0‘quv fani o‘qitilishi bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar
Chet tillarni o‘qitishning integrallashgan kursi amaliy fan bo‘lib, barcha til ko'nikmalarini integrallashgan holda o‘qitishni nazarda tutadi. Ushbu fan talabalami chet tilini o‘qitish uslublari bilan batafsil tanishtiradi hamda kelgusi kasbjy faoliyatlarida darsni shu usulda tashkil etishga yo'naltiradi. Fan auditoriyada o‘rganilayotgan chet tilidan asosiy aloqa vositasi sifatida samarali foydalanishga va talabalaming kasbiy ixtisoslashuvini rivojlantirishga xizmat qiladi.
Fanni o‘qitishdan maqsad talabalaming xorijiy til bo‘yicha egallagan bilim, ko‘nikma, malakalarini kasbiy va ilmiy faoliyatda erkin qo‘llay olishlarini ta’minlash, talabalami til bo‘yicha egallagan bilimlami baholash nazariyasi va amaliyoti bilan tanishtirish hamda baholash mezonlarining maqsad va vazifalarini to‘g‘ri belgilay olishga o‘rgatish hisoblanadi. Shuningdek, chet tilini turli yosh guruhlarida o‘qitish usullari va metodlarini hamda o'qitish jarayonida yuzaga kelishi mumkin boMgan yosh bilan bog’liq muammolami bartaraf etgan holda har xil huruhlarda chet tili samarali o‘qitilishini tashkil etishga o‘rgatishdir.
Fan bo‘yicha bilim, malaka va ko‘nikmaga qo‘yiladigan talablar:
“Chet tillami o‘qitishning integrallashgan kursi” fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida talaba:
- chet tilida ko‘rsatmalar berish, ma’lumot olish va darsni boshqarish;
- dars jarayonida ona tilidan foydalanish o‘rinlari;
- chet tilida dars olib borishning zarur ijtimoiy, shaxsiy va tashkiliy masalalari;
- auditoriyada harakatlanish, mos ovoz va ohangda gaplashish;
- o‘quv dasturini o‘rganib, tahlil qilish va darsni rejalashtirishda unga tayanishi;
- darsni rejalashtirishga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar (o‘quvchilar bilim darajasi va yoshi, ehtiyojlari, vaqt, o‘quvchilar soni va h.k.) ni baholay olishi;
- darslar ketma-ketligi, maqsad, vazifalari va kutilayotgan natijalami to‘g‘ri belgilashi;
- ta’lim maqsadlariga binoan darsning tegishli tuzilmasini tanlay olishi;
- darsning turli bosqichlari (dars boshlanishi, asosiy va yakuniy qismi) uchun tegishli vazifalami tanlay olishi va ulami bir -biriga bogMash, izchillikni ta’minlashi;
- turli yordamchi o‘quv materiallari va resurslami (masalan, texnik vositalar, ko‘rgazma!i qurollar) tanlashi;
- intemetdagi tayyor dars rejalarini tanqidiy tahlil qilishi;
- dars rejasidan chetga chiqish yoki chiqmaslik qarorini qabul qila olishi va ulaming sababini asoslab berish malakalarini egallashi;
“Chet tillarni o‘qitishning integrallashgan kursi” fanidan ishchi o‘quv dastur
(3-kurs, 5 - semester)
Do'stlaringiz bilan baham: |