Молия / Банклар ва бошқа кредит муассасалари. Кредитлар]



Download 86,46 Kb.
bet3/3
Sana27.02.2020
Hajmi86,46 Kb.
#41065
1   2   3
Bog'liq
216 I son-25.04.1996-y-uz


1.07.00.00.00 Молия ва кредит тўғрисидаги қонунчилик. Банк фаолияти / 07.21.00.00 Банк фаолияти / 07.21.10.00 Банклараро операциялар ва юридик, жисмоний шахслар ўртасида операциялар]

32-modda. Banklararo operatsiyalar

Banklar shartnoma asosida mablag’larni depozitlar, kreditlar shaklida bir-birlaridan jalb etishi va bir-biriga joylashtirishi, tashkil etiladigan hisob-kitob markazlari va vakillik hisobvaraqlari orqali hisob-kitoblarni amalga oshirishi hamda litsenziyada nazarda tutilgan boshqa o’zaro operatsiyalarni bajarishi mumkin.

33-modda. Banklarning hisob-kitob qilish tartibi

Banklar va ularning mijozlari hisob-kitoblarni Markaziy bank belgilaydigan tartibda amalga oshiradilar. Ko’rsatilgan tartibni buzganlik uchun ular qonun hujjatlarida belgilangan tarzda javobgar bo’ladilar.

 LexUZ sharhi

Qarang: «O’zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar to’g’risida»gi nizom (ro’yxat raqami 2465, 03.06.2013 y.).

34-modda. Kreditlar qaytarilishini ta’minlash

Banklar qonun hujjatlariga muvofiq ko’char va ko’chmas mulkni garovga qo’yish, kafolat berish, kafillikka olish va majburiyatlar asosida kredit beradilar.



 LexUZ sharhi

Qarang: O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 744—748-moddalari.

[СПиТ:

1.Кредит. Кредит ташкилотлари / Эътимодли кредит]

Banklar ta’minlanmagan kredit (e’timodli kredit) berish haqida qaror qabul qilishlari mumkin.

35-modda. Qarzdorlarni to’lovga qobiliyatsiz deb e’lon qilish

Oldingi tahrirga qarang.

Bankdan olgan kreditlarini o’z vaqtida to’lash majburiyatlarini bajarmayotgan qarzdorlarni bank to’lovga qobiliyatsiz deb e’lon qilishi va bu haqda matbuotda xabar berishi mumkin. Bank bunday qarzdorlarni bankrot deb topishni so’rab, iqtisodiy sudda da’vo qo’zg’atish huquqiga ega.

(35-moddaning matni O’zbekiston Respublikasining 2017 yil 14 sentyabrdagi O’RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O’R QHT, 2017 y., 37-son, 978-modda)

IV. BANKLARGA VASIYLIK QILISH

36-modda. Vasiylikni tayinlash

Bankning muvaqqat ma’muriyatini tayinlash to’g’risida qaror qabul qilingan taqdirda Markaziy bank vasiy tayinlaydi va vasiylik qilish haqida farmoyish chiqaradi. Farmoyish matbuotda e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Bankning oldindan vasiydan rozilik olmay qilgan harakatlari haqiqiy emas.



 LexUZ sharhi

Qo’shimcha ma’lumot uchun qarang: Banklarga vasiylik qilish to’g’risidagi nizom (ro’yxat № 570, 19.12.1998 y.).

37-modda. Vasiyning vakolatlari

Vasiy bankning mansabdor shaxslari va uning aktsiyadorlari vakolatlariga, shuningdek bank ahvolini normallashtirish uchun zarur choralar ko’rish, jumladan qonun hujjatlariga muvofiq filiallarni yopish, mansabdor shaxslarni va xizmatchilarni ishdan bo’shatish huquqiga ega bo’ladi.

Vasiy istalgan paytda fuqarolarning depozitlari va investitsiyalari bir yildan ko’p bo’lmagan muddatga qisman yoki to’la to’xtatib qo’yilganligini e’lon qilishi mumkin, bunda depozitlar va investitsiyalarning taxminiy qiymatini saqlab qoladigan choralar ko’rilishi shart.

Basharti, vasiylik vaqtida yoki vasiylik davrining oxirida bankni sog’lomlashtirishning iloji yo’qligi Markaziy bank tomonidan aniqlansa, u litsenziyani chaqirib oladi va belgilangan tartibda bankni tugatadi.



 LexUZ sharhi

Qarang: Banklarni tugatish tartibi to’g’risidagi nizom (ro’yxat № 626, 11.02.1999 y.).

V. BANK MIJOZLARINING MANFAATLARINI HIMOYA QILISH

[ОКОЗ:



1.07.00.00.00 Молия ва кредит тўғрисидаги қонунчилик. Банк фаолияти / 07.21.00.00 Банк фаолияти / 07.21.16.00 Банк сири (шунингдек, 12.03.05.03га қаранг);

2.12.00.00.00 Ахборот ва ахборотлаштириш / 12.03.00.00 Ахборот ресурслари. Ахборот ресурсларидан фойдаланиш / 12.03.05.00 Фойдаланиш чекланган ахборот / 12.03.05.03 Банк сири (шунингдек, 07.21.16.00 га қаранг)]

38-modda. Bank siri

Banklar o’z mijozlari va vakillarining operatsiyalari, hisobvaraqlari hamda jamg’armalariga doir ma’lumotlar sir saqlanishiga kafolat beradi. Bankning barcha xizmatchilari bank, uning mijozlari va vakillarining bank operatsiyalari, hisobvaraqlari va jamg’armalariga doir ma’lumotlarni sir saqlashlari shart.

YUridik shaxslar va boshqa tashkilotlarning operatsiyalari hamda hisobvaraqlariga doir ma’lumotnomalar ana shu tashkilotlarning o’ziga, prokuror, sudlarga, jinoiy ish qo’zg’atilgan bo’lsa surishtiruv va tergov organlariga beriladi.

Jismoniy shaxslarning hisobvaraqlari va omonatlariga doir ma’lumotnomalar mijozlarning o’ziga va ularning qonuniy vakillariga; mijozlarning hisobvaraqlari va omonatlarida turgan pul mablag’lari hamda boshqa qimmatbaho narsalar xatlanishi, ularga undiruv qaratilishi yoki mol-mulk musodara etilishi mumkin bo’lgan hollarda yuritilayotgan ishlar bo’yicha sudlar, surishtiruv va tergov organlariga beriladi.

Hisobvaraqlar va omonatning egalari vafot etganda ushbu hisobvaraqlar hamda omonatga doir ma’lumotnomalar mazkur hisobvaraq yoki omonat egasi bankka topshirgan vasiyatnomasida ko’rsatgan shaxslarga, vafot etgan omonatchilarning jamg’armalariga doir meros ishlarini yuritayotgan davlat notarial idoralariga, chet el fuqarolarining hisobvaraqlariga doir ma’lumotnomalar esa — chet el konsullik muassasalariga beriladi.

Oldingi tahrirga qarang.

Banklar pul mablag’lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog’liq operatsiyalar to’g’risidagi jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bog’liq bo’lgan axborotni qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda maxsus vakolatli davlat organiga taqdim etadi.

(38-modda O’zbekiston Respublikasining 2009 yil 22 sentyabrdagi O’RQ-223-sonli Qonuniga asosan beshinchi qism bilan to’ldirilgan — O’R QHT, 2009 y., 39-son, 423-modda)

Xizmat burchi yuzasidan bank axborotidan xabardor bo’lgan shaxslar xizmat sirini oshkor qilganlik uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo’ladilar.



 LexUZ sharhi

Qarang: O’zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksining 46-moddasi.

Oldingi tahrirga qarang.

Banklar o’z mijozlari bo’lgan korxonalarning operatsiyalari to’g’risidagi zarur ma’lumotlarni ular soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni to’liq va to’g’ri to’layotganliklarini nazorat qilish uchun soliq organlarining so’roviga binoan taqdim etadi.

(38-moddaning oltinchi qismi O’zbekiston Respublikasining 2008 yil 31 dekabrdagi O’RQ-197-sonli Qonuni tahririda — O’R QHT, 2008 y., 52-son, 513-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

Banklar kredit axborotini kredit byurolariga kredit axboroti almashinuvi to’g’risidagi shartnoma asosida taqdim etadi.

(38-modda O’zbekiston Respublikasining 2012 yil 10 apreldagi O’RQ-321-sonli Qonuniga asosan sakkizinchi qism bilan to’ldirilgan — O’R QHT, 2012 y., 15-son, 163-modda)



 LexUZ sharhi

Qo’shimcha ma’lumot uchun qarang: O’zbekiston Respublikasining «Bank siri to’g’risida»gi Qonuni.

39-modda. Banklarning o’z mijozlari oldidagi javobgarligi

Banklar mablag’larning saqlanishi hamda omonatchilar oldidagi majburiyatlarining bajarilishi uchun, shu jumladan to’lovlar bir bankdan boshqa bankka o’z vaqtida o’tishi hamda mablag’larning korxonalar va tashkilotlar hisob-kitob varaqlariga kiritilishi uchun o’z mijozlari va omonatchilari oldida javobgardirlar.

Bank tugatilganda uning jismoniy shaxs bo’lgan omonatchilari bankni tugatishdan keladigan tushumlar hisobidan o’z omonatlarini olishda imtiyozga egadirlar.

Banklar depozit va kredit operatsiyalariga doir muddatlar va shartlar, shu jumladan Markaziy bank chiqargan qoidalarga muvofiq hisoblab chiqilgan yillik foiz stavkalari, mukofotlar va yig’imlar to’g’risida o’z mijozlariga muntazam ravishda axborot berib borishlari shart.

[ОКОЗ:

1.09.00.00.00 Тадбиркорлик ва хўжалик фаолияти / 09.02.00.00 Монополияга қарши қонунчилик. Табиий монополиялар / 09.02.01.00 Умумий қоидалар]

[ТСЗ:



1.Иқтисодиёт / Монополияга қарши қонун ҳужжатлари]

40-modda. Monopoliyaga qarshi qoidalar

Banklarning bank operatsiyalari bozorini monopoliyalash va bank ishida raqobatni cheklashga qaratilgan bitimlarga erishish maqsadida o’z ittifoqlari, uyushmalari va boshqa birlashmalaridan foydalanishi taqiqlanadi.

Monopoliyaga qarshi qoidalarga rioya etilishi Markaziy bank tomonidan, shuningdek ushbu maqsadlarda qonun hujjatlariga muvofiq tuziladigan boshqa organlar tomonidan nazorat qilinadi.



 LexUZ sharhi

Qarang: O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 13 noyabrdagi PF-4483-sonli «O’zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo’mitasini tashkil etish to’g’risida»gi Farmoni, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 30 dekabrdagi 374-son qarori bilan tasdiqlangan «O’zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo’mitasi to’g’risida»gi nizom.

[ОКОЗ:

1.07.00.00.00 Молия ва кредит тўғрисидаги қонунчилик. Банк фаолияти / 07.21.00.00 Банк фаолияти / 07.21.17.00 Банкларда бухгалтерия ҳисоби ва ҳисобот]

[ТСЗ:



1.Иқтисодиёт / Ҳисобга олиш, статистика ва ҳисобот]

VI. BANKLARDA HISOB YURITISH VA HISOBOT. BANKLARNI NAZORAT QILISH

41-modda. Banklarda hisob yuritish va hisobot

Banklarda buxgalteriya hisobi yuritish va hisobot qoidalari Markaziy bank tomonidan O’zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari va xalqaro standartlarga muvofiq belgilanadi.



 LexUZ sharhi

Qarang: O’zbekiston Respublikasi banklarida buxgalteriya hisobini yuritish va buxgalteriya ishlarini tashkil qilish tartibi to’g’risida Yo’riqnoma (ro’yxat raqami 1834, 11.07.2008 y.).

Buxgalteriya hisobi yuritish va hisobot qoidalari buzilganligi uchun bank rahbarlari qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo’ladilar.

 LexUZ sharhi

Markaziy bank tomonidan bank qonunchiligi va bank faoliyatini tartibga soluvchi me’yoriy hujjatlarni buzganliklari uchun tijorat banklariga nisbatan qo’llaniladigan chora va jazolar to’g’risidagi nizomning (ro’yxat № 622, 05.02.1999 y.) 6.1-bandiga muvofiq tijorat banklari tomonidan hisobotlarni taqdim qilishning o’rnatilgan shakllari va muddatlariga rioya qilinmagan hamda hisobot ma’lumotlari buzib ko’rsatilgan holatlarda Markaziy bank ushbu bankka ogohlantirish xatini yo’llaydi. Agar mazkur tartib buzish holatlari tijorat banki tomonidan bir necha marta sodir etilsa, ushbu bankdan ustav kapitali o’rnatilgan eng kam miqdorining 0,1 foizigacha bo’lgan miqdorda jarima undiriladi.

42-modda. Banklarning moliyaviy hisobotlarni e’lon qilishi

Banklar o’z moliyaviy hisobotlarini Markaziy bank belgilaydigan shakl va muddatlarda, unda ko’rsatilgan ma’lumotning to’g’riligini auditorlar tasdiqlagach, matbuotda e’lon qiladilar.



 LexUZ sharhi

Qarang: O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tijorat banklarining chop etiladigan yillik moliyaviy hisobotlariga qo’yiladigan talablar to’g’risida nizom (ro’yxat № 1419, 25.10.2004 y.)

43-modda. Banklar auditi

Banklarning faoliyati qonun hujjatlariga muvofiq auditorlik tekshirishlarini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega bo’lgan auditorlar tomonidan har yili tekshirib turilishi lozim.

Audit, xususan, kapitalning etarliligini baholash, ssudalarni tasniflash, ssudalar bo’yicha zararlarni qoplash, tavakkalchilikni va likvidlikni o’lchashni o’z ichiga oladi.

Banklar qonun hujjatlariga muvofiq ichki auditorlik dasturlarini ishlab chiqishlari va amalga oshirishlari ham shart.



 LexUZ sharhi

Qarang: Tijorat banklarining ichki auditiga Markaziy banki tomonidan qo’yiladigan talablar to’g’risidagi nizom (yangi tahriri) (ro’yxat № 992-1, 20.04.2004 y.).

44-modda. Banklarni nazorat qilish

Markaziy bank qonun hujjatlariga muvofiq banklar faoliyatini nazorat qilib boradi.



 LexUZ sharhi

Qarang: O’zbekiston Respublikasi «O’zbekiston Respublikasining Markaziy banki to’g’risida»gi Qonunining 50—54-moddalari.

Markaziy bank tijorat banklaridan axborot berishni talab qilishga va ushbu Qonunni bajarish maqsadida boshqa ishlarni amalga oshirishga haqlidir.

Banklar faoliyatini tekshirish Markaziy bank tomonidan belgilanadigan tartibda amalga oshiriladi.



 LexUZ sharhi

Qarang: O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan banklar va ularning filiallarida inspektsiya (tekshirish) o’tkazish tartibi to’g’risidagi nizom (ro’yxat raqami 2217, 14.04.2011 y.).

O’zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,



1996 yil 25 aprel,

216-I-son
Download 86,46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish