“moliya” fanidan O’quv-uslubiy majmua



Download 6,94 Mb.
bet152/195
Sana31.01.2023
Hajmi6,94 Mb.
#906037
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   195
Bog'liq
“moliya” fanidan O’quv-uslubiy majmua

etish namunasi


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI



“MOLIYA”


MUSTAQIL TA’LIM TOPSHIRIQLARI JAMLANAMASI


“MOLIYA” FAKULTETI IKM-60 GURUHI




Talaba: E.G’aniyev Pedagog-xodim: N.Xidirov

elektron manzil: nodir_mexx0123@gmail.com
telegramm: +998991234567

Toshkent 2020
“MOLIYA” FANIDAN MUSTAQIL TA’LIM TOPSHIRIQLARI

  1. Moliya” fani bo’yicha mustaqil ta’lim mavzusi (5 baho):



Mavzu

Imzo

Sana

1.

Xalqaro moliya bozori va uning rivojlanish xususiyatlari







Izoh: talaba mustaqil ta’lim mavzularini mustaqil ta’lim mavzulari namunasidan mustaqil tarzda tanlaydi.

Mazkur mustaqil ish ilmiy loyiha yoki taqdimot ko’rinishida tayyorlanadi. Ilmiy loyiha hajmi 15-20 varoq yoki taqdimotning hajmi esa 15-20 slayddan, kirish, asosiy qism, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yhatidan iborat bo’ladi.


Mustaqil ish topshirig’ini baholash me’zoni






Mustaqil ishni baholash tartibi

Ball

1

Mustaqil ta’lim mavzusi bo’yicha tayyorlanadigan sifatli
ilmiy loyiha yoki taqdimot uchun

1 ball

2

Mustaqil ta’lim mavzusini sifatli himoyasi uchun

3 ball

3

Mustaqil ta’lim mavzusi bo’yicha talabaning mustaqil
xulosasi uchun

1 ball




Jami (maksimal)

5 baho

  1. Mustaqil ta’lim mavzusi bo’yicha ilmiy tezis tayyorlash (5 baho).

Talaba tomonidan tayyorlangan ilmiy tezis hajmi 2-3 betdan iborat bo’ladi va ushbu tayyorlangan tezis bilan Respublika yoki xalqaro miqyosida bo’lib o’tadigan konferensiyalarda qatnashadi. Ilmiy tezis sifatiga qarab 5 bahogacha baholanadi.
  1. Mustaqil ta’lim mavzusi bo’yicha krassvord, skanvord yoki mavzuga oid boshqotirma tayyorlash (5 baho).

Mustaqil ta’lim mavzusi bo’yicha tayyorlangan krassvord, skanvord yoki mavzuga oid boshqotirma uchun 5 bahogacha baholanadi.
  1. Ishchi o’quv dasturida berilgan mavzular bo’yicha test tayyorlash (5 baho).

Ishchi o’quv dasturida berilgan tutilgan mavzular bo’yicha tayyorlangan 10 ta sifatli test uchun 5 bahogacha baholanadi.
  1. Ishchi o’quv dasturida berilgan mavzular bo’yicha tarqatma materiallar tayyorlash (5 baho).

Ishchi o’quv dasturida berilgan mavzular bo’yicha tayyorlangan 3 ta tarqatma materialga 5 bahogacha baholanadi.
Barcha topshiriqlar baholarni o’rtachasi talabanining mustaqil ta’lim topshiriqlarini bajarish bahosi bo’lib hisoblandi.
“Moliya” fanidan ishchi o’quv dasturida berilgan mavzular

mundarijasi





Mavzular nomi

1

Moliyaning mohiyati va funksiyalari

2

Moliyaviy tizim

3

Moliyaviy qarorlar

4

Moliyaviy siyosat

5

Moliyaviy boshqaruv

6

Moliyaviy rejalashtirish va tartibga solish

7

Moliyaviy nazorat

8

Moliyaviy yangiliklar

9

Moliyaviy bozorlar

10

Moliyaviy vositachilar

11

Moliyaviy hisobot: mazmuni, vazifalari va turlari

12

Moliyaviy hisobotlarda moli-yaviy koeffitsiyentlardan foydalanish

13

Pulning davriy quymati va pul oqimlarining diskont tahlili

14

Moliya va risklar



Mustaqil ta’lim topshriqlarini bajarish muddati quyidagi namuna asosida belgilanadi:

DIQQAT ESLATMA!!!
Mustaqil ta’lim topshiriqlarini bajarishning 1-,3-,4-toshiriqlar uchun oxirgi muddat 2020-yil 25-oktyabr, 2-,5-toshiriqlar uchun 20-yil 15-yanvar.
Belgilanagan sangacha guruh talabalari o’zlari tayyorlangan barcha ishlarni jamlanmasini elektron holatda amaliyot mashg’ulotini olib boruvchi pedagog- xodim elektron pochtasiga yuborilishi zarur. Ushbu sanadan kechikkan talabaning mustaqil ta’lim bo’yicha tayyorlagan ishlari qabul qilinmaydi va jurnalda mahsus belgilangan satrda “0” ball bilan aks ettiriladi.
Hurmatli talaba sizdan mustaqil ta’lim topshiriqlarini bajarishni belgilangan muddatlarini kutib o’tirmay, bajarayotgan ishlaringizni doimo ustozingizga ko’rsatishni va maslahatlashishingizni so’rayman.
    1. Ilovalar (mustaqil ta’lim shakllarining namunalari)



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TASHKENT MOLIYA INSTITUTI

MOLIYA” KAFEDRASI


“MOLIYA” fanidan

  1. ilova

“Sug‘urta kompaniyalari moliyaviy vositachi sifatida” mavzusida





Bajardi:

IKM-60 guruh talabasi
A.Tolibova

Tekshirdi:

k.o’q. N.Xidirov



TOSHKENT –2020
SUG‘URTA KOMPANIYALARI MOLIYAVIY VOSITACHI

SIFATIDA
Reja:

Kirish
    1. Sug’urta bozorining mohiyati va tashkiliy-huquqiy asoslari

    2. O’zbekiston milliy sug’urta bozorining zamonaviy holati
    3. Sug’urta faoliyatini davlat tomonidan boshqarishning xorijiy davlatlardagi ko’rinishi

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati



KIRISH
Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarishning uzluksizligini ta’minlashda va aholini ko’ngilsiz hodisalardan moliyaviy himoya qilishda sug’urta faoliyatining o’ziga xos muhim o’rni mavjud. So’nggi yillarda mamlakatimiz iqtisodiyotining sug’urta sektorida barqaror o’sish sur’atlari kuzatilmoqda. Uning o’rtacha yillik o’sishi oxirgi besh yil davomida 34,1% tashkil etdi. Mamlakat moliya bozorida sug’urta tizimi o’zining muhimligi va alohida ahamiyatga egaligi bilan ajralib turadi.
Bugungi kunda rivojlanmagan sug’urta tizimisiz xo’jalik subyektlari samarali ish yuritishi, investistion faoliyat bilan shug’ullanishi, kredit olishi mushkuldir.
Bank moliya tizimining yanada mustahkamlanishi xususiy banklar va xususiy mulkka asoslangan lizing, sug’urta kompaniyalari, kredit uyushmalari, mikromoliyaviy tashkilotlar kabi moliyaviy institutlarni tashkil etishning qonunchilik asoslarini shakllantirish hisobidan bank-moliya sohasiga xususiy kapitalni jalb qilish bilan ham bog’liqligi alohida ustuvor vazifa sifatida qaraladi. Iqtisodiyotni rivojlantirishga qaratilgan kuchli siyosat olib borilayotgan bir vaqtda, davlatning ijtimoiy qo’llab quvvatlash funksiyasi rolining bir qismi sug’urta faoliyatining ham zimmasiga to’g’ri keladi. Ushbu rol sug’urta xizmatlari bozorida olib boriladigan sug’urta faoliyatining maxsus: majburiy sug’urta, mulkiy sug’urta, javobgarlik sug’urtasi, hayot sug’urtasi kabi turlari
orqali amalga oshiriladi.
Davlatimiz tomonidan sug’urta faoliyatini rag’batlantirish va liberallashtirish bo’yicha olib borilayotgan salmoqli chora-tadbirlarga qaramasdan, sug’urta iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish va iqtisodiy o’sishning
asosiy omiliga aylanmagan. Buning asosiy sabablari – xizmatlar taklifi torligi va sifati pastligi, raqobatning rivojlanmaganligi, sug’urta resurslari ta’minotining yetarli emasligi va h.k. Ushbu holatlar O’zbekistonda sug’urta faoliyatini rivojlantirish va uni maqsadli boshqarish muammolarining asosiy jihatlari hisoblanadi.
      1. Sug’urta bozorining mohiyati va tashkiliy-huquqiy asoslari

Bugungi hayotimiz tasodifiy hodisalarga boy va bu hodisalar har doim ham totli bo’lavermaydi. Ko’pchilik hodisalar sog’liqqa, mol-mulkka, insoniyatning yashash turmushiga, korxonalarning moliyaviy holatiga zarar keltirishi yoki ko’zda tutilgan rejalarni o’zgartirib yuborishi mumkin. Bunday sodir bo’lishi mumkin bo’lgan hodisalar “qaltisliklar” nomi bilan bog’liq. Ko’zda tutilmagan qaltislikning sodir bo’lishi bilan, tabiiyki uning zararlarini qoplash va oldini olish zaruriyati yuzaga keladi. Busiz ishlab chiqarish jarayonlarini to’xtovsizligini ta’minlab, hayot uchun salbiy ta’sirini kamaytirib bo’lmaydi.
Qaltisliklarning insonlar hayoti uchun salbiy ta’sirini kamaytirish bu “sug’urta” orqali amalga oshiriladi, bunda sodir bo’lgan salbiy hodisalar oqibatlarini bartaraf etishga ketgan xarajatlarni bir nechta xo’jalik yurituvchi moliyaviy subyektlar o’rtasida taqsimlash tushuniladi.
Sug’urtaning moliyaviy bozor munosabatlari tizimidagi asosiy tushunchalari mohiyatini anglamasdan turib sug’urta sektorining muammolarini aniqlash va hal etish masalasiga nisbatan oqilona yondashib bo’lmaydi. Shulardan eng muhimlari jumlasiga, quyidagi asosiy tushunchalar kiradi: sug’urta, sug’urta faoliyati, sug’urta tavakkalchiligi (sug’urta xavfi)125, sug’urta bozori, sug’urta bozorining professional ishtirokchilari. Ushbu tushunchalar, odatda, sug’urta faoliyatini tushunishga yo’l ochib beradi. Ularning talqini esa sug’urta tashkilotlarining faoliyatini tartibga soluvchi tegishli me’yoriy-huquqiy hujjatlarda o’z aksini topgan.
Masalan, O’zbekiston Respublikasining 2002-yil 5-aprelda qabul qilngan “Sug’urta faoliyati to’g’risida” gi Qonuniga muvofiq “Sug’urta deganda yuridik yoki jismoniy shaxslar to’laydigan sug’urta mukofotlaridan shakllantiriladigan pul fondlari hisobidan muayyan voqea yuz berganda ushbu shaxslarga sug’urta shartnomasiga muvofiq sug’urta tovonini to’lash yo’li bilan ularning manfaatlarini himoya qilish tushuniladi”. “Sug’urta faoliyati deganda sug’urta bozori professional ishtirokchilarining sug’urtani amalga oshirish bilan bog’liq faoliyati” ni anglatadi. Sug’urta tavakkalchiligi (sug’urta xavfi) tushunchasi – sodir bo’lishi va zarar miqdori tasodifiy bo’lgan hodisalarni anglatadi.



125 O`zbekiston Respublikasi “Sug`urta faoliyati to`g`risida”gi Qonunida “tavakklchilik”, Fuqarolik Kodeksida “xavf” tushunchalari ishlatilgan. Xalqaro sug`urta sohasida esa “risk” atamasi qo`llaniladi.
“Sug’urta bozori - sug’urta xizmati oldi-sottisi amalga oshiriladigan va unga talab va taklif shakllanadigan iqtisodiy pullik munosabatlarni ayrim sohasidir”. Hamda shu qonunning 5-moddasida “Sug’urta bozorining professional ishtirokchilari sug’urta faoliyatining subyektlari hisoblanadi. Sug’urtalovchilar, sug’urta vositachilari, adjasterlar, aktuariylar, sug’urta syurverlari, shuningdek assistans sug’urta bozorining professional ishtirokchilaridir. Sug’urta brokeri, qayta sug’urta brokeri va sug’urta agenti sug’urta vositachilari hisoblanadilar”126 deb qayd etilgan.
Iqtisodiyot hamda zamonaviy iqtisodiyot nazariyasi nuqtayi nazaridan sug'urta bozorini sug'urtalanuvchilaming sug'urta xizmatlariga bo'lgan talablari va sug'urta tashkilotlarimng sug'urta xizmati bo'yicha takliflari bilan boshqariladigan iqtisodiy makon yoki tizim sifatida tushunish murnkin.
Sug’urta bozorida taklif etilayotgan tovar – sug’urta xizmatlari hisoblanadi. Uning xarid qiymati bo’lib sug’urta qoplamasi, ya`ni sug’urta himoyasini ta`minlash hiosblanadi. Sug’urta xizmatlarining narxi sug’urta ta`rifida aks ettiriladi. U talab va taklifga taqqoslangan raqobat asosida shakllanadi.
Rivojlanayotgan va rivojlangan sug’urta bozorlaridagi asosiy muammo bo’lib sug’urtalanuvchilarning taklif etilgan xizmatlarni sotib olish qobiliyatiga ega emasligi tushuniladi. Bu muammoni hal etilishi bir jihatdan aholining sotib olish qobiliyatini o’sishiga va xo’jalik yurituvchi subyektlarning barqarorligiga, ikkinchi jihatdan davlatning umummilliy darajada mamlakat makroiqtisodiyoti miqyosida sug’urta xizmatlarini sotib olishni o’stirishi bilan bog’liq chora- tadbirlarga asoslanadi.
Sug‘urta xizmatlarining taklif etilishi yetarli darajada ixtisoslashgan va moliyaviy barqaror, ehtimoldagi sug‘urtalanuvchilarning talablarini qondirishga layoqatli sug‘urta tashkilotlarining mavjud bo’lishi orqali ta’minlanadi. Investorlarning sug‘urta kompaniyasiga qiziqishi, sug‘urta ta`riflarini hisoblab chiqish uchun zarur statistik va axborot bazasining mavjudligi, moliya bozorining sug‘urta kompaniyalarining investitsiyalarini qaytarilishini va daromadliligini kafolatlaydigan darajada samarali faoliyat ko‘rsatishi, shuningdek, sug‘urta kompaniyalarida malakali menejerlaming va sug‘urta xizmati anderraytingi bo‘yicha mutaxassislaming mavjudligi sug'urta bozorini shakllantirishning muhim omili bo‘lib hisoblanadi.
Har qanday jamiyatda fuqarolar va ularning jamoasi o'z faoliyatlari jarayonida bir-birlari bilan tegishli ijtimoiy munosabatda bo'ladilar. Ushbu munosabatlarni bir qolipga solish uchun ularni tartibga keltirish, ya'ni fuqarolar va tashkilotlarning xatti-harakat qilish doirasini belgilash zarur. Davlat





126 O`zbekiston Respublikasi 358-II-sonli “Sug`urta faoliyati to`g`risida”gi Qonuni 2002-yil 5-aprel, 3-modda.
tomonidan sug'urtani huquqiy tartibga solish sug'urta munosabati qatnashchilarining xatti-harakatini huquqiy normalar vositasida amalga oshiradi. O’zbekiston Respublikasining “Sug’urta faoliyati to’g’risida”gi qonuni sug’urta munosabatlari ishtirokchilarining aniq huquq chegaralarini, sug’urta faoliyati ishtirokchilari tarkibini belgilab berdi. Sug’urta ikki sohaga, hayotni sug’urta qilish (jismoniy shaxslarning hayoti, sog’lig’i, mehnat qobiliyati va pul ta’minoti bilan bog’liq manfaatlarini sug’urta qilish) va umumiy sug’urta (shaxsiy, mulkiy sug’urta, javobgarlikni sug’urta qilish hamda hayotni sug’urta qilish sohasiga taalluqli bo’lmagan boshqa sug’urta turlari) sohalariga bo’lindi. Sug’urta sohalari esa sug’urta tavakkalchiliklari yoki ular guruhlarining va ular bilan bog’liq majburiyatlarning umumiy xususiyatlariga muvofiq sug’urta
turlariga bo’lindi.
“Sug'urta faoliyati to'g'risida” gi Qonunning 10-moddasida sug'urta tashkilotlarini davlat ro'yxatidan o'tkazish tartibi aniq ko'rsatib qo'yilgan. Ma`lumki, qonun hujjatlariga muvofiq, aksiyadorlik jamiyati shaklida tashkil etilgan sug'urta tashkilotlari O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro'yxatiga olingan. Ammo uzoq vaqt, aniqrog'i, 1998- yilning birinchi yarmigacha sug'urta faoliyatini tartibga solish vakolati berilgan davlat sug'urta nazorati organining tashkil etilmaganligi va ilgari Adliya vazirligida davlat ro'yxatiga olingan tashkilotlaming faoliyati hech kim tomonidan nazorat qilinmaganligi oqibatida yangi tashkil etilgan sug‘urta tashkilotlarini davlat ro'yxatiga olishda muammolar paydo bo’lgan.
Sug'urta munosabatlari, avvalo, fuqarolik-huquqiy munosabatga oid bo'lganligi tufayli 1996-yilda qabul qilingan O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 52-bobi sug’urtaga bag’ishlangan. Hozirgi kunga qadar amaliyotda sug'urta tashkilotlari o'z faoliyatlarini amalga oshirishlarida mazkur kodeksning talab-qoidalariga qat`iy rioya etadilar.
Fuqarolik kodeksining sug'urtaga oid bobida jami 47 ta modda mavjud bo'lib, ularning har biri sug'urta munosabatlarining u yoki bu jihatlarini tartibga soladi. Kodeksda ixtiyoriy va majburiy sug'urta, mulkiy sug'urta shartnomasi, sug'urtalashga yo’l qo'yilmaydigan manfaatlar, mol-mulkni sug'urta qilish, shartnoma bo'yicha javobgarlikni sug'urta qilish, majburiy sug'urta va uni amalga oshirish tartibi kabi huquqiy normalar o’z aksini topgan.
Shuningdek, Fuqarolik kodeksida majburiy sug'urtani amalga oshirish tartibi ko'rsatilgan. Chunonchi, Majburiy sug'urta bunday sug'urta qilish majburiyati yuklangan shaxs (sug'urta qildiruvchi) sug'urtalovchi bilan sug'urta shartnomasi tuzishi vositasida amalga oshiriladi.
Yuqoridagilar bilan bir qatorda O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksida sug'urta siri, sug'urta puli, sug'urta mukofoti va sug'urta badallari, sug'urta shartnomasining haqiqiy emasligi to'g'risida me'yorlar qayd etilgan.
Bundan tashqari sug’urta faoliyatini tartibga solib turuvchi Prezident farmonlari va qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari hamda Moliya vazirligining me`yoriy hujjatlari mavjud.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 27- noyabrdagi 413-sonli Qarori sug’urta faoliyatida muhim yangilik bo’ldi. Ilk bor sug’urtalovchilarning ustav kapitaliga eng kam miqdorlar belgilandi. Sug’urtalovchilar va sug’urta brokerlarining sug’urta faoliyatini litsenziyalash to’g’risida nizom, sug’urta faoliyati klassifikatori tasdiqlandi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 10-apreldagi PQ-618-sonli “Sug’urta xizmatlari bozorini yanada isloh qilish va rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Qarori bilan 2007 - 2010 - yillarda O’zbekiston Respublikasi sug’urta bozorini isloh qilish va rivojlantirish dasturi tasdiqlandi.
Ushbu qaror sug’urta bozorini yanada rivojlantirish, raqobatni kuchaytirish, sug’urta faoliyatining zamonaviy va yangi turlarini yaratish, sug’urtalaovchilarning moliyaviy barqarorligini mustahkamlash, ularning hududiy tarmoqlarini kengaytirish va sug’urtani nazorat qilish shakllarini takomillashtirish bo’yicha muhim hujjat bo’ldi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 10-apreldagi PQ-618- sonli qarori bilan tasdiqlangan “2007-2010 yillarda O’zbekiston Respublikasi sug’urta bozorini isloh qilish va rivojlantirish dasturi” ga muvofiq 2008-yil 21- aprelda O’zbekiston Respublikasining “Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish to’g’risida” gi qonuni qabul qilindi.
      1. O’zbekiston milliy sug’urta bozorining zamonaviy holati

O’zbekiston sug’urta bozorining mamlakat iqtisodiyotidagi ulushi o’sib bormoqda. Mamlakatda sug’urta kompaniyalari kapitali bo’yicha faqatgina bank tizimidan keying o’rinda turadi. 2017-yil mart holatiga ko’ra O’zbekiston sug’urta bozorida 30 ta sug’urta kompaniyasi va brokerlar litsenziyaga ega. Oxirgi yillar davomida aholining sug’urtaga bo’lgan munosabatlari tobora yaxshilanib, fuqarolarning sug’urtalovchilarga bo’lgan ishonchi ortib, sug’urta ishiga jiddiy yondoshilmoqda. Respublikamizdagi sug’urta kompaniyalari xodimlari professionalliklari ham sezilarli darajada oshdi.
Sug’urta kompaniyalari orasidagi raqobat ham sezilarli darajada ortib, ularning xizmat sifatlari ham yaxshilanib bormoqda. Buni 2016-yil yakunlari bo’yicha ko’rishimiz mumkin.

Ma`lumotlardan ko’rinib turibdiki eng ko’p sug’urta mukofotlari “O’zagrosug’urta” AJ ga tegishli, undan keyingi o’rinni esa 15 % ulush bilan “O’zbekinvest” EIMSK egallagan. Bunda tashqari kompaniyalar ichida eng yoshi hisoblangan “Gross Insurance” MCHJ 5,30 % ulush bilan kuchli 10 talikka kirgan. Bu ham sug’urta bozorida raqobat muhitining yaxshilanayotganidan dalolat beradi.
  1. rasm. 2019-yilgi sug’urta bozorida yetakchi sug’urta tashkilotlarining umumiy sug’urta mukofotlaridagi ulushi, (%) 127

O‘zbekiston sug‘urta bozori Markaziy Osiyoda eng tezkor sur’atlar bilan rivojlanayotgan bozorlardan biri hisoblanadi. Bozor bir necha yildan beri barqaror o‘sish sur’atiga ega bo‘lib kelmoqda, bu esa o‘z navbatida uning mamlakat iqtisodiyotidagi rolini oshirib bormoqda. Ma’lumki, mamlakat moliya sektorining, shu jumladan, sug‘urta sohasining rivoji mamlakatning umumiqtisodiy ahvoli bilan chambarchas bog‘langan. Sug‘urta sohasi mamlakat iqtisodiyotining rivoji bilan uzviy bog‘liqligi sababli, ushbu soha mamlakatdagi umumiqtisodiy o‘zgarishlarga juda tez ta’sirchan hisoblanadi.
Mamlakatda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar va kompaniyalar ortasifagi raqobat muhitining yaxshilanishi sug’urta mukofotlari hajmini yildan yilga o’sishga olib kelmoqda. Sug’urta kompaniyalari investitsiya sohasida ham faoliyat olib boradilar. Bir tarafdan investorlarni zarardan hmoyalash bo’lsa, ikkinchi tomonda yig’ilgan jamg’armalarni iqtisodiyotga yo’naltirish. Shuning uchun ham sug’urta kompaniyalari mamlakat iqtisodiyotida asosiy ichki investor





127 Sug`urta nazorati davlat inspeksiyasining asosida muallif tomonidan tayyorlandi.
bo’lib hisoblanadi. Sug’urta bozorining bu ko’rsatkichlarin quyidagi jadvaldan olishimiz mumkin:
    1. jadval 2019-yil yakunlari bo’yicha sug’urta bozori holati (mln.so’mda)128





Download 6,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish