“moliya” fanidan O’quv-uslubiy majmua



Download 6,94 Mb.
bet54/195
Sana31.01.2023
Hajmi6,94 Mb.
#906037
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   195
Bog'liq
“moliya” fanidan O’quv-uslubiy majmua

Tayanch so’z va iboralar: markaziy banklar, ixtisoslashgan moliyaviy vositachilar, mintaqaviy va butundunyoviy moliyaviy tashkilotlar, davlat byudjeti, davlat byudjeti daromadlari, davlat byudjeti xarajatlari, davlat byudjeti defitsiti, taqsimlash, nazorat, aktuar hisob-kitoblar, amortizatsiya fondi, amortizatsiya fondi, asosiy fondlarni realizatsiya qilishdan olingan foyda, aholiga transfertlar, byudjetnoma, balans foyda, byudjet jarayoni, byudjet dotatsiyasi, byudjetdan mablag’ ajratish, byudjet profitsiti, byudjet ssudasi, byudjet subvensiyasi, byudjet so’rovi, byudjet klassifikatsiyasi, byudjet tuzilmasi, byudjet tizimi, byudjet tizimining asosiy prinsiplari, byudjet transferti, biriktirilgan daromadlar, valyuta kursi, grant, davlat byudjeti mablag’larini byudjetlar o’rtasida qayta taqsimlash, davlat boji, davlat qarzi, davlat maqsadli fondlari, dividendlar, dotatsiya, investitsiyalar, mahalliy byudjet, mahalliy moliya, maqsadli xorijiy kredit, moddiy xarajatlar, pensiya, respublika byudjeti, soliq tushumlari, soliq nazorati, sug’urta, sug’urta shartnomasi, sug’urta mukofoti, sug’urta bozori, sotsial ta’minot, to’g’ri (bevosita) soliqlar, to’lov balansi, xorijiy davlatlarning hukumatlari, banklari va firmalariga bog’langan kreditlar, davlat krediti, byudjetlar aro munosabatlar, xalqaro moliya, devalivatsiya, egri (bilvosita) soliqlar, qayta sug’urtalash
15-MAVZU: MOLIYAVIY MUASSASALAR REJA:

  1. Markaziy banklar.
  2. Ixtisoslashgan moliyaviy vositachilar.

  3. Mintaqaviy va butundunyoviy moliyaviy tashkilotlar.
    1. Markaziy banklar

Markaziy bank - mamlakatning pul belgilarini emissiya qilish (pul bosib chiqarish) va tijorat banklari faoliyatini nazorat qilish huquqi berilgan bosh davlat banki. Markaziy bank "banklarning banki" boʻlib, pul muomalasini tartibga solishda va byudjetni boshqarishda davlatga va hukumatga yordam beradigan organ hisoblanadi. Pul emissiyasini amalga oshirish, davlatning oltin-valyuta zaxiralarini saqlash, bank tizimini kreditlash, hukumat va tijorat banklarining hisoblarini olib borish, pul muomalasini tartibga solish, kredit muassasalarini nazorat qilish Markaziy bankning asosiy vazifasiga kiradi. Buyuk Britaniyada Angliya banki, AQSh Federal zaxira banki, Germaniyada Bundesbank, Yaponiya banki jahondagi eng yirik markaziy banklar qatorida turadi.
Markaziy banklar – bu asosiy funksiyasi moliyaviy bozorning ma’lum parametrlariga, masalan, muomaladagi pul miqdoriga ta’sir etish orqali davlat siyosati vazifalarini amalga oshirishga ko‘maklashishdan iborat bo‘lgan moliyaviy vositachilardir. Markaziy banklar faoliyati ba’zi davlatlarda davlat ijroiya organlarining bevosita nazorati ostida bo‘lsa, boshqa davlatlarda ular ma’lum darajada avtonomlik (mustaqillik)ka egadirlar67.
Bank ma’lum bir davlatning markaziy banki ekanligini ko‘pincha uning nomiga qarab bilib olish mumkin: Bank of England, Bank of Japan, Bank Rossii va hokazo. Biroq, masalan, markaziy bank AQShda Federal Reserve System (Federal zahira tizimi), Germaniyada esa Bundesbank deb ataladi.
Markaziy bank odatda davlat to‘lov tizimining yuragi hisoblanadi. U davlatni milliy valyuta bilan ta’minlaydi va banklararo hisob-kitoblar tizimi uning boshqaruvida bo‘ladi. To‘lov tizimi samarali bo‘lishi uchun inflyatsiya darajasi kamida o‘rtacha bo‘lishi va buni markaziy banklar o‘zlarining asosiy vazifasi deb ko‘rishlari shart.
Biroq, ko‘p davlatlarda ulardan aholining to‘liq bandligini hamda davlat iqtisodiy o‘sishini ta’minlash kabi maqsadlarga erishishga yo‘naltirilgan harakatlarni kutishadi. Bunday davlatlarda markaziy banklarga ko‘pincha bir-biri bilan nizoli maqsadlarni balansga keltirish: narxlar barqarorligini va aholining to‘liq bandligini ta’minlash yuzasidan barcha choralarni ko‘rishiga to‘g‘ri keladi.
Mamlakatimizda Markaziy bankning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:

  • narxlari barqarorligi;

  • bank tizimining barqarorligi va rivojlanishi;

  • to‘lov tizimining barqarorligi va rivojlanishi.

Belgilanishicha, foyda olish Markaziy bankning asosiy maqsadi emas. Bundan tashqari, Markaziy bankning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  • pul-kredit siyosati va valyuta siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish;

  • valyutani tartibga solish va valyutani nazorat qilishni tashkil etish va amalga oshirish;

  • bank tizimining barqarorligini ta'minlash, mikrokredit tashkilotlari va lombardlar faoliyatiga ko‘maklashish;

  • O‘zbekiston Respublikasida to‘lov tizimlarining faoliyatini muvofiqlashtirish va ta'minlash;






67AQSh Markaziy banki (Federal Reserve System – Federal zahira tizimi) davlatga nisbatan yuqori darajadagi mustaqillikka ega. Uning tarkibiga 7 a’zodan iborat bo‘lgan va Kolumbiya shtatidagi Vashington shahrida joylashgan boshqaruvchilar kengashidan tarkib topgan 12ta mintaqaviy bank kiradi. Biroq, shuni ham qayd etish joizki, boshqaruvchilar kengashining barcha 7 a’zolari AQSh Prezidenti tomonidan tayinlanadi va mamlakatning Senati tomonidan tasdiqlanadi.

  • banklar, bank xoldinglari, mikrokredit tashkilotlari, lombardlar, valyuta birjasi va kredit byurolari faoliyatini litsenziyalash va tartibga solish; banklar, bank xoldinglari, mikrokredit tashkilotlari, lombardlar va kredit byurolarini nazorat qilish;

  • bank xizmatlari iste'molchilari huquqlarini himoya qilishni ta'minlash, aholi va tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy savodxonligini oshirish;

  • bank, pul-kredit statistikasi shakllantirish va e'lon qilish;

  • tashqi sektor statistikasi, shu jumladan to‘lov balansi, xalqaro investitsiya pozitsiyasi, O‘zbekiston Respublikasining tashqi qarzlari, zaxiraviy aktivlari va valyuta kurslarini shakllantirish va e'lon qilish;

  • O‘zbekiston Respublikasining xalqaro zaxiralarini boshqarish, hisobga olish va saqlash.

Markaziy bank quyidagi huquqlarga ega emas:

  • moliyaviy yordam ko‘rsatish bilan shug‘ullanish;

  • tijorat faoliyati bilan shug‘ullanish;

  • uchinchi shaxslarga, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi hukumatining majburiyatlari bo‘yicha kafolatlar berish;

  • banklar va boshqa yuridik shaxslarning kapitalida ishtirok etish, bunda valyuta birjasi kapitallaridagi ishtirok etish istisnodir.

Markaziy bank O‘zbekiston Respublikasi prezidentiga va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga hisobot beradi.
Oliy Majlis Senati O‘zbekiston Respublikasi prezidentining taqdimnomasiga binoan Markaziy bank raisini lavozimga tayinlaydi va lavozimidan ozod qiladi; yillik hisobotni, shuningdek auditor xulosasini ko‘rib chiqadi.
Markaziy bank o‘z vakolatlari doirasida qarorlarni qabul qilishda mustaqildir.
Davlat Markaziy bankning va Markaziy bankning davlatning majburiyatlari bo‘yicha, agar ular o‘zlari bunday majburiyatlarni o‘z zimmalariga olgan bo‘lmasa yoki qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, javobgar emas.
Markaziy bankning auditi har yili mustaqil nazorat tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi.
Modomiki, davlat qonun yaratuvchi va ularning bajarilishini nazorat qiluvchi organ hisoblanar ekan, u moliyaviy tizimni tartibga solish bo‘yicha to‘liq javobgardir. Dunyoning eng taraqqiy etgan mamlakatlaridan biri bo‘lgan AQShda ham, boshqa davlatlarda ham moliyaviy tizimni tartibga solish bo‘yicha ba’zi masalalarni bajarish ma’lum bir moliyaviy sektor qatnashchilari assotsiatsiyasi
yoki fond birjalariga o‘xshash xususiy sektor muassasalarining vakolatiga o‘tkaziladi.
Jumladan, AQShda qimmatli qog‘ozlar va birjalar bo‘yicha Komissiya (SEC

  • Securities Exchange Commission) tashkil etilgan. Xuddi shunday Komissiya, xususan, O‘zbekistonda ham mavjud. Uning asosiy vazifasi har bir yangi qimmatli qog‘ozlarni ommaviy chiqarishda firmalar tomonidan taqdim etilishi lozim bo‘lgan ular faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumot hajmiga bo‘lgan aniq talablarni ishlab chiqishdan iborat. Boshqa davlatlarda ham shu kabi tartibga soluvchi organlar mavjud.

Biroq, davlat moliyaviy tizimni tartibga soluvchi organ rolini o‘ynagani bilan bir qatorda, u mazkur tizimdan o‘z siyosatining boshqa maqsadlariga erishish uchun foydalanadi. Misol tariqasida hukumatning pul-kredit siyosatini iqtisodiy o‘sish yoki bandlik sohasidagi turli umummilliy vazifalarning bajarilishi uchun foydalanishini keltirish mumkin. Keyingi o‘rinlarda biz u yoki bu moliyaviy tizim sohasini tartibga soluvchi yoxud boshqa iqtisodiy maqsadlarga yetishish uchun ushbu tizimni asosiy instrument (vosita) tariqasida ishlatadigan ba’zi davlat tashkilotlari to‘g‘risida so‘z yuritamiz.
    1. Ixtisoslashgan moliyaviy vositachilar

Bu guruh tashkilotlar iqtisodiy faoliyatning o‘ziga xos turlarini rag‘batlantirish maqsadida tuzilgan korxonalarni o‘z ichiga oladi. Ushbu korxonalar faoliyati moliyalashtirish jarayonini yengillashtiradi yoki ular muayyan guruhdagi mijozlarga har xil turdagi qarzga oid instrument (vosita)larni taqdim etadilar. Bunga misol tariqasida fermerlar, talabalar, kichik korxonalar, yangi uylarni sotib oluvchilar va boshqalarga qarz beruvchi yoki qarzni kafolatlovchi davlat agentliklarini ko‘rsatish mumkin.
Davlat tashkilotlarining boshqa guruhi bank omonatlarining sug‘urtasi uchun tashkil etilgan agentliklar sifatida namoyon bo‘ladi. Ularning asosiy funksiyasi moliyaviy tizimning barcha qismida yoxud uning qaysidir bir qismida iqtisodiy inqirozlarning oldini olish orqali iqtisodiy barqarorlikka ko‘maklashishdan iborat.
Bu rejada eng yomon ssenariy bank sarosimasi hisoblanadi. Omonat-chilar, agar pullarining ishonchli joyda turganligi va istagan paytda ularni qaytarib olishlariga ishonishsa, o‘z omonatlarini banklarda saqlashga rozi bo‘ladilar. Shu bilan birga, banklarda nolikvid va riskli aktivlar mavjudligi va bu aktivlar bankning omonatchilar oldidagi majburiyatlarini ta’minlash uchun xizmat qilishi ham ularga ma’lum. Agar omonatchilar qaysidir paytda o‘z omonatlarini to‘liq miqdorda qaytarib olishlariga ishonishmasa, ular sarosimaga tushib, bankka qarab
yugurishadi va birinchi bo‘lib navbatga turishga va imkon qadar tezroq o‘z pullarini qaytarib olishga urinishadi.
Bu kabi holat bankni o‘z riskli aktivlarining bir qismini pulga sotishga majbur qiladi. Agar omonatlarni ta’minlovchi aktivlar nolikvid bo‘lsa, ularni tezroq sotish zaruriyati bankka bu aktivlarni o‘z narxidan past narxlarda sotishga to‘g‘ri kelishini bildiradi. Agar qaysidir bankda omonatchilar bilan hisob-kitob qilish uchun mablag‘ yetishmasa, “yuqtirish riski” paydo bo‘ladi va yuqorida keltirilgan holat boshqa muassasalarda ham takrorlanishi mumkin. Biroq “yuqtirish” muammosi “naqdga yopishish” deb ataladigan holatda, ya’ni odamlar hech bir bankda omonatlarini qoldirmasdan, ularni naqd pul ko‘rinishida ushlab turishga harakat qilishgan taqdirda umumiy moliyaviy tizimga xavf solishi mumkin.
    1. Mintaqaviy va butundunyoviy moliyaviy tashkilotlar

Xalqaro valyuta-kredit va moliya munosabatlarining institutsional tuzilishi o‘ziga ko‘plab xalqaro tashkilotlarni qamrab oladi. Ulardan ba’zilari ko‘pgina vakolatlarga hamda yuqori miqdordagi moliyaviy resurslarga ega bo‘lgan holda xalqaro valyuta-kredit va moliya munosabatlarini tartibga solishni amalga oshiradi. Boshqalari esa, hukumatlararo muhokama etish uchun forumlar tashkil etish hamda valyutakredit va moliya siyosati bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi. Xalqaro moliya tashkilotlari o‘zida jahon iqtisodiyoti barqarorligini ta’minlash uchun moliya va valyuta-kredit munosabatlarini tartibga solish maqsadlarida davlatlararo kelishuv asosida tashkil etilgan xalqaro tashkilotlarni ifodalaydi. Xalqaro moliya tashkilotlarining yuzaga kelishiga asosan jahon xo‘jaligida globallashuv jarayonlarining rivojlanishi hamda xalqaro moliya bozorlaridagi va jahon valyuta tizimidagi beqarorlikning kuchayishi sabab bo‘ldi. Ular asosan ikkinchi jahon urushidan keyin tashkil topgan va hozirgi vaqtda mamlakatlarning valyuta-kredit va moliya munosabatlari sohasidagi xamkorligini rivojlantirishda hamda ushbu munosabatlarni davlatlararo darajada tartibga solishda muhim rol o‘ynaydi. Xalqaro moliya tashkilotlari vujudga kelishining birinchi bosqichi birinchi va ikkinchi jahon urushlari orasidagi davrga to‘g‘ri keladi. Xalqaro moliya tashkilotlari vujudga kelishining ikkinchi bosqichi hamda ular faoliyatining kuchayish jarayoni ikkinchi jahon urushidan so‘ng mustamlakachilik tizimining parchalanishi va 1970 yillardagi iqtisodiy o‘zgarishlar bilan bog‘liqdir. Shu bilan birgalikda 1980-yillarning boshlarida xalqaro moliya tashkilotlari faoliyatida uchinchi bosqichning boshlanganligini qayd etishimiz mumkin. Chunki bu davrda jahon iqtisodiyotida globallashuvning kuchayishi hamda integratsion jarayonlarning jadallashuvi kabilarni ko‘rsatish mumkin. Dunyodagi bir qator davlatlarning hukumat organlari zamonaviy
xalqaro iqtisodiy munosabatlardagi muammolarni birgalikda hal etishga ehtiyoj sezdilar va buning natijasida xalqaro tashkilotlarga bo‘lgan talab yanada ortib bordi. Xalqaro moliya tashkilotlariga Xalqaro Valyuta fondi, Jahon banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Xalqaro hisob-kitoblar banki, Osiyo, Amerika, Afrika mintaqaviy rivojlanish banklari va boshqalar kiradi. Xalqaro moliya tashkilotlarining faoliyati jahon xo‘jaligining barqarorligiga erishishga hamda valyuta-moliya sohasidagi munosabatlarning uzluksizligini ta’minlashga yordam beradi. Eng avvalo, bunga bo‘lgan zaruriyat davlatlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqalar ko‘lamining ortib borishi shuningdek, ularning o‘zgaruvchan xususiyatga ega ekanligi bilan izohlanadi. Shuningdek ular mamlakatlar va davlatlar o‘rtasida hamkorlikni tashkil etish uchun forum sifatida xizmat qilishga ham yo‘naltirilgan. Bundan tashqari, jahon xo‘jaligining muhim muammolari bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish va rivojlanish tendensiyalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni umumlashtirish, tahlil etish hamda o‘rganish sohasida xalqaro valyuta-moliya tashkilotlarning ahamiyati ortib bormoqda.
Xalqaro moliya tashkilotlarining vujudga kelishiga va faoliyatining rivojlanishiga quyidagi omillar ta’sir ko‘rsatgan:
-xo‘jalik hayoti baynalmilallashuvining kuchayishi, shuningdek, milliy chegaralardan tashqariga chiquvchi transmilliy korxonalar va transmilliy banklarning tashkil topishi;
-jahon xo‘jaligida moliyaviy munosabatlarni xalqaro tartibga solishga bo‘lgan ehtiyojning kuchayishi;
-jahon valyuta tizimi, xalqaro valyuta-kredit, qimmatbaho qog‘ozlar va oltin bozorlaridagi yuzaga keladigan muammolarni hamkorlikda hal qilish zaruriyatining ortib borishi.
Xalqaro valyuta-kredit va moliya tashkilotlari tomonidan bajariladigan asosiy funksiyalarga quyidagilar kiradi:


  1. Download 6,94 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish