mamlakat byudjetining ijrosini tashkil qilish, amalga oshirish va nazorat qilish;
kassaning yagonaligi printsipidan kelib chiqib, G’azna-chilikning bankdagi hisobvaraqlarida bo’lgan byudjet daro-madlari va xarajatlarini boshqarish;
davlat maxsus fondlarining moliyaviy ijrosini ta’-minlash;
davlat moliyaviy resurslarining hajmlarini qisqa muddatli bashoratlash va ularni operativ boshqarish;
Markaziy bank bilan birgalikda davlatning ichki va tashqi qarzlarini boshqarish;
byudjet bo’yicha hukumatning moliyaviy operatsiyalari to’g’risida va shuningdek, mamlakat byudjet tizimining ahvo-li to’g’risida qonunchilik va ijroiya organlariga hisobot taqdim etish;
va boshqalar.
Mamlakatning Markaziy banki moliyaviy siyosat va uning tarkibiy qismi bo’lgan pul-kredit siyosatini amalga oshirishda muhim rol o’ynab, u G’aznachilik tizimi organlari bilan birgalikda byudjetning kassa ijrosini ta’minlaydi va boshqa kredit institutlarining faoliyatini nazorat qiladi.
Moliyaviy boshqaruv tizimida Davlat soliq qo’mitasi va uning quyi organlari ham muhim rol o’ynab, ular yordamida soliqlar, yig’imlar va boshqa to’lovlarning to’g’ri hisoblanishi, ularning tegishli byudjet fondlariga to’liq va o’z vaqtida o’tkazilishi ustidan nazorat amalga oshiriladi. Shunga muvofiq ravishda moliyaviy boshqaruvga oid Davlat soliq qo’mitasi va uning quyi organlari quyidagi vazifalarni bajaradi:
byudjetga va maxsus fondlarga soliqlar, yig’imlar va to’lovlarning to’g’ri hisoblanishi, to’liq va o’z vaqtida o’tkazilishi masalalari bo’yicha moliyaviy qonunchilikka qay darajada rioya etilayotganligini nazorat qilish;
soliq to’lovchilarni hisobga olish va ularni tekshirish;
moliya organlariga va g’aznachilikka soliqlar va boshqa to’lovlarning haqiqatdagi tushumlari to’g’risida har oyda ma’lumot taqdim etish;
ortiqcha to’langan soliq summalarini va soliq to’lov-chilardan noto’g’ri undirilgan jarima va penyalarni ega-lariga qaytarish bo’yicha tegishli ishlarni amalga oshirish;va boshqalar.
Davlat bojxona qo’mitasi va uning tegishli organlari moliyaviy boshqaruv tizimida o’ziga xos bo’lgan o’ringa ega. Ular bojxona bojlarining o’z vaqtida tushishi uchun mas’ul hisoblanadi va bu borada quyidagi asosiy vazifalar ularning zimmasiga yuklatilgan:
bojxona organlari tomonidan undiriladigan soliqlar bo’yicha soliq tekshiruvlarini amalga oshirish;
bojxona organlari tomonidan undiriladigan soliq-larni hisoblash va to’lash bilan bog’liq bo’lgan hujjatlarni tekshirish;
soliq qonunchiligini buzganligi yoki unga to’liq rioya qilmaganligi uchun soliq to’lovchilarning bankdagi operatsiya-larini to’xtatib turish;
soliq qonunchiligida ko’zda tutilgan jarima va boqi-mandalarni undirish;
Va boshqalar.
O‘z navbatida, Davlat mulki qo’mitasi moliyaviy boshqa-ruvga oid soliq xarakteriga ega bo’lmagan daromadlarni (ijara haqi, davlat mulkini sotishdan keladigan daro-madlar va boshqalarni) olish maqsadida davlat mulkini boshqarishni tashkil qiladi.
Qimmatli qog’ozlar bo’yicha komissiya fond bozori ishtirokchilarining faoliyatini nazorat qilib, byudjet fondiga tushuvchi tushumlarning ortishiga o’z ta’sirini ko’rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |