Streptomitsin sulfat
Streptomitsin sulfat – hidsiz achchiq tamli,g’ovak va gigrosopik modda. Suvda oson eriydi, xloroform va efirda deyarli erimaydi. Kuchsiz kislotali sharoitda barqaror modda, lekin kuchli kislotali va ishqoriy muhitda qizdirilganda oson parchalanadi. Streptomitsin vauning hosilalari keng sohadagi antibakterial moddalar hisoblanadi. Streptomitsin sulfat mikrorganizmlar bilan bog’liq bo’lgan quyidagi kasalliklarda qo’llaniladi: bakterial endokardit, peritonit, miningit, siydik yo’llari infeksiyasi, ichak infeksiyalari, o’lat brutsellyo’z va tuberkulyo’z kasalliklari.
Do'stlaringiz bilan baham: |