Молия / Банклар ва бошқа кредит муассасалари. Кредитлар]



Download 86,46 Kb.
bet2/3
Sana27.02.2020
Hajmi86,46 Kb.
#41065
1   2   3
Bog'liq
216 I son-25.04.1996-y-uz


1.03.00.00.00 Фуқаролик қонунчилиги / 03.03.00.00 Юридик шахслар / 03.03.09.00 Ваколатхоналар ва филиаллар. Шўъба корхоналар]

17-modda. Banklarning chet ellardagi filiallari va vakolatxonalari

Banklar Markaziy bankning ruxsati bilan chet ellarda o’z sho’’ba banklarini, filiallari va vakolatxonalarini ochishlari, banklar tashkil etishda qatnashishlari mumkin.

[ОКОЗ:



1.03.00.00.00 Фуқаролик қонунчилиги / 03.03.00.00 Юридик шахслар / 03.03.10.00 Нотижорат ташкилотлари / 03.03.10.06 Юридик шахслар бирлашмалари (ассоциациялар, уюшмалар ва ҳ.к.)]

[ТСЗ:



1.Фуқаролик қонунчилиги. Тадбиркорлик / Юридик шахслар. Тижорат ташкилотлари. Нотижорат ташкилотлари]

18-modda. Banklarning ittifoqlari va uyushmalari

Banklar, basharti, qonun hujjatlarining talablariga zid kelmasa, o’z faoliyatlarini muvofiqlashtirish, o’z a’zolari manfaatlarini himoya qilish va birgalikdagi dasturlarni amalga oshirish uchun ittifoqlar, uyushmalar va boshqa birlashmalar tuzishlari mumkin.

Bunday birlashmalar mustaqil ravishda tijorat faoliyati, shu jumladan bank faoliyati bilan shug’ullanishi mumkin emas, ular tijoratchi bo’lmagan tashkilotlar uchun belgilab qo’yilgan tartibda ro’yxatdan o’tkazilishi lozim.



 LexUZ sharhi

Qarang: O’zbekiston Respublikasi «Nodavlat notijorat tashkilotlari to’g’risida»gi Qonunining 21—27-moddalari va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 10 martdagi 57-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat ro’yxatidan o’tkazish tartibi to’g’risida»gi nizom.

19-modda. Banklar faoliyatini to’xtatish va ularni tugatish

Bank quyidagi hollarda o’z faoliyatini to’xtatadi:

aktsiyadorlar yig’ilishining qaroriga ko’ra;

Markaziy bank litsenziyani chaqirib olganida;

bankrot deb e’lon qilinganida.

O’z faoliyatini to’xtatgan bank Markaziy bank tomonidan banklarni davlat ro’yxatiga olish daftaridan chiqariladi.

Bankning faoliyati to’xtatilganligi haqidagi xabar matbuotda e’lon qilinadi.

Bank faoliyatini to’xtatish va uni tugatish tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.



 LexUZ sharhi

Qarang: O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 53—57-moddalari, O’zbekiston Respublikasi «Aktsiyadorlik jamiyatlari va aktsiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to’g’risida»gi Qonunining 98-101-moddalari va «Banklarni tugatish tartibi to’g’risida»gi nizom (ro’yxat № 626, 11.02.1999 y.).

III. BANK FAOLIYATINI TARTIBGA SOLISH. BANKLARNING HUQUQ VA BURCHLARI

20-modda. Banklarning mustaqilligi

O’zbekiston Respublikasida banklar bank operatsiyalarini amalga oshirishga doir qarorlar qabul qilishda mustaqildirlar.

Bank xizmatchisi bank boshqaruvining roziligi bilan o’rindoshlik asosida boshqa joyda ishlashi mumkin.

Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslari bank muassasalarida o’rindoshlik asosida ishlashga haqli emaslar.

21-modda. Davlat va banklarning mas’uliyati chegaralab qo’yilishi

Banklar davlatning majburiyatlari bo’yicha, davlat esa banklarning majburiyatlari bo’yicha javobgar emas, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.

22-modda. Bankning boshqaruv organlari

Aktsiyadorlarning umumiy yig’ilishi, bank kengashi va boshqaruvi bankning boshqaruv organlari hisoblanadi.

Bank kengashining burchlari quyidagilardan iborat:

omonatchilar va aktsiyadorlarni himoya qilish maqsadida bank faoliyatini, shu jumladan kreditlash va mablag’larni investitsiyalashning to’g’riligini nazorat qilish;

bank rahbarlarini ishga tayinlash va ishdan bo’shatish;

bank kapitalining bir tekis o’sib borishini ta’minlab turish;

bank siyosatini ishlab chiqish;

qonun hujjatlariga rioya qilinishini ta’minlash.

Bank kengashi a’zolari kamida besh kishidan iborat bo’lishi lozim. Aktsiyadorlardan tashqari bank sohasi olimlari va mutaxassislari ham bank kengashi a’zosi bo’lishlari mumkin.

Bankka operativ rahbarlik qiluvchi va uning faoliyati uchun javob beruvchi bank boshqaruvi bankning ijroiya organi hisoblanadi. Boshqaruv bank kengashi va aktsiyadorlar umumiy yig’ilishi oldida hisobdordir.

23-modda. Banklarning fondlari

Banklar o’z foydalaridan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda turli fondlar tashkil etishlari mumkin.

 LexUZ sharhi

Qarang: O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 19 maydagi 195-sonli qarori bilan tasdiqlangan Tijorat banklari tomonidan imtiyozli kredit berish maxsus jamg’armasini shakllantirish tartibi to’g’risidagi nizom.

24-modda. Banklarning pul mablag’larini zaxiralash sohasidagi burchi

Banklar Markaziy bankda majburiy zaxiralarini saqlashlari shart. Majburiy zaxiralar normativi Markaziy bank tomonidan belgilanadi.



 LexUZ sharhi

Qarang: «Tijorat banklarining O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankida depozitga o’tkaziladigan majburiy rezervlari to’g’risida»gi nizom (ro’yxat raqami 2004, 09.09.2009 y.).

25-modda. Banklarning umumiy iqtisodiy normativlarga rioya qilish sohasidagi burchlari

Banklarning barqarorligini ta’minlash hamda omonatchilar va kreditorlarning manfaatlarini himoya qilish maqsadida banklar Markaziy bank tomonidan belgilanadigan iqtisodiy normativlarga rioya etishlari shart.



 LexUZ sharhi

Qarang: «Tijorat banklari kapitalining monandligiga qo’yiladigan talablar to’g’risida»gi nizom (ro’yxat raqami 2693, 06.07.2015 y.).

Banklar o’z kapitali va likvid resurslarini etarli darajada saqlab turishlari, aktivlarni tasniflash asosida shubhali va harakatsiz aktivlarga qarshi zaxiralarni tashkil etishlari, shuningdek zarar ko’rish xavfini kamaytirish maqsadida o’z aktivlari diversifikatsiyalanishini ta’minlashlari lozim.

Banklar:

amalga oshirilgan investitsiyalarning turlari yoki shakllariga;

ko’chmas mulk va boshqa mol-mulk sotib olish hamda unga egalik qilishga;

boshqa yuridik shaxslarning ustav fondlarida qatnashishga doir shartlarga rioya etishlari lozim.

Banklar:

kapitalni taqsimlash natijasida o’z kapitali talab qilinadigan eng kam miqdordan ham kamayib ketadigan bo’lsa, kapitalni taqsimlashga;

aktsiyalar shaklidagi o’z qimmatli qog’ozlari bilan kafolatlangan kredit berishga;

oldindan Markaziy bankning roziligini olmay turib, o’z aktsiyalarini sotib olishga haqli emaslar.

Normativlar va ularni hisob-kitob qilish uslubiga bo’lajak o’zgartishlar amalga kiritilishidan kamida bir oy oldin Markaziy bank tomonidan rasman e’lon qilinadi. Ustav kapitalining eng kam miqdori o’zgartirilishi to’g’risida Markaziy bank bunday o’zgartish amalga kiritilishidan kamida uch oy oldin rasman xabar beradi.

26-modda. Bankka aloqador bo’lgan shaxslar bilan bitimlar tuzish

Banklarning o’ziga aloqador bo’lgan shaxslar bilan yoki ular nomidan tuzadigan shartnomalari o’ziga aloqador bo’lmagan shaxslar bilan tuzadigan shartnomalarga qaraganda ancha qulay shartlarga asoslansa, ularning bunday shartnomalarni tuzishi taqiqlanadi.

Markaziy bank bankka aloqador bo’lgan shaxslar bilan bitimlar tuzish, jumladan ularga kreditlar ajratish yuzasidan cheklovlar belgilaydi.

Quyidagi shaxslar:

bankning mansabdor shaxsi, jumladan bank kengashining a’zosi, shu bankning boshqa xodimlari, shuningdek ularning yaqin qarindoshlari;

Oldingi tahrirga qarang.

ustav kapitalining qonun hujjatlarida belgilangan miqdoridan ortiq qismiga egalik qilib turgan bank aktsiyadorlari;

ustav kapitalining qonun hujjatlarida belgilangan miqdoridan ortiq qismiga egalik qilib turgan aktsiyador yuridik shaxslarning mansabdor shaxslari, shuningdek ularning yaqin qarindoshlari;



 LexUZ sharhi

Qarang: O’zbekiston Respublikasi «Qimmatli qog’ozlar bozori to’g’risida»gi Qonunining 53-moddasi va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 15 yanvardagi 24-sonli «Bank tizimini isloh qilish chora-tadbirlari to’g’risida»gi qarorining 3-bandi.

(26-moddaning uchinchi qismi uchinchi va to’rtinchi xatboshilari O’zbekiston Respublikasining 1999 yil 15 apreldagi 772-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999 y., 5-son, 124-modda)

bank yuridik shaxslarning qatnashchisi bo’lib, ularning ustav kapitalidagi ulushi o’n foizdan ortiq bo’lsa, mazkur yuridik shaxslar, ularning mansabdor shaxslari va bu shaxslarning yaqin qarindoshlari bank bilan aloqador shaxslar deb hisoblanadi.

YUqorida qayd etilgan shaxslarning biri bilan aloqador bo’lgan shaxs ularning har biri bilan aloqador deb hisoblanadi.

Bank bilan aloqador shaxsga kredit, shuningdek bank bilan aloqador shaxs uchun kafolatlar ushbu modda talablarini hisobga olgan holda bank kengashining qaroriga ko’ra berilishi mumkin.

27-modda. Banklarning O’zbekiston Respublikasi davlat byudjetining kassa ijrosiga doir operatsiyalarni bajarishi

Markaziy bankning topshirig’iga ko’ra banklar O’zbekiston Respublikasi davlat byudjetining kassa ijrosiga doir operatsiyalarni bajaradilar.



 LexUZ sharhi

Qarang: «O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjetining kassa ijrosi to’g’risida»gi yo’riqnoma (ro’yxat raqami 2320, 01.02.2012 y.).

28-modda. Banklarning kredit stavkalari va vositachilik haqi miqdorini belgilash huquqlari

Bank operatsiyalari bo’yicha foiz stavkalari va vositachilik haqi miqdori banklar tomonidan mustaqil belgilanadi.

Davlat dasturlarini moliyalash uchun Markaziy bank tomonidan banklarga beriladigan kreditlar bo’yicha Markaziy bank ushbu banklar qarzdordan undirib oladigan foiz stavkalarining eng ko’p miqdorini belgilashi mumkin, bunda markazlashtirilgan resurslar uchun to’lov va banklarning xarajatlari o’rnini qoplash hisobga olinadi.

29-modda. Banklarning hisobot va boshqa axborotni taqdim etish majburiyatlari

Banklar o’z faoliyatlariga doir hisobot va boshqa axborotni Markaziy bankka o’z vaqtida taqdim etishlari shart.

 LexUZ sharhi

Qarang: O’zbekiston Respublikasi banklarida statistik hisobotni tashkil etish qoidalari (ro’yxat № 680 22.03.1999 y.).

Oldingi tahrirga qarang.

[ОКОЗ:



1.07.00.00.00 Молия ва кредит тўғрисидаги қонунчилик. Банк фаолияти / 07.21.00.00 Банк фаолияти / 07.21.18.00 Банк томонидан тартибга солиш ва назорат]

291-modda. Banklarning moliya-xo’jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan korxonalar bank hisobvaraqlari bo’yicha axborot taqdim etish majburiyati

Korxonalar olti oy mobaynida (savdo va savdo-vositachilik korxonalari esa uch oy mobaynida) bank hisobvaraqlari bo’yicha pul operatsiyalarini o’tkazish bilan bog’liq moliya-xo’jalik faoliyatini amalga oshirmagan hollarda, dehqon va fermer xo’jaliklari bundan mustasno, banklar bunday korxonalar to’g’risidagi axborotni ular hisobga olingan joydagi davlat soliq xizmati organiga tegishli choralar ko’rish uchun taqdim etishlari shart.

Bank hisobvaraqlari bo’yicha operatsiyalarni to’xtatib qo’yish to’g’risida sud qarori mavjud bo’lgan taqdirda, korxonalarning yopilayotgan hisobvaraqlaridagi mablag’lar qoldiqlari bank tomonidan foydalanish huquqisiz maxsus hisobvaraqlarga kiritib qo’yiladi, korxonaning to’lanishi uchun bankka taqdim etilgan kreditorlik qarzi esa, ko’zda tutilmagan holatlarning alohida hisobvarag’iga o’tkaziladi.

(291-moddasining nomi, birinchi va ikkinchi qismlari O’zbekiston Respublikasining 2006 yil 10 oktyabrdagi O’RQ-59-sonli Qonuni tahririda — O’R QHT, 2006 y., 41-son, 405-modda)

Korxonalarning bank hisobvaraqlari yopilgandan keyin ularning nomiga kelib tushayotgan mablag’lar foydalanish huquqisiz maxsus hisobvaraqlarga kiritib qo’yiladi.

Foydalanish huquqisiz maxsus hisobvaraqlarda jamlangan mablag’lar banklar tomonidan birinchi navbatda korxonalarning byudjet va byudjetdan tashqari fondlar oldidagi qarzlarini qoplash uchun, qolgan summa esa ularning kreditorlik qarzini to’lovlarning kalendar navbati bo’yicha qoplash uchun yo’llanadi.

Korxonalarni tugatish bo’yicha maxsus komissiya korxona faoliyatini davom ettirishning maqsadga muvofiqligi to’g’risida qaror qabul qilingan yoki belgilangan tartibda tugatish komissiyasi tayinlangan paytdan e’tiboran bu korxonaning hisobvaraqlari tasarrufi tegishincha korxonaning o’ziga yoki tugatish komissiyasiga o’tadi.

(291-modda O’zbekiston Respublikasining 1999 yil 20 avgustdagi 832-I-son Qonuniga muvofiq kiritilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999 y., 9-son, 229-modda)

30-modda. Bank operatsiyalariga doir hujjatlar

Banklar hujjatlarni Markaziy bank belgilagan tartibda va muddatda o’z arxivlarida saqlashlari shart.

 LexUZ sharhi

Qarang: Tijorat banklari faoliyatida vujudga keladigan hujjatlarni saqlash muddatlari ro’yxatini qo’llash bo’yicha ko’rsatmalar (ro’yxat № 951, 26.07.2000 y.).

31-modda. Banklar va mijozlar o’rtasidagi munosabatlar

Banklar va ularning mijozlari o’rtasidagi munosabatlar shartnomalar asosida amalga oshiriladi.

Oldingi tahrirga qarang.

Mijozlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda o’zlari tanlagan bitta yoki bir necha bankda milliy valyutada va chet el valyutasida talab qilib olguncha saqlanadigan depozit hisobvaraqlar ochishga haqli.

(31-moddaning ikkinchi qismi O’zbekiston Respublikasining 1999 yil 15 apreldagi 772–I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999 y., 5-son, 124-modda)

Banklar mijozlarga hisobvaraqlar ochishning Markaziy bank belgilagan tartibiga rioya qilishlari shart.



 LexUZ sharhi

Qarang: O’zbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan bank hisobvaraqlari to’g’risidagi Yo’riqnoma(ro’yxat № 1948, 27.04.2009 y.).

Bankning barcha xizmatlari bank aktsiyadorlari va boshqa mijozlarga teng shartlar asosida ko’rsatiladi.

[ОКОЗ:



Download 86,46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish