Moliya” fakulteti “moliya” kafedrasi


Kurs ishi mavzusining obyekti bo’lib



Download 121,5 Kb.
bet3/9
Sana21.05.2022
Hajmi121,5 Kb.
#606030
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
kurs ishi byudjet main

Kurs ishi mavzusining obyekti bo’lib, Davlat byudjeti xarajatlari, uning turlari va ularning tarkibi hisoblanadi.
Kurs ishi mavzusining predmeti bo’lib, Davlat byudjeti xarajatlari iqtisodiyotni tartibga solish va boshqarishda tutgan ahamiyatini o’rganish hisoblanadi. Xususan, biz bilgan iqtisodiyotning birlamchi tushunchalariga e’tibor qarataylik: daromadlar va xarajatlar. Ularni aniqlash, asosiy xususiyatlarini belgilash shu bilan birgalikda ular moliyaviy natija, ya’ni foyda yoki zararni aniqlashda alohida ahamiyat kasb etadi. Hisobot davrida olingan barcha daromadlarning xarajatlardan ortishi foyda sifatida e’tirof etiladi.


  1. Davlar byudjet xarajatlari mazmun-mohiyati, tarkibi va tuzilmasi.

Davlatning o’z funksiyalari va vazifalarini bajarishi bilan bog’liq ravishda vujudga kelgan chiqimlar byudjet xarajatlari deyiladi. Bu chiqimlar davlatning markazlashtirilgan pul fondlari mablag’laridan turli yo’nalishlar bo’yicha foydalanish jarayonida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlarni ifodalaydi.
Byudjet tizimi barcha darajadagi byudjetlar, davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlari va byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamg’armalari, byudjet tizimi byudjetlarini tuzish va tashkil etish prinsiplari, ular o’rtasida byudjet jarayoni mobaynida yuzaga keladigan o’zaro munosabatlar yig’indisini o’zida ifodalaydi. Moliya yili uchun byudjet tizimi byudjetlarini shakllantirish, tuzish, ko’rib chiqish, qabul qilish, tasdiqlash va ijro etish O’zbekiston Respublikasining milliy valyutasi — so’mda amalga oshiriladi. Byudjet xarajatiari umumiy moliyaviy kategoriya bo’lgan byudjetning ko’rinishlaridan biri bo’lib, unga tegishli bo’lgan umumiy xususiyatlarga egadir, ya’ni ular taqsimlash xarakteriga ega, ifodalanishning pul shakli xos, pul fondlarining amal qilishi bilan bog’langan va davlat tomonidan tashkil qilinadi. Shu bilan birgalikda byudjet xarajatlari bir butunning o’ziga xos qismi bo’lganligi uchun ular davlatning markazlashtirilgan pul fondlari mablag’laridan foydalanish va tegishli fondlarni shakllantirish bilan bog’liqdir2.
Budjet xarajatlari – davlat va mahalliy hokimiyat vazifa va faoliyatini moliyaviy ta’minlashga yo’naltiriladigan pul mablag’laridir. Iqtisodiy mazmuniga ko’ra davlat byudjeti xarajatlari davlatning markazlashgan pul fondini taqsimlash va ishlatish bilan bog’liq iqtisodiy munosabatlardir. Budjet xarajatlarining turlari xilma-xil bo’lib, bir qator omillarga bog’liq:
– davlatning tabiati va funksiyalariga;
– mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanganlik darajasiga;
–budjetning iqtisodiyot va xizmat ko’rsatish soha-tarmoqlari bilan aloqalarining ko’lamiga;
– davlatning ma’muriy-hududiy tuzilishiga;
– budjet mablag’larini taqdim etish shakllariga va boshqalar.
Bu omillar ta’siri ostida har qanday davlatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning har bir bosqichidagi budjet xarajatlari tarkibi va tuzilishi shakllanadi. Masalan, agar davlatning asosiy e’tibori iqtisodiyot tarmoqlarini davlat tomonidan qo’llab-quvvatlashga qaratilgan bo’lsa, unda byudjet xarajatlari tarkibida yirik investitsiyalarni davlat resurslari hisobidan moliyalashtirish xarajatlari ustun bo’ladi.
Davlatning asosiy e’tibori jamiyatdagi ijtimoiy muammolarni hal qilishga, aholini ijtimoiy himoyalashga, ijtimoiy dasturlarni amalga oshirishga qaratilgan bo’lsa, xarajatlar tarkibida ijtimoiy maqsadlardagi xarajatlar ortib boradi. Budjet mablag’lariga egalik qiluvchilar – ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohalaridagi tashkilotlar, ya’ni byudjet mablag’ larini oluvchilar byudjet xarajatlari orqali moliyalashtiriladi. Shunday qilib, byudjet xarajatlari tranzit xarakterga ega. Byudjetda faqat byudjet xarajatlarining miqdori xarajatlar moddalari bo’yicha belgilanadi, bevosita xarajatlarni esa budjetdan mablag’ oluvchilar amalga oshiradilar. Bundan tashqari, byudjet dotatsiyalari, subvensiyalari va budjet ssudalari vositasida budjet tizimi darajalari bo’yicha budjet mablag’larini qayta taqsimlash byudjet orqali amalga oshadi. Budjet xarajatlari asosan qiytarib olinmaydigan xarakterga ega. Faqat budjet kreditlari va byudjet ssudalari qaytariladigan asosda berilishi mumkin. Xarajatlar tuzilmasi byudjet yili uchun tasdiqlanadigan budjetda bevosita ko’rsatiladi va byudjet daromadlari kabi iqtisodiy vaziyatga, ijtimoiy ustuvorliklarga bog’liq bo’ladi.
O’z iqtisodiy mazmuniga qarab byudjet xarajatlari joriy va kapital xarajatlarga bo’linadi.
Byudjetning joriy xarajatlari – budjet xarajatlarining bir qismi bo’lib, davlat hokimiyati organlarining, mahalliy o’z-o’zini boshqarish organlarining, byudjet tashkilotlarining joriy faoliyatini ta’minlashga, davlat tomonidan quyi pog’onadagi byudjetlar va iqtisodiyotning ayrim tarmoqlariga mablag’ ajratish, dotatsiyalar, subvensiyalar va subsidiyalar shaklida yordam ko’rsatish uchun ajratiladi.
Byudjetning kapital xarajatlari – byudjet xarajatlarining innovatsiya va investitsiya faoliyatini ta’minlaydigan qismi hisoblanadi. Unga tasdiqlangan investitsiya dasturiga muvofiq ishlab turgan yoki yangidan tashkil qilinadigan korxonalar, tashkilotlar va muassasalarga investitsiyalar uchun mo’ljallangan xarajatlar kiradi. Bu xarajatlar investitsiya maqsadlari uchun byudjet kreditlari tarzida beriladigan mablag’lar, kapital ta’minlash xarajatlari va kengaytirilgan takror ishlab chiqarish bilan bog’liq boshqa xarajatlardan iborat.
Vazirlar mahkamasining 1999-yil 3-sentabrdagi 414-sonli ‘Byudjet tashkilotlarini moliyalashtirish tarkibini takomillshtirish to’g’risidagi’qarori bilan tasdiqlangan quyidagi xarajatlar guruhlari bo’yicha bir satrda moliyalashtirish usuli amalga oshiriladi:

  • Ish haqi va unga tenglashtirilgan to’lovlar (bolali oilalarga nafaqalar, kam taminlangan oilalarga moddiy yordam, stependiyalar va boshqalar)

  • Ish haqiga qo’shimcha to’lanadigan to’lovlar

  • Kapital qo’yilmalar

  • Boshqa xarajatlar.

Davlat budjeti xarajatlari o’zining funksional tayinlanishiga ko’ra quyidagi guruhlarga birlashtirilgan:
1. Ijtimoiy soha (ta’lim, sog’liqni saqlash, fan, madaniyat, ommaviy axborot vositalari, jismoniy tarbiya va sport, ijtimoiy ta’minot muassasalari va tadbirlarini mablag’ bilan ta’minlash) va aholini ijtimoiy qo’llab-quvvatlash (ko’p bolali va kam ta’minlangan oilalarga nafaqalar, ijtimoiy yordamning boshqa turlari) xarajatlari;
2. Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash xarajatlari;
3. Iqtisodiyot xarajatlari;
4. Markazlashtirilgan investitsiyalarni moliyalashtirish xarajatlari;
5. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarini saqlab turish xarajatlari;
6. Sudlarni, adliya va prokuratura organlarini saqlab turish xarajatlari;
7. Fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlarini saqlab turish xarajatlari;
8. Zaxira jamg’armalarini shakllantirish xarajatlari;
9. Boshqa xarajatlar.
Sanab o’tilgan har bir guruh xarajatlar, o’z navbatida, mahkamaviy va maqsadli belgisiga ko’ra guruhlanadi. Mahkamaviy belgisiga ko’ra byudjet mablag’larini oluvchi vazirlik, davlat qo’mitasi yoki boshqa davlat boshqaruv organining xarajatlariga bo’linadi.
Bu belgiga ko’ra xarajatlarni tahlil qilishda byudjet xarajatlarining qaysi tarmoq va sohalarga yo’naltirilayotgani haqida xulosa qilish mumkin bo’ladi. Masalan, davlat byudjetidan funksional tasnifga ko’ra ta’lim sohasiga ajratilgan pul mablag’lari O’zbekiston Respublikasi Budjet kodeksi, V-bo’lim, 139-bob, 69-modda.
Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi kabi mahkamalar tomonidan tasarruf etiladi. O’z navbatida, har bir vazirlik, davlat qo’mitasi, idorasi yoki alohida budjet tashkilotiga ajratilgan budjet mablag’lari xarajatlar ning aniq turlari bo’yicha ajratiladi (maqsadli belgisiga ko’ra). Masalan, kasb-hunar kollejiga ajratilgan jami mablag’ ish haqi, kommunal to’lovlar, joriy ta’mirlash, asbob-uskunalar va o’quv jihozlari sotib olish kabi xarajat turlari bo’yicha (muassa saning xarajatlar smetasiga kiritilgan xarajatlar) rejalashtiriladi va moliyalashtiriladi.
Hududiy belgisiga ko’ra budjet xarajatlari umumdavlat xarajatlariga va mahalliy hokimiyat organlarining xarajatlariga bo’ linadi. Umumdavlat xarajatlari, odatda, respublika budjetidan amalga oshiriladi va davlat ahamiyatidagi tadbirlarni moliyalashtirishga safarbar etiladi. Mahalliy hokimiyat organlari esa hududiy va mahalliy ehtiyojlardan kelib chiqib, Qoraqalpog’iston Respublikasi budjeti va viloyat, shahar, tuman budjetlari mablag’laridan xarajatlarni amalga oshiradilar3.
Bu taqsimlash munosabatlarining moddiy buyumlashgan shakli turli sohalarga yo’naltirilayotgan byudjet mablag’larining harakatidan iboratdir. Byudjet xarajatlarining iqtisodiy mohiyati uning turli-tuman ko’rinishlari (turlari) orqali namoyon bo’ladi. Xarajatlarning har bir turi o’zining miqdoriy va sifat tavsifiga ega. Ularning sifat xarakteristikasi voqelikning iqtisodiy tabiatini ifodalab, byudjet xarajatiarining mo’ljallanganligini, miqdoriy xarakteristika esa ularning o’lchamini (miqdorini, hajmini) aniqlashga imkon beradi. Byudjet xarajatiari chiqimlarning konkret turlari orqali namoyon bo’ladi. Byudjet xarajatiarining konkret turlarining xilma-xilligi esa, o’z navbatida, quyidagi omillarning mavjudligi bilan belgilanadi:

  • davlatning iqtisodiy tabiati va funksiyalari;

  • mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot darajasi;

  • byudjetning milliy iqtisodiyot bilan bog’langanligi;

  • iqtisodiy munosabatiarning rivojlanganlik darajasi;

  • byudjet mablag’larining namoyon bo’lish shakllari va h.k

Bu omillarning qo’shilishi ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning ma’lum bir bosqichida har qanday davlat byudjet xarajatlarining u yoki bu tizimini vujudga keltiradi. Jamiyatning iqtisodiy hayotida byudjet xarajatlarining roli va ahamiyatini aniqlash uchun ularni ma’lum belgilarga ko’ra turkumlashtirish maqsadga muvofiq. Nazariya va amaliyotda byudjet xarajatlarini klassifikatsiya qilishning bir necha belgilari mavjud. Ular o’zlarining iqtisodiy mazmuni, funksionalligi, ijtimoiy takror ishlab chiqarishdagi roli, ishlab chiqarish tarmoqlari va faoliyat turlari yoki idoraviy bo’linishi, ijtimoiy mo’ljallanganligi bo’yicha, hududiy turkumlanishi, ma’lum maqsadlari va yuridik nuqtai nazardan yoki davlat boshqaruvi darajasiga ko’ra alohida guruhlarga ajratilishi mumkin.
Asosiy bo’limlar 2021 yil uchun byudjet hamda Davlat byudjetining daromadlari va xarajatlariga asos bo’lib hisoblangan makroiqtisodiy ko’rsatkichlar prognozlariga bag’ishlangan. 2021 yilda iqtisodiy faollikning tiklanishi, iqtisodiyotning o’sishi hamda soliq siyosatidagi o’zgarishlar hisobiga daromadlarning barcha turlari bo’yicha (yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq va boshqa soliqlardan tashqari) o’sish prognoz qilinmoqda. Sezilarli ravishda o’sishi kutilayotgan daromad moddalari bo’lib, qo’shilgan qiymat solig’i, foyda solig’i, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i va aksiz solig’i xizmat qildi4.
Davlat byudjetining xarajatlari tarkibida ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo’llab-quvvatlashga xarajatlar salmoqli bo’lib qolmoqda. Ushbu xarajatlar umumiy xarajatlarning 52 foizini tashkil etadi. Koronavirus pandemiyasi bilan bog’liq bo’lgan xatarlarning saqlanib qolayotganini e’tiborga olgan holda 2021 yilda 3 trln so’m koronavirusga qarshi kurashish tadbirlari va vaksinalar harid qilishga yo’naltiriladi.
Shuningdek, “Davlat byudjeti” bo’limida byudjet taqchilligi va uning qoplash manbalari to’g’risida ma’lumotlar ham keltirilgan. Prognoz qilinayotgan daromadlar va xarajatlarning tasdiqlangan parametrlarini hisobga olgan holda 2021 yilda Konsolidatsiyalashgan byudjet taqchilligi yalpi ichki mahsulotga nisbatan 5,4 foiz miqdorida prognoz qilinmoqda. Alohida bir bo’limda davlat qarzining holati va dinamikasi to’g’risidagi ma’lumotlar yoritilgan bo’lib, davlat qarzi o’sishiga qaramasdan makroiqtisodiy barqarorlik darajasiga xavf solmaydigan darajada qolmoqda. Mazkur maqsadlar uchun 2020 yildan boshlab tashqi qarzlarni O’zbekiston Respublikasi nomidan yoki O’zbekiston Respublikasi kafolati ostida jalb qilishga cheklovlar kiritildi.
2020 yilda milliy iqtisodiyotning o’sish sur’ati inqiroz sharoitida sezilarli ravishda pasaydi (1,6%gacha). Iqtisodiyotni qo’llab-quvvatlash maqsadida hukumat tomonidan iqtisodiy o’sishni tiklash va tarkibiy islohotlarni davom ettirish yuzasidan amaliy harakatlar rejasi qabul qilindi. Mazkur harakatlar rejasi hukumat, vazirliklar, idoralar, xo’jalik birlashmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining sa’yharakatlarini muvofiqlashtirishni, tizimli islohotlarni davom ettirish maqsadida sharoit yaratishni va iqtisodiyotni rivojlanishiga yanada turtki beruvchi yangi imkoniyatlarni va zaxiralarni aniqlashni («o’sish nuqtalari») nazarda tutadi.
2021 yilda makroiqtisodiy vaziyatni barqarorlashtirish va tizimli tarkibiy islohotlarni davom ettirish chora-tadbirlarini hisobga olgan holda, iqtisodiy o’sish 5,1 foizni tashkil etishi kutilmoqda.
2021-2023 yillarda iqtisodiyot tarmoqlarining o’sish sur’atlarini inqiroz davrigacha bo’lgan miqdorlarga bosqichma-bosqich tiklanishi prognoz qilinmoqda.
2021 yilda va kelgusi ikki yilda inflyasiya darajasi 7-11% darajada bo’lishi prognoz qilinmoqda.
Jahon iqtisodiyoti bosqichma-bosqich tiklanishi va tashqi savdo operatsiyalarining yangilanishi hisobiga 2021 yilda tashqi savdo hajmining 2019 yildagi inqiroz davrigacha bo’lgan miqdorlarga yetkazish prognoz qilinmoqda.
2021-2023 yillarda jalb qilinayotgan investitsiyalar hajmini sanoat, qishloq xo’jaligi sohalaridagi va yirik infratuzilma loyihalarini amalga oshirishga qaratilgan ustuvor yo’nalishlarni saqlab qolgan holda inqirozgacha bo’lgan davr ko’rsatkichlariga yetkazish prognoz qilinmoqda.
2021 yilda Davlat byudjeti daromadlarining tarkibida byudjetga tushayotgan umumiy tushumlarning 42,4 foizini ta’minlovchi bilvosita soliqlar ulushi oshib bormoqda.
Bilvosita soliqlar tushumining asosiy qismi (75,1%) QQS va aksiz solig’i tushumlarining ortishi hisobiga ta’minlanadi. QQS bo’yicha tushumlar 47,0 trln so’m miqdorida prognoz qilinmoqda, o’sish sur’ati joriy yil kutilayotgan tushumga nisbatan 50,6% ni tashkil etadi.
2021 yilda Davlat byudjeti xarajatlari 165 879 mlrd so’m miqdorida tasdiqlangan, bu YaIMning 24,1 foizi miqdori tashkil etib, 2020 (20,1 foiz) yilga nisbatan qariyb 4 foizga ko’p. Sog’liqni saqlash sohasiga – 19 648 mlrd so’m ajratilgan. 2021 yilda koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish va vaksina sotib olish uchun. COVID-19 pandemiyasi inqirozi barcha mamlakatlarda ijtimoiy himoya muammolarini kuchaytirdi. Aholini qo’llab-quvvatlash choralarida ijtimoiy zaif toifalarni qo’llabquvvatlash byudjet xarajatlarining dolzarb masalalariga aylandi. Ijtimoiy himoya xarajatlari – 10 244,7 mlrd so’m.
2021 yilda oilalarni ijtimoiy nafaqalar bilan qamrab olishning o’sishi davom etadi. Ijtimoiy nafaqa oladigan kam ta’minlangan oilalar soni 2020 yil boshiga nisbatan 2 baravarga ko’payadi.
Birinchi marta byudjetda chin etimlarni uy-joy bilan ta’minlash maqsadida 50 mlrd so’m ajratilishi ko’zda tutilgan. Shu munosabat bilan, chin yetimlarni uy-joy bilan ta’minlashning yangi tartibi ishlab chiqiladi va unga murojaat yetuvchilar ro’yxati tuziladi.
2021 yilda iqtisodiyotni bosqichma-bosqich tiklanishi Konsolidatsiyalashgan byudjet taqchilligi 37 534,2 mlrd so’m miqdorida prognoz qilinmoqda (YaIMga nisbatan 5,4%). Jami davlat qarzi 2021 yil yakunida 28,3 mlrd AQSh dollari miqdorida bo’lishi prognoz qilinmoqda (YaIMga nisbatan 45,3%). O’sish dinamikasiga qaramay davlat qarzi mo’’tadil bo’lib, makroiqtisodiy barqarorlikka xavfsiz darajada qolmoqda.
2021 yil yakuniga davlat tashqi qarzi 25,7 mlrd AQSh dollari hisobida prognoz qilinmoqda, shundan 18,6 mlrd AQSh dollari – O’zbekiston Respublikasi nomidan (O’zbekiston Respublikasi Hukumati) va 7,1 mlrd AQSh dollari – O’zbekiston Respublikasi kafolati ostida jalb qilingan5.

  1. Davlat byudjeti xarajat yo’nalishlarining hozirgi holati.

O’zbekiston prezidenti koronavirus pandemiyasi va global inqiroz sharoitida byudjet xarajat yo’nalishlarini optimallashtirish to’g’risidagi qarorni imzoladi. Dolzarb bo’lmagan loyihalar va xarajatlar kechiktiriladi.


Prezident Shavkat Mirziyoyev 15 aprel kuni roronavirus pandemiyasi davrida O’zbekiston Davlat byudjeti barqarorligini ta’minlash va birinchi navbatdagi tadbirlarni o’z vaqtida moliyalashtirish chora-tadbirlari to’g’risidagi qarorni imzoladi.
Hujjatda qayd etilishicha, karantin davri O’zbekistonda asosan joriy yilning II choragiga to’g’ri kelishi va shu davrda iqtisodiy faollikning sezilarli pasayishi Davlat byudjeti barqarorligiga xavf tug’dirmoqda. Shuning uchun kasallik tarqalishini maksimal darajada lokalizatsiya qilish va karantin muddatlari cho’zilib ketishining imkon qadar oldini olish muhim ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga egadir.
Quyidagilar Davlat byudjetining barqarorligini ta’minlash va byudjet xarajatlarini maqbullashtirishning ustuvor asosiy yo’nalishlari etib belgilandi:

  • koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish bo’yicha kechiktirib bo’lmaydigan tadbirlarni amalga oshirish;

  • muhim ijtimoiy xarajatlarning to’liq amalga oshirilishini ta’minlash;

  • jahondagi va respublikadagi ijtimoiy-iqtisodiy faollik ahvoli tahlili va muhimlik darajasidan kelib chiqqan holda dolzarb hisoblanmagan loyiha va xarajatlarni keyingi davrlarga ko’chirish;

  • davlat dasturlarini bajarishga yo’naltiriladigan byudjet mablag’larini qisqartirishda loyihalarning ustuvorligi va ijtimoiy yo’naltirilganligini inobatga olish;

  • davlat ichki va tashqi majburiyatlarining, shu jumladan, fuqarolik-huquqiy shartnomalar asosida yetkazib berilgan tovarlar, bajarilgan ishlar va ko’rsatilgan xizmatlar uchun to’lovlarni amalga oshirish hamda davlat-xususiy sheriklik loyihalari bo’yicha majburiyatlarning to’liq bajarilishini ta’minlash;

  • byudjet mablag’larini taqsimlovchilarning xarajatlarni mustaqil kamaytirish bo’yicha mas’uliyatini oshirish.

Moliya vazirligi, Qoraqalpog’iston Vazirlar Kengashi va mahalliy davlat hokimiyati organlari tegishli darajadagi byudjet tushumlarini, shuningdek, respublika byudjetidan ajratilayotgan transfertlarni, aksiz solig’i bo’yicha o’tkazmalarni, byudjet ssudalarini hamda boshqa mablag’larni birinchi navbatda quyidagilarni moliyalashtirishga yo’naltirish topshirildi:

  • koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish bo’yicha tadbirlarga, jumladan, dori vositalari va tibbiyot buyumlari sotib olish, tibbiyot muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va ularni jihozlashga;

  • ish haqi, pensiyalar, stipendiya va nafaqalarni o’z vaqtida to’lashga;

  • oziq-ovqat mahsulotlarini sotib olish, kommunal to’lovlar va boshqa kechiktirib bo’lmaydigan xarajatlarni qoplashga;

  • Inqirozga qarshi kurashish respublika komissiyasining qaroriga asosan boshqa tadbirlar va xarajatlarga.

  • Qarorga ko’ra, ikkinchi chorakda rejalashtirilgan ayrim xarajatlar ikkinchi yarim yillikka o’tkaziladi.

Vazirlar Mahkamasiga davlat hokimiyati organlari, sud va prokuratura organlari, vazirliklar va idoralarning soliqlar, majburiy yig’imlar, bojlar, jarimalar hisobidan jamlanadigan byudjetdan tashqari jamg’armalari xarajatlarini (xodimlarning mehnatiga haq to’lash va qonunchilikda belgilangan moddiy rag’batlantirish xarajatlari bundan mustasno) qisqartirish va iqtisod qilingan mablag’larni respublika byudjetiga yo’naltirish vakolati berildi. Vazirlik, idoralar va ularning hududiy bo’linmalari joriy yil 1 avgustiga qadar byudjetdan tashqari jamg’armalar hisobidan asosiy vositalarni xarid qilish, qurilish, rekonstruksiya va kapital ta’mirlash bilan bog’liq xarajatlarni to’xtatadi, moliyalashtirish boshlangan chora-tadbirlar bundan mustasno.
Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga davlat korxonalari hamda ustav kapitalida 50 foiz va undan ortiq davlat ulushi mavjud bo’lgan yuridik shaxslar xarajatlarini maqbullashtirish yuzasidan ularning biznes-rejalarini tanqidiy qayta ko’rib chiqish topshirildi. Hukumatga koronavirus infeksiyasining tarqalishiga qarshi kurashish davrida foydali qazilmalarni qazib olish sohasida faoliyat yurituvchi ustav kapitalida 50 foiz va undan ortiq davlat ulushi mavjud bo’lgan korxonalar va tashkilotlar uchun tovarlar (ishlar, xizmatlar) realizatsiyasidan tushgan tushum yoki foydani taqsimlashning alohida rejimini belgilash huquqi berildi. 1 iyunga qadar Oliy Majlis palatalari, sud va prokuratura organlari, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, barcha vazirlik va idoralar hamda ularning hududiy organlari, ularning tarkibiga kiruvchi tashkilotlar va jamg’armalar uchun yagona mehnatga haq to’lash tizimini tatbiq etish bo’yicha prezident qarori loyihasi kiritiladi.
Vazirlar Mahkamasiga ikki hafta ichida Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasi hisobidan amalga oshiriladigan va qurilish-montaj ishlari boshlanmagan investitsiya loyihalarini tanqidiy ko’rib chiqib, ayrim loyihalarni kechiktirish bo’yicha tegishli qaror qabul qilish topshirildi.6
Davlat byudjetining 2020-yil 1-yarim yillik ijrosi maʼlum qilindi Moliya vazirligi Axborot xizmatining xabar qilishicha, davlat budjetining 2020-yil 6 oylik daromadlari 58 157 milliard soʻmga yoki tasdiqlangan yillik parametrga nisbatan 45,3 foizga ijro etildi.
Hisobot davrida oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 15 foizga koʻp mablagʻ tushirilishiga erishildi. Daromadlarning 19 739,6 milliard soʻmi (jami daromadlarning 33,9 % i) bevosita soliqlar, 21 510,8 milliard soʻmi (37,0 % ) bilvosita soliqlar, 9 695,4 milliard soʻmi (16,7 %) resurs toʻlovlari va mulk soligʻi va 7 211,2 milliard soʻmi (12,4 %) boshqa daromadlar hisobidan shakllantirildi.
Davlat byudjetining 1-yarim yillik xarajatlari esa 64 878,9 milliard soʻmni yoki YAIM ga nisbatan 25,4 foizni tashkil etdi. Jami xarajatlar tarkibida ijtimoiy soha xarajatlari eng koʻp ulushga (53,4 %) ega boʻlib, ushbu yoʻnalishda faoliyat yuritayotgan tashkilot va muassasalarni saqlash hamda sohaga taalluqli tadbirlarni moliyalashtirish uchun Davlat byudjetidan 34 665,5 milliard soʻm mablagʻ yoʻnaltirildi.
2020-yil 1-yarim yillik Davlat byudjeti defitsiti 6 721,9 milliard soʻmni tashkil etdi. Hisobot davrida mahalliy byudjetlarning daromadlar qismi 12 870,7 milliard soʻmni, xarajatlar qismi esa 20 203,3 milliard soʻmni tashkil etdi7.

2021 yilgi davlat byudjeti loyihasi muhokamaga qo’yildi. Byudjet xarajatlarini 25 foizga oshirish taklif qilinmoqda, Moliya vazirligi 2021 yilgi davlat byudjeti to’g’risidagi qonun loyihasini muhokamaga qo’ydi. Hujjatga ko’ra, YAIM 5,1 foizga o’sadi, inflyatsiya 10 foiz atrofida bo’lishi kutilmoqda. Konsolidatsiyalangan byudjet xarajatlari 203,8 trln co’mni tashkil qilishi kerak, bu joriy yilda prognoz qilingan xarajatlardan 25,5 foizga va belgilangan ko’rsatkichlardan 5,6 foizga ko’p.


O’zbekiston Moliya vazirligi 2021 yilgi davlat byudjeti to’g’risidagi qonun loyihasini muhokamaga taqdim etdi. Makroiqtisodiy siyosatning 2021 yilga mo’ljallangan asosiy yo’nalishlari va ko’rsatkichlari kelgusi yil koronavirus pandemiyasi davom etishi ehtimolligi mavjudligi prognozlari asosida shakllantirildi, deb xabar qildi Moliya vazirligi matbuot xizmati. Yalpi ichki mahsulot (YAIM) hajmi 2021 yilda 688,9 trillion so’mni tashkil etadi, bu dastlabki maqsadga (786,2 trillion) nisbatan 12,4 foizga kam. Prognozlarga ko’ra, yalpi ichki mahsulotning o’sish sur’ati 5,1 foizni tashkil etadi (belgilangan 5,8 foizga nisbatan). O’sishni sanoat ishlab chiqarishining 5,8 foizga, xizmatlarning 6,4 foizga, qishloq xo’jaligining 2,7 foizga o’sishi bilan ta’minlash kutilmoqda (jadvallarni saytning ish stoli versiyasi orqali oching).
Inflyatsiyaning pasayish tendensiyasining davom etishini hisobga olgan holda, 2021 yilda inflyatsiya darajasi 9−10% ni tashkil qilishi prognoz qilinmoqda, bu o’tgan yilgi prognozlardan (11%) yaxshiroqdir.
Hozirgi holat tahlili:
2021 yilga mo’ljallangan asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlarning prognozi va 2022−2023 yillarga mo’ljallangan maqsadlar, milliard so’mda.
Moliya vazirligining ma’lumotlariga ko’ra, davlat byudjetining asosiy parametrlari quyidagi asosiy fiskal maqsadlar asosida ishlab chiqilgan:

  • 2020−2021 yillarda tashqi talabning pasayishi va global iqtisodiy faoliyat, iqtisodiyotning raqobatbardoshligi, sarmoyaviy jozibadorligi, ishbilarmonlik faolligi, eksportni rag’batlantirishga yo’naltirilgan soliq siyosatini davom ettirish sharoitida iqtisodiyotdagi yalpi talabni rag’batlantirish;

  • davlat byudjetining barqarorligini ta’minlash va davlat qarzlari miqdorini xalqaro standartlarga muvofiq o’rtacha darajada ushlab turish, o’rta muddatli istiqbolda konsolidatsiya qilingan byudjet kamomadini YAIMning 2 foizidan kamigacha kamaytirish;

  • davlat byudjeti daromadlarining barqaror o’sishini ta’minlash va soliqqa tortishning odilligi prinsipi, shuningdek soliq imtiyozlarini tartibga solish;

  • davlat byudjetining ijtimoiy yo’nalishini saqlash. Xususan, ta’lim tizimlarini rivojlantirishga, sog’liqni saqlashga, koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish uchun zarur mablag’larni shakllantirishga qaratilgan muhim dasturlarni moliyalashtirish;

  • ish haqi va unga tenglashtirilgan to’lovlarni, pensiya va nafaqalarni o’z vaqtida va to’liq moliyalashtirish, ularning o’sishini inflyatsiya darajasidan past bo’lmagan darajada ta’minlash;

  • aholini ijtimoiy qo’llab-quvvatlash va bandligini oshirish, qashshoqlikni kamaytirish va ijtimoiy himoya manzilini kuchaytirish;

  • suv va yer resurslarini tejashga va ulardan samarali foydalanishga, yenergiya tejashga, tabiatni va atrof-muhitni muhofaza qilishga, ekologik holatni yaxshilashga va boshqa muhim davlat dasturlariga yo’naltirilgan davlat dasturlarini moliyalashtirish;

  • daromadlar bazasini ko’paytirish va mahalliy byudjet xarajatlari samaradorligini rag’batlantirishga qaratilgan byudjetlararo munosabatlarni saqlash;

  • byudjet shaffofligini oshirish va byudjetni har tomonlama qoplashni ta’minlash.

Ushbu maqsadlardan kelib chiqib, 2021 yilda davlat byudjeti daromadlari 178,5 trillion so’mni tashkil etadi, bu joriy yilgi prognoz daromadlaridan 12,3 foizga ko’p, ammo 2021 yilga mo’ljallangan dastlabki rejalardan 3,5 foizga past. Tashqi qarz tufayli davlat dasturlari xarajatlari hisobga olinmagan holda birlashtirilgan xarajatlar 203,8 trillion so’mni tashkil etadi, bu joriy yilda prognoz qilingan xarajatlardan 25,5 foizga va belgilanganidan 5,6 foizga ko’pdir.
Davlat maqsadli jamg’armalarining daromadlari 26,2 trillion so’m, xarajatlari 40,7 trillion so’m miqdorida rejalashtirilgan. Shu bilan birga, ular respublika byudjetidan 15,9 trln.so’m sarf etiladi. Natijada, kelgusi yilda davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlari 17,2 trillion so’m yoki prognoz qilingan YAIMning 2,5% miqdorida kamomad bilan tuzilgan.
Byudjetni qoplashni oshirish va to’liqligini ta’minlash uchun davlat moliyaviy boshqaruvining xalqaro standartlariga muvofiq 2021 yildan boshlab tashqi qarzlar hisobidan davlat dasturlari bo’yicha rejalashtirilgan xarajatlarni konsolidatsiyalangan byudjetga kiritish taklif etiladi. 2021 yilda ushbu xarajatlar 12,1 trillion so’m miqdorida bo’lishi prognoz qilinmoqda.
Masalan, Jahon bankining 31,5 million dollarini shoshilinch tibbiy yordam ko’rsatishni yaxshilashga sarflash rejalashtirilgan, Osiyo taraqqiyot bankining birlamchi tibbiy yordamni yaxshilash uchun ajratilgan 25,2 million dollari konsolidatsiyalangan byudjetda o’z aksini topgan.
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, 2021 yilga mo’ljallangan byudjet kamomadining eng yuqori chegarasi (davlat byudjeti, davlat maqsadli jamg’armalari, FRDU, shuningdek, davlat dasturlarini amalga oshirish bilan bog’liq xarajatlarni hisobga olgan holda, tashqi qarz hisobiga) 37,4 trillion so’m yoki 5,4% miqdorida ta’minlanadi. Moliya vazirligining ta’kidlashicha, YAIM joriy yil uchun kutilayotgan defitsitdan 1,6 foizga pastdir.
Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg’armalarining taqchilligi yil boshiga davlatning ichki va tashqi qarzlari va byudjetlarning qoldiq mablag’larini jalb qilish yo’li bilan, FRDU defitsiti — o’z mablag’lari hisobidan qoplanadi. Bundan tashqari, O’zbekiston nomidan va uning kafolati ostida jalb qilingan davlat qarzining qolgan qismi joriy yilgi YAIMning 60 foizidan oshmasligi belgilangan.
Shu bilan birga, 2021 yilda O’zbekiston nomidan va uning kafolati ostida ichki va tashqi qarzlarni jalb qilish bo’yicha yangi yillik shartnomalarning maksimal sof hajmi 5,5 milliard dollar (5 milliard dollar — tashqi, 0,5 milliard — ichki qarz) miqdorida belgilanishi rejalashtirilgan. davlat byudjeti kamomadini moliyalashtirish uchun — 2,2 milliard dollar (shu jumladan ichki qarz — 5 trillion so’m), investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun — 3,3 milliard dollar etib belgilangan.
Moliya vazirligining rasmiy veb-saytida davlat byudjetidan ajratilgan mablag’lar va ularning byudjet tashkilotlari va byudjet mablag’larini oluvchilar kontekstida bajarilishi to’g’risidagi ma’lumotlar, shuningdek davlat qarzlarining holati va dinamikasi to’g’risidagi ma’lumotlar taqdim etiladi.
Davlat soliq qo’mitasi va bojxona qo’mitasi o’zlarining rasmiy veb-saytlarida soliq to’lovchilar kontekstida soliq va bojxona imtiyozlari miqdori to’g’risidagi ro’yxatni va ma’lumotlarni e’lon qiladi.
Jismoniy shaxslardan olinadigan aksiz solig’i stavkalari, yer solig’i, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq va yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun olinadigan daromad solig’ining belgilangan miqdori, Soliq kodeksining tegishli qismlariga o’tish sababli qonun loyihasiga kiritilmagan8.
21 noyabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari Vazirlar Mahkamasi tomonidan taqdim etilgan davlat budjetining va davlat maqsadli jamg’armalari budjetlarining 2019 yil 9 oyidagi ijrosi to’g’risidagi hisobotni ko’rib chiqdi.
Hukumat taqdimiga ko’ra, 2019 yilda soliq siyosatini tubdan takomillashtirish konsepsiyasining amalga tatbiq etilishi, qo’shilgan qiymat solig’i bo’yicha joriy qilingan yangiliklar hisobiga iqtisodiyotda tashqi va ichki savdo aylanmasining o’sishiga, valuta bozorining yanada erkinlashuviga, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivojlanishi uchun keng imkoniyatlar yaratilishiga erishildi. Natijada joriy yilning to’qqiz oyida yalpi ichki mahsulotning o’sishi 5,7 foizni tashkil etdi, xususan, xizmatlar ko’rsatish 1,7 foiz, sanoat mahsulotini ishlab chiqarish hajmi 1,6 foiz, mahsulotlarga sof soliqlar 0,7 foiz, qishloq, o’rmon va baliq xo’jaliklari mahsuloti hajmi 0,6 foiz hamda qurilish ishlari hajmi 1,1 foiz o’sgan. Davlat budjeti daromadlari 79,2 trln. so’mni, xarajatlari esa, 86,5 trln. so’mni tashkil etib, yalpi mahsulotdagi ulushi tegishincha 21,9 va 23,9 foizni tashkil etgan.
Hisobot davrida tashqi savdo aylanmasi 31,6 mlrd. AQSh dollarini tashkil etib, o’tgan yilning mos davriga nisbatan 37,2 foiz oshgan, eksport hajmi 13,7 mlrd. AQSh dollarini va import hajmi 18,0 mlrd. AQSh dollarini tashkil qilgan. Xarajatlarning ijtimoiy yo’naltirilganligi saqlab qolinib, ijtimoiy xarajatlarni moliyalashtirish uchun davlat budjetidan 45,9 trln. so’m yoki umumiy xarajatlarning 53,2 foizi miqdorida mablag’ sarflangan. Bu xarajatlar YaIMga nisbatan 12,7 foizni tashkil etgan. «Mablag’larning eng katta qismi – ta’lim sohasini saqlash, uni rivojlantirishga yo’naltirildi. Ushbu yo’nalishga davlat budjetidan 2018 yilning mos davriga nisbatan 77,4 foizga ko’p yoki 24,2 trln so’m mablag’ ajratildi.
Xususan, 5-ilovada respublika byudjetidan birinchi darajali byudjet mablagʻlarini taqsimlovchilarga ajratiladigan mablagʻlarning cheklangan miqdori keltirilgan.
Davlat byudjetining jami miqdori – 100 trillion 830 milliard 566,4 million soʻmni tashkil etadi.
Jumladan, maktabgacha ta’lim muassasalariga 3,7 trln. so’m, umumta’lim maktablariga 13,8 trln. so’m, kadrlar tayyorlash xarajatlariga 3 trln. so’m sarflandi». Muhokamalardan so’ng deputatlar davlat budjetining va davlat maqsadli jamg’armalari budjetlarining 2019 yil to’qqiz oyligidagi ijrosi bo’yicha hukumat hisobotini tasdiqlashga qaror qabul qildilar.9
Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “2020-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida”gi qonunni imzoladi va hujjat 10-dekabrdan kuchga kirgani haqida xabar berilgandi. Qonunga koʻra, davlat byudjetining jami miqdori 100 trillion soʻmdan oshgan.

Download 121,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish