«Moliya» fakulteti «Moliya» kafedrasi


Kapital va uning tarkibi haqida tushuncha



Download 488,4 Kb.
bet3/9
Sana09.07.2022
Hajmi488,4 Kb.
#765723
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
27. Omonov Vohid

1.Kapital va uning tarkibi haqida tushuncha
Bugungi kunda mamlakatimiz iqtisodiyoti jamiyatni demokratiyalashtirish,
iqtisodiyot salohiyatlarini mustahkamlash va mamlakatni rivojlangan davlatlar qatoriga kiritishga yo’naltirilgan, bozor munosabatlariga o’tishning mamlakatimiz uchun maxsus ishlab chiqilgan modeli asosida rivojlanib bormoqda. Bu model O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan iqtisodiyotni isloh qilishning beshta tamoyiliga asoslangan hamda xo’jalik faoliyati yurituvchi subyektlarning erkinligi, xususiy mulkchilik va tadbirkorlikni himoya qiluvchi zaruriy qonun hujjatlari bilan belgilab berilgan. Iqtisodiyotning rivojlanishi uchun talab qilinuvchi ushbu vazifalarning amalga oshirilishida korxonalarga katta ro’l ajratilib, ular iqtisodiyotning asosiy ishlab chiqarish bo’g’ini bo’lish bilan birga mahsulot ishlab chiqarish, aholiga xizmat ko’rsatish tufayli iste’molchilarning talablarini ham qondiradilar.
O’zbekiston Respublikasi qonunchiligiga asosan, korxona - huquqiy shaxs maqomiga ega, mustaqil ravishda xo’jalik faoliyati yurituvchi subyekt bo’lib, o’ziga tegishli bo’lgan mol-mulkidan foydalanish asosida iste’molchilar (xaridorlar) talabini qondirish va daromad (foyda) olish maqsadida mahsulot (ish, xizmat) ishlab chiqaradi va sotadi yoki ayirboshlaydi. Hozirgi kunda O’zbekiston iqtisodiyotining turli tarmoq va sohalarida turli xil mulkchilik shakliga ega bo’lgan 500 mingta xo’jalik faoliyati yurituvchi subyekt mavjud bo’lib, ulardan qariyb 280 mingini kichik korxonalar hamda mikrofirmalar tashkil etadi. Korxonalarning eng katta qismi savdo va umumiy ovqatlanish (34%), qishloq xo’jaligi (41%), sanoat (9,4%) va qurilish (56%) sohalarida ro’yxatga olingan. Jami korxonalar miqdorida nodavlat sektorining salmog’i katta bo’lib, 82 %ni tashkil qiladi.2 O’zbekistonda ko’plab kichik, va yirik ishlab chiqarish korxonalari faoliyat ko’rsatayotgan bo’lib, ular iqtisodiyotning deyarli barcha tarmoqlarini – og’ir sanoatdan yengil sanoatgacha, qishloq xo’jalik mahsulotlarini qayta ishlashdan ilmiy ishlab chiqarishgacha qamrab olgan. Korxonaning belgilari, funktsiyalari va vazifalarini ko’rib chiqamiz.
Zamonaviykorxona-mustaqilxo’jalikyurituvchisubyektbo’lib, ularningishlabchiqarishvositalarivaboshqamulklario’zigategishlibo’ladi. Shu sababli korxonalar mulkchilik shakliga ko’ra, davlat va nodavlat; tarmoq belgilariga ko’ra, mashinasozlik, energetika, metallurgiya, neft va gaz sanoati, qurilish kompleksi, oziq-ovqat, yengil sanoat, savdo; ishlab chiqarish miqyosi va xodimlar soniga ko’ra, yirik, mikrofirma va kichik; faoliyat yuritish muddatiga ko’ra, uzluksiz, mavsumiy va uzlukli korxonalarga bo’linadi.Biroq ushbu belgilardan qat’iy nazar, deyarli har bir korxona Nizom asosida faoliyat yuritadi. Nizomda korxonaning nomi, manzilgohi, yuqori turuvchi organi va bu organning nomi, Nizom jamg’armasi, bank muassasalaridagi rekvizitlari, korxona rahbariyatining lavozimlari, rahbar shaxslarning majburiyatlari, tuzilmaviy bo’linmalar ro’yxati, hisobot tartibi ko’rsatilgan bo’ladi. Agar Nizomda korxonaning tashkiliy-huquqiy funktsiyalari belgilangan bo’lsa, uning ishlab chiqarish va iqtisodiy faoliyati tarkibiga asosiy va aylanma fondlar, pul mablag’lari va boshqa aktivlar kiruvchi Nizom jamg’armasiga tayanadi. Nizom jamg’armasi qonunga asosan korxonani tashkil qilish jarayonida muassislar - davlat, huquqiy va jismoniy shaxslar tomonidan shakllantiriladi.

Korxona rivojlanishi va ishlab chiqarishning kengayib borishi, daromad hajmi va boshqa moliyaviy tushumlarning ortishi natijasida Nizom jamg’armasiko’paytirilishi mumkin. Umuman olganda, Nizom jamg’armasi korxonaning iqtisodiy barqarorligi va moliyaviy jihatdan baquvvatligini aks ettiradi Bоzоr iqtisоdiyoti qarоr tоpib, rivоjlanib bоrish shartlaridan eng muhimi fоyda оlib ishlash hisоblanadi. Shu ma’nоda har qanday iqtisоdiy harakat natijasi albatta fоydalilikni, manfaatlikni ta’minlashi kеrak. Bugungi rеjali bоzоr iqtisоdiyotining asоsiy jihati shundaki, sоtsialistik tuzumdagi rеjali iqtisоdiyotda farqli o’larоq har bir iqtisоdiy sub’yеkt uchun kеng imkоniyotlar оchib bеradi.


Ma’muriy bоshqarish yoki rеjalashtirishda, хo’jalik fоaliyatini tashkil qilish, bоshqarishning shakl va uslublari tizimidagi tubdan o’zgarishlar asоsida bоshlangan bоzоr iqtisоdiyotiga o’tib bоrish, iqtisоdiy harakatga bo’lgan ishtiyoq va erkinlikni o’stirgan hоlda, aniq va o’z nоmidan mulk va yutuqlar egasi sifatida chiquvchi harakat sub’yektlarini qarоr tоpishiga imkоn bеrmоqda.
Eng katta yutug’imiz shuki, ayni paytda kоrхоnalar to’la davlat tasarrufidan
chiqarildi va turli mulkchilik shaklida fоaliyat yuritayotgan kоrхоnalarga aylantirildi. Erkin bоzоr munоsоbatlariga asоslangan sharоitda ishlab chiqarish, tijоrat va tadbirkоrlik faоliyatini yo’lga qo’yish va yuritishdan eng asоsiy maqsad yuqоri natijaviylikga erishish hisоblanadi.
Xususiylashtirish, davlat tasarrufidan chiqarish va aksiyadorlashtirish jarayonlari bozor iqtisodiyoti sharoitida vujudga kelgan va turli mulkchilikka asoslangan xo'jalik yurituvchi sub'ektlarning salohiyatini ularning xususiy kapitali ko'rsatkichi xarakterlaydi. Xususiy kapitalga yetarli darajada ega bo'lmagan xo'jalik yurituvchi sub'ekt faoliyalini uzluksiz rivojlantira olmaydi va bozorda vujudga keladigan raqobatga bardosh berish qobiliyati sust bo'ladi.
Shuning uchun ham xususiy kapitalga ega bo'lish, uni doimiy tarzda ko'paytirib borish bozor iqtisodiyoti sharoitida har qanday xo'jalik yurituvchi sub'ektning,shu jumladan ma’suliyati cheklangan jamiyatlarning ham rivojlanishiga kafillik beruvchi muhim element bo'lib hisoblanadi.
Xususiy kapital hisobi hozirgi erkin bozor iqtisodiyoti sharoitida muhim ahamiyatga ega bo’lib, u korxonaning o’z qudrat darajasi qay darajada ekanligini bildiradi. Shu taraflarni e’tiborga olgan holda O’zbekiston “Buxgalteriya hisobi to’g’risida”gi Qonunida ham xususiy kapital hisobiga katta Respublikasi Oliy Majlisining birinchi chaqiriq 6 – sessiyasida qabul qilingan e’tibor berilgan. Uning 16 – moddasiga ko’ra moliyaviy hisobotlar tarkibida 5 – shakl “Xususiy kapital to’g’risidagi hisobot” deb nomlanib, bu shakl har yili boshqa hisobotlarga qo’shilgan holda yuqori organlarga topshirilishi lozim.
Ma’suliyati cheklangan jamiyatlarda ham boshqa mulk shaklidagi korxonalar singari buxgalteriya hisobining ob'ekti bo'lib, moliyaviy xo'jalik faoliyatini shakllantiruvchi aktivlar va majburiyatlar hisoblanadi. Lekin shu bilan birgalikda ma’suliyati cheklangan jamiyatlarida shu mulk shaklining o'ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqadigan va buxgalteriya hisobida inobatga olish shart bo'lgan ob'ektlar ham mavjud. Buxgalteriya hisobining shunday ob'ektlaridan biri korxona va tashkilotlarda mulkni tasarruf etish, boshqarish va unga egalik qilish usuli yordamida liberal iqtisodiy-ijtimoiy faoliyat ko'rsatishdir. Buxgalteriya hisobida bu jarayon o'ziga xos xususiyatlarga ega.
Bularga aksiya chiqarish va uning muomalasi bilan bog'liq operatsiyalar, xususiy (ustav) kapitali, qimmatli qog'ozlar, daromad (foyda), dividend to'lovlari, maxsus shakllanadigan fondlar va foydaning taqsimoti kabi jarayonlar kiradi. Bu jarayonlarning barchasi ma’suliyati cheklangan jamiyatlarda buxgalteriya hisobining o'ziga xos bo'lgan hisob ob'yektlardir.
Ushbu ob'yektlarni tadqiq qilishda buxgalteriya hisobining muhim fundamental tamoyillaridan biri bo'lgan ikki yoqlama yozuv tamoyiliga asoslaniladi. Buning zamirida quyidagi tenglik yotadi:
AKTIV = XUSUSIY KAPITAL + MAJBURIYATLAR
Bu tenglikdan ko'rinib turibdiki, xususiy kapital har bir xo'jalik yurituvchi sub'yektlar faoliyatining mulkiy va moliyaviy holatini ifodalaydi. O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2004-yil 15-yanvaridagi 5-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan “Moliyaviy hisobot”ning 5-shaklida xususiy kapitalning tuzilmasi quyidagilardan iboratdir deb ko'rsatilgan: ustav kapitali, qo'shilgan kapital, rezerv kapitali, taqsimlanmagan foyda, xususiy kapital bilan qoplanmagan zarar .
Xususiy kapital deganda, xo'jalik yurituvchi sub'ektga tegishli bo'lgan mulkning qiymati tushuniladi. Bu kapital jami kapital bilan qarzga olingan kapitalning o'rtasidagi farq sifatida aniqlanishi mumkin, ya'ni:
Kx = Kj - Kq
Bunda:
Kx - xususiy kapital.
Kj - jami kapital.
Kq-qarzga olingan capital




Download 488,4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish