Moliya fanidan ma’ruza matnlari 1-mavzu: Moliyaning mohiyati va funksiyalari Reja: Moliyaning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati



Download 3,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/238
Sana18.02.2022
Hajmi3,14 Mb.
#450989
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   238
Bog'liq
Moliya fanidan ma’ruza matnlari 1-mavzu Moliyaning mohiyati va

 
 
Sovyet Moliya fani.
Iqtisodiyot va Moliyani boshqarishning diryektiv myetodlariga 
о‘tilishi munosabati bilan Moliya xususidagi ilmiy tasavvurlarni unifikasiya qilish va tartibga 
kyeltirish, ularni sinfiy kurashga bо‘ysundirish zaruriyati paydo bо‘ldi. SSSR Moliyasi 
tо‘g’risidagi fanning yaratilishi buning natijasi bо‘lib, unda sovyetlar Moliyasining kapitalistik 
davlatlar Moliyasidan ustunligi kо‘rsatildi. Bu fanning oyoqqa turish davri nisbatan uzoq vaqtni 
talab etib, 1920-yillarning oxiridan 1950-yillarning boshigacha davom etdi. 
Birinchi davrda (1926-1931 yillar), asosan, birinchi byesh yillik Rejaning bajarilishi 
jarayonida vujudga kyelgan Moliyaning xususiy masalalari ishlab chiqildi. Bir vaqtning о‘zida, 
Moliyaning sosialistik amaliyotdagi yangi voqyeliklarini umumlashtirishga ham harakat qilindi. 
Bunday ishlar qatoriga D. Kuzovkov, G. Tiktina, A. Bukovyeskiylarning ishlarini va ayniqsa,
muallifning о‘zi tomonidan “markscha darslik” dyeb e’tirof etilgan D. Bogolyepovning “Moliya 
fanining qisqacha kursi” darsligini kо‘rsatish mumkin. 
Sosialistik atamalardan, sо‘z va iboralardan keng foydalangan bо‘lishiga qaramasdan D. 
Bogolyepov Moliyasining mazmuni “jamoa ehtiyojlarini qondirish” nazariyasidan kelib 
chiqadiki, uning tarafdorlari, Yuqorida qayd etilganidyek, Oktyabr davlat tо‘ntarilishigacha 
bо‘lgan rossiyalik iqtisodchilar edi. Bularning hammasi Moliya nazariyasining biror-bir 
ishlanmasi rasmiy jihatdan e’tirof etilmasligiga va qо‘llab-quvvatlanmasligiga olib kyeldi. Bu 
о‘sha davr SSSR tarixiy taraqqiyoti uchun asosiy narsaga aylangan edi. 
Sovyet Moliya fani taraqqiyotining ikkinchi davri (1931-1956 yillar) Moliyaning 
pryedmyetiga nisbatan yagona qarashlarning shakllanganligi bilan xarakterlanadi. О‘zining 
kо‘psonli ishlarida Moliyaning nazariy asoslarini: Moliyaning mohiyati, funksiyalari va ijtimoiy 
takror ishlab chiqrishdagi roli, milliy daromadni taqsimlashda Moliyaning о‘rni, Moliya 
tizimining tarkibi va boshqa Shunga о‘xshash bir qancha masalalarni ishlab chiqqan V. 
D’yachyenko bu davrning klassikiga aylandi. U birinchi bо‘lib Moliyaga markscha ta’rif berdi.
Berilgan ta’rif quyidagicha edi: “Daromadlar va jamg’armalarni Rejali taqsimlash orqali 
davlatning funksiyalari va vazifalariga muvofiq ravishda uning markazlashtirilgan va 
markazlashtirilmagan pul fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanishni ta’minlaydigan pul 
munosabatlari tizimiga sosialistik davlatning Moliyasi deyiladi”
11
(tarjima - mualliflarniki).
V.D’yachyenkoning asarlari birinchi rasmiy darsliklar hisoblangan “SSSR Moliyasi” 
11
Қаранг: Дъяченко В.П. Вопросы теории финансов. – М.: Финансы, 1957. с.68-69. 


(1933 yil) va “SSSR Moliyasi va krediti” (1940 yil) darsliklari uchun asos bо‘lib xizmat qildi. 
V.D’yachyenkoning Moliya nazariyasiga oid konsyentrasiyalashtirilgan qarashlari uning 
“Sovyetlar Moliyasining mohiyati va funksiyalari tо‘g’risidagi masalalarga doir” asarida aks 
ettirilgan. 
Bu davrda Moliya fanining amaliy masalalarini tadqiq qilish, asosan, ikki yо‘nalishda 
amalga oshirildi: 1) Moliya kategoriyalarining taraqqiyot tarixini о‘rganish. Bunga 
K.Plotnikovning byudjet tarixiga bag’ishlangan, A.Zvyeryev va N.Voznyesyenskiylarning Ulug’ 
Vatan urushi davrida Moliyaning rivojlanishini yoritgan kitoblarini kо‘rsatish mumkin; 2) 
Moliyaviy amaliyotni yoritib bergan ishlar. Bular, asosan, yozma bayon etish xarakteriga ega 
bо‘lib, Moliyaviy ta’lim tizimida faol foydalanilgan. 
Iqtisodiy nazariyada qotib qolgan voqyeliklarga barham berilishi sovyet Moliya fanida 
ham yakkafikr hukmronligiga yakun yasadi. 1950-yillarning oxiri va 1970-yillarning boshlarini 
о‘z ichiga olgan davrda Moliya nazariyasiga bag’ishlangan iqtisodchi-olimlarning kо‘psonli 
ishlari paydo bо‘ldi. Ularning orasida A.Alyeksandrovning “Sosializm Moliyasi” (1965 yil), 
A.Birmanning “Sovyet Moliya nazariyasining ochyerklari” (1968, 1972 va 1975 yillardagi uch 
nashri), E.Voznyesyenskiyning “Sosialistik Moliya nazariyasining munozarali masalalari” (1969 
yil), G.Tochilnikovning “Sosialistik Moliya” (1974 yil) kabi asarlari alohida о‘ringa ega. Shu 
davrning о‘zida “SSSR Moliyasi” va “SSSR Moliya va krediti” о‘quv fanlari bо‘yicha bir 
nyecha darsliklar va о‘quv qо‘llanmalari nashrdan chiqadiki, ularning orasidan 
M.SHyermyenyov tahriri ostida 1977 yilda e’lon qilingan “SSSR Moliyasi” darsligini alohida 
qayd etish lozim. 
Moliya nazariyasi masalalari bо‘yicha munozaralarning mohiyati kengaytirilgan takror 
ishlab chiqarish tizimida Moliyaning о‘rnini aniqlashga borib taqaladi. K.Marksning siyosiy 
iqtisod yagona nazariyasiga tayangan holda turli konsepsiyalarning mualliflari ikki guruhga 
bо‘linadi. Birinchi guruh mualliflarining fikricha, Moliyaning о‘rni - bu faqat noekvivalyent 
xarakterga ega bо‘lgan pul mablag’larini taqsimlash tizimidir. Ana Shundan kelib chiqqan holda, 
Moliya faqat bilvosita va taqsimlash orqali moddiy boyliklarni ishlab chiqarish, almaShuv va 
istye’mol munosabatlariga о‘z ta’sirini kо‘rsatadi. Bu guruhga kiruvchi iqtisodchi-olimlarning 
yorqin namoyondalari V.D’yachyenko, G.Tochilnikov va M.SHyermyenyov edilar. 
E.Voznyesyenskiy, A.Alyeksandrov, A.Birman va boshqalardan iborat bо‘lgan 
iqtisodchi-olimlarning ikkinchi guruhi bu masalaga nisbatan boshqacha qarashga ega bо‘lgan. 
Bu guruhga kiruvchi olimlarning fikricha, Moliyaviy munosabatlarning mohiyatini takror ishlab 
chiqarishning barcha tо‘rt bosqichi yoki uning bir nyecha bosqichi belgilab beradi. Bunday 
yondoShuv Moliyaning kengaytirilgan konsepsiyasidan darak beradi. 
Moliya nazariy konsepsiyasi asosidagi ana Shunday farqlardan kelib chiqqan holda
iqtisodchi-olimlarning Moliyaviy munosabatlarning о‘ziga xos xususiyatlari, Moliyaning 
funksiyalari, Moliyaning chyegaralari, Moliya tizimining tarkibi va boshqa Shunga о‘xshash bir 
nyecha xususiy masalalarga nisbatan qarashlari ham turlicha bо‘lgan. 
Moliya nazariyasining rivojlanishi bilan bir vaqtning о‘zida 1950-yillarning oxiri va 
1960-yillarning boshlarida prinsipial jihatdan yangi kо‘rinishga ega bо‘lgan amaliy Moliyaviy 
tadqiqotlar ham paydo bо‘ldi. Agar 1930- va 1950-yillarning boshlarigacha amaliyotda 
Moliyaviy munosabatlarni tashkil etish masalalariga bag’ishlangan ishlar, asosan, mavjud holatni 
yozma bayon etish yoki maqtash xarakteriga ega bо‘lsa, 1960-yillarda boshlangan xо‘jalik 
islohotidan kyeyin tanqidiy xarakterga ega bо‘lgan va alohida Moliyaviy instrumyentlarni 
takomillashtirish bо‘yicha ishlanmalarga ega muhim ishlar e’lon qilina boshlandi. Bunga misol 
qilib, birinchi navbatda, A.Birmanning kitoblarini kо‘rsatish mumkin. Uning kitoblarida ilk 
marta korxonalar Moliyasining masalalari yetarli darajada Yuqori bо‘lgan tartibda qо‘yilgan 
edi. Shuningdyek, uning asarlarida birinchi marta xо‘jalik hisobi sharoitida Moliyaviy 
kategoriyalardan foydalanish masalalari ishlab chiqildiki, ular muallif talqinida sosializm 
sharoitida bozor xо‘jaligining elementlariga ega edi. 
Shu davrda Moliyaviy resurslar va korxonalar Moliyasini boshqarishning mazmuni 
birinchi marta о‘rganishga kirishildi. A.Birmanning ishlari 1960-1980-yillardagi iqtisodchi- 


olimlarning 
(P.Bunich, 
G.Bazarova, 
V.Syenchagov, 
S.Sitaryan, 
M.Romanovskiy, 
V.Kolyesnikov, P.Jyevtyak, D.Molyakov va boshqalar) ishlarida korxonalar Moliyasini tadqiq 
etishda, о‘ziga xos, turtki bо‘ldi. 
Byudjet sohasining muammolarini tadqiq etish bu davrda ikki yо‘nalish asosida amalga 
oshirildi: 1) byudjet daromadlari va xarajatlarining rivojlanishi; 2) mahalliy byudjetlarni tashkil 
etish. Biroq, Shu davrlarda byudjet masalalarini komplyeks tadqiq etishni Moliya fanida 
hukmronlik qilgan ma’lumotlarning yetarli emasligi va g’oyaviy qotib qolishlarning mavjudligi 
ancha murakkablashtirgan edi. Bu davrdagi davlat byudjetiga bag’ishlangan yirik izlanishlar 
qatoriga G.Rabinovich, S.Sitaryan, YA.Liberman, V.Rodionova va L.Pavlovalarning ishlarini 
kо‘rsatish mumkin. 
Sug’urta ishiga nisbatan davlat monopoliyasining mavjudligi sug’urta masalalarini 
о‘rganishga о‘zining keskin salbiy ta’sir kо‘rsatdi. Bu sohadagi nazariy tadqiqotlar K.Marksning 
sug’urta fondlarining zarurligi, mazmuni va roli tо‘g’risidagi tasavvurlarini intyerpryetasiya 
qilishga bag’ishlangan bо‘lib, yetarli darajada ilmiy yangiliklarga ega emas edi. Shu davr 
sug’urtasining nazariyasi va amaliyotini umumlashtirgan L.Motilyev, L.Ryeytman va 
YE.Kolomin, X.SHyennayevlarning ishlari, birmuncha, diqqatga sazovordir. 
Shu davrlarda xorijiy mamlakatlarning Moliyaviy munosabatlarini tahlil va tanqid qilish 
masalalariga ham katta e’tibor qaratilgan edi. Shu munosabat bilan, bir tomondan, kapitalizm 
Moliyasining rivojlanishiga bag’ishlangan ishlarni (B.Boldiryev, L.Drobozina, L.Pavlova, 
L.Okunyeva va boshqalarning asarlarini) alohida ajratib kо‘rsatish maqsadga muvofiq bо‘lsa, 
ikkinchi tomondan, sosialistik mamlakatlarda Moliyaviy instrumyentlarning rivojlanish 
tyendyensiyalari va о‘ziga xos xususiyatlarini tadqiq etishga bag’ishlangan ishlar (D.Butakov, 
YU.Kashin va boshqalarning asarlari) ham diqqatga sazovor bо‘lganligini e’tirof etish zarur. 
Moliya fanining hozirgi holatiga (ahvoliga) tavsifnoma bera turib, qayd etish kerakki, bu 
sohaga bag’ishlangan chuqur nazariy va amaliy ishlar hozirgi sharoitda mavjud emas. Ayrim 
mualliflarning ishlari myetodologik va myetodik xarakterga emas, balki mavjud narsani oddiy 
tarzda bayon etish xarakteriga ega. Boshqa bir mualliflar mavjud bо‘lgan qarashlar va 
instrumyentlarni hozir sharoitga moslashtirish bilan band. Uchinchi guruhga kiruvchi mualliflar 
esa xorijlik mualliflar ishlarini kompilyativ tarzda bayon qilish bilan ovora. Bularning barchasi 
quyidagi bir nyecha holatlarning mavjudligi bilan izohlanadi: 

marksistik siyosiy iqtisodni tadqiq etishning yagona nazariy asosi g’oyib bо‘ldi. Eski 
yо‘nalishlar bо‘yicha munozaralarni о‘tkazish о‘z dolzarbligini yо‘qotdi; 

bozor iqtisodiyoti voqyeliklarini о‘rganishning zamonaviy myetodologiyasini qо‘llashda 
kо‘plab iqtisodchilarning tayyor emasligi va barqaror Moliyaviy ma’lumotlarning 
yо‘qligi natijasida Moliyaning amaliy masalalarini tadqiq etish murakkablashgan; 

Moliya sohasida fundamyental va amaliy tadqiqotlarni rivojlantirish uchun barqaror 
qonunchilik asos mavjud emas. 

Download 3,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   238




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish