Mohiyati, iqtisodiy mazmuni


O‘zbekiston iqtisodiyotiga jalb etilgan xorijiy



Download 0,54 Mb.
bet10/20
Sana06.07.2022
Hajmi0,54 Mb.
#749911
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   20
Bog'liq
investitsiya kurs ishi xayrullayev asrbek

2.3.O‘zbekiston iqtisodiyotiga jalb etilgan xorijiy
investitsiyalarning tahlili
Davlat O‘zbekiston Respublikasi hududida chet ellik investorlar investitsiya faoliyatini amalga oshirishlari chog‘ida ularning barcha huquqlarini kafolatlaydi va himoya qiladi. Davlat tomonidan chet ellik investorlar va chet el investitsiyalari uchun adolatli va teng huquqli rejim, ularning to‘liq va doimiy himoyasi hamda xavfsizligi ta’minlanadi. Bunday rejim O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida belgilab qo‘yilgan rejimga qaraganda noqulayroq bo‘lishi mumkin emas.
Bugungi kunda Respublikada iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlari va sohalarida xorijiy investitsiyalar ishtirokida 4,2 mingdan ortiq korxona muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda. Har yili 3 mlrd AQSH dollaridan ko‘proq, asosan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar o‘zlashtirilmoqda, mamlakat iqtisodiyotiga kiritilayotgan investitsiya umumiy hajmining 26,6% dan ko‘prog‘i ularning hissasiga to‘g‘ri keladi. Bu esa xorijiy investorlarning respublika iqtisodiyoti barqarorligi va pishiq-puxtaligiga, uni rivojlantirish istiqbollariga qiziqishi hamda ishonchi ortib borayotganligidan yaqqol dalolat beradi.
Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq, soliqlar va boshqa to‘lovlarni, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari hisoblanuvchi o‘z xodimlari uchun ijtimoiy sug‘urta va ijtimoiy ta’minot bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshiradi.
Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning chet el valyutasidagi barcha xarajatlari ularning o‘z valyuta tushumlari hisobiga, shuningdek, chet el valyutasini olishning O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida ruxsat etilgan boshqa manbalari hisobiga ta’minlanishi lozim. Ularning valyutada o‘zini o‘zi qoplashi tuziladigan birlashmalar va boshqa tashkiliy tuzilmalar doirasida ham ta’minlanishi mumkin.
Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari talablariga rioya etgan holda eksport-import operatsiyalarini mustaqil ravishda amalga oshiradilar. O‘zlari ishlab chiqargan mahsulotni eksport qilganlarida bunday mahsulot litsenziyalanmaydi va kvotalanmaydi. Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq o‘z ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun mahsulotni litsenziyasiz import qilishga haqli. Eksportga chiqariladigan o‘zining ishlab chiqargan mahsulotini va korxonalar tomonidan o‘z ehtiyojlari uchun import qilinadigan mahsulotni aniqlash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Xorijiy investorlar O‘zbekiston Respublikasiga o‘z ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun, shuningdek, chet ellik investorlarning va chet ellik investorlar bilan tuzilgan mehnat shartnomalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasida
turgan chet davlatlar fuqarolarining shaxsiy ehtiyojlari uchun olib kiriladigan mol-mulkdan boj to‘lovi olinmaydi.
Xorijiy investorlarga hamda chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarga tegishli, ularning investitsiyalari sifatida qo‘shiladigan ixtirolarni patentlash va sanoat namunalarini joriy etish O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Xorijiy investitsiyalarni milliy iqtisodiyotga keng miqyosda jalb etish o‘tish davrining strategik va joriy vazifalarini hal etish zaruriyati bilan bog‘liq. Ushbu vazifalarni bajarish natijasida o‘tgan yillarda investitsiyalarning o‘sishi jadallashdi (2.5.1-jadval).
2.5.1-jadval

Download 0,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish