9.3.Baholashning zamonaviy metodlari. Informatika darslarida oqituvchi tomonidan baholashning zamonaviy metodlari sifatida mustaqil ishlash, kichik loyiha, kichik keys, referat, krossvord, viktorina, bahs-munozara kechalarini tashkil etish va h.k. kiritish mumkin.
Mustaqil ishlash oqituvchi tomonidan berilgan informatikaga oid topshiriqni organilganlarga asosan mustaqil bajarib, natijasini olish, yangi mavzularni adabiyotlardan topib konspekt qilish, organish, referat yozish, fan togaraklariga qatnashish kabilarni oz ichiga oladi.
Shuni hisobga olish kerakki, mustaqil ish oqishning, aqliy mehnatning alohida turi bolib, talabaning kelajakda mustaqil faoliyat olib borishida muhim rol oynaydi.
Informatika darslarida oquvchilarga mustaqil topshiriq berishda koproq mantiqiy savollarga etibor qaratish lozim. Masalan quyidagicha:
1.Bit nima? 1bit, 5bit, 16 bit axborotni saqlash uchun nechta 2 li raqamdan foydalaniladi?
2.Bayt nima? 1bayt, 5baytt, 16 bayt axborotni yozish uchun necha bit kerak boladi?
3.Xavfsizlik eshigi uchta kalit bilan ochiladi, har bir kalit tushib qolishi, unitib qoldirilishi mumkin. Eshikni ochish uchun qancha kombinatsiyani saqlash kerak? Ularni yozib chiqing! Vahokazo.
Viktorina-bu malum mavzu boyicha qisqa va aniq javob berilishi kerak bolgan kamida 10 savollar toplami. Viktorina oqitishni nazorat qilish vositasi bolib, u dars boshlanishida ham , oxirida ham otkazilishi mumkin. Dars boshlanishida otkazilsa, organilganlarni faollashtirilishini nazorat qilish, dars oxirida otkazilsa, bugungi organilganlarni mustahkamlashni nazorat qilish bajariladi. Viktorina 5-6 minutdan oshmasligi kerak!
Oqituvchi viktorina mavzusini elon qiladi. Savollarni ekranga birin-ketin chiqarib, oquvchilarga beradi. Oquvchilar unga javob beradilar. Yakunlangach oqituvchi kim necha bahoga ozlashtirganligini elon qiladi.
Krossvord-organilgan bilimlarni nazorat qilish vositasi hisoblanadi. Ular joriy, mavzuiy va umumlashgan krosvordlar korinishida boladi. Birinchi-joriy krossvord tuzishda joriy organilgan materiallar boyicha oquvchilarning asosiy bilimlarini tekshirishga qaratilgan 10-12 savoldan iborat krossvord tuziladi. Ikkinchi-mavzuiy krossvord tuzishda malum mavzu boyicha organilgan vsosiy va qoshimcha bilimlarni sinash uchun 15-25tadan kop bolmagan mavollardan iborat krossvord tuziladi. Uchinchi-umumlashgan krossvord tuzishda oquvchilar tomonidan organilgan katta hajmdagi choraklik yoki yarim yillik oquv materiallarni hisobga olib krossvord tuziladi. U unda savollar soni 15-30 tadan oshmaydi [62].
Kichik keys. Talim jarayonida koproq keys‑stadi (inglizcha sase - toplam, aniq vaziyat, stadi -talim) deb yuritilib, keysda bayon qilingan va talim oluvchilarni muammoni ifodalash hamda uning maqsadga muvofiq tarzdagi yechimi variantlarini izlashga yonaltiradigan aniq real yoki suniy ravishda yaratilgan vaziyatning muammoli-vaziyatli tahlil etilishiga asoslanadigan nazorat turi [28].
Keysga misol MS Excel elektron jadvali yacheykasida sanani kiritgan edingiz, orniga nomalum belgilar paydo boldi. Siz nima qilgan bolar edingiz?
Do'stlaringiz bilan baham: |