“moliya” fanidan O’quv-uslubiy majmua



Download 6,94 Mb.
bet105/195
Sana31.01.2023
Hajmi6,94 Mb.
#906037
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   195
Bog'liq
“moliya” fanidan O’quv-uslubiy majmua

(1)

(2)

(3)=(1)-(2)

(4)=(3)×0.5

(5)=(3)-(4)

(6)



FSTD

Foiz


Soliqqacha foyda



Soliqlar


Aksiyadorlarga beriladigan sof foyda

Bir aksiyaga to'g'ri keluvchi
foyda

A REJA: 0% QARZ; $200,000 ODDIY AKSIYALI KAPITAL; 2000 DONA
AKSIYA

$ 0

$0

$ 0

$ 0

$ 0

$ 0

$ 20,000

$ 0

$ 20,000

$ 10,000

$ 10,000

$ 5.00

$40,000

$ 0

$ 40,000

$ 20,000

$ 20,000

$ 10.00

$60,000

$ 0

$ 60,000

$ 30,000

$ 30,000

$15.00

$ 80,000

$ 0

$ 80,000

$ 40,000

$ 40,000

$20.00

b reja: 25% qarz; 8% lik foiz stavkasi; $150,000 oddiy aksiyali kapital; 1500 dona aksiya

0

$ 4,000

$ (4,000)

$ (2,000)

$ (2,000)

$
(1.33)

$ 20,000

$ 4,000

$ 16,000

$ 8,000

$ 8,000

$ 5.33

$ 40,000

$4,000

$ 36,000

$ 18,000

$ 18,000

$ 00

$ 60,000

$ 4,000

$ 56,000

$ 28,000

$ 28,000

$18.67

$ 80,000

$4,000

$ 76,000

$ 38,000

$ 38,000

$ 25.33

b reja: 40% qarz; 8% lik foiz stavkasi; $120,000 oddiy aksiyali kapital; 1200 dona
aksiya

$ 0

$ 6,400

$ (6,400)

$ (3,200)a

$ (3,200)

$ (2.67)

$20,000

$ 6,400

$ 13,600

$ 6,800

$ 6,800

$ 5.67

$ 40,000

$6,400

$ 33,600

$16,800

$ 16,800

$ 14.00

$60,000

$ 6,400

$ 53,600

$ 26,800

$ 26,800

$ 22.33

$ 80,000

$ 6,400

$ 73,600

$ 36,800

$ 36,800

$ 30.67

aManfiy soliq hisoboti Soliq Kodeksining oldinga o’tkaziluvchi va orqaga qaytariluvchi moddalaridan kelib chiqqan holda, kreditlanadi
Bunda firma moliyaviy leverejga ega va quyidagi vaziyat mavjudligi sharoitida o’z egalarini moliyaviy riskka qo’yadi:

𝐚𝐤𝐬𝐢𝐲𝐚 𝐛𝐢𝐫𝐥𝐢𝐠𝐢𝐠𝐚 𝐭𝐨𝐠𝐫𝐢 𝐤𝐞𝐥𝐮𝐯𝐜𝐡𝐢 𝐟𝐨𝐲𝐝𝐚𝐧𝐢𝐧𝐠 𝐟𝐨𝐢𝐳𝐥𝐢 𝐨𝐳𝐠𝐚𝐫𝐢𝐬𝐡𝐢


𝐅𝐒𝐓𝐃 𝐧𝐢𝐧𝐠 𝐟𝐨𝐢𝐳𝐥𝐢 𝐨𝐳𝐠𝐚𝐫𝐢𝐬𝐡𝐢 > 𝟏. 𝟎𝟎
Biz Pierce Grain kompaniyasi misolida ko’rsatib o’tganimizdek, firma qancha yuqori moliyaviy leverejdan foydalansa, shunchalik bir aksiyaga to’g’ri keluvchi foydaning foizdagi o’zgarishining FSTD ning foizli o’zgarishiga nisbati shunchalik katta bo’ladi. Yana takrorlaymizki, moliyaviy leverejdan foydalanish FSTD dagi o’zgarishlarning aksiya birligiga to’g’ri keluvchi foydaga ta’sirini kattalashtirib yuboradi. Masalan, agarda yuqorida ta’kidlangan nisbat 2 ga teng bo’lganda, FSTD dagi 20 foizlik o’zgarish (musbat yoki manfiy) bir aksiyaga to’g’ri keluvchi foydani 40 foizga o’zgartirgan bo’lar edi. Kapital strukturasida yanada ko’proq moliyaviy levereji bo’lgan firma uchun nisbat 3 foiz bo’lishi mumkin, demak FSTD dagi 20 foizlik o’zgarish aksiya birligiga to’g’ri keluvchi foydaning 60 foizga o’zgarishiga sabab bo’ladi.
Operativ va moliyaviy leverejni umumlashtirish
Operativ leverej FSTD dagi yanada kattaroq o’zgarishlarga olib keluvchi daromadlardagi o’zgarishlarga sabab bo’ladi. Qo’shimcha ravishda, agar firma moliyaviy leverejdan foydalansa FSTD dagi o’zgarish moliyaviy leverej sababli bir aksiyaga to’g’ri keluvchi foyda (ATD) ning ham, aksiyadorlar olishi mumkin bo’lgan sof foyda (SF) ning ham o’zgarishiga olib keladi. Shu tariqa operativ va moliyaviy leverejni umumlashtirish aksiya birligiga to’g’ri keluvchi foydada katta o’zgarishlar yuzaga kelishiga sabab bo’ladi. Bu to’liq jarayon sifatida 4 rasmda tasvirlangan.
Aksiya birligiga to’g’ri keluvchi olinishi mumkin bo’lgan foyda umumlashtirilgan yoki jamlangan leverejdan foydalanish natijasida ta’sirlangani uchun bu ta’sirni aniqlash mumkin bo’ladi. Buni tasvirlash uchun biz yana bir bor Pierce Grain kompaniyasiga murojaat qilamiz. Zararsizlik tahlilida ko’rib chiqilgan Pierce Grain uchun xarajatlar strukturasi saqlanib qolgan deylik. Bundan tashqari, 25 foizlik qarz mablag’iga asoslanuvchi B reja kompaniya aktivlarini moliyalashtirish uchun tanlangan. Operativ va moliyaviy leverej qanday qilib umumlashtirilganligini ko’rish uchun 6 jadvalga e’tiboringizni qarating.

      1. jadvalda Pierce Grain kompaniyasining ishlab chiqarish hajmi 30,000 dan 36,000 mahsulot birligiga o’sishi tahlil qilingan. Bu o’zgarish daromadlarning 20 foizga o’sganidan darak beradi. Operativ leverejni oldin muhokama qilganimizdek, shuningdek, 6 jadvalga ko’ra savdo hajmining 20 foizga ko’payishi FSTD ning 120 foizga o’sishiga olib keladi. Shuningdek, FSTD

dagi 120 foizlik o’zgarish bir birlik aksiyaga to’g’ri keluvchi foyda va aksiyadorlar olishi mumkin bo’lgan foydaning 150 foiz o’sishiga zamin yaratadi. Tahlilning eng asosiy qismi esa savdodagi atiga 20 foizlik o’zgarish aksiya birligi foydasining 150 foizga o’sishiga olib kelganligida namoyon bo’ladi.

25-rasm.Leverej va foyda tebranishlari

Pierce Grainning ham operativ, ham moliyaviy leverejdan foydalanishi savdodagi 1 foizlik o’zgarish aksiya birligiga to’g’ri keluvchi foydaga 7.5 marta ko’payib ta’sir qiladi. Demak, 10 foizlik o’zgarish aksiya birligiga to’g’ri keluvchi foydaga 75 foiz bo’lib ta’sir qiladi.


19-jadval “Pierce Grain” kompaniyasining aksiya birligiga to’g’ri keluvchi

foydasiga umumlashtirilgan leverejning ta’siri





Ko’rsatkich

Bazis davrdagi miqdor, t

Prognoz
davridagi daraja, t+1

O’zgarish, foizda

Savdo hajmi

$300,000

$ 360,000

+20%

Minus: Jami o’zgaruvchan
xarajatlar

$180,000

$ 216,000




O’zgarmas xarajatlardan oldingi daromad

$120,000

$ 144,000




Minus: Jami o’zgarmas xarajatlar

$100,000

$ 100,000




FSTD

$ 20,000

$ 44,000

+120%

Minus: Foiz xarajatlari

$ 4,000

$ 4,000




Soliqlardan oldingi daromad (SOD)

$ 16,000

$ 40,000




Minus: Soliqlar 50% stavkada

$ 8,000

$ 20,000




Sof foyda

$ 8,000

$ 20,000

+150%

Minus: Imtiyozli aksiyalar dividendlari

$ 0

$ 0




Oddiy aksiya egalari foydasi (OAF)

$ 8,000

$ 20,000

+150%

Oddiy aksiyalar soni

$ 1,500

$ 1,500




Bir birlik aksiyaga to’g’ri keluvchi
foyda

$ 5.33

$ 13.33

+150%

Firma tomonidan jami olinadigan risk operativ va moliyaviy leverejni turli darajalarda umumlashtirish orqali boshqarilishi mumkin. Turli leverej o’lchovlaridan xbardorlik sizga jami riskning qabul qilinishi mumkin bo’lgan eng to’g’ri darajasini aniqlashda yordam beradi. Masalan, tijoriy faoliyatning muayyan qismida yuqori darajadagi biznes riski mavjud bo’lsa, u holda kam miqdordagi moliyaviy risk firma savdosidagi o’zgarishlardan kelib chiquvchi foydaning qo’shimcha tebranishlarini minimallashtiradi. O’z navbatida, o’z tabiatidan kelib chiqqan holda quyi darajada o’zgarmas xarajatlarni amalga oshiruvchi bu firma aksiya birligiga to’g’ri keluvchi foyda va ustav kapitalining foydalilik darajasini oshirish maqsadida yuqori darajadagi moliyaviy leverejdan ham foydalanishi mumkin.
        1. MAVZU: UY XO’JALIKLARI MOLIYASI REJA:

  1. Moliya munosabatlarining umumiy tizimida uy xo’jaliklari moliyasi.
  2. Uy xo’jaliklarida moliyaviy qarorlar qabul qilishning o’ziga xos xususiyatlari.

  3. Uy xo’jaliklari daromadlari.
  4. Uy xo’jaliklari xarajatlari.

  5. Jamg’armalarni shakllantirish va ishlatish.

    1. Moliya munosabatlarining umumiy tizimida uy xo’jaliklari moliyasi

Uy-xo’jaliklari moliyasi davlat moliyaviy tizimning ajralmas tarkibiy qismi hisoblanadi. Bozor munosabat-lari tizimida uy xo’jaliklarining moliyaviy ahamiyati uning iqtisodiy jihatdan qanday maqsadlarni bajarishga mo’ljallanganligi bilan belgilanadi. Bir tomondan, uy xo’jaliklari ishlab chiqarish omillarining (mehnat, yer, kapital, tadbirkorlik qobiliyati va boshqalarning) xususiy egalari hisoblanadi va xuddi shu asosda o’zlarining daromadlar manbalari va moliyaviy tushilmalarini shakllantiradi. Boshqa bir tomondan esa, uy xo’jaliklari iqtisodiyotda tovarlar va xizmatlarni iste’mol qiluvchilar sifatida maydonga chiqadi va demak, bozor talabini aniqlab beradi. Bir vaqtning o’zida, uy xo’jaliklari jamiyat yalpi daromadining bir qismini jamg’aradi, real va moliyaviy aktivlarni sotib olish orqali moliyaviy rezervlarni yaratishda ishtirok etadi, soliq to’lovlari orqali esa davlatning markazlashtirilgan moliyaviy fond- larini shakllantirishda muhim rol o’ynaydi.
Odatda, “uy xo’jaligi” atamasidan milliy statistikada aholidan (kishilar to’plamidan) iborat bo’lgan institutsi-onal birlikni ifodalash uchun foydalaniladi. Shuning uchun ham Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) tomonidan tavsiya etilgan Milliy hisoblar tizimining (MHT) zamonaviy xalqaro andozasi (standarti)
uy xo’jaligini yagona yashash maydonida birgalikda yashayotgan, umumiy fondga o’zlarining daromadlari va boyliklarini to’liq yoki qisman berayotgan va ayrim tovarlar hamda xizmatlarni, eng asosan uy-joy va iste’mol mahsulotlarini umumiy tarzda (birgalikda) iste’mol qilayotgan kishilarning katta bo’lmagan guruhi, deb ta’riflaydi104.
Ayrim hollarda o’zbek iqtisodiy adabiyotida “uy xo’jaligi” atamasining “xonadon” yoki “oila” atamalari bilan almashtirilishiga yo’l qo’yilmoqda. Shunga mos ravishda “uy xo’jaligi moliyasi” iborasining o’rniga “xonadon moliyasi” va “oila moliyasi” iboralari ham ekvivalent yoki sinonim iboralar shaklida ishlatilmoqda. Shu munosabat bilan “oila” yoki “xonadon”ni “uy xo’jaligi”dan farq qilish lozim. Eng avvalo, “uy xo’jaligi” aniqlilik darajasining “oila”ga nisbatan kamroq darajada cheklangan xarakterga ega ekan-ligini qayd etib o’tmoq kerak. Masalan, o’zlarining o’g’il-lariga tegishli bo’lgan joyda (binoda) yashayotgan keksa ota-onalar uy xo’jaligining a’zolari bo’lsalar-da, uning oilasi bo’la olmaydi. Xuddi shuningdek, bir xonani ijaraga olgan talaba uy-joy egasining uy xo’jaligi tarkibiga kiradi, lekin uning oilasi tarkibiga kira olmaydi va h.k. Boshqacha aytganda, uy xo’jaligi qarindosh bo’lmaganlarni ham o’z ichiga olishi yoki bir kishidan (shaxsdan) iborat ham bo’lishi mumkin.
Yuqorida bayon etilgan holatlarni inobatga olgan holda ta’kidlash joizki, uy xo’jaligining iqtisodiy mazmunini tushunishda oilaviy aloqalar asosiy omil bo’la olmaydi. Buning ustiga, uy xo’jaligining miqdoriy tarkibi ham o’ziga xos bo’lgan xususiyatlarga ega. Bu xususiyatlar, eng avvalo, shu bilan belgilanadiki, birgalikda yashayotgan va umumiy xo’jalikni yuritayotgan shaxslar guruhi ham va bir vaqtning o’zida, o’zining iste’molini mustaqil ravishda ta’min-layotgan yagona bir shaxs ham uy xo’jaligi bo’lib hisoblanishi mumkin. Uy xo’jaligini xo’jalik yuritishning mustaqil iqtisodiy va moliyaviy birligi sifatida ajratilishi quyidagi me’zonlar asosida amalga oshirilmog’i lozim:

    • birgalikda (bir joyda) yashash;

    • umumiy byudjetning mavjudligi;

    • iqtisodiy qarorlarni birgalikda (hamkorlikda) qabul qilish.

Uy xo’jaliklari moliyasi moliyaviy tizimning muhim elementi hisoblanadi. Iqtisodiy kategoriya sifatida u uy xo’jaliklarida iste’mol maqsadlari va jamg’arish uchun pul mablag’lari fondlarini shakllantirish, ularni taqsimlash va foydalanishga tegishli bo’lgan iqtisodiy munosabatlar majmuidan iboratdir. Ana shuni e’tiborga olgan holda uy xo’jaliklari moliyasiga quyidagicha ta’rif berish mumkin: uy xo’jaliklarida iste’mol maqsadlari va jamg’arish uchun pul mablag’lari fondlarini shakllantirish, ularni taqsimlash va foydalanishga tegishli



104 Bu to’g’rida batafsil qarang: Финансово-кредитний енциклопедический словар / Под обшч. ред. А.Г.Грязновой. – М.: 2002. с. 299.
(oid) bo’lgan iqtisodiy (moliyaviy) munosabatlar majmui uy xo’jaliklari moliyasi
deyiladi.
Iqtisodiy fanlarda ijtimoiy-iqtisodiy faoliyatning alohida olingan sohasida bir xilda va doimiy ravishda vujudga keladigan munosabatlar mustaqil iqtisodiy kategoriyaning mazmunini tashkil etishi umum e’tirof etilgan. Bu o’rinda gap “uy xo’jaliklari moliyasi” katego-riyasining sotsial-iqtisodiy mazmuni to’g’risida ketayotir. Ana shuni inobatga olgan holda uy xo’jaliklari moliyasiga quyidagicha ta’rif ham berish mumkin: o’zlarining ijtimoiy-iqtisodiy faoliyatlari jarayonida uy xo’jaliklari va ularning alohida a’zolari ishtirokida pul mablag’-lari maqsadli fondlarini shakllantirish, taqsimlash va foydalanish borasida vujudga keladigan pul munosabatlarining majmui uy xo’jaliklari moliyasi deb ataladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida uy xo’jaliklari o’zlari-ning ichida va o’zlariga nisbatan tashqi bozor subyektlari bilan moliyaviy munosabatda bo’ladi. Shunga muvofiq ravishda uy xo’jaliklarida mavjud bo’lgan moliyaviy munosabatlar majmuini ikki guruhga bo’lish mumkin:

    • ichki;

    • tashqi.

Individlar – uy xo’jaligi a’zolarining ehtiyojlarini yanada to’laroq qondirish maqsadida zaruriy pul fond-larini (joriy iste’mol darajasini, pul rezervlarini, investitsiyalashtirishni ushlab (saqlab) turish uchun va h.k.) shakllantirish va ulardan foydalanishga oid uning ishti-rokchilari (a’zolari) o’rtasida vujudga keladigan munosa-batlar uy xo’jaligining ichki moliyaviy munosabat-lari hisoblanadi.
Uy xo’jaliklarining tashqi moliyaviy munosabatlari ularning boshqa iqtisodiy subyektlar bilan bo’lgan o’zaro aloqalari orqali namoyon bo’ladi. Korxonalar va tashki-lotlar moliyasi bilan uy xo’jaliklari bevosita o’zaro bog’langan: firmalarga iqtisodiy resurslarni taqdim etib (berib), ularning egalari sifatida uy xo’jaliklari yara-tilgan mahsulotning qiymatidan o’z hissalarini oladilar va demak, ular shu bilan yalpi mahsulotni birlamchi taqsimlashda ishtirok etadilar. Bu munosabatlar o’zining yana bir muhim iqtisodiy tomoniga ega: ular iqtisodiyotda aholi daromadlarining boshlang’ich darajasini belgilab beradiki, bu holat, o’z navbatida, iste’molning shaklla-nishi, ko’lami va tarkibiy tuzilmasiga, to’lovga layoqatli talabning shakllanishiga va nihoyat, uy xo’jaliklari tomonidan jamg’arish funksiyasining amalga oshirilishiga to’g’ridan-to’g’ri o’z ta’sirini ko’rsatadi.
Davlat va uy xo’jaliklari o’rtasidagi moliyaviy muno-sabatlar ham to’g’ridan-to’g’ri (bevosita) va qaytarma (yana orqaga qaytariluvchi) aloqalar asosida tashkil etiladi (vujudga keladi) va ular byudjet hamda byudjetdan tashqari fondlarni shakllantirish va ulardan foydalanishdagi munosabatlarni ifodalaydi. Uy
xo’jaliklarining daromad-lari va mol-mulklari soliqqa tortilish obyekti sifatida maydonga chiqadi va demak, byudjet tizimi daromadlar bazasining tuzilmaviy elementi hisoblanadi. Bir vaqtning o’zida soliqlar, pensiya tizimi, sotsial transfertlar orqali davlat moliyaviy oqimlarni uy xo’jaliklarining turli guruhlari o’rtasida qayta taqsimlaydi. Uy xo’jaliklari va davlat o’rtasidagi moliyaviy munosabatlarni amalga oshirish jarayonida milliy daromadning ikkilamchi qayta taqsimlanishi sodir bo’ladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida davlat uy xo’jaliklariga tegishli bo’lgan daromadning taqsimlanish jarayoniga to’g’ridan-to’g’ri ta’sir qilish instrumentlariga ega emas. Moliyaviy munosabatlarning bu sohasi davlat tomonidan eng kam darajada reglamentatsiya qilinadi. Buning sababi shundaki, uy xo’jaliklari pul fondlarini shakllantirishning zarurligi, usuli va maqsadi to’g’risida, ularni sarflashning o’lchami va vaqti xususida qarorlar qabul qilishda mustaqildir. Shu bilan birgalikda davlat uy xo’jaliklariga tegishli bo’lgan daromad va yakuniy iste’molning miqdoriga ta’sir qilishga qodir. Bu holat, jumladan, quyidagilar orqali amalga oshirilishi mumkin:

    • soliqlar yordamida tartibga solish;

    • mehnat haqini to’lash stavkalarini o’rnatish;

    • birinchi darajali zaruriy mahsulotlar baholarini tartibga solish;

    • imtiyozlar tizimi;

    • sog’liqni saqlash va maorifni byudjetdan moliyalash-tirish orqali ijtimoiy ta’minotni rivojlantirish;

    • va boshqalar105.

Uy xo’jaliklarining o’zlari o’rtasidagi moliyaviy munosabatlar uy xo’jaliklari sektorining ichida moliyaviy resurslarning harakatlanishi jarayonida vujudga keladigan munosabatlar hisoblanadi. Bu yerda ushbu jarayon hamma vaqt ham oydinlashmagan va kuchsiz tartibga solinuvchi hisob-lanadi. Moliyaning bu sohasiga, jumladan, quyidagi opera-tsiyalarni kiritish mumkin:

    • fermer xo’jaliklarining hamkorlikdagi maqsadli fondlari;

    • iste’mol kooperatsiyasiga xizmat ko’rsatuvchi fondlar;

    • uy xo’jaliklari o’rtasidagi norasmiy kredit munosabatlari;

    • uy xo’jaliklari sektori doirasida hamkorlikdagi pul fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish xusu-sidagi boshqa munosabatlar.

Uy xo’jaliklarining moliyaviy institutlar bilan o’zaro aloqalari moliyaviy munosabatlarning alohida guruhini ifodalaydi. Ularning kredit muassasalari bilan munosabatlari uy xo’jaligi byudjeti defitsitini to’ldirish (iste’mol krediti





105 Keyingi yillarda ayrim mamlakatlarda natural shakldagi ijtimoiy transfertlar uy xo’jaliklari oxirgi iste’moli tarkibiy tuzilishining 15%dan ko’proq bo’lgan qismini tashkil etayotir. Bu uy xo’jaliklariga xizmat ko’rsatayotgan davlat muassasalari va notijorat tashkilotlarga maorif, sog’liqni saqlash, uy-joy-kommunal xo’jaligi, madaniyat va san’at sohasida taqdim etilgan moddiy imtiyozlardan iborat.
yordamida), bo’sh turgan pul mablag’larini bank hisobvaraqlariga joylashtirish yoki ularni saqlash va jamg’arish maqsadida boshqa moliyaviy aktivlarga qo’yish orqali namoyon bo’ladi. Uy xo’jaliklarining sug’urta kompaniyalari bilan bo’ladigan munosabatlari esa turli ko’rinishdagi sug’urta fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish jarayonida gavdalanadi.
Moliyaning mohiyati uning funksiyalari orqali namoyon bo’lganligi uchun uy xo’jaliklari moliyasining mohiyati ham uning funksiyalari yordamida ifodalanadi. Uy xo’jaliklari moliyasining funksiyalari quyidagilardan iborat bo’lishi mumkin:

    • taqsimlash;

    • takror ishlab chiqarish;

    • nazorat;

    • tartibga solish;

    • rag’batlantirish;

    • ijtimoiy.

Uy xo’jaliklari moliyasining bu funksiyalari o’zaro bog’langan va bir-birini doimiy ravishda to’ldirib turadi. Bir vaqtning o’zida, ma’lum ma’noda va ma’lum darajada ular o’zlarining namoyon bo’lishiga qarab moliyaning umumiy funksiyalaridan biroz farqlanishi ham mumkin.
Ma’lumki, uy xo’jaliklarining moliyasi taqsimlash jarayonini oxirgi bosqichgacha, ya’ni aniq individgacha yoki uy xo’jaligining har bir a’zosigacha etkazadi. Uy xo’jaliklari moliyasi taqsimlash funksiyasining amalga oshirilishi aholi hayotiy mablag’lari fondini shakllantirishni taqozo etadi, insonni takror ishlab chiqarish uchun iqtisodiy (moliyaviy) asos yaratadi.
Ma’lumki, uy xo’jaliklarining ishtirokchilari qatoriga balog’at yoshiga etmaganlar yoki etgan bo’lsa-da, turli sabablarga ko’ra ishlamayotgan oila a’zolari ham kiradi. Uy xo’jaliklarining hissasiga to’g’ri kelgan milliy daromadning bir qismi uy xo’jaliklari moliyasining taqsimlash funk-tsiyasi doirasida uning barcha ishtirokchilari o’rtasida u yoki bu nisbatlarda (proportsiyalarda) taqsimlanadi. Uy xo’ja-liklarining moliyasi taqsimlash funksiyasini bajara borib, har bir shaxsni (kishini) uning hayotiyligi uchun kerak bo’lgan resurslar bilan ta’minlab, oxir oqibatda, ishchi kuchi takror ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligini ta’minlaydi. Bu o’rinda taqsimlash funksiyasining ta’sir obyekti uy xo’jaligiga tegishli bo’lgan (uy xo’jaligi egalik qilayotgan) daromad hisoblanadi. Taqsimlash jarayonining subyektlari sifatida esa uy xo’jaliklarining barcha ishtirokchilari maydonga chiqadi.
Uy xo’jaliklari moliyasining taqsimlash funksiyasi turli shakllarda, jumladan, investitsion-taqsimlash funksiyasi sifatida amalga oshirilishi mumkin. Uning bu (investitsion-taqsimlash) shakli shu bilan xarakterlanadiki, uy
xo’jaliklari iqtisodiyot uchun moliyaviy resurslarni asosiy etkazib beruvchilardan biri hisoblanadi. Uy xo’jaliklari daromadlarining o’sishi bu funksiya baja- rilishining moddiy asosini tashkil etadi. Ko’pchilik hollarda uy xo’jaliklarining investitsion funksiyasi faqat kapitallashtiriladigan daromadlarning salmog’i, ya’ni daromadning jamg’arma sifatida foydalaniladigani (mablag’larni turli moliyaviy institutlarga va haqiqiy ishlab chiqarishga joylashtirish) bilan bog’lanadi. Biroq bunday yondoshuv bir tomonlamalik xarakteriga ega. Haqiqatda esa, o’z navbatida, iste’mol salmog’ining oshishi ham iqtisodiyotga investitsiyalarning o’sishiga ta’sir ko’rsatadigan omil hisoblanadi.
Bir vaqtning o’zida, yuqoridagi asoslarda takror ishlab chiqarish jarayoni ishchi kuchi va shuningdek, uy xo’jaliklarining pul mablag’lari bilan ta’minlanadi. Bu yerda uy xo’jaliklari moliyasining takror ishlab chiqarish funksiyasi alohida rol o’ynaydi. Uy xo’jaliklari daromadlari, xarajatlari va jamg’armalarining o’sishi jamiyatdagi takror ishlab chiqarish jarayoni uchun moddiy asos bo’lib xizmat qiladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida uy xo’jaliklari mustaqil xo’jalik yurituvchi subyekt hisoblanadi, ya’ni uy xo’jaliklari a’zolarining turmush darajasi uning hissasiga to’g’ri kelayotgan daromadning miqdoriga to’liq bog’liqdir. Turli omillar ta’siri natijasida bu hajm ortishi yoki qisqarishi ham mumkin. Shuning uchun ham iste’molning odatdagi darajasini ushlab (saqlab) turishni olingan daromad-larning turli fondlarga taqsimlanishi va ularning maqsadli foydalanishi ustidan nazorat qilishsiz tasavvur etib bo’lmaydi. Shuningdek, uy xo’jaliklarining farovon-ligini qo’llab-quvvatlash va ularni taraqqiy ettirish uchun ular byudjetlarining holatlari, ularga tegishli bo’lgan daromadlarning taqsimlanishi, daromad manbalarining dinamikasi ustidan nazorat ham obyektiv ravishda zarur. Ana shularda uy xo’jaliklari moliyasining nazorat funksiyasi o’zini namoyon etadi.
Uy xo’jaliklari moliyasi tartibga solish funksiya-sining namoyon bo’lishini quyidagi ikki nuqtai-nazardan qarash maqsadga muvofiq:

    • makroiqtisodiyot;

    • mikroiqtisodiyot.

Makroiqtisodiy yondoshuv nuqtai-nazaridan uy xo’ja-liklari moliyasi, bir vaqtning o’zida, davlat tomonidan iqtisodiyotni tartibga solishning obyekti va instrumenti hisoblanadi. Uy xo’jaliklari moliyasini tartibga sola-verib, davlat, eng avvalo:

    • bozor munosabatlariga xos bo’lgan daromadlarni differensiatsiya qilish (tabaqalashtirish) muammosining o’tkirligini kamaytiradi;

    • aholi daromadlari manbaining tarkibiy tuzilishi va dinamikasidagi (o’zgarishidagi) tendentsiyalarni shakllantiradi;

    • iste’molning minimal (eng kam) darajasini tartibga soladi;

    • uy xo’jaliklarining investitsion salohiyatiga ta’sir ko’rsatadi.

Mikroiqtisodiy yondoshuv nuqtai-nazaridan esa uy xo’jaliklarining iqtisodiyoti uning turli ishtirokchilari o’rtasidagi etarli darajada murakkab bo’lgan munosabatlar kompleksiga asoslanadi. Bu munosabatlar yosh borasidagi farqlar, xarakterning belgilari, odamlarning qiliqlari, ular daromadlari va ehtiyojlarining xilma-xil darajasi bilan belgilanadi. Shu bilan birgalikda, faqat uning ishtirokchilari iqtisodiy (moliyaviy) qarorlar qabul qilishda o’zaro tushunishga ega (yakdil) bo’lsalargina, uy xo’jaliklarining sog’lom (normal) rivojlanishi sodir bo’lishi mumkin. O‘z navbatida, uy xo’jaliklarining turli ishtirokchilari iqtisodiy manfaatlarini muvofiqlash-tirish ularni tartibga solish orqali amalga oshiriladi. Bu yerda “ularni tartibga solish” deyilganda, uy xo’jaligining bir a’zosiga to’g’ri keladigan daromad bir qismining o’zgartirilishi nazarda tutilayapti. Demak, bundan uy xo’jaliklari moliyasining yana bir funksiyani – iqtisodiy birlik sifatida uy xo’jaligining balanslashtirilgan (muvozanatli) tarzda rivojlanishini qo’llab- quvvatlovchi tartibga solish funksiyasini – bajarishi yaqqol ko’rinib turibdi.
Uy xo’jaliklari moliyasining rag’batlantiruvchi funk-tsiyasi turli shakl va mazmunda o’zini ifoda etadi. Bir tomondan, u o’z o’sib boruvchi ehtiyojlarini (ehtiyojlarning o’sib borishi obyektiv iqtisodiy qonunining harakatiga muvofiq ravishda) qondirish uchun zarur bo’lgan daro-madlarni uy xo’jaliklari tomonidan oshirishga intilish tufayli namoyon bo’ladi. Boshqa bir tomondan esa, uy xo’jaliklari daromadlarining o’sishi mehnat faoliyatining sifati va natijalariga asoslangan bo’lmog’i lozim.
Uy xo’jaliklari moliyasining rag’batlantiruvchi funk-tsiyasi aholi real daromadlarining o’sishiga yo’naltirilgan ishlab chiqarish jarayonining rivojlanishiga va samarali byudjet siyosatiga asoslangan rag’batlantiruvchi moliya mexanizmini yaratish orqali amalga oshiriladi.
Uy xo’jaliklari moliyasi amal qilishining ijtimoiy jihatlari unga tegishli bo’lgan yuqoridagi barcha funksiya-larning tahlilida kuzatiladi. Shunday bo’lishiga qaramas-dan, ijtimoiy funksiyaning uy xo’jaliklari moliyasiga tegishli bo’lgan alohida funksiya sifatida qaralishini, ma’lum ma’noda, yetarli darajada asoslangan deb hisoblash mumkin. Chunki uy xo’jaliklarining daromadlari, xarajatlari va jamg’armalari aholi va uning alohida guruhlari sotsial-iqtisodiy holatini bevosita aks ettiradi, shaxsning shakllanishi va demografik jarayonlarga o’z ta’sirini ko’rsatadi. Ana shu ma’noda, uy xo’jaliklari moliyasi jamiyat barcha a’zolarining hayotiy ta’minlanish darajasini shakllantirish va iste’mol talabi tarkibiy tuzilishining xususiyatlarini aniqlaydi, aholi daromadlarini taqsim- lashdagi bog’liqliklarni ifodalaydi, jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy holatiga ta’sir ko’rsatuvchi asosiy omil bo’lib hisoblanadi. Moliyaviy indikatorlar (masalan,
o’rtacha jon boshiga to’g’ri keluvchi pul daromadlari, aholi daromad-larining differentsiatsiyalanish (tabaqalanish) koeffitsi-enti, yashash minimumi, minimal ish haqi va boshqalar) ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturlarining majburiy elementi hisoblanadi, davlat ijtimoiy siyosatining ishlab chiqilishi uchun asos bo’lib xizmat qiladi, jamiyatning farovonlik darajasini baholashga imkon beradi. Uy xo’jaliklari moliyasining samarali faoliyat ko’rsatishi uy xo’jaliklaridagi moliyaviy munosabatlarning masshtabi, bu munosabatlar namoyon bo’lishi xilma-xilli-gining to’liqligi va ularning rivojlanishini ta’minlovchi
mexanizmlarga bog’liqdir.
    1. Uy xo’jaliklarida moliyaviy qarorlar qabul qilishning o’ziga xos


Download 6,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish