MOLIYA BOZORINING MODELLARI Reja 1.Moliya bozorini modellashning mohiyati va ahamiyati.
2.Moliya bozorining anglosakson modeli.
3.Moliya bozorining islom modeli.
4.Kontinental (nemis) modelining xususiyatlari.
5.Moliya bozori modellarining farqli tomonlari..
Moliya bozori modeli – bu turli xildagi moliyaviy vositachilarning roli va iqtisodiyotni moliyalashtirishning turli usullari muhimligiga qarab bozorni tashkil qilish turidir.
Jahon amaliyotida moliya bozorining anglo-sakson, kontinental (“Reyn kapitalizmi”), ularni gibridi, islom modellarini ajratish mumkin. Bu modellarning barchasi moliya bozorining nazariy-konseptual modellariga asoslanadi. Ma’lumki, ular qaysi mamlakatga oid ekanligi, uni rivojlanganligi darajasi, undagi jamiyat tomonidan tanlangan ijtimoiy-iqtisodiy model va mavjud mentalitetga (traditsiyalarga) hamda ulardagi omillarning (ichki va tashqi) ta’siri qonuniyatlari va darajasi hamda boshqa belgilarga qarab farqlanadi. Lekin modellarning barchasi qaysi mamlakatda bo‘lishidan qat’iy nazar o‘zlarining iqtisodiyotdagi va globallashuv sharoitlaridagi roli va funksiyalarini ma’lum darajada bajaradi. Masalan, industrial mamlakatlarda moliya bozorining asosan anglo-sakson va (yoki) kontinental modellari bo‘yicha tuzilganini, ko‘pchilik rivojlanayotgan mamlakatlarda esa gibrid yoki anglo-sakson yoki kontinental (germancha) modelni, musulmon davlat-larida – islom modelini ko‘rish mumkin. Jumladan o‘tish iqtisodi-yotiga mansub davlatlarda ko‘proq gibrid modelni kuzatish mumkin, ammo ularning infratuzilmasi samaradorligi bo‘yicha industrial mamlakatlar model-lariga hozircha tenglasha olmaydi. Bunda aytish joizki, bu mamlakatlarda moliya bozorlarining shakllanishi hususiyatlari ko‘p jihatdan ulardagi ta’sir etuvchi omillarga15 va mavjud rivojlanish sharoitlariga bog‘liqligini kuzatish mumkin.
Umuman olganda har qanday mamlakatning moliya bozori modeli unda tashkil topgan mulkchilik tizimi tuzilmasi va ta’sir etuvchi fundamental omillar asosida shakllangan va rivojlanib boradi.
Hozirda mavjud modellarning ichida eng rivojlanagan, hajmli va mukammali anglo-sakson modeli hisoblanadi.
Moliya bozori modellarini ikki guruhga ajratish mumkin:
1) moliyalashtirishning qarz usulini (qarz munosabatlarini o‘zida mujassamlashtiruvchi moliyaviy instrumentlar yordamida) ulush kiritish usulidan (aksiyadorlik kapitalini ifodalovchi qimmatli qog‘ozlar) ustunligi bilan tavsiflanuvchi model (bunda yirik institutsional investorlar ustun);
2) moliyalashtirishning ulush kiritish usulini qarz usulidan ustun-ligi bilan tavsiflanuvchi model (bunda aksiyalar bozori tarmoqiy tuzilmaga ega, chakana mayda investorlar ustun).
Moliya bozori modellarini nazariyan quyidagi belgilar negizida ajratish mumkin:
- mamlakat iqtisodiyoti modelini tuzilishi;
- mamlakat aholisining traditsion ma’naviy boyliklari ukladi.
Har ikkala belgi asosida modellar tavsifini alohida ko‘rib chiqamiz.