samaradorligini baholash imkonini beradi. Valyuta kursi mamlakatning joriy iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy holati va istiqboldagi rejalari to’g’risidagi barcha ma’lumotlarni o’zida mujassam etadi. Iqtisodiyoti nisbatan ochiq mamlakatlar uchun valyuta kursi muhim ko’rsatkichlardan hisoblanadi. Chunki uning iqtisodiyotga bevosita yoki bilvosita ta’sir etishi, valyuta kursidagi keskin o’zgarishlar esa, milliy iqtisodiyotda inqirozli holatlarni yuzaga keltirishi mumkin. Xususan, valyuta kursining o’zgarishi mamlakatdagi umumiy talab hajmiga, narxlar darajasiga, foiz stavkalar o’zarishiga, mamlakat ichidagi daromadlar taqsimotiga, va iqtisodiyotning boshqa sohalariga ham o’z ta’sirini ko’rsatadi.
Valyuta kursi inflyatsiyani hisobga olishiga ko’ra nominal va real almashuv kurslariga bo’linadi. Nominal ayirboshlash kursi — bu ikki mamlakat valyutasining nisbiy bahosidir. Real ayirboshlash kursi — bu ikkita mamlakatda ishlab chiqarilgan tovarlarning nisbiy bahosi. Real ayirboshlash kursi nominal kurs va tovarlarning milliy valyutadagi narxiga bog’liq bo’lib quyidagi formula bo’yicha hisoblanadi:
𝑷
𝑹 = 𝒆 ∗ 𝑷
Bu yerda:

𝒆 - nominal ayirboshlash kursi;
𝑷 - bitta mamlakatdagi baholar darajasi;
𝑷- esa boshqa mamlakatdagi baholar darajasini ifodalaydi.
Ushbu formuladan 𝒆 ni topamiz:

𝒆 = 𝑹 ∗
𝑷



𝑷

Ma’lumki, milliy valyuta kursining 3 asosiy rejimi mavjud:

  1. Erkin suzish rejimi.

  2. Qat’iy belgilangan kurs rejimi.

  3. Boshqariladigan suzish rejimi.

Agar milliy valyutaning kursi erkin tarzda valyuta bozorida talab va taklif asosida shakllansa, bu erkin suzib yuruvchi kurs rejimini anglatadi. Bunda mamlakat Markaziy banki milliy valyuta kursining ma’lum holati uchun javob bermaydi. Bu kurs rejimi erkin ayirboshlanadigan barcha zaxira valyutalariga tegishli. Shunday mamlakatlar borki, ularda joriy operatsiyalar bo’yicha valyutaviy cheklovlar bekor qilingan, ammo boshqariladigan suzish rejimi qo’llaniladi. Bunday davlatlarga misol qilib Meksika, Quvayt, BAA kabi

davlatlarni ko’rsatish mumkin. Lekin bu holat valyutalarning almashinish sharti bilan rejimi o’rtasidagi aloqadorlikni inkor etish uchun etarli emas.
Qat’iy belgilangan kurs rejimida mamlakatning milliy valyuta kursi xorijiy valyutaga nisbatan ma’lum nisbatda o’rnatiladi va Markaziy bank kursning belgilangan nisbati uchun javob beradi. Ammo qat’iy belgilangan valyuta kurslari valyuta operatsiyalarini keng ko’lamda rivojlanishiga to’sqinlik qiladi, lekin uning iqtisodiyotga ijobiy jihatlari ham bor. Ana shunday ijobiy jihatlaridan biri shundaki, qat’iy belgilangan kurs rejimida valyuta riski muammosi chuqurlashmaydi.

  1. yilning o’rtalaridan boshlab markaziy banklarning kurs siyosatida o’zgarishlar paydo bo’ldi. Rasman erkin suzish rejimini tan olgan markaziy banklar (Avstriya, Italiya markaziy banklari va boshqalar) valyuta kursiga ta’sir qilish uchun valyuta interventsiyasini tez-tez amalga oshira boshladilar. Bu holat XVF ekspertlari tomonidan “boshqariladigan suzish” degan nomni oldi.


Download 6,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish