Masalalar: “XNG” korxonasi erkaklar uchun ko‘ylak ishlab chiqaradi. Tayyor tovarning o‘rtacha sotilish narxi har bir donasiga 110 so‘m. Bir dona ko‘ylakning o‘zgaruvchan xarajati 78 so‘m. “XNG” korxonasining doimiy xarajatlari yiliga 215,0 ming so‘mni tashkil etadi. Korxonaning zararsizlik miqdorini va daromadlarning zararsizlik darajasini aniqlang.
So‘mda 5000 AQSH dollari depozitga joylashtirilgan. Depozit muddati boshida 1 AQSH dollari 8400 so‘mni, kutilayotgan xarid narxi 8650 so‘mni tashkil etadi. Depozit foiz stavkasi milliy valyutada yillik 20 %. Depozit muddati 6 oy. So‘mda joylashtirilgan depozitning 6 oy muddatdan so‘ng xorijiy valyutadagi qiymatini aniqlang.
200,0 ming $ summani 12 % yillik stavka bo‘yicha uzluksiz va oylik foiz hisoblashda 3 yil uchun oshirilgan qiymatlar orasidagi farqni aniqlang.
1.NAZORATSAVOLLARI
1-topshiriq. “Moliya” so‘zi, eng avvalo, qanday ma’noni anglatadi?
Moliyaning vujudga kelish shart-sharoitlari nimalardan iborat?
Moliya va moliyaviy munosabatlarning mohiyati haqidagi tasavvurlar vaqt o‘tishi bilan o‘z ko‘rinishini qanday o‘zgartirib borgan?
Moliyaning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati, taraqqiyot qonuniyatlari, tovar-pul munosabatlarining qamrab olish sohasi va ijtimoiy takror ishlab chiqarishdagi roli nimalar bilan belgilanadi?
Moliya deb nimaga aytiladi?
Moliyaviy munosabatlarning farqlanuvchi xarakterli belgilari nimalardan iborat?
Moliyaning xarakterli belgilariga nimalar kiradi?
Moliya kimlar (nimalar) o‘rtasida vujudga keladigan pul munosabatlarini ifodalaydi?
O‘zining moddiy mazmuniga ko‘ra moliya nimalarni ifoda etadi?
Moliyaviy munosabatlarning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati qanday savolning tadqiq qilinishi orqali namoyon bo‘ladi?
Moliyaning baho, ish haqi, kredit va boshqa iqtisodiy kategoriyalar bilan o‘zaro bog‘liqligi va farqli jihatlari nimalardan iborat?
Moliyaning mohiyati nimalar orqali namoyon bo‘ladi?
Moliyani o‘rganishga chorlovchi eng asosiy omillar qaysilar?
Moliya qanday funksiyalarni bajaradi?
Asosiy daromadlar MDni moddiy ishlab chiqarish ishtirokchilari o‘rtasida taqsimlash jarayonida qanday guruhlarga bo‘linadi?
Moliya yordamida amalga oshiriladigan YaIM va MDni taqsimlash va qayta taqsimlashning pirovard maqsadi nimalardan iborat?
Moliyaning taqsimlash funksiyasi nimalarni amalga oshirishga imkoniyat va shart-sharoitlar yaratib beradi?
Moliya nazorat funksiyasining eng muhim vazifalari nimalardan iborat?
Moliyaning nazorat funksiyasi amaliyotda qanday organlarning faoliyatlari orqali namoyon bo‘ladi?
Moliyaning funksiyalari nima orqali amalga oshiriladi?Jami ijtimoiy mahsulot va yalpi ichki mahsulotning bir-biridan farqlari, ularning afzallik va kamchilik tomonlari nimalardan iborat?