Milliy va umummadaniy kompetensiya:
B1: Vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘ladi; Fizik olimlarning jamiyat rivojiga qo‘shgan hissalarini qadrlay oladi; orasta kiyinish va sog‘lom turmush tarziga amal qiladi; fizikaning har bir shaxs va jamiyatni asrashdagi o‘rnini tushuntira oladi.
B1+: fan sohasi rivojlanishiga ulkan hissa qo‘shgan allomalarning ibratli hayotini o‘rganib va tahlil qila oladi.
Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi:
B1: aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda kundalik rejalarini tuza oladi, formulalardan foydalanib, masalalar echa oladi; inson mehnatini engillashtiradigan asboblardan foydalana oladi. kundalik faoliyatda turli diagramma, chizma va modellarni o‘qiy oladi; fanning so‘nggi yangiliklaridan xabardor bo‘la oladi.
B1+: fizikadan masala echish yoki laboratoriya ishlarini bajarishda aniq mantiqiy ketma-ketlikka amal qila oladi.
11-SINF
Do'stlaringiz bilan baham: |