“moliya” fanidan O’quv-uslubiy majmua



Download 6,94 Mb.
bet108/195
Sana31.01.2023
Hajmi6,94 Mb.
#906037
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   195
Bog'liq
“moliya” fanidan O’quv-uslubiy majmua

Balans

Balans

Uy xo’jaliklari byudjetlari xarajatlari hisobidan tovarlarni sotib olish va xizmatlarni to’lash (iste’mol xarajatlari) o’z ichiga quyidagilarni oladi:

    • uy-joy va kommunal xizmatlarni, maishiy xizmatlarni, maorif tizimi xizmatlarini to’lash;

    • dam olish uylari, sanatoriylar, turistik yo’llanmalar xarajatlari va tibbiy xizmatlarni to’lash;

    • kino, teatr va boshqa tomoshalar xarajatlari;

    • passajir transportining barcha turlarini to’lash xara-jatlari;

    • aloqa xizmatlarini to’lash;

    • qolgan boshqa xizmatlarni to’lash.

Majburiy to’lovlar va ixtiyoriy badallar uy xo’ja-liklari byudjetlari xarajatlarining muhim elementi hisoblanadi. Bu xarajatlar, hozirgi sharoitda, o’sish tendensiyasiga ega bo’lib, ular quyidagi omillar bilan bog’langan:

    • birinchidan, aholi tadbirkorlik tashabbusining kenga-yishi yakka tartibdagi tadbirkorlarning xo’jalik va savdo faoliyatidan olinadigan (undiriladigan) soliq, boshqa majburiy to’lovlar va yig’imlarning ham ko’payishi bilan kuzatilmoqda;

    • ikkinchidan, sug’urta tizimining rivojlanishi, notijo-rat sektorning o’sishi (masalan, turli jamoatchilik tashki-lotlari, birlashmalari va ittifoqlari), bir tomon- dan, sug’urta bo’yicha badallarni oshirsa, ikkinchi tomondan, notijorat tashkilotlarga ajratmalarni ko’paytiradi;

    • uchinchidan, iste’mol va ipoteka kreditining rivoj-lanishi uy xo’jaliklari byudjetlarining xarajatlarida “ssudalarni qaytarish” va “tovar krediti bo’yicha foizlar” moddalarining oshirilishiga olib keladi.

Sug’urta bozorining intensiv rivojlanishi, bank xiz-matlari amaliyotida iste’mol krediti va u bilan bog’liq bo’lgan operatsiyalarning kengayishi natijasida kelajakda uy xo’jaliklari byudjetlari xarajatlarining bu yo’nalishlari faqat o’sish tendentsiyasiga ega bo’lishi mumkin. Shuningdek, moliyaviy bozorning rivojlanishi va pensiya tizimining isloh qilinishi uy xo’jaliklari byudjetlarida “pensiya fondiga sug’urta badallari” xarajatlar moddasi-ning ham o’sishiga olib keladi.
Uy xo’jaliklari byudjetlari xarajatlar qismining majburiy to’lovlarida soliqlar va yig’imlar kattagina hissani tashkil etadi. Uy xo’jaliklari daromadlarining soliqqa tortilishi ular real daromadlarini qisqartiradi. Shunday bo’lishiga qaramasdan, davlat moliyasining taqsim-lash funksiyasi doirasida jismoniy shaxslarning daromadlari va mulkidan olinadigan soliqlar muhim vazifalarni yechishga xizmat qiladi. Birinchidan, bu soliqlar mamlakat byudjet tizimining
turli byudjetlari darajalarida daromadlarning etarli tushishini ta’minlaydi. Ikkinchidan, jismoniy shaxslarning daromadlaridan olinadigan soliqlar daromadlardan ratsional foydalanishni rag’batlanti-rish va ularni shakllantirish yo’llari bilan uy xo’jaliklari byudjetlarining tarkibiy tuzilmasiga o’z ta’sirini ko’rsa-tadi. Uchinchidan, soliqlar vositasida daromadlarning bir qismi jamiyat va uy xo’jaliklarining sotsial muammolarini yechish uchun qayta taqsimlanadi.
Amaldagi qonunchilikka muvofiq mamlakat fuqarolari daromadlaridan, mol-mulkidan (shu jumladan, yer solig’i va yer uchun ijara haqi) soliqlar, boshqa majburiy to’lovlar va yig’imlar (masalan, ma’muriy jarimalar, jismoniy shaxs- lardan olinadigan xilma-xil mahalliy yig’imlar) va davlat bojlarini to’laydi. Bir vaqtning o’zida, uy xo’jaliklarining real daromadlariga, aholi daromadlari va xarajatla-rining balansida majburiy to’lovlar sifatida hisobga olinmaydigan egri (bilvosita) soliqlar ham o’zining ta’sirini ko’rsatadi. Chunki bu soliqlar (aksizlar, qo’shilgan qiymat solig’i, bojxona bojlari va boshqalar) tovar bahosining tarkibida bo’lib, ular tovar sotib olinayotganda to’lanadi. Tovarlar bahosining darajasini faqat egri (bilvosita) soliqlar oshirib qolmasdan, balki ayrim to’g’ri (bevosita) soliqlar (yagona ijtimoiy soliq, korxonalarning foydasidan olinadigan soliq, tashkilotlarning mol-mulkidan olinadigan soliq va boshqalar) ham oshiradiki, ular ham qisman yoki to’liq tovarlar bahosi orqali kompen-satsiya qilinadi.
Aholi daromadlari va xarajatlari balansi xara-jatlar qismining boshqa moddalari (“omonatlar va qimmatli qog’ozlardagi jamg’armalarning o’sishi”, “xorijiy valyutalarni sotib olish bo’yicha aholi xarajatlari” va boshqalar) jamg’arish jarayoni doirasida uy xo’jaliklarining moliyaviy munosabatlarini aks ettiradiki, ularning o’ziga xos bo’lgan xususiyatlari ushbu bobning navbatdagi paragrafida ko’rib chiqiladi.
    1. Jamg’armalarni shakllantirish va ishlatish

Barcha majburiy xarajatlar amalga oshirilganidan, zaruriy tovarlar va xizmatlar sotib olinganidan so’ng qolgan bo’sh pul mablag’lari uy xo’jaliklarining jamg’armalarini tashkil etadi. Jamg’armalar, kechiktirilgan iste’mol demakdir. Uy xo’jaliklari jamg’armalari tashkil topishi jarayonining asosida ehtiyojning amalda mavjud bo’lgan darajasi va ularni qondirishning iloji yo’qligi o’rtasidagi ziddiyat yotadi. Ehtiyojlar darajasini qondi-rishning tashqi cheklovchisi (chegaralovchisi) tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko’rsatish imkoniyatining cheklangan-ligi hisoblanadi.
Bozor iqtisodiyoti barqaror rivojlangan mamlakatlarda uy xo’jaliklarining jamg’armalariga ham alohida rol ajratilgan. Chunki iqtisodiy o’sish investitsiyalarning muhim manbai bo’lgan jami jamg’armalarning darajasi bilan
uzviy bog’langan. O‘z navbatida, jamg’armalarning mavjudligi esa mamlakat boyligining belgilaridan biridir. Jamg’arma munosabatlari sohasida quyidagi ko’p tomonlamali aloqa-lar, manfaatlar va maqsadlar vujudga keladi va qo’shilib ketadi:

    • takror ishlab chiqarish aloqalari, manfaatlari va maqsadlari. Bunda jamg’armalar kengaytirilgan takror ishlab chiqarishning muhim tarkibiy qismi sifatida maydonga chiqadi;

    • uy xo’jaliklari jamg’armalarining aylanishi va milliy iqtisodiyot moliya- bank sektorining faoliyat ko’rsatishi bilan bog’langan pul-moliyaviy aloqalar, manfaatlar va maqsadlar;

    • aholi turmush darajasining o’sishiga yo’naltirilgan ijtimoiy aloqalar, manfaatlar, maqsadlar.

Uy xo’jaliklarining jamg’armalarini shakllantirish va ulardan foydalanish ijtimoiy takror ishlab chiqarishning hajmlari, muvozanat va taraqqiyotning umumiy maroiqti-sodiy nisbatlari bilan belgilanadi. Jamg’armalarning miqdoriy o’zgarishiga aholi nominal va real daromad-larining o’sish (kamayish) sur’atlari, inflyatsiya, yakuniy iste’molga mo’ljallangan xarajatlarning o’zgarishi ta’sir ko’rsatadi. Uy xo’jaliklari jamg’armalarining o’sishi, ular-dan oqilona va samarali foydalanish investitsion faollikni oshirish, iqtisodiy taraqqiyot va aholi turmush darajasining o’sishi muammolarini hal etishga yo’nalti-rilgan davlat makroiqtisodiy va moliya-kredit siyosatining eng muhim vazifalaridan biri hisoblanadi.
Jamg’armalarni quyidagi turli belgilarga ko’ra tasnif-lash mumkin:

    • jamg’arish(ma) jarayonining maqsadlariga ko’ra;

    • sabablari nuqtai-nazaridan;

    • jamg’armalarni to’plash shakllari bo’yicha.

Jamg’arish(ma) jarayonining maqsadlariga ko’ra jamg’ar-malarni quyidagilarga ajratish mumkin:

    • joriy jamg’arma fondlari (uzoq muddat foydalanishga mo’ljallangan tovarlarni sotib olish);

    • sug’urta jamg’arma fondlari;

    • investitsion jamg’arma fondlari.

Jamg’armalarning joriy fondlari qisqa muddatli xarakterga ega, naqd mablag’larni qo’shib olgan holda, yuqori likvidli aktivlarda jamg’ariladi (to’planadi).
Sug’urta jamg’arma fondlari ko’zda tutilmagan holatlar (vaziyatlar) va qarilik uchun mo’ljallangan jamg’armalardan iborat bo’lib, ular uzoq muddatli
hisoblanadi va ularni jamg’arish jarayoni tugamagunga qadar kamroq likvidli bo’lishi mumkin.
Investitsion jamg’arma fondlari iste’mol ehtiyojlari uchun mo’ljallanilmaydi. Ularning bosh maqsadi daromad keltiruvchi aktivlarga investitsiya qilishdan iboratdir.
Sabablari nuqtai-nazaridan uy xo’jaliklarining jam-g’armalari motivatsiyali va motivatsiyasiz bo’lishi mumkin. Bu tasniflashga muvofiq maqsadli jamg’armalar motivatsiyali jamg’armalar sifatida talqin qilinadi. Biroq jamg’arma-larning sabablarini hamma vaqt ham aniqlashning iloji bo’lmasligi mumkin. Ular ehtiyojning darajasiga nisbatan qiyoslaganda to’lovga layoqatlilik imkoniyatining oshishi va ishlab chiqarishning imkoniyatlari natijasida vujudga kelishi mumkin. Bunday jamg’armalar motivatsiyasiz jamg’armalar deyiladi. Agar to’lovga layoqatli talab va ishlab chiqarishning rivojlanish darajasi tizimli xarakterda bir-biriga mos kelmasa, ular majburiy jamg’armalar nomini olishi mumkin.
To’plash (yig’ish) shakllari bo’yicha jamg’armalarni bog’lanmagan (tashkil qilinmagan) va bog’langan (tashkil qilingan) shakllarga ajratish mumkin. Naqd pullar shaklida uy xo’jaliklari bo’sh pul mablarining jamg’arilishi jamg’arma- larning bog’lanmagan (tashkil qilinmagan) shakli hisobla-nadi. Agar jamg’armalarni yig’ish moliyaviy bozor instrumentlariga joylashtirish, shu jumladan, bank omonatlari va boshqa investitsion institutlari yordamida amalga oshirilsa, uy xo’jaliklari jamg’armalarining bunday shakli bog’langan (tashkil qilingan) jamg’armalar deyiladi. Jamg’armalarning bog’lanmagan (tashkil qilinmagan) shakllari ustuvor tarzda pulli shaklda bo’lsa, ularning bog’langan (tashkil qilingan) shakllari turli quyidagi ko’rinishlarda namoyon bo’lishi mumkin:

    • mablag’larni ishlab chiqarishga to’g’ridan-to’g’ri;

    • mablag’larni ishlab chiqarishga bilvosita joylashtirish. Bunda mablag’larni to’plash va ularni joylashtirish bilan ixtisoslashtirilgan moliyaviy institutlar shug’ullanadi. Bunga misol tariqasida davlat qimmatli qog’ozlarini sotib olish, bank depozitlari, investitsion fondlarning hissasini (ulushini) sotib olish va boshqalarni ko’rsatish mumkin.

Hozirgi paytda uy xo’jaliklarida mablag’larni jamg’a-rish jarayoni, ma’lum darajada, ziddiyatli hisoblanadi. Bir tomondan, keyingi yillarda unda ba’zi bir ijobiy tendentsiyalar ko’zga tashlanayaptiki, xususan, ular quyida-gilarda namoyon bo’layapti:

    • keyingi yillar davomida uy xo’jaliklariga tegishli bo’lgan moliyaviy aktivlarning absolyut o’sishi bir necha martaga oshdi;

    • bog’langan (tashkil qilingan) jamg’armalar absolyut va nisbiy jihatdan ham o’sish tendentsiyasiga ega bo’lgan;

    • mamlakatda tegishli investitsion muhit mavjud bo’lsa, jamg’armalarga ega bo’lgan va ularni investitsiyalarga joylashtirishi mumkin bo’lgan uy xo’jaliklarining guruh-lari shakllandi;

    • uy xo’jaliklari jamg’armalarini investitsiyalarga transformatsiya qiluvchi (aylantiruvchi) moliyaviy instrumentariylar (vositalar, dastaklar) kengaymoqda: ipotekaviy kreditlashtirish rivojlanayapti; investitsion fondlar, nodavlat pensiya fondlari, sug’urta korxonalari faol faoliyat ko’rsatayapti;

    • tijorat banklari (shu jumladan, “Xalq banki” va boshqa banklar) o’rtasidagi raqobatning kuchayishi aholi mablag’-larini jalb qilish shakllari va metodlarining rivojlanishiga o’z ijobiy ta’sirini ko’rsatdi: taqdim etiladigan xizmatlar doirasi kengaydi, omonatlarning yangi turlari yaratildi va boshqalar;

    • jismoniy shaxslar omonatlarini qisman kompensatsiya qilishni ko’zda tutuvchi xususiy omonatlarni majburiy sug’urta qilish tizimining yaratilishi bank tuzilmalariga bo’lgan ishonchning o’sishiga o’z ta’sirini ko’rsatadi va uy xo’jaliklari jamg’armalar bog’langan shakllarining imkoniyatlarini kengaytiradi;

    • jamg’arma jarayonlarida foydalaniladigan moliyaviy instrumentlar daromadlik darajasining bir-biriga yaqinlashuvi yangi moliyaviy piramidalarni yaratish yo’liga to’siq bo’lib xizmat qiladi.

Bir vaqtning o’zida jamg’armalar hamon o’zlarining investitsion salohiyatini to’liq amalga oshirmayapti va uy xo’jaliklari daromadlarining qo’shimcha manbalariga to’liq aylanmayapti. Buning ustiga hozirga qadar uy xo’jaliklari jamg’arma fondlarining o’sishi iste’mol fondi hisobidan, ya’ni daromadlar tarkibiy tuzilmasining sifat jihatidan o’zgarishi natijasida emas, balki iste’molning iqtisod qilinishi hisobidan amalga oshirilayotir.
Jamg’arish jarayonining sog’lomlashtirilishi iqtisodiyot va ijtimoiy soha rivojlanishini muvozanatlashtirish va ularning barqarorligini ta’minlash bilan uzviy bog’langan. Bu narsa, o’z navbatida, ishlab chiqarish va iste’mol, daromadlarni taqsimlash va ulardan foydalanish, moliya va pul muomalasi sohalaridagi saqlanib qolgan nomutanosibliklarga barham berilishini taqozo etadi.
Hozirgi sharoitda uy xo’jaliklari jamg’armalari mexa-nizmini takomillashtirish quyidagi bir necha yo’nalish-lar orqali amalga oshirilishi kerak:

    • aholi real daromadlari va sotib olish qobiliyatining o’sishini ta’minlash. Bu narsa uy xo’jaliklari jamg’arma-larga nisbatan moyilligining o’sishiga o’z ta’sirini ko’rsatadi;

    • mablag’larni investitsion jarayonlarga jalb qilish uchun valyutalarni sotib olishga xarajat qilinadigan jamg’armalarning bog’langan shakllari rolini ko’tarish

va moliyaviy oborotga (aylanmaga) “aholi qo’lidagi pullarning o’sishi” moddasi bo’yicha mablag’larni kiritish;

    • jamg’armalarni investitsion resurslarga aylantiradigan (transformatsiya qiladigan) institutlar va instru-mentlarni rivojlantirish. Buning uchun bank va moliya xizmatlarini diversifikatsiya qilish va kengaytirish, eng avvalo, badalli investitsion fondlar va sug’urta korxonalari singari jamoa investorlari institutlari rivojlanishini yangi sifat darajaga o’tkazish, korporativ obligatsiyalar bozorini shakllantirish kerak va h.k.;

    • yaxlit olgan holda investitsion iqlimni va jamg’armalar bozorining investitsion muhitini yaxshilash. Bu yo’nalish bo’yicha investitsion jarayonlarni davlat tomonidan tartibga solish va rag’batlantirishning roli yuqori bo’lmog’i lozim.



          1. MAVZU: SUG’URTA


Download 6,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish