Moliya fanidan ma’ruza matnlari 1-mavzu: Moliyaning mohiyati va funksiyalari Reja: Moliyaning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati


Davlat byudjetining daromadlari soliq turlariga kо‘ra quyidagilarga bо‘linadi



Download 3,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet137/238
Sana18.02.2022
Hajmi3,14 Mb.
#450989
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   238
Bog'liq
Moliya fanidan ma’ruza matnlari 1-mavzu Moliyaning mohiyati va

Davlat byudjetining daromadlari soliq turlariga kо‘ra quyidagilarga bо‘linadi: 
a) Yuridik shaxslardan olinadigan daromad (foyda) solig’i; 
b) jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i; 
v) qо‘shilgan qiymat solig’i; 
g) aksiz solig’i; 
ye) suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq; 
yo) yer osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq; 
j) mol-mulk solig’i; 
z) jismoniy shaxslardan transport vositalariga byenzin, dizyel yoqilg’isi va gaz 
ishlatganlik uchun olinadigan soliq; 
i) yer solig’i; 
k) obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig’i; 
l) boshqa soliqlar va yig’imlar. 
Davlat byudjetining daromadlari mamlakatning davlat qurilishiga kо‘ra quyidagi 
turlarga bо‘linadi: 
1) Unitar davlatlarda: 
a) markaziy byudjetning daromadlari; 
b) mahalliy byudjetlarning daromadlari. 
2) Fyedyeral davlatlarda: 
a) markaziy byudjetning daromadlari; 
b) fyedyerasiya sub’yektlarining byudjet daromadlari; 
v) mahalliy byudjetlarning daromadlari.
Davlat byudjeti daromadlarini yana ikkita mezonga kо‘ra tasniflanishini maqsadga 
muvofiq dyeb hisoblaymiz: 
1) davlat byudjeti daromadlarining barqarorlik darajasiga kо‘ra tasniflash; 


2) davlat byudjeti daromadlarini qiymat jihatidan tasniflash. 
Bizning fikrimizcha, davlat byudjeti daromadlari barqarorligiga kо‘ra barqaror va 
nobarqaror, qiymat jihatidan Yuqori xarajatli va kam xarajatli daromadlarga bо‘linishi lozim. 
Shunisi xususiyatliki, har bir davlatda uning rivojlanish darajasi, xо‘jalik sub’yektlarining 
hukumatga bо‘lgan ishonchi, ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonining о‘ziga xos 
xususiyatlari davlat byudjeti daromadlariga bevosita va kuchli ta’sir kо‘rsatadi. Shuning uchun 
davlat byudjeti daromadlarini barqarorligi va qiymat jihatdan tasniflashda ana Shu xususiyatlar 
hisobga olinishi maqsadga muvofiq. 
Fikrimizcha, qiymat jihatdan eng kam xarajatli daromad – bu soliqlar hisoblanadi, chunki 
ular davlat foydasiga qaytarib berilmaslik sharti bilan undiriladigan majburiy tо‘lovlardir. 
Hukumatning qimmatli qog’ozlarini sotish yо‘li bilan olinadigan daromadlar Yuqori 
xarajatli daromad hisoblanadi. Buning sababi Shundaki, 
birinchidan
, xukumatning qimmatli 
qog’ozlariga nisbatan Yuqori stavkalarda foiz tо‘lanadi, chunki aholi va korxonalar, odatda, 
hukumatning obligasiyalariga va xazina vyeksyellariga tо‘lanadigan foizlar tijorat banklarining 
dyepozit va omonatlariga tо‘laydigan foiz stavkalaridan Yuqori bо‘lgandagina ularni sotib 
oladilar. Buning ustiga, hukumat obligasiyalariga tо‘lanadigan foiz stavkasi inflyasiya darajasini 
hisobga olgan holda о‘zgartiriladi, ya’ni inflyasiyaning о‘sgan darajasini hisobga olgan holda 
tо‘lanadi. 
Ikkinchidan
, dunyoning kо‘plab mamlakatlarida, jumladan, Rossiya Fyedyerasiyasida 
va О‘zbekistonda korxonalarning hukumat obligasiyalaridan oladigan daromadlari soliqqa 
tortilmaydi. Dyemak, davlat byudjetiga soliq tuShumlarining bilvosita kamayishi Yuz beradi. 
Dunyo mamlakatlarining asosiy qismida davlat byudjeti xarajatlarini va defisitini 
qoplashda bank kreditlaridan foydalaniladi. Shu jihatdan olganda, bank tizimining kreditlari ham 
davlat byudjetining daromad manbalaridan biriga aylangan. Ayni vaqtda, xalqaro byudjet 
amaliyotining tajribalarini о‘rganish natijalari Shuni kо‘rsatayaptiki, rivojlangan mamlakatlarda 
Markaziy bank tomonidan hukumatga berilayotgan kreditlarning asosiy qismi lombard 
stavkalarda berilayapdi. Holbuki, lombard stavkalar nisbatan Yuqori stavkalar bо‘lib, ular 
Markaziy bankning sof stavkasiga nisbatan 2-3 punktga Yuqori bо‘ladi. Hukumatga tijorat 
banklar tomonidan berilayotgan kreditlar bozor stavkalarida beriladi. 
О‘zbekiston Respublikasida Davlat byudjeti daromadlarini shakllantirishning huquqiy 
asosi bо‘lib, О‘zbekiston Respublikasining «Byudjet tizimi tо‘g’risida» gi Qonuni hisoblanadi. 
Shunisi xarakterliki, mazkur qonunda davlat byudjeti daromadlarini tasniflashning ikki 
mezoniga, ya’ni daromadlarni davlat qurilishiga kо‘ra va tashkil topish manbalariga kо‘ra 
tasniflash mezoniga amal qilingan. Xususan, qonunning 15-moddasida Respublika byudjeti 
daromadlarining tashkil topish manbalariga kо‘ra turlari о‘z aksini topgan bо‘lib, ular 
quyidagilardan iborat: 
1) qonun hujjatlarida belgilangan tartibdagi va normativlar asosidagi umumdavlat soliqlari, 
yig’imlari, bojlari va boshqa majburiy tо‘lovlar; 
2) qonun hujjatlarida belgilangan normativlar bо‘yicha davlat Moliyaviy va boshqa 
aktivlarini joylashtirilishi, foydalanishga berilishi va sotilishidan olingan daromadlar; 
3) qonun hujjatlariga muvofiq myeros olish, hadya etish huquqi bо‘yicha davlat mulkiga 
о‘tgan pul mablag’lari; 
4) Yuridik va jismoniy shaxslardan, Shuningdyek, chyet el davlatlaridan kyelgan 
qaytarilmaydigan pul tuShumlari; 
5) ryezidyent-Yuridik shaxslarga va chyet el davlatlariga berilgan byudjet ssudalarini 
qaytarish hisobiga berilgan tо‘lovlar; 
6) qonun hujjatlarida ta’qiqlanmagan boshqa daromadlar. 
Qonunning 18-moddasida esa mahalliy byudjetlarning daromadlari tashkil topish 
manbalariga kо‘ra aks ettirilgan bо‘lib, ular quyidagilardan iborat: 
1) qonun hujjatlarida belgilangan normativlarga muvofiq Qoraqalpog’iston Respublikasi 
byudjetiga va mahalliy byudjetlarga yо‘naltiriladigan mahalliy soliqlar, yig’imlar, bojlar va 
boshqa majburiy tо‘lovlar; 


2) qonun hujjatlarida belgilangan normativlarga muvofiq Qoraqalpog’iston Respublikasi 
byudjetiga va mahalliy byudjetlarga о‘tkaziladigan umumdavlat soliqlari, yig’imlari, bojlari va 
boshqa majburiy tо‘lovlar; 
3) qonun hujjatlarida belgilangan normativlarga muvofiq davlat mulki ob’yektlarini 
joylashtirish, foydalanishga berishdan olingan daromadlar; 
4) qonun hujjatlariga muvofiq myeros olish, hadya etish huquqi bо‘yicha davlat mulkiga 
о‘tgan pul mablag’lari; 
5) Yuqori byudjetlardan beriladigan byudjet dotasiyalari, byudjet subvyensiyalari va 
byudjet ssudalari; 
6) Yuridik va jismoniy shaxslardan, Shuningdyek, chyet el davlatlaridan kyelgan 
qaytarilmaydigan pul tuShumlari; 
7) qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa daromadlar. 
Dyemak, davlat byudjeti daromadlarining mohiyatini tо‘liq ochish uchun ularni 5 ta 
mezonga asosan tasniflash maqsadga muvofiqdir.
Byudjet daromadlarining asosiy qismini soliqlar tashkil qilishi, byudjetning iqtisodiyotni 
tartibga soluvchi vazifasini kuchaytiradi. Daromadlar tarkibida egri soliqlarning ulushi ortishi 
mamlakat ishlab chiqarish quvvatiga, iqtisodiyotning taraqqiyotiga о‘z ta’sirini kо‘rsatadi, о‘tish 
davrida bu ayniqsa muhim. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, egri soliqlarning iqtisodiyot 
taraqqiyotidagi ahamiyati kattadir. Egri soliqlar undirishning oddiyligi bilan ajralib turadi, ularni 
qо‘llash ishlab chiqarish pasayib kyetayotgan sharoitda ham byudjetni mablag’ bilan ta’minlab 
turish imkonini beradi.

Download 3,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   238




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish