“moliya” fanidan O’quv-uslubiy majmua


REJA: Davlat byudjeti tizimi: ta’rifi, prinsiplari, boshqarish sohasidagi vakolatlar. Davlat byudjeti tuzilmasi va tasnifi (klassifikatsiyasi)



Download 6,94 Mb.
bet58/195
Sana31.01.2023
Hajmi6,94 Mb.
#906037
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   195
Bog'liq
“moliya” fanidan O’quv-uslubiy majmua

TUZILMASI


REJA:

  1. Davlat byudjeti tizimi: ta’rifi, prinsiplari, boshqarish sohasidagi vakolatlar.
  2. Davlat byudjeti tuzilmasi va tasnifi (klassifikatsiyasi).

    1. Davlat byudjeti tizimi: ta’rifi, prinsiplari, boshqarish sohasidagi
vakolatlar

Turli darajadagi byudjetlar va davlat byudjeti mablag’lari oluvchilar yig’indisini, byudjetlarni tashkil etishni va tuzish prinsiplarini ifodalaydigan, davlat byudjeti jarayonida ular o’rtasida, shuningdek, byudjetlar hamda davlat byudjeti mablag’lari oluvchilar o’rtasida vujudga keladigan o’zaro munosabatlar majmui davlat byudjeti tizimi deyiladi. Ko’pchilik hollarda, soddaroq tarzda, davlat byudjeti tizimi deyilganda esa mamlakatdagi mavjud byudjetlar to’plami (majmui) tushuniladi.
Davlat byudjeti tizimi mamlakat davlat byudjeti tuzilishining tarkibiy qismi bo’lib, uning ma’lum bir qismini o’zida ifoda etadi. Shu ma’noda, davlat byudjeti tizimi davlat byudjetiningo’zaro bog’liqlikda bo’lgan bo’g’inlarining o’zaro yig’indisidan iboratdir. Mamlakatning davlat byudjeti tizimi jamiyatning siyosiy tuzilishiga, davlatning iqtisodiy tizimiga va uning ma’muriy-hududiy bo’linishiga bevosita bog’liq.
U yoki bu mamlakatning davlat byudjeti tizimi ikki yoki uch bo’g’inli bo’lishi mumkin. Unitar davlatlarda davlat byudjeti tizimi ikki bo’g’indan (markaziy va mahalliy byudjetlar), federativ davlatlarda esa uch bo’g’indan
(markaziy byudjet, federatsiya a’zolari byudjetlari va mahalliy byudjetlar) iborat bo’lishi mumkin.
Davlat byudjeti tizimi ma’lum bir prinsiplarga asoslanib tashkil etiladi. O‘zbekiston Respublikasining “Byudjeti kodeksi”da mamlakatimiz davlat byudjeti tizimi shakllantirilishi va faoliyat yuritishining prinsiplari belgilab berilgan:

    • davlat byudjeti tizimining yagonaligi;

    • davlat byudjeti tizimining O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy-hududiy tuzilishiga muvofiqligi;

    • davlat byudjeti tizimi byudjetlarining balansliligi va o’zaro bog’liqligi;

    • davlat byudjeti tizimi byudjetlari daromadlarini prognoz qilish va xarajatlarini rejalashtirish;

    • davlat byudjeti tizimi byudjetlari mablag’laridan foydalanishning aniq yo’naltirilganligi va maqsadlilik xususiyati;

    • davlat byudjeti tizimi byudjetlarining mustaqilligi;

    • davlat byudjeti tizimi byudjetlari mablag’laridan foydalanishning natijadorligi;

    • kassaning yagonaligi;

    • davlat byudjeti jarayoni ishtirokchilarining javob-garligi;

    • ochiqlik.

Davlat byudjeti tizimining yagonaligi prinsipi huquqiy bazalar, pul tizimi, davlat byudjeti hujjatlari shakllari, davlat byudjeti jarayoni prinsiplari, davlat byudjeti qonunchiligini buzganlik uchun sanktsiyalarning yagonaligi, mamlakat davlat byudjeti tizimi barcha darajalari byudjetlari xarajatlarini moliyalashtirish va davlat byudjeti mablag’lari buxgalteriya hisobini yurgizish tartibining yagonaligi bilan belgilanadi.
Davlat byudjeti tizimining O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy-hududiy tuzilishiga muvofiqligi har bitta ma’muriy-hududiy birlikning o’z mustaqil byudjeti bo’lishi shartligi bilan izohlanadi. Ma’muriy – hududiy birlik o’z byudjetini tashkil etish va uning mablag’laridan foydalanishda muayyan vakolatlarga ega bo’ladi.
Davlat byudjeti tizimi byudjetlarining balansliligi va o’zaro bog’liqligi prinsipining mazmuni shundaki, har bitta davlat byudjeti mutlaqo balansli holda tashkil etilishi shart, ya’ni unda amalga oshirilishi mo’ljallangan xarajatlar moliya yilida olinajak daromadlar miqdoriga teng bo’lishi kerak.
Byudjetlarning balansliligi prinsipi byudjetda ko’zda tutilgan xarajatlarning hajmi davlat byudjeti daromad-lari va uning defitsitini moliyalashtirish manbalaridan tushadigan tushumlarning jami hajmiga teng bo’lishi kerak-ligini bildiradi.
Byudjetni tuzish, tasdiqlash va ijro etish jarayonida vakolatli organlar davlat byudjeti defitsiti miqdorini minimallashtirish masalasiga alohida e’tibor berishlari kerak.
Bundan tashqari, daromadlarni yig’ish va mablag’larni xarajat qilishda byudjetlarning bir-biriga bo’ysunadigan yuqori va quyi zvenolari qat’iy o’zaro bog’liqlikda harakat qiladi.
Moliya tizimining tarkibiy qismi sifatida davlat byudjeti tizimi byudjetlari daromadlarini prognoz qilish va xarajatlarini rejalashtirish o’ta muhim prinsiplardan biri hisoblanadi. Daromadlarni prognoz qilishning asosi bo’lib mamlakatni ijtimoiy – iqtisodiy rivojlantirish dasturlarining natural ko’rsatkichlari hisoblanadi. Ular bazasida kelgusi davrda olinishi mumkin bo’lgan daromad-larning miqdorlari prognoz qilinadi. Xarajatlar ham o’z-o’zidan amalga oshirilmaydi, balki oldindan hisob-kitob qilingan aniq miqdorlar asosida byudjetlarga ajratiladi. Daromadlar ularning aniq manbalari bo’yicha prognoz qilinsa, xarajatlar yo’nalishlar bo’yicha rejalashtiriladi.
Davlat byudjeti tizimi byudjetlari mablag’laridan foydalanishning aniq yo’naltirilganligi va maqsadlilik xususiyati prinsipi davlat byudjeti mablag’larini konkret oluvchilar ixtiyoriga ularning aniq maqsadlarni moliyalash-tirilishi oldindan belgilangan holda bo’lib berilishini nazarda tutadi. Byudjetda ko’zda tutilgan mablag’lar manzilliligini yoki yo’nalishini ko’zda tutil-magan maqsad- larga o’zgartirish borasidagi har qanday xatti-harakat mamlakat davlat byudjeti qonunchiligini buzish hisob-lanadi.
Davlat byudjeti tizimi byudjetlarining mustaqilligi prinsipi qonunchilik va davlat hokimiyatining ijroiya organlari hamda mahalliy o’zini o’zi boshqarish organ-larining mamlakat davlat byudjeti tizimining tegishli darajalarida davlat byudjeti jarayonini mustaqil amalga oshirish borasidagi huquqlarini bildiradi. Bu prinsipning amal qilishi qonunchilikka muvofiq mamlakat davlat byudjeti tizimining har bir darajasida byudjetlar daro-madlarining o’z manbalariga egaligini, byudjetlarning tartibga keltiruvchi daromadlarini, qonunchilikka muvofiq ravishda tegishli byudjetlarning daromadlarini shakllan-tirish bo’yicha vakolatlarni, davlat hokimiyat organlari va mahalliy o’zini o’zi boshqarish organlarining qonunchilikka muvofiq ravishda tegishli byudjetlar xarajatlarining sarflanish yo’nalishlarini mustaqil aniqlash huquqini qonuniy biriktirilishini, byudjet to’g’risidagi qonunlarni ijro etish jarayonida olingan qo’shimcha daromadlar, davlat byudjeti daromadlarining xarajatlaridan oshgan qismi summalari va davlat byudjeti xarajatlari bo’yicha iqtisod qilingan summalarni olishning mumkin emasligini, davlat byudjeti to’g’risidagi qonunlarning ijro etilishi jarayonida vujudga kelgan daromadlardagi yo’qotmalar va qo’shimcha xarajatlarni davlat byudjeti tizimining boshqa daraja-lari hisobidan
kompensatsiya qilishga yo’l qo’ymas-likni (qonunchilikning o’zgarishiga bog’liq holda vujudga kelgan holatlardan tashqari) taqozo etadi. Baxtga qarshi, 2016 yilga qadar o’tgan davrda mamlakatimiz davlat byudjeti tizimida byudjetlarning mustaqilligi prinsipiga rioya qilinmagan holatlar yuz berdi.
Davlat byudjeti tizimi byudjetlari mablag’laridan foydalanishning natijadorligi prinsipining mazmuni shundan iboratki, unga muvofiq ravishda vakolatli organlar va davlat byudjeti mablag’larini oluvchilar byudjetlarni tuzish va ularning ijrosini ta’minlashda, avvalo, ko’zda tutilgan maqsadlarga erishishda mablag’larning kamroq hajmidan yoki ma’lum bir hajmdagi mablag’lardan foyda- langan holda yuqori natijaga erishish zarurligidan kelib chiqishi kerak.
Kassaning yagonaligi prinsipi davlat byudjeti tizimi byudjetlarining barcha daromadlari Yagona g’azna hisobva-rag’iga kiritilishi va ularning xarajatlarini to’lash ushbu hisobvaraqdan amalga oshirilishini anglatadi.
Davlat byudjeti jarayoni ishtirokchilarining javobgar-ligi prinsipi davlat byudjeti jarayonining har bir ishtirokchisi davlat byudjeti jarayonining har bir bos-qichida o’z harakatlari uchun javobgar bo’lishidan iboratdir.
Davlat byudjeti tizimidagi ochiqlik prinsipi ochiq matbuotda tasdiqlangan davlat byudjeti va uning ijrosi to’g’risidagi hisobotlarni, albatta, e’lon qilinishini, davlat byudjeti ijrosi jarayonida ma’lumotlarning to’liq va to’g’ri berilishini, davlat hokimiyati qonunchilik organlari va mahalliy o’zini o’zi boshqarish organlarining qarorlariga oid boshqa ma’lumotlarni olish imkoniyatining yaratilganligini, davlat byudjeti loyihasi bo’yicha qarorlarni ko’rib chiqish va qabul qilish tartiblarining (jumladan, davlat hokimiyati qonunchilik organi ichida yoki davlat hokimiyatining qonunchilik va ijroiya organlari o’rtasidagi qarama- qarshiliklarni ifodalovchi masalalar bo’yicha ham) jamiyat va ommaviy axborot vositalari uchun albatta, ochiq bo’lishini ko’zda tutadi. Bundan tashqari, Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlari ijrosi to’g’risidagi axborot Moliya vazir-ligining rasmiy veb-saytida ham joylashtirilishi va yangilanib borishi kerak.
Maxfiy moddalarni tasdiqlash, odatda, faqat respublika byudjeti tarkibida amalga oshiriladi.
Mamlakat davlat byudjeti tizimini boshqarish sohasida tegishli hokimiyat organlari alohida vakolatlarga egadir. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining davlat byudjeti tizimini boshqarish sohasidagi vakolatlari quyidagilardan iborat71:





71 O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 26-dekabrdagi “Byudjeti kodeksi”, 25-modda. O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami. 8.03.2020-y., 03/20/612/0326-son.

    • Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlari, shuningdek soliq va davlat byudjeti siyosatining asosiy yo’nalishlari loyihalarini ishlab chiqish jarayonini tashkil etadi hamda muvofiqlashtirib boradi;

    • Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlari, shuningdek soliq va davlat byudjeti siyosatining asosiy yo’nalishlari loyihalarini ko’rib chiqish hamda tegishli xulosa taqdim etish uchun O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasiga yuboradi;

    • byudjetnoma loyihasini ko’rib chiqadi va tasdiqlaydi;

    • byudjetnomani O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalariga taqdim etadi;

    • davlat boshqaruvi organlarining Davlat byudjetini va davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlarini ijro etish borasidagi faoliyatini muvofiqlashtirib boradi hamda nazorat qiladi;

    • Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlarining ijrosi to’g’risidagi hisobotlarni har chorakda ko’rib chiqadi;

    • o’tgan moliya yili uchun Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlarining ijrosi to’g’risidagi hisobotlarni tashqi audit o’tkazish hamda baholash uchun O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasiga yuboradi;

    • Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlarining tegishli davrdagi ijrosi to’g’risidagi hisobotlarni tasdiqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga taqdim etadi;

    • Qonunchilikda nazarda tutilgan holatlarda moliya yili mobaynida Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg’ar-malari byudjetlari parametrlariga o’zgartirishlar kiritish to’g’risidagi takliflarni ko’rib chiqadi;

    • O‘zbekiston Respublikasi respublika byudjetining qo’shimcha manbalaridan foydalanish to’g’risida qarorlar qabul qiladi;

    • O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg’armasi mablag’laridan foydalanish to’g’risida qarorlar qabul qiladi.

    • O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonun hujjatlariga muvofiq davlat byudjeti sohasida boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining davlat byudjeti sohasidagi vakolatlari quyidagilardan iborat:72

    • Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlari, shuningdek soliq va davlat byudjeti siyosa-tining asosiy yo’nalishlari loyihalari bo’yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga xulosa taqdim etadi;

    • Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlarining ijrosi to’g’risidagi yillik hisobot bo’yicha tashqi audit va baholashni amalga oshiradi hamda ular yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga xulosa taqdim etadi;

    • vazirliklar, davlat qo’mitalari, idoralar hamda banklarning davlat byudjeti tizimi byudjetlari daromadlari va xarajatlari moddalarining maqsadli ijrosini boshlang’ich ma’lumotlar bo’yicha nazorat qilish imkonini beruvchi axborot tizimlari va resurslariga kirish imkoni-yatiga ega bo’ladi;

    • Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlari daromad qismining ijrosi yuzasidan monitoring o’tkazadi;

    • davlat byudjeti tizimi byudjetlari mablag’laridan maqsadli foydalanilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.

    • O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi qonun hujjatlariga muvofiq davlat byudjeti sohasida boshqa vakolat-larni ham amalga oshirishi mumkin.
Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesining, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar Kengashlarining davlat byudjeti sohasidagi vakolatlari esa quyidagilardan iboratdir73:

    • Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjetini, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarini, tumanlar va shaharlar byudjetlarini tegishincha Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlarining taqdimno-masiga muvofiq ko’rib chiqadi va qabul qiladi;

    • Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari, tumanlar va shahar-lar byudjetlarining tegishli davrdagi ijrosi to’g’risidagi hisobotlarni tegishincha Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlarining taqdimnomasiga muvofiq har chorakda ko’rib chiqadi va tasdiqlaydi;

    • mahalliy soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarning stavkalarini qonun hujjatlarida belgilangan miqdorlar doirasida belgilaydi.

    • Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar Kengashlari qonun

hujjatlariga muvofiq davlat byudjeti sohasida boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Shuningdek, Qoraqalpog’iston Respublikasi va joylardagi davlat hokimiyat organlari ham davlat byudjeti tizimini boshqarish sohasida bir necha vakolatlarga ega. Jumladan, Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi va mahalliy hokimiyat vakillik organlari uchun bu borada quyidagi vako-latlar xosdir74:

    • tegishli davlat byudjeti loyihasini ishlab chiqish va uni ijro etish jarayonini tashkil etadi hamda muvofiq-lashtirib boradi;

    • davlat byudjeti so’rovi olinishiga qarab tegishli byudjetlarning loyihalarini tuzish to’g’risida qarorlar qabul qiladi, ularni tayyorlash tartibi va muddatlarini belgilaydi;

    • Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti loyihasini, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari, tuman-lar va shaharlar byudjetlari loyihalarini tegishincha Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesiga, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar Kengashlariga ko’rib chiqish va qabul qilish uchun taqdim etadi;

    • Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesining, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar Kengashlarining qarorlariga muvofiq Qoraqalpo-g’iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari, tumanlar va shaharlar byudjetlari parametrlarini tasdiqlaydi;

    • Moliya yili mobaynida Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjet-lari, tumanlar va shaharlar byudjetlari parametrlariga o’zgartirishlar kiritish to’g’risidagi takliflarni ko’rib chiqadi;

    • Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari, tumanlar va shaharlar byudjetlarining tegishli davrdagi ijrosi to’g’risidagi hisobotlarni Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesiga, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar Kengashlariga tasdiqlash uchun taqdim etadi;

    • Davlat byudjetiga va davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlariga tushumlar to’liq va o’z vaqtida tushishi ustidan nazoratni tashkil etadi;

    • davlat byudjeti mablag’larining maqsadli sarfla-nishi ustidan nazoratni tashkil etadi;

    • Qoraqalpog’iston Respublikasi respublika byudjeti-ning, viloyatlar viloyat byudjetlarining va Toshkent shahri shahar byudjetining, tumanlar va shaharlar

byudjetlarining qo’shimcha manbalaridan foydalanish to’g’risida qarorlar qabul qiladi;

    • qonun hujjatlarida belgilanadigan alohida soliqlar bo’yicha belgilangan stavkalarga pasaytiruvchi va oshib boruvchi koeffitsientlarni kiritish to’g’risida hududlarning faoliyatni amalga oshirish joyining xususiyatlarini inobatga olgan holda qarorlar qabul qiladi.

    • Qoraqalpog’iston Respublikasi respublika byudjeti-ning, viloyatlar viloyat byudjetlari va Toshkent shahri shahar byudjetining, tumanlar va shaharlar byudjetlarining zaxira jamg’armalari mablag’laridan foydalanish to’g’risida qarorlar qabul qiladi.

    • Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokim-lari qonun hujjatlariga muvofiq davlat byudjeti sohasida boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.

O‘z navbatida, mamlakat davlat byudjeti tizimini boshqarishda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi muhim rol o’ynab, u bu sohada quyidagi vakolatlarga egadir75:

    • Davlat byudjeti hamda soliq va davlat byudjeti siyo-satining asosiy yo’nalishlari loyihalarini tayyor-laydi;

    • davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlari loyiha-larini ko’rib chiqadi;

    • O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga byud-jetnoma loyihasini ko’rib chiqish uchun taqdim etadi;

    • O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi va Davlat bojxona qo’mitasiga O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti daromadlari prognozini har chorakda etkazadi;

    • davlat byudjeti mablag’larini taqsimlovchilarga va davlat maqsadli jamg’armalarini taqsimlovchi organ-larga ular uchun nazarda tutilgan byudjetdan ajratiladigan mablag’lar hajmlarini etkazadi;

    • davlat byudjeti mablag’larini taqsimlovchilarning xarajatlar smetalari va jamlanma xarajatlar smetalari, shtat jadvallarini, shuningdek ularga kiritilgan o’zgartirishlarni ro’yxatdan o’tkazadi;

    • O‘zbekiston Respublikasi respublika byudjetining xara-jatlari yoyilmasiga moliya yili mobaynida o’zgarti-rishlar kiritadi;

    • O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Davlat byudjeti, O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjeti va davlat maqsadli

jamg’armalari byudjet-lari parametrlariga o’zgartirishlar kiritish bo’yicha takliflar taqdim etadi;

    • Moliya yili mobaynida Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining Qoraqalpog’iston Respublikasi byud-jeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjet-larining tasdiqlangan parametrlariga o’zgartirishlar kiritish to’g’risidagi takliflarini ko’rib chiqadi;

    • soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni ularning man-balari kesimida to’liq va o’z vaqtida tushishi ustidan monitoringni amalga oshiradi;

    • davlat byudjeti tizimi byudjetlarining mablag’laridan maqsadli foydalanilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;

    • Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining ijrosi to’g’risidagi hisobotlar, shuningdek davlat byudjeti tashkilotlari hamda davlat byudjeti mablag’lari oluvchilarning moliyaviy hisobotlari shakllarini va ularni taqdim etish tartibini tasdiqlaydi;

    • O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg’armalari byudjet-larining tegishli davrdagi ijrosi to’g’risida hisobot taqdim etadi;

    • byudjetdan tashqari maxsus hisobvaraqlarda zaxiralar tashkil etadi;

    • Davlat byudjetini ijro etish jarayonida unga tushum-larni ko’paytirish bo’yicha qo’shimcha zaxiralarni aniq-laydi;

    • davlat byudjeti tashkilotlari va davlat byudjeti mablag’lari oluvchilarning xarajatlarini maqbullashtirishni amalga oshiradi;

    • davlat byudjeti ssudalarini beradi;

    • davlat tomonidan mablag’lar jalb qilish bo’yicha O‘zbe-kiston Respublikasining shartnomalari va davlat kafolatlarini ro’yxatdan o’tkazadi;

    • davlat qarzining hisobini va monitoringini yuritadi;

    • davlat byudjeti tizimi byudjetlarining kassa ijrosini yuritadi;

    • davlat byudjeti tizimi byudjetlarining Yagona g’azna hisobvarag’idagi va boshqa bank hisobvaraqlaridagi mablag’larini boshqaradi;

    • davlat byudjeti tashkilotlari va davlat byudjeti mab-lag’lari oluvchilarning tovarlarni (ishlarni, xizmat-larni) etkazib beruvchilar bilan tuzilgan shartno- malarini ro’yxatdan o’tkazadi;

    • davlat byudjeti tizimi byudjetlarida mablag’lar nazarda tutilgan yuridik yoki jismoniy shaxslar nomidan va ularning topshirig’iga ko’ra to’lovlarni amalga oshiradi;

    • davlat byudjeti tizimi byudjetlari ijrosining davlat byudjeti hisobini yuritadi va davlat byudjeti hisobotini qabul qiladi;

    • davlat qarzi bo’yicha xizmat ko’rsatadi, O‘zbekiston Respublikasining davlat kafolatlarini bajaradi;

    • O‘zbekiston Respublikasiga kelayotgan insonparvarlik yordami hamda texnik ko’maklashish mablag’lari hisobini yuritadi;

    • davlat byudjeti tizimi byudjetlari daromadlari va xarajatlarining balansliligiga ta’sir ko’rsatuvchi normativ-huquqiy hujjatlarni moliyaviy hamda iqtisodiy ekspertizadan o’tkazadi;

    • o’z vakolatiga kiradigan masalalarga doir normativ-huquqiy hujjatlar qabul qiladi.

    • O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi qonun hujjatlariga muvofiq davlat byudjeti sohasida boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
    1. Davlat byudjeti tuzilmasi va tasnifi(klassifikatsiyasi)

Davlat byudjetini tashkil etish bilan bog’liq bo’lgan munosabatlar majmui (uning ichki bo’linmalari tarkibi va tuzilmasi, ulardan foydalanish sohalarining funk-tsional cheklanganligi, o’zaro bo’ysunuvchanligi, o’zaro aloqadorligi va ta’sirchanligi hamda huquqiy tomonlarini inobatga olgan holda) davlat byudjeti tuzilmasi deyiladi. Har bir mamlakatning davlat byudjeti tuzilmasi uning milliy- davlat yoki ma’muriy-hududiy tuzilishi bilan belgilanadi.


O‘zbekiston Respublikasining davlat byudjeti:

    • Respublika byudjetini;

    • Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjetini va mahalliy byudjetlarni o’z ichiga oladi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining davlat byudjeti tarkibida davlat maqsadli jamg’armalari ham jamlanadi.
O‘z navbatida, Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti Qoraqalpog’iston Respublikasining respublika byudjetini hamda shu respublikaga bo’ysunuvchi tumanlar va shaharlar byudjetlarini o’z ichiga oladi. Viloyatlar byudjeti esa viloyat byudjetidan, viloyatga bo’ysunuvchi tumanlar va shaharlar byudjetlaridan iboratdir. Shuningdek, tumanlarga bo’linadigan shaharlarning byudjeti shahar byudjetini va shahar tarkibiga kiruvchi tumanlar byudjetlarini o’z ichiga oladi. Va nihoyat, tumanga bo’ysunadigan shaharlari bo’lgan tumanning byudjeti tuman byudjetidan va tuman bo’ysu-nuvidagi shaharlar byudjetlaridan tarkib topadi.
Davlat byudjetining daromadlari va xarajatlari o’zlarining manbalari, ma’lum maqsadlarga mo’ljallan-ganligi va boshqa belgilariga ko’ra xilma-xildir. Bir vaqtning o’zida ular umumiy belgilarga ham ega. Butun mamlakat miqyosida
davlat byudjeti daromadlari va xarajatlarining to’g’ri rejalashtirilishi va hisobga olinishini ta’minlash uchun ular tasniflanadi (klassifikatsiya qilinadi).
Davlat byudjeti tuzilmasiga kiruvchi byudjetlar daromadlari va xarajatlari, shuningdek, uning taqchilligini moliyalashtirish manbalarini guruhlarga ajratishda yoki guruhlashda davlat byudjeti klassifikatsiyasi muhim rol o’ynaydi. Undan davlat byudjetini tuzish, ko’rib chiqish, qabul qilish va ijro etish maqsadida davlat byudjeti ma’lumotlarini yagona bir tizimga keltirish uchun foyda-laniladi va davlat byudjeti klassifikatsiyasi davlat byudjeti ma’lumotlari xalqaro tasnif tizimlarining aynan shunday ma’lumotlari bilan taqqoslanishini ta’minlaydi. Shu ma’noda, ma’lum bir tizimga keltirilgan va o’rnatilgan tartibda kod (shifr)lashtirilgan davlat byudjeti daromadlari va xarajatlarining bir xil belgilari bo’yicha ilmiy asoslangan iqtisodiy guruhlanishi davlat byudjeti tasnifi (klassifiktsiyasi) deyiladi.
Odatda, davlat byudjeti klassifikatsiyasining asosida daromadlar bo’yicha ularning manbalari, xarajatlar bo’yicha esa mablag’larning maqsadli sarflanish yo’nalishlari yotadi.
Davlat byudjeti klassifikatsiyasi o’zining keng yo’nalishi bilan ajralib turadi. Uning bo’linmalariga qat’iy rioya etgan holda davlat byudjeti rejalashtirilishi amalga oshiriladi, davlat byudjeti tashkilotlarining individual va umumiy hamda yig’ma tarmoq smetalari tuziladi, mahalliy, respublika va davlat byudjetining ishlab chiqilishi amalga oshiriladi.
Davlat byudjetiningmamlakat iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish rejalari, xo’jalik yurituvchi sub’yektlar va ularning yuqori tashkilotlarini moliyaviy rejalari bilan bog’liqligini ta’minlashda, bir turdagi davlat byudjeti tashkilotlarining xarajatlari va alohida ma’muriy-hududiy birliklarning byudjetlarini taqqoslashda, ij-timoiy-madaniy xarakterdagi u yoki bu ehtiyojlarning qondirilish darajasini aniqlashda davlat byudjeti klassi-fikatsiyasi muhim rol o’ynaydi.
Davlat byudjeti ijrosi jarayonida ham davlat byudjeti klassifikatsiyasi (tasnifi) alohida ahamiyatga ega. Tasdiq-langan davlat byudjeti va davlat byudjeti tashkilot-larining xarajatlar smetasida ko’zda tuzilgan tadbirlar-ning maqsadli moliyalashtirilishini ta’min-lashda u zaruriy shart hisoblanadi. Davlat byudjeti klassifi-katsiyasi (tasnifi) moliya organlarida, davlat byudjeti tash-kilotlarida va boshqa muassasalarda davlat byudjeti daromadlari va xarajatlarining sintetik va analitik hisobi yagonaligining asosini tashkil etadi. U O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjetining ijrosi to’g’risidagi hisobotni tayyorlash uchun ham zarurdir.
Davlat byudjeti tasnifi davlat byudjeti tizimi byudjetlarining daromadlari va xarajatlari, shuningdek Davlat byudjeti taqchilligini qoplash manbalarini guruh- lashdan iborat bo’lib, davlat byudjeti tizimi byudjet-larini shakllantirish, tuzish va
ijro etishni tizimlash-tirish uchun foydalaniladi. Davlat byudjeti tasnifi xalqaro tasnif tizimlariga muvofiq ishlab chiqiladi va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadi76.
Davlat byudjeti tasnifining asosiy prinsiplari to’liqlik, yagonalik va o’zaro muvofiqlikdan iboratdir77.
Davlat byudjeti tasnifining to’liqlik prinsipi dav-lat byudjeti jarayonining barcha ishtirokchilari qamrab olinishini nazarda tutadi.
Davlat byudjeti tasnifining yagonalik prinsipi dav-lat byudjeti jarayonining barcha ishtirokchilari tomonidan yagona davlat byudjeti tasnifi qo’llanilishini anglatadi.
Davlat byudjeti tasnifining o’zaro muvofiqligi prinsipi davlat byudjeti tasnifining kodlari bir vaqtning o’zida davlat byudjeti jarayonining turli xil operatsiyalarini hisobga olish uchun qo’llanilmasligini anglatadi.
Davlat byudjeti klassifikatsiyasi (tasnifi)da belgi-langan daromadlar va xarajatlarning iqtisodiy guruhlanishi byudjetni tuzish va ijro etish hamda uning resurslaridan foydalanishda moliya-davlat byudjeti intizomiga rioya etilishini nazorat qilishga imkon beradi.
Davlat byudjeti klassifikatsiyasi (tasnifi) tashkiliy ahamiyatga ham egadirki, bu uning bo’linmalariga muvofiq ravishda byudjetni tuzish va ijrosini ta’minlash borasida katta ishlarning amalga oshirilishi orqali namoyon bo’ladi. Bu yana shu narsa orqali ifodalanadiki, davlat byudjeti tasdiqlanganidan so’ng barcha xo’jalik yurituvchi sub’yektlar va ularning yuqori organlari davlat byudjeti daromadlari tushumining to’liqligini ta’minlashga va tasdiqlangan byudjetdagi klassifika- tsiyaning bo’linmalariga muvofiq ravishda xarajatlarni amalga oshirishga majburdirlar. Demak, davlat byudjeti klassifikatsiyasining tashkiliy ahamiyati byudjetni rejalashtirish va uning ijrosini ta’minlashga bir xilda tegishlidir.
Tasdiqlangan davlat byudjeti qonun kuchiga ega bo’lgan-ligi va uning ko’rsatkichlarini barcha xo’jalik yurituvchi sub’yektlar aniq va to’liq bajarishga majbur bo’lganligi uchun davlat byudjeti klassifikatsiyasi huquqiy ahamiyat ham kasb etadi.
Davlat byudjeti klassifikatsiyasi (tasnifi) o’z ichiga quyidagilarni oladi78:

    • davlat byudjeti tizimi byudjetlari daromadlarining tasnifini;

    • davlat byudjeti tizimi byudjetlari xarajatlarining tasnifini;

    • Davlat byudjeti defitsiti (taqchilligi)ni qoplash manbalari tasnifini o’z ichiga oladi.




76 O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 26-dekabrdagi “Byudjeti kodeksi”, 18-modda. O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami. 8.03.2020-y., 03/20/612/0326-son.
77 O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 26-dekabrdagi “Byudjeti kodeksi”, 20-modda. O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami. 8.03.2020-y., 03/20/612/0326-son.
78 O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 26-dekabrdagi “Byudjeti kodeksi”, 19-modda. O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami. 8.03.2020-y., 03/20/612/0326-son.
Davlat byudjeti tizimi byudjetlari daromadlarining tasnifi tuzilmasi quyidagilardan iborat79:

    • davlat byudjeti tizimi byudjetlari mablag’larining manbalari va darajalari tasnifi;

    • daromadlarning turlari;

    • tashkiliy tasnif;

    • hududiy tasnif.

Davlat byudjeti tizimi byudjetlari mablag’larining manbalari va darajalari tasnifi kelib tushayotgan daromadlarning tegishli mablag’lar manbalariga va ushbu byudjetlar darajalariga mansubligini aniqlash uchun qo’llaniladi. Daromadlarning turi bo’lim, paragraf va daromad tipidan iboratdir. Daromadlar bo’limi daromad-larni ularni olish manbalari bo’yicha kodlashdan iborat bo’ladi. Daromadlar paragrafi soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni, shuningdek soliq bo’lmagan to’lovlarni ularni undirish bazasi bo’yicha kodlashdan iborat bo’ladi. Daromad tipi davlat byudjeti tizimi byudjetlari daromadining aniq turidan iborat bo’ladi. Tashkiliy tasnif kelib tushayotgan daromadlarning ana shu daromadlarni ma’muriy jihatdan idora qiluvchi tegishli organga mansubligini identifikatsiyalash maqsadida qo’llaniladi. Hududiy tasnif kelib tushayotgan daromadlarning ushbu daromadlar shakllantirilayotgan yoxud o’tkazib berilayotgan tegishli ma’muriy-hududiy birlikka mansubligini identi- fikatsiyalash maqsadida qo’llaniladi.
Davlat byudjeti tizimi byudjetlari xarajatlarining tasnifi davlat byudjeti tizimi byudjetlari xarajatlarini kodlashdan iborat bo’ladi va ularning yo’nalishini aks ettiradi. Davlat byudjeti tizimi byudjetlari xarajatlari tasnifining tuzilmasi quyidagilardan iborat80:

    • davlat byudjeti tizimi byudjetlari mablag’larining manbalari va darajalari tasnifi;

    • vazifa jihatidan tasnif;

    • tashkiliy tasnif;

    • iqtisodiy tasnif;

    • hududiy tasnif.

Davlat byudjeti tizimi byudjetlari mablag’larining manbalari va darajalari tasnifi amalga oshirilayotgan xarajatlarning tegishli mablag’lar manbalari va byudjetlar darajalariga mansubligini aniqlash uchun qo’llaniladi. Xarajatlarning vazifa jihatidan tasnifi davlat funksiyalarini bajarish uchun mablag’lar yo’nalishini aks ettiruvchi xarajatlarni guruhlashdir. Xarajatlarning tashkiliy



79 O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 26-dekabrdagi “Byudjeti kodeksi”, 21-modda. O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami. 8.03.2020-y., 03/20/612/0326-son.
80 O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 26-dekabrdagi “Byudjeti kodeksi”, 22-modda. O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami. 8.03.2020-y., 03/20/612/0326-son.
tasnifi davlat byudjeti tizimi byudjetlarining mablag’larini taqsimlovchilar bo’yicha kodlashdan iborat bo’ladi. Xarajatlarning iqtisodiy tasnifi xarajatlarni iqtisodiy yo’nalishiga ko’ra kodlashdan iborat bo’ladi. Hududiy tasnif davlat byudjeti tashkilotlarining va davlat byudjeti mablag’lari oluvchilarning tegishli ma’muriy-hududiy birlikka mansubligini aniqlash maqsadida qo’llaniladi.
Davlat byudjeti tizimi byudjetlarining iqtisodiy belgilar bo’yicha xarajatlari quyidagi xarajatlar guruhlarini o’z ichiga oladi:
birinchi guruh — ish haqi, pensiyalar, nafaqalar, stipendiyalar, kompensatsiya to’lovlari va kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam;
ikkinchi guruh — ijtimoiy ehtiyojlarga ajratmalar;
uchinchi guruh — kapital qo’yilmalar (rivojlanish davlat dasturlarida nazarda tutilgan aniq yo’naltirilgan ro’yxatlarga muvofiq);
to’rtinchi guruh — boshqa xarajatlar.
Xarajatlar guruhlari bo’yicha aniq moddalar davlat byudjeti tasnifiga muvofiq belgilanadi.
Davlat byudjeti defitsiti (taqchilligi)ni moliyalashtirish manbalari klassifikatsiyasi (tasnifi) defitsiti (taqchilligi) ni moliyalashtirishning ichki va tashqi manbalari bo’yicha guruhlashdan iborat bo’ladi.
  1. MAVZU: DAVLATNING MAQSADLI JAMG’ARMALARI


Download 6,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish