Variatorlar.
Ishqalanuvchi g‘ildiraklardan birining radiusi o‘zgaradigan qilinsa, u holda uzatish soni o‘zgaruvchan friksion uzatma hosil buladi. Bunday uzatmalar variatorlar deb ataladi. (2.2 a-rasm).
Friksion uzatmalarning afzalliklari quyidagilardan iborat: tuzilishi oddiy; harakat bir tekis va shovkinsiz uzatiladi; ishlash jarayonida uzatish sonini ma’lum chegarada o‘zgartirish mumkin
Friksion uzatmalarning kamchiliklari: ish bajaruvchi detallarning tez va notekis eyilishi, val va tayanchlarga tushadigan kuch qiymatining kattaligi, sirpanish hodisasi mavjudligidan uzatish sonining o‘zgarmas qiymatga ega bula olmasligi, foydali ish koeffitsientining nisbatan kichikligi - g‘ildiraklarni bir-biriga ma’lum darajada siqib turish uchun qo‘shimcha moslama kerak bo‘lishi. (3.2 b-rasm).
Friksion uzatmalarda uzatish soni 10 gacha, uzatiladigan quvvatning qiymati esa 300 kvt gacha bulishi mumkin. Lekin, ko‘pincha, bu uzatmalar aylanish tezligi 25 m/sek., quvvati esa 25 kvt gacha bo‘lgan mexanizmlarda ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |