Pul multiplikatori - muomaladagi pul massasini qay darajada o‘sib yoki kamayib borayotganini ko‘rsatadi. PM=M2 / Pul bazasi Markaziy bank tomonidan muomalaga chiqarilgan naqd pullar. Tijorat banklari tomonidan Markaziy bank foydasiga qilingan majburiy zaxira ajratmalari. Markaziy banklar tijorat banklari jalb qilgan resurslarning bir qismini majburiy tartibda olib qo’yadi. O’zbekistonda tijorat banklarining majburiy zaxira ajratmalari summasini Markaziy bank ularning balansidan olib qo’yadi. AQShda va Evropada majburiy zaxira ajratmalari summasi tijorat banklarining balansida qoladi. Tijorat banklarining Markaziy bankning balansida ochilgan nostro vakillik hisob raqamidagi pul mablag’lari
Pul taklifining multiplikator effekti Iqtisodchilar va bankirlar ko'pincha multiplikator effektiga bank ishi va mamlakatning pul taklifi nuqtai nazaridan qarashadi. Bu multiplikator pul taklifi multiplikatori yoki shunchaki pul multiplikatori deb ataladi. Pul multiplikatori Federal Rezerv tomonidan o'rnatilgan majburiy zahirani o'z ichiga oladi va u ma'lum bir depozitariy muassasaga tegishli majburiyatlarning umumiy miqdoriga qarab o'zgaradi. Aksariyat mamlakatlarda davlat pul chiqarishda monopol huquqga ega. Uni amalga oshirish huquqi nisbatan mustaqil muassasa Markaziy bank ixtiyorida. ‘’Markaziy bank O’zbekiston Respublikasi hududida qonuniy to’lov vositasi sifatida banknotlar va tangalar ko’rinishidagi pul belgilarini muomilaga chiqarish mutloq huquqiga ega’’. Ammo pul taklifni ko’paytirish imkoniga yoki pul yaratish qobiliyatiga tijorat banklari ham ega.Ular kreditlar bera-borib to’lov vositalari emissiyasini yoki kredit multiplikatsiyasini amalga oshiradi.Masalan, A bankning depoziti 2000 so’mga o’sgan bo’lsa zaxira normasi 20% teng bo’lganda (zaxira normasi-tijorat banklar depozitlarining malum qismini Markaziy bankda saqlab turish normasi), u 400 so’mni Markaziy bankda zaxiralar, qolgan 1600 so’mni qarzga beradi shunday qilib A bank pul taklifni 1600 so’mga ko’paytiradi va u endi 2000+1600=3600 so’mni tashkil etadi. Ya’ni, omonatchilarning depozitlardagi 2000 so’mdan tashqari yana 1600 so’m qarz oluvchilar qo’lida qoladi. Agar, 1600 so’m yana bankka tushsa,(masalan B bankka) unda 20% ga teng bo’lgan zaxira normasida u 320 so’mni zaxirada qoldirib, 1280 so’mni kreditga beradi hamda shu miqdorda pul taklifini oshiradi. Kredit berishning bu jarayoni so;ngi pul birligidan foydalanishga qadar davom etadi. Yakuniy hisob-kitob bank depozitlari jami 10000 so’mga ko’payganini ko’rsatadi bu jarayonni formula korinishida quyidagicha ifodalash mumkin: M=(1/rr)*D Bunda: M-pul taklifi hajmi; rr-majburiy zaxiralash normasi;D-dastlabki depozit. Keltirilgan formuladan ko’rinib rr koeffitsienti ga bog’liq bo’lib uni bank/turibtiki,pul taklifi 1/multiplikatori yoki pul eksponsiyasi multiplikatori deb ataladi. U ushbu bank zaxiralar normasida ortiqcha zaxiralarning bir pul birligi bilan yaratilishi mumkin bo’lgan yangi kredit pullarning eng ko’p miqdorini bildiradi.