1-MODUL: MOLIYANING NAZARIY ASOSLARI
Tayanch so’z va iboralar: zamonaviy moliya, moliyaviy tizim, aktivlar, investitsiyalar uchun aktivlar tanlash, majburiyatlar, mulkning sof qiymati, yoki korxonaning o’z kapitali, yakka egalik qilish, shirkat, korxona birjadan tashqari bozor, moliyaviy oqimlar, noqulay tanlov, umrbod renta, "komitent-komissioner" muammosi, qarzlarni ta’minlash prinsipi, qayd qilingan daromadli vositalar, pul bozori, kapital bozori, likvidlik, qoldiq talab, cheklangan javobgarlik, hosilaviy qimmatli qog’ozlar, xarid qilish optsioni, "call" opsion, "put" opsion, forvard shartnomalar, garov bo’yicha foiz stavkasi, tijorat krediti stavkasi, hisob-kitobli pul birligi, to’lov muddati, defolt riski, valyuta kursi, daromadlilik egri chizig’i, har xil turdagi qimmatli qog’ozlar daromadliligi ko’rsatkichlari farqi, kapitalning o’sishi, kapital yo’qotilishi, nominal narxlar, haqiqiy narxlar, nominal foiz stavkasi, haqiqiy daromadlilik stavkasi, indekslashtirilgan obligatsiyalar, ishlab chiqarish vositalari samaradorligi, pulning davriy qiymati, pulning diskont qiymati, annuitet, murakkab foizlar, risk, moliyaviy risk.
1-MAVZU: MOLIYANING MOHIYATI VA FUNKSIYALARI
REJA:
“Moliya” fanining predmeti va obyekti.
“Moliya” fanini o’rganishning zarurligi va boshqa fanlar bilan aloqadorligi.
Moliyaning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati.
Moliyaning funksiyalari.
Takror ishlab chiqarish va moliya.
Moliyaning fan sifatida shakllanishi va taraqqiyoti.
“Moliya” fanining paydo bo’lishi va rivojlanishida ajdodlarimiz xizmatlari.
“Moliya” fanining predmeti va obyekti
“Moliya” – o‘ziga xos ilmiy-amaliy fan. Unda, afsuski, hanuzgacha amaliyotimizda yetarli darajada e’tibor berib kelinmayotgan hamda qadriga yetilmayotgan vaqt va noaniqlik sharoitida defitsit pul mablag‘larining taqsimlanish masalalari o‘rganiladi. Bu o‘rinda, “vaqt” va “noaniqlik sharoitida” deb nomlangan so‘z va so‘zlar birikmasiga jiddiy e’tibor berishingizni so‘raymiz. Zamonaviy sharoitda moliya ilmida bular shunchaki so‘zlar yoki so‘z birikmalari emas. Ajablanarlisi shundaki, aynan ular shu ilmning taqdiri va qadr-qimmatini
belgilab beradi. Aslida faqat shugina emas, balki har birimizning taqdirimiz va qadr-qimmatimizni belgilab berishda ham vaqt va noaniqlik sharoiti hal qiluvchi ahamiyatga ega.
Shu bois quyidagi savollarga e’tibor bering: faoliyatimiz davomida vaqt va noaniqlik sharoitini hisobga olayapmizmi? Ularning hisobga olinish yoki hisobga olinmaslik darajalari qanday? Tegishli qarorlar, shu jumladan, moliyaviy qarorlar qabul qilayotganimizda ham bu omillarga qay darajada e’tibor berayapmiz? E’tibor berayapmizmi o‘zi? Yoki ...? Ular diqqat-markazimizda turibdimi? Yuqoridagi holatlarda aynan shu omil-larning yetarli darajada hisobga olinmayotganligi qanday natijalarga olib kelmoqda? Ularning oqibati nima bo‘lmoqda? Natijada “barmoq tishlab”, o‘yga tolib qolmayapmizmi? Kech bo‘lganligini, “poyezd ketib qolgan”ligini sezib, afsus-nadomat chekmayapmizmi? Ayrim hollarda “oyog‘i kuygan tovuq”dek bezovta bo‘lmayapmizmi? Boshimizni har toshga urmayapmizmi? Hech narsani o‘zgartira olmasa-da, o‘z-o‘zimizga “Qani endi ...?” degan savolni qayta-qayta bermayapmizmi? Jumladan, ana shunday holatlarga tushmaslik uchun ham moliya “sir”laridan ogoh bo‘lmoq lozim.
Bizni yuqoridagi vaziyatlardan qutqarishga ko‘mak beruvchi “Moliya” fani quyidagi uch analitik “ustun” ustida vujudga keladi:
vaqt omilini hisobga olgan holda pul mablag‘laridan foydalanishni optimallashtirish;
Do'stlaringiz bilan baham: |