“moliya” fanidan O’quv-uslubiy majmua



Download 6,94 Mb.
bet13/195
Sana31.01.2023
Hajmi6,94 Mb.
#906037
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   195
Bog'liq
“moliya” fanidan O’quv-uslubiy majmua

Uy xo‘jaliklari qabul qiladigan moliyaviy qarorlar.
  • Firmalar qabul qiladigan moliyaviy qarorlar.

    1. Uy xo‘jaliklari qabul qiladigan moliyaviy qarorlar

    Odatda, tarkibi va hajmi (o‘lchami) turlicha bo‘lgan oilalar uy xo‘jaliklari deb ataladi. Bunda qutbning bir tomonida (bir tarafida) bir necha avlod vakillaridan tashkil topgan, bir uyda yashaydigan va ma’lum iqtisodiy resurslarga birgalikda egalik qiladigan katta oilalar tursa, qutbning ikkinchi tomonida (qarama-qarshi tarafida) bir o‘zi yashaydigan va an’anaviy oila tushunchasiga mos kelmaydigan yakka inson turadi. Ammo “Moliya”da bunday oila ham uy xo‘jaligi hisoblanadi.
    Shunday qilib, uy xo‘jaliklari tomonidan qabul qilinadigan moliyaviy qarorlarni chizmada quyidagicha aks ettirish mumkin:



    3-rasm. Uy xo‘jaliklari tomonidan qabul qilinadigan moliyaviy

    qarorlar
    Amaliyotda uy xo‘jaliklari tomonidan, odatda, to‘rt xil moliyaviy qarorlar qabul qilinishiga to‘g‘ri keladi. Ularni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:

    1. Pul mablag‘larini iste’mol qilish va jamg‘arish to‘g‘risidagi qarorlar. Oila boyligining qaysi qismini iste’molchilik ehtiyojlariga sarflash mumkin? Joriy daromadning qaysi qismini kelajakda sarflash uchun saqlab qo‘yish va jamg‘arib borish kerak?

    2. Investitsiyalar bilan bog‘liq bo‘lgan (investitsion) qarorlar. Mavjud jamg‘armalarni qaysi (qanday) aktivlarga yo‘naltirish (joylash-tirish) kerak?

    3. Moliyalashtirish to‘g‘risidagi qarorlar. Uy xo‘jaligi o‘z iste’molchilik va investitsion rejalarini amalga oshirish uchun qachon va qay tarzda qarz olingan mablag‘dan foydalanishi kerak?

    4. Riskni boshqarish (riskiy boshqaruv) bilan bog‘liq qarorlar. Uy xo‘jaliklari qanday qilib va qanday shartlarda moliyaviy vaziyat mavhumligi

    (noaniqligi) darajasini kamaytirishlari kerak va yo‘l qo‘yiladigan risk darajasini qachon oshirishlari zarur?
    Uy xo‘jaliklari o‘z daromadlarining ma’lum qismini kelajakda sarflash uchun jamg‘arib qo‘yishlari natijasida ular umumiy boylik jamg‘armasini to‘plab qo‘yadilar. Va ular turli shakllarda saqlanishi mumkin. Kimdir pullarni bankdagi hisob raqamlarida saqlashni afzal ko‘rsa, kimdir ko‘chmas mulkka yoki biror biznesga tikadi. Bu mablag‘larning umumiy nomi bor. Ular aktivlar nomini olgan. Iqtisodiy qiymatga ega bo‘lgan barcha narsalar aktivlar deyiladi.
    Uy xo‘jaliklarining o‘zlari to‘plagan mablag‘larni sarflash borasida qaror qabul qilish jarayoni xususiy investitsiyalash yoki pul mablag‘larini turli aktivlar turlari o‘rtasida taqsimlash deb ataladi.
    Xususiy uy sotib olish bilan bir qatorda odamlar ko‘pincha o‘z mablag‘larini moliyaviy aktivlarga, masalan aksiya yoki obligatsiyalarga tikadilar. Agar odam pul qarz olsa, u o‘zida yuzaga kelgan qarz majburiyati (liability) bilan bog‘liq ma’lum javobgarlikni o‘z zimmasiga oladi. Boshqacha qilib aytganda, unda qarz paydo bo‘ladi. Uy xo‘jaligi boyligi yoki mulkining toza (sof) bahosi (qiymati) uning mulki bahosidan uning qarz majburiyatlari summasini ayirish orqali aniqlanadi.
    Masalan, faraz qilaylik, Siz 100 mln.so‘m turadigan uy egasisiz va bankdagi hisob raqamingizda 20 mln.so‘mingiz bor. Bundan tashqari, Siz bankka 80 mln. so‘m qarzsiz. Bu summani Siz uy sotib olayotganda bankdan ko‘chmas mulkni garovga qo‘yish evaziga olgansiz (majburiyat), va 5 mln. so‘m miqdorida kredit kartochkasi bo‘yicha to‘lanmagan xarajatlaringiz bor. Hisob-kitoblar shuni ko‘rsatadiki, uy xo‘jaligingizdagi mulkning haqiqiy bahosi 35 mln. so‘mni tashkil etadi: jami aktivlardan (120 mln. so‘m) qarz majburiyatlari summasi (85 mln. so‘m) ayirib tashlanadi. Oxir hisobda (pirovardida) jamiyatning har qanday resurlari uy xo‘jaliklariga tegishli. Chunki aynan ular firma egalaridir (yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri, yoki aksiyalarga, hayotni sug‘urtalash bo‘yicha polislarga egalik qilish yoki pensiya rejalarida ishtirok etish orqali) va soliq to‘laydilar. Bu soliqlar esa, davlat tomonidan sarflanadi.
    Odamlarning ehtiyoji moliya nazariyasida mavjud narsa sifatida talqin etiladi. Bu ehtiyojlar vaqt o‘tib o‘zgarishi mumkin. Lekin buning qanday qilib va nima uchun yuz berishi mazkur nazariya chegaralaridan tashqariga chiqadi. Unga ko‘ra, odamlarning hatti-harakatini o‘z ehtiyoj-larini qondirishga intilishlari bilan tushuntirish mumkin bo‘lsa, firmalar, davlat korxonalari va tashkilotlari faoliyatini shu faoliyat odamlarning farovonligiga qanday qilib ta’sir qilishi nuqtai nazaridan baholanadi.
    2. Firmalar qabul qiladigan moliyaviy qarorlar

    Asosiy vazifasi tovar ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishdan iborat bo‘lgan
    iqtisodiy faoliyat subyekti (boshqacha qilib aytganda, iqtisodiyot subyekti) firma deb ataladi. Xuddi uy xo‘jaliklari kabi firmalar ham turli shakl va hajm (o‘lcham)da bo‘ladi. Bunda, bir taraf (qutb)da bitta odamga tegishli yoki oilaviy biznes hisoblangan ustaxonalar, do‘konlar va restoranlar tursa, ikkinchi taraf (qutb)da – yuzlab, ba’zida Mitsubishi yoki General Motors, Gazprom, Rosneft, “O‘zbekneftegaz” kabi minglab odamlar ishlaydigan, aksiyador sherik egalari ko‘p korxonalar turadi. Firmalar darajasida moliyaviy qarorlar qabul qilish masalalari bilan shug‘ullanadigan moliya sohasi korxonalar moliyasi yoki korporativ moliya deb ataladi.

    Kapital

    Moliyaviy kapital

    Jismoniy kapital
    Tovar ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish uchun har qanday firma, hajmi (o‘lchami)dan qat’iy nazar kapital25ga ega bo‘lishi kerak. Bino, inshoot, mashina uskunalari va ishlab chiqarish jarayonida ishlatiladigan boshqa zarur resurslar firmaning jismoniy kapitali hisoblanadi. Firmalarga jismoniy kapitalni sotib olishni moliyalashtirish imkonini beruvchi aksiyalar, obligatsiyalar va kreditlar moliyaviy kapital deyiladi. Bularni chizmali ko‘rinishda quyidagicha aks ettirsa bo‘ladi:







    Bino, inshoot, mashina uskunalari va ishlab chiqarish jarayonida ishlatiladigan boshqa zarur resurslar

    Jismoniy kapitalni sotib olishni moliyalashtirish imkonini beruvchi aksiyalar, obligatsiyalar, kreditlar
    4-rasm. Kapitalning eng umumiy tarkibiy tuzilmasi

    Birinchi gal (navbat)da har qanday firma aynan qanday biznes bilan shug‘ullanishini belgilab olishi kerak va bu jarayon strategik rejalashtirish deb ataladi. Strategik rejalashtirish vaqt omilini inobatga olgan holda xarajat va daromadni baholash bilan bog‘liq ekan, ko‘p jihatdan, uni moliyaviy qarorga kiritish mumkin.
    Ko‘pincha, firma o‘zining mahsulot liniyasi (yo‘nalishi)dan kelib chiqqan holda asosiy yo‘nalishga ega bo‘ladi va shu bilan bir qatorda birinchisi bilan o‘zaro bog‘liq boshqa faoliyat bilan ham shug‘ullanadi. Masalan, kompyuter ishlab chiqaradigan firma o‘z faoliyatining ma’lum bosqichida kompyuterlarga





    25 Ona tilimizga “kapital” so‘zi nemischa “kapital” va lotincha “capitalis” so‘zlaridan kirib kelgan bo‘lib, so‘zma-so‘z “bosh”, yoki “asosiy” deb tarjima qilinsa-da, iqtisodiy nuqtai-nazardan, eng oddiy tarzda, quyidagi ma’nolarda ishlatilishi mumkin: a) o‘zini o‘zi ko‘paytirish uchun foydalaniladigan, o‘z egasiga foyda, daromad keltiradigan boylik (qimmatli qog‘ozlar, pul mablag‘lari, moddiy mol-mulk va sh.k); b) katta mablag‘, ko‘p pul, boylik; v) kimgadir katta boylik, qadriyat hisoblangan, muhim ahamiyatga ega bo‘lgan, ahamiyatga molik narsa. Qarang: o‘sha manba. J.II. –B. 316.,
    xizmat ko‘rsatish faoliyati bilan ham shug‘ullanishga ahd qilishi mumkin.
    Vaqt o‘tishi bilan korxonaning strategik maqsadlari o‘zgarishi, o‘zgarganda ham keskin o‘zgarishi mumkin. Ba’zi korxonalar bir vaqtning o‘zida biznesning bir-biri bilan mutlaqo bog‘liq bo‘lmagan sohalarida ishlashi uchrab turadigan hol. Bundan tashqari, shunaqasi ham bo‘ladiki, firma o‘zining dastlabki faoliyati bilan umuman shug‘ullanmay qo‘yadi, natijada firmaning nomi uning bugungi vazifalari va maqsadlariga mutlaqo mos kelmay qoladi.
    Masalan, ITT Corporation (International Telephone and Telegraph) korxonasini eslaylik. Korxona 1920 yilda telefon va telegraf xizmatlarini va tegishli asbob-uskunalarni taklif etuvchi korxona sifatida tashkil etilgan. XX asrning 70-yillarida ITT ulkan ko‘p millatli konglomerat26ga aylandi. Asosiy faoliyatidan tashqari firmaning faoliyat doirasiga sug‘urta, harbiy kiyim-bosh tikish, non mahsulotlari, yog‘och-taxta, bog‘dorchilik mahsulotlari ishlab chiqarish, shuningdek tog‘-kon ishi va avtomobillarni ijaraga berish kirar edi. O‘tgan asrning 80-yillari davomida korxona shu faoliyat turlarining ko‘pchiligi bilan shug‘ullanmay qo‘ydi va butun diqqat-e’tiborini mehmonxona va qimor biznesiga qaratdi. 1996-yilga kelib esa, korxona umuman telefon va telegraf uskunalari ishlab chiqarmay qo‘ydi va telekommunikatsiya xizmatlari ko‘rsatishni to‘xtatdi.
    Firma qanday faoliyat turi bilan shug‘ullanishini uzil-kesil belgi (aniq)lab olgach, korxona menejerlari fabrika, mashina uskunalari, tad-qiqot o‘tkaziladigan laboratoriyalar, ko‘rgazma zallari, ulgurji omborxona-lar va boshqa uzoq muddatli aktivlar qurish va sotib olish rejasini ishlab chiqishlari hamda buning barchasini boshqaradigan xodimlarni o‘qitish loyihasini tayyorlashlari kerak bo‘ladi. Bu jarayon investitsiyalarni deb ataladi.
    Bunday tahlil birligi investitsion loyiha hisoblanadi. Investitsiyalarni rejalashtirish har bir yangi investitsion loyiha uchun asosiy niyat (maqsad)larni belgilash, ularga baho berish, eng manfaatli niyat (maqsad)ni tanlash va ularni amalga oshirish usullarini ishlab chiqishdan iborat.
    Firma aynan qanday loyihalarni amalga oshirishini belgilab olgandan so‘ng shu loyihalar qay tarzda moliyalashtirilishini aniqlashi kerak. Investitsiyalarni rejalashtirish bilan bog‘liq qarorlardan farqli o‘laroq kapital tuzilmasiga taalluqli qarorlarni qabul qilayotganda tahlil birligi alohida investitsion loyiha emas, balki firmaning butun o‘zidir. Kapital tuzilmasini aniqlash jarayoni firma faoliyatining amaliy moliyaviy rejasini ishlab chiqishdan boshlanadi, shundan keyin moliyalashtirishning optimal tuzilmasini ishlab chiqishga kirishish mumkin.





    26“Konglomerant” lotincha “conglomeratus” so‘zidan olingan bo‘lib, so‘zma-so‘z “to‘dalangan, yig‘ilgan, to‘plangan” deb tarjima qilinib, jumladan, “turli-tuman jins, predmet va qismlarning tasodifiy mexanik ko‘shilmasidan iborat narsa; qurama” ma’nolarida ishlatiladi. Qarang: o‘sha manba. J.II. –B. 398.
    Firmalar turli-tuman moliyaviy instrumentlarni muomalaga chiqa-rishi mumkin. Bu tashkillashtirilgan bozorlarda savdo (sotuv)ga chiqari-ladigan standartlashtirilgan qimmatli qog‘ozlar – oddiy va imtiyozli aksiyalar, obligatsiyalar va konvertatsiya qilinadigan qimmatli qog‘ozlar bo‘lishi mumkin. Shuningdek, korxonaga qo‘yilgan bozordan tashqari (nobozoriy) moliyaviy talablar, ya’ni bank ssudalari, xodimlar uchun opsionlar, ijara shartnomalari va pensiya ta’minoti bo‘yicha majburiyatlar ham savdo (sotuv)ga qo‘yilishi mumkin. Korxona kapitali tuzilmasi kapitalning ma’lum qismi egala-ridan har biri korxona daromadining qancha qismini olishini belgilab beradi. Masalan, obligatsiya egalari, odatda, belgilangan (qat’iy) to‘lovlar olib turadi, aksiyadorlarga esa daromadga da’vogarlarning barchasi o‘z ulushini olgandan keyin qolgan mablag‘ to‘lanadi. Korxona ishining qanday nazorat qilinishi qisman kapital tuzilmasiga bog‘liq. Odatda, aksiyadorlar firmani direktorlar kengashiga o‘z vakillarini saylash huquqidan foyda-langan holda boshqaradilar, obligatsiyalar chiqarish va korxonaning boshqa kredit kelishuvlariga kirishi, ko‘p hollarda, undan ma’lum shartlarni bajarishni taqozo etadi, ushbu shartlar, o‘z navbatida, kreditorlar bilan tuzilgan tegishli shartnomalarda ko‘zda tutilgan bo‘ladi va boshqaruv xodimlari faoliyatini cheklaydi. Ushbu shartnoma cheklovlari tufayli kreditorlar ma’lum darajada korxona menejerlarining ishi
    (faoliyati)ni nazorat qila oladilar.
    Aylanma kapitalni boshqarish sifati firma muvaffaqiyatiga ulkan ta’sir ko‘rsatadi. Agar menejerlar korxonaning kunlik moliyaviy ishlariga doimiy diqqat qilmasalar (e’tibor bermasalar), eng oqil tuzilgan uzoq muddatli reja ham ko‘ngildagidek amalga oshmasligi mumkin. Hatto o‘sib kelayotgan muvaffaqiyatli firmada ham kiruvchi va chiquvchi pul oqimlari vaqt jihatidan aniq bir-biriga mos tushmasligi mumkin. Menejerlar mijozlar o‘z hisoblari bo‘yicha to‘lovlarni vaqtida amalga oshirishlarini muntazam tekshirib turishlari kerak va hokazo. Boshqacha qilib aytganda, menejerlar firma moliyasi ustidan umumiy boshqaruvni shunday amalga oshirishlari kerakki, pul mablag‘larining operatsion defitsiti doimo to‘ldirilib turishi, ortiqchasi yaxshi daromad olib keladigan tarzda investitsiya qilinishi kerak27.
    Firma moliyaviy qarorlar qabul qilishi vaqtidagi har bir qaror, xoh u investitsiyalash, xoh moliyalashtirish yoki aylanma kapitalni boshqarish masalasi bo‘lsin, muayyan ishlab chiqarish texnologiyasiga, shuningdek tadbirkorlik faoliyatini boshqarish tizimi, soliq tizimi va firma faoliyat yuritadigan raqobat muhiti kabi omillarga bog‘liq. Firma tanlaydigan moliyaviy siyosat variantlari ham bir-biri bilan uzviy bog‘liqdir.



    27 Amaliyotimizda bunga qay darajada rioya qilinayotir? Uning natijasi qanday bo‘layapti? Misollar keltira olasizmi? Unga, eng umumiy tarzda, qanday baho bergan bo‘lur edingiz? Nima uchun?
    4-MAVZU: MOLIYAVIY SIYOSAT REJA:


    1. Download 6,94 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   195




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish